Авторы

  • Dildor Norqulova
    Samarqand davlat universiteti Pedagogika ta’limi fakulteti assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47154

Ключевые слова:

rangtasvir ta’lim-tarbiya kompetensiya portret pedagogik faoliyat DTS darsliklar ijodiy faoliyat an’anaviy ta’lim kasbiy faoliyat tasviriy san’at.

Аннотация

Ushbu maqolada kasbiy kompetensiyalarni portret rangstasvir janri orqali rivojlantirish metodlari, tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishining zaruriy mazmuni va bakalavr ta’lim yo’nalishida o’tiladigan majburiy va tanlov fanlar taxlili, o‘qituvchilar tomonidan dars jarayonida hal etilishi  bo’lgan vazifalar, o‘qitishda aniq sistemalilik va ketma-ketlik yo‘llari, portret ishlashning ketma -ketlik bosqichlari, hamda vujudga keladigan muammosi haqida so‘z boradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

54

BO‘LAJAK TASVIRIY SAN’AT O‘QITUVCHILARINI KASBIY

KOMPETENSIYALARINI PORTRET RANGSTASVIR JANRI ORQALI

RIVOJLANTIRISH METODLARI

Norqulova Dildor Uchkunovna

Samarqand davlat universiteti Pedagogika ta’limi fakulteti assistenti

dildor.norkulova@mail.ru

+998915566777

https://doi.org/10.5281/zenodo.13340672

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kasbiy kompetensiyalarni

portret rangstasvir janri orqali

rivojlantirish metodlari, tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishining zaruriy mazmuni va bakalavr
ta’lim yo’nalishida o’tiladigan majburiy va tanlov fanlar taxlili, o‘qituvchilar tomonidan dars
jarayonida hal etilishi bo’lgan vazifalar, o‘qitishda aniq sistemalilik va ketma-ketlik yo‘llari,
portret ishlashning ketma -ketlik bosqichlari, hamda vujudga keladigan muammosi haqida
so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

rangtasvir

,

ta’lim-tarbiya,

kompetensiya, portret, pedagogik faoliyat, DTS,

darsliklar, ijodiy faoliyat, an’anaviy ta’lim, kasbiy faoliyat, tasviriy san’at.


Zamonaviy ta’lim tizimida shaxsni faqat pedagogik ta’sir ko‘rsatish ob’ekti sifatida emas,

balki bilim olish sub’ekti sifatida qaralishini, uning tahsil oluvchi sifatida o‘z imkoniyatlarini
yuzaga chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini shart qilib qo‘yadi. Bu esa
pedagogika oliy ta’lim tizimi oldiga umumta’lim va kasb-hunar maktablari, o‘rta maxsus
hamda professional ta’lim tizimlari uchun bilimli, o‘z fanining barcha qirralarini mukammal
egallagan, yangi pedagogik texnologiyalardan ma’lumotga ega, kompyuter savodxonligi
shakllangan, xorijiy tillarni o‘zlashtirgan, kasbiy kompetensiyasi rivojlangan fan
o‘qituvchilarini tayyorlashdek, dolzarb vazifalarini qo‘ydi.

Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida bugungi kunga kelib, faqat 1 ta «Tasviriy

san’at» yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash uchun davlat ta’lim standartlari va o‘quv
rejalari ishlab chiqilgan. SHuni ta’kidlash lozimki, umumta’lim maktablari hamda har qanday
yo‘nalishdagi kasb-hunar maktablari, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari uchun
tayyorlanadigan pedagogik kadrlar majburiy va tanlov fanlardan kasbiy bilim, ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lishi lozim.

Tadqiqotimizni olib borish jarayonida tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishining zaruriy

mazmuni va bakalavrlarning tayyorgarlik darajasi borasida muallifning shaxsan ishtirokida
60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi bo‘yicha davlat ta’lim standarti yaratildi.

Tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standartida bo‘lajak yosh mutaxassisni

kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda «Tanlov fanlar» blokiga kirgan fanlarning ahamiyati,
ayniqsa, katta. Sababi, ushbu blokni tashkil etuvchi fanlar tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishini
chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgandir. Bu yo‘nalish bo‘yicha tanlanadigan fanlar bo‘lajak yosh
mutaxassisning ixtisoslik fanlari bo‘yicha olgan bilimlarini yanada chuqurlashtiradi. SHuning
uchun ular orasida o‘zaro aloqadorlik asoslarini o‘rganilishi lozim.

Tasviriy san’at o‘qituvchilari o‘quvchilarga yangi texnika va texnologiya yutuqlaridan

axborotlar beruvchi asosiy shaxs hisoblanadi. Ular har tomonlama bilimdon, o‘z kasbiga
nisbatan iqtidorli inson bo‘lishi zarur. Buning uchun bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisi
pedagogika oliy ta’lim muassasasida o‘qish davrida rangtasvir fanridan chuqur bilimlarni


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

55

egallashi, ularni o‘z faoliyatida qo‘llay olishi kerak. SHuningdek, bo‘lajak o‘qituvchi-
bakalavrlarni tayyorlashda majburiy va tanlov fanlaridan zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida ilmiy yondoshilgan holda bilim berish taqozo qilinadi.

Tadqiqotimiz jarayonida majburiy va tanlov fanlaridan quyidagi o‘quv dasturlari

yaratildi:
1.

Rangtasvir;

2.

Qalamtasvir;

3.

Plastik anatomiya;

4.

Tasviriy san’at texnologiyasi;

5.

Dastgohli rangtasvir;

6.

Amaliy perspektiva va soyalar nazariyasi;

7.

Tasviriy san’atda nusxa ko‘chirish;

8.

Rangshunoslik;

9.

Naqsh elementlarini loyihalash.
Mutaxassislik fanlari o‘qitiladigan kafedralar ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni

umumta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim, umumkasbiy va maxsus fanlarning vazifalari
hamda mazmuniga muvofiq holga keltirilishi lozim. SHuning uchun ham hozirgi kunda
maxsus fan o‘qituvchilari tomonidan dars jarayonida quyidagi vazifalarni hal etilishi birinchi
darajali ahamiyat kasb etadi:

talabalar o‘quv mashg‘ulotlariga uslubiy rahbarlik qilishni kuchaytirish;

majburiy va tanlov fan o‘qituvchilarining maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv uslubiy ishlarini

rejalashtirish;

ta’lim jarayonining ilg‘or usullaridan, o‘qitishning tashkiliy shakllari va vositalaridan

oqilona foydalanish asosida talabalarga ta’lim berishning jadallashtirish usullarini ishlab
chiqish;

ta’lim-tarbiya jarayonining mantiqiy uyg‘unligini rivojlantirish, dasturiy materiallarning

takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, uning ketma-ketligi hamda uzluksizligini bo‘lajak tassviriy
san’at o‘qituvchilarning kasbiy bilimlari, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish nuqtai
nazaridan ta’minlash;

bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatiga uslubiy

rahbarlik qilishni takomillashtirish, rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilishning oqilona
shakllarini ishlab chiqish;

ta’lim jarayonini zarur jihozlar, jumladan, texnik va ko‘rgazmali vositalar, shuningdek,

kompyuterlar bilan majmuiy ta’minlash.

Yuqoridagi talablar pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’limning umumta’lim, kasb-

hunar maktablari, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimi bilan uzviy aloqada bo‘lishini
ta’minlashga olib kelish bilan birga, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining ta’lim jarayonida
o‘qitiladigan majburiy va tanlov fanlarga bo‘lgan intilishlarini, qiziqishlarini yanada oshiradi.

Tasviriy san’at fani umumta’lim, kasb-hunar maktablari, o‘rta maxsus va professional

ta’lim muassasalarining tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishilarida o‘qitiladi. Ular bir-birini to‘ldirib
boradi.

Potrter janrini murakkab ijodiy jarayon hisoblanadi. Uning fan sifatida o‘qitilishi

talabalarda nafaqat o‘z asarlari uchun portret chizish, balki boshqalar asarlariga ham mos
ravishda portret chizish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yordam beradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

56

Portret janrini loyihalash deganda, portret chizishni tashkil etadigan detallar hamda

naturalar kompleksi, shuningdek, ularni asarlarda o‘zaro bog‘liqliklarini o‘rganish, chizish
kerak bo‘ladigan asarlarni muayyan o‘lchamdagi va shakldagi yaxlit holga keltirish usullari,
vositalari tushuniladi. Loyihalash jarayonida biron asardan hajmiy shaklning olib chizish,
ya’ni portretning qismlarini yoki ularning barcha shakllari o‘rganish ishlari bajariladi. Asar
qismlarining o‘lchami, portretning shakli moslashtirib xuddi shu o‘lchamni va ko‘rinishini
beradi.

Portret janrini chizish uchun loyihalashda naturadan o‘lchov olish qoidalari va

o‘lchovlar asosida naturaning asos chizmasini qurish, so‘ngra chizmadan portret tayyorlash,
modellashtirish jarayonlari o‘rgatiladi.

Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy komptensiyasini rivojlantirishda

portret janrini ishlash bosqichlari hamda boshlang‘ich bosqichlarini quyida ko‘rib chiqamiz.

Tadqiqotchi san’atni egallash yo‘lida tinmay mehnat qilish lozimligini ta’kidlab, “doimo,

biror kunni ham qoldirmay chizish… senga foyda keltiradi” deb yozadi. CHennino CHennini
rasm chizishni o‘rganish jarayonida quyidagi uslubiy ketma-ketlikda ishni boshlashni tavsiya
qiladi: “Rasm chizishni engil narsalar namunasini chizishdan boshlab, iloji boricha ko‘proq
chiz, qo‘lni mashq qildir…”.

Mashhur musavvir Leonardo da Vinchi o‘zining “Rangtasvir haqida kitob” asarida rasm

chizishni o‘rgatish asosida narsaning o‘ziga qarab chizish yotishini ta’kidlaydi va o‘z fikrini
quyidagicha izohlaydi: “Natura o‘quvchini diqqat bilan kuzatishga, uning tuzilishini bilishga,
o‘ylash va fikr yuritishga majbur qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘qitish samaradorligini oshiradi
va bilimga qiziqish uyg‘otadi.

O‘qitishda aniq sistemalilik va ketma-ketlik yo‘lini mahkam ushlash haqida gapirib,

rassom shunday izoh beradi: “Agar sen narsalar shaklini o‘rganmoqchi bo‘lsang, eng avvalo,
uning alohida qismlaridan o‘rganishni boshla, toki amalda va xotirada shularni o‘zlashtirib
olmaguncha ikkinchisiga o‘tma” .

Amaliyotlar shuni ko‘rsatadiki, gipsli maskalar chizish mashg‘ulotlarida, gips yuzasi

inson teridan farq qiladi va shu’la ham ularda turli joyga tushadi. Gipsli sochlarni ham haqiqiy
sochlar bilan hech qanday umumiyligi yo‘q, hoh ular jingalak bo‘lsin, hoh tekis. Tirik inson
ko‘zlari jiloli, rangdor, pardasi chuqur tonga ega bo‘ladi, bular esa gipsli haykallarda aks
ettirilmaydi. Lablar va burun teshigi birlashgan chiziqlar ham inson yuzida boshqa tonga ega.
Jonli modeldan farqli o‘laroq gips harakat qilmaydi va siz bilan so‘zlashmaydi.

Albatta, gips byustlar juda chiroyli va o‘zligi bo‘yicha ajoyib natura bo‘lishi mumkin,

biroq ularni chizish insonni naturadan chizish mashg‘ulot kabi zavq bermaydi. Agar siz jonli
naturadan chizmoqchi bo‘lsangiz, eng ma’quli eskiz va lavhalar chizishdan boshlaganingiz
ma’qul.

Doimiy ravishda eskizlarni chizishni o‘rganib, yorug‘lik-soya asoslari va shakl bo‘yicha

shtrixovka qilishlarni tushunib olganingizdan so‘ng, portret chizishga o‘tsangiz bo‘ladi.

Portretning boshlanishi.

Portretni qattiq qalam yordamida sal ko‘rinadigan chiziqlarni

qo‘yish orqali engil eskizlardan boshlaymiz. Ishlarni boshlashda H qalamidan foydalangan
ma’qul. Birinchi qatlamdan yorug‘ va to‘q tonlarning katta dog‘larini belgilash prinsipi
portretni boshlashning asosi hisoblanadi, undan so‘ng esa yuz chiziqlarini topib aniqlashni
boshlaymiz. Rasmning barcha qirralarini chiziqli konturda boshlab, keyin ularni bo‘yashga
harakat qiling.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

57

Portretning o‘rta bosqichi.

Birinchi bosqich tugatilgandan so‘ng, sizning qarshingizda

engil tonli chizmalar mavjud bo‘lib, portretning qaerida yorug‘lik, qaerida soya borligi aniq
bo‘lganda ketma- ketlik bilan to‘q va yorug‘ dog‘lar shaklini aniqlashtirgan holda o‘sha qattiq
qalam bilan ishlashni davom ettiring. Har qatlamda barchasini aniqlashtirib boravering va
detallarni ko‘rsatishga yaqinlashing.

Portret chizishning keyingi bosqichiga o‘tamiz. Sizning suratingizda yorug‘lik va soya

bor, yuz qismlarining chiziqlari ham ko‘ringan. Biroq rasm hali tussiz, unga kontrast
etishmaydi. SHunda siz tonlarni joy-joyiga qo‘yib, qo‘rqmasdan harakat qilishingiz mumkin.

Agar fonli portret chizish kerak bo‘lsa, yaxshisi, fonni ish to‘liq kompozitsion ko‘rinishi

uchun boshqa jihozlar bilan parallel ravishda shtrixlash zarur. Bo‘lajak tasviriy san’at
o‘qituvchilarini kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda portret janrida asar chizishning
yakuni bosqichi.

Bunda, portretning yakuniy bosqichiga o‘tamiz. Ushbu bosqichda portretning to‘q

qismlari, yarimtonlari ko‘rsatilib bo‘lingan bo‘ladi. Bu degani, yorug‘lik va detallarga ishlov
berishga o‘tsak ham bo‘ladi.

Portretning yakuniy bosqichi.

Odatda, soyalar detallarsiz qoladi va maksimal darajada

sodda qilib ko‘rsatiladi. Detallashtirishning asosiy qismi yorug‘likka tushadi. Buning sababi
shundaki, detallashtirilgan qismlar hamisha oldingi planga chiqadi, maksimal darajadagi hajm
esa yorug‘lik qismiga tushishi kerak.

Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilariga o‘rgatiladigan bilimlar ko‘proq amaliy

mashg‘ulotlardan iboratligi, ularda ijodkorlik, qiziquvchanlik va badiiy didlarini
rivojlantirishga doir ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilganligiga alohida e’tibor berish
zarur. Bunda bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarning o‘z rivojlangan kompetensiyasiga qarab
to‘g‘ri bajarishiga e’tiborini qaratishi kerak.

Xulosa qilib, aytganda rasm chizish jarayonida chizuvchi qalam vositasida bir qator

murakkab vazifalarni bajarishiga to‘g‘ri keladi. Qog‘oz tekisligida hajmiy shaklni tasvirlash
uchun tasvirlovchi naturaning kompozitsiyasi, shakli ustida ishlashi kerak, uning atrofidagi
holatni yorug‘-soya orqali ifodalashi zarur. Umumlashtirish, tipik tomonlarni ajratish kabi
vazifalarni hal qilish zarur. YUqoridagi omillar ishning badiiy ta’sirchanligini ta’minlashini
unutmaslik lozim. Demak, rasm chizishda ma’lum bir ketma-ketlik saqlanmasa, mazkur
vazifalarning echimi rassom uchun ancha murakkablashadi.

References:

1.

Абдирасилов С.Ф. Тасвирий санъат ўқитиш методикаси. – Т.: “Fan va texnologiya”,

2012. – 232 c.
2.

Абдуллаева Қ.М. «Махсус фанларни ўқитишда бўлажак ўқитувчиларнинг касбий

билим ва кўникмаларини шакллантиришнинг методик асослари» п.ф.н. илмий
даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент, 2006. 136 б.
3.

Азимов С.С., Абдуллаев C.Ф., Авезов Ш.Н. Тасвирий санъат ва муҳандислик

графикасини ўқитиш методикаси. Ўқув қўлланма. – Тошкент: ILM-ZIYO, 2020. – 160 б.
4.

Бобоева З.А. Тасвирий санъат ўқитувчисининг касбий компетентлигини

шакллантириш омиллари // Тасвирий санъат ва мусиқа фани ўқитувчиларини
тайёрлашнинг долзарб муаммолари: Респ. илм. анжум. 25-октябрь 2019. – Фарғона:
2019. – 7-9 б


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

58

5.

Norqulova D.U. «Qalamtasvir» o‘quv qo‘llanma. Samarqand – 2022 y.185-195 betlar

6.

Norqulova Dildor Uchkunovna, Nurtaev Urinbay Nishanbekovich “ROLE OF THE GENRE

OF PORTRAIT PAINTING IN THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCES OF
FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS” ОБРАЗ УДМУРТИИ В СОВРЕМЕННОМ КУЛЬТУРНОМ
ПРОСТРАНСТВЕ Всероссийского ФОРУМА с международным участием 25–27 октября
2023 г. 167-177 bet. Ижевск ISBN 978-5-4312-1138-6 DOI 10.35634\978-5-4312-1138-6-
2023-1-353
7.

Нуртаев Уринбой Нишонбаевич- “Методика изучения изобразительного

искусства Узбекистана в системе подготовки будущих учителей" дисс..- Москва, 1994.

Библиографические ссылки

Абдирасилов С.Ф. Тасвирий санъат ўқитиш методикаси. – Т.: “Fan va texnologiya”, 2012. – 232 c.

Абдуллаева Қ.М. «Махсус фанларни ўқитишда бўлажак ўқитувчиларнинг касбий билим ва кўникмаларини шакллантиришнинг методик асослари» п.ф.н. илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация, Тошкент, 2006. 136 б.

Азимов С.С., Абдуллаев C.Ф., Авезов Ш.Н. Тасвирий санъат ва муҳандислик графикасини ўқитиш методикаси. Ўқув қўлланма. – Тошкент: ILM-ZIYO, 2020. – 160 б.

Бобоева З.А. Тасвирий санъат ўқитувчисининг касбий компетентлигини шакллантириш омиллари // Тасвирий санъат ва мусиқа фани ўқитувчиларини тайёрлашнинг долзарб муаммолари: Респ. илм. анжум. 25-октябрь 2019. – Фарғона: 2019. – 7-9 б

Norqulova D.U. «Qalamtasvir» o‘quv qo‘llanma. Samarqand – 2022 y.185-195 betlar

Norqulova Dildor Uchkunovna, Nurtaev Urinbay Nishanbekovich “ROLE OF THE GENRE OF PORTRAIT PAINTING IN THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCES OF FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS” ОБРАЗ УДМУРТИИ В СОВРЕМЕННОМ КУЛЬТУРНОМ ПРОСТРАНСТВЕ Всероссийского ФОРУМА с международным участием 25–27 октября 2023 г. 167-177 bet. Ижевск ISBN 978-5-4312-1138-6 DOI 10.35634978-5-4312-1138-6-2023-1-353

Нуртаев Уринбой Нишонбаевич- “Методика изучения изобразительного искусства Узбекистана в системе подготовки будущих учителей" дисс..- Москва, 1994.