Авторы

  • Shuxrat Shodiyev
    ISMITI Buxoro mintaqaviy markazi direktor,
  • G’iyosjon Hamroyev
    “TIQXMMI”MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti mustaqil tadqiqotchisi, ISMITI Buxoro mintaqaviy markazi laboratoriya mudiri,
  • Zarnigor Djurayeva
    “TIQXMMI”MTU BTRB instituti magistri,
  • Shoxrux Ergashov
    “TIQXMMI”MTU BTRB instituti magistri.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47177

Ключевые слова:

qiya ustun tuynukochgich qurilma sho‘rlangan yer haydov osti qatlam qarshilik zanjir dolota pichoq konus uchli silindr.

Аннотация

Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlarning tuynukochgich – chuquryumshatkich qurilmalari turlari, tahlillari, qo’llanilish maqsadi hamda biz tomonimizdan tavsiya etiladigan takomillashgan qiya ustunli tuynukochgich – chuquryumshatkich qurilmasining texnologiyasi, qo’llanilish vazifasi turli darajada sho’rlangan meliorativ holati yomon yerlarda haydov qatlami ostida 45-50 sm chuqurlikda tuynukli drenajlar hosil qilinib, suv eruvchi zararli tuzlar sho’r yuvish vaqtida tuynuklar orqali magistral zavurlarga chiqarib yuboriladi va yer osti sizot suvlarini yerlarning unumdor qatlamiga chiqmasligini ta’minlashga xizmat qilishi haqidagi tadqiqot natijalari keltirib o’tilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

163

TAKOMILLASHGAN TUYNUKOCHGICH - CHUQURYUMSHATKICH

QURILMALARINING TURLARI, XORIJIY TAHLILLAR

Shodiyev Shuxrat Baqoyevich

ISMITI Buxoro mintaqaviy markazi direktor,

Hamroyev G’iyosjon Fayzullo o’g’li

“TIQXMMI”MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti mustaqil tadqiqotchisi,

ISMITI Buxoro mintaqaviy markazi laboratoriya mudiri,

Djurayeva Zarnigor Hakimovna

“TIQXMMI”MTU BTRB instituti magistri,

Ergashov Shoxrux Ilxom o’g’li

“TIQXMMI”MTU BTRB instituti magistri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13141100

Annotatsiya:

Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlarning tuynukochgich –

chuquryumshatkich qurilmalari turlari, tahlillari, qo’llanilish maqsadi hamda biz
tomonimizdan tavsiya etiladigan takomillashgan qiya ustunli tuynukochgich –
chuquryumshatkich qurilmasining texnologiyasi, qo’llanilish vazifasi turli darajada
sho’rlangan meliorativ holati yomon yerlarda haydov qatlami ostida 45-50 sm chuqurlikda
tuynukli drenajlar hosil qilinib, suv eruvchi zararli tuzlar sho’r yuvish vaqtida tuynuklar orqali
magistral zavurlarga chiqarib yuboriladi va yer osti sizot suvlarini yerlarning unumdor
qatlamiga chiqmasligini ta’minlashga xizmat qilishi haqidagi tadqiqot natijalari keltirib
o’tilgan.

Kalit so‘zlar:

qiya ustun, tuynukochgich, qurilma, sho‘rlangan yer, haydov, osti, qatlam,

qarshilik, zanjir, dolota, pichoq, konus uchli silindr.

Kirish.

Respublikada sug’oriladigan yer maydoni 4,3 mln gektarni tashkil etib, jami suv

resurslari 52 mlrd.m

3

ni tashkil etadi, 41,0 mlrd.m

3

qo’shni davlatlar hududida shakllanadi,

11,0 mlrd.m

3

O’zbekiston hududida shakllanadi shundan o’rtacha 90 foizi qishloq xo’jaligida,

4,5 foizi, kommunal xo’jalik sohasida, 4,3 foizi sanoat va energetikada, 1,2 foizi baliqchilikda
foydalanilgan. Yer usti suv resurslari 49,9 mlrd.m

3

(96%). Yer osti suvlari 0,5 mlrd.m

3

(1%).

Qaytar suvlar 1,6 mlrd.m

3

(3%) ni tashkil etadi[1].

Buxoro viloyatida 274612 gektar sug’oriladigan maydonning 85,8 foizi turli darajada

sho’rlangan. Shuning uchun har yili 180000 ga ekin maydonida sho’r yuvish ishlari olib
boriladi [2].

Viloyatdagi mavjud sug‘oriladigan maydonlarning 238000 gektari, yoki 86,2 foizi turli

darajada sho‘rlangan yerlardan iborat. Shundan, 66932 gektari o‘rta va kuchli sho‘rlangan
maydonlarni tashkil qiladi. Sho‘rlangan tuproq sharoitida qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘l,
sifatli va kafolatlangan hosil yetishtirish ko‘p jihatdan tuproq tarkibidagi tuz-suv rejimlarini
tartibga keltirishga bog‘liq.

Sho’rlanish darajasi bo’yicha tuproqlar, undagi xlorid tuzlarining quruq qoldig’i miqdori

bo’yicha quyidagi klassifikatsiyaga bo’linadi: sho’rlanmagan 0,3 foizdan kam; kuchsiz
sho’rlangan - 0,3-0,5 foiz; o’rtacha sho’rlangan - 0,5-1 foiz; kuchli sho’rlangan - 1-2 foiz;
sho’rxok - 2 foizdan katta [3].


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

164

Bugungi kunda Buyuk Britaniya, Gollandiya, Italiya, Hindiston, Turkiya, Yangi Zelandiya,

Rossiya kabi xorijiy mamlakatlarda va Respublikamizda turli xil konstruksiyaga ega bo’lgan
tuynukochgich - chuquryumshatkich qurilmalar ishlab chiqilmoqda.

Buyuk Britaniyaning “New Holland Subsoiler”, “Agromaster”, “Kirkland”, Yangi

Zelandiyaning “Jeyms Engineering Ltd”, “Heavy Duty”, Italiyaning “Maschio Gaspardo SPA”
kabi korxonalar qishloq xo’jaligi texnika va qurollarini ishlab chiquvchi yetakchi korxonalar
hissoblanadi. Ushbu korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tuynukli drenaj hosil
qiladigan qurilmalari bir qator davlatlarga eksport qilinib, bugungi kunda qishloq xo’jaligida
samarali ishlatilib kelinmoqda.

“Agromaster” [4] korxonasi tomonidan asosan turli xil ish ustunli va turli o’lchamga ega

tuynukochgich - chuquryumshatkich qurilmalari ishlab chiqariladi.

1-rasm. “Agromaster” korxonasi tomonidan ishlab chiqilayotgan tuynukochgich -

chuquryumshatkich qurilmasi

Buyuk Britaniyaning tuproqqa birlamchi ishlov berish mashinasi traktorning gidravlik

ko’tarish moslamasidan va universal uch nuqtali bog’lanish tizimiga o’rnatiladi. Shuning
uchun dalaga tashish osonlik bilan amalga oshirilishi mumkin. Turli agrotexnik tadbirlardan
so’ng tuproq zichlanib qattiq qatlam 25-40 sm chuqurlikda standart shudgorlar bilan
haydalgan dala ostida hosil bo’ladi. Tuynukochgich - chuquryumshatkich uzun va burchakli
ish ustunlari bilan tuproqning qattiq tubini sindiradi. Qurilmaning vazifasi, yomg’ir va
sug’orish suvlari buzilgan joyga osongina yetib borishi va suvni saqlashni ta’minlaydi. Ish
ustunlarining ingichka tuzilishi tufayli tuproqda kamroq ochiq hosil bo’ladi. Namlik uzoq vaqt
davomida saqlanadi, shuningdek, shamol va eroziya kamayadi.

Yangi Zelandiyada “Jeyms Engineering Ltd” [5]

korxonasi tomonidan yer osti suvlarini

dala plitkalariga yoki ko’lmak suvlarini yer osti qatlamlarga singdirish uchun tuproqlarda
ochiq drenajlar o’tkazish uchun mo’ljallangan. Heavy Duty Mole Plough drenajni taxminan 46
sm chuqurlikda 60 mmli drenaj hosil qiladi (2-rasm).


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

165

2-rasm. “Heavy Duty Mole Plough” rusumli tuynukochgich - chuquryumshatkich

qurilmasi

Ikkita ish ustunli qurilma 2,4 m markazga o’rnatilgan ikkita standart ish ustunidan

iborat. Har bir ish ustunida alohida rama mavjud mustaqil ishlash imkoniyati mavjud, shuning
uchun biri to’siqqa uchrasa, ikkinchisiga ta’sir qilmaydi. Ramani ajratib tashlanishi mumkin va
qurilma kichikroq traktorga ishlashi mumkin.

Buyuk Britaniyadagi nam tuproqlar keng tarqalgan muammo bo’lib, yer usti drenaji

ortiqcha yer usti suvini olib tashlashi mumkin bo’lsada, ko’p hollarda tuproq profilining o’zi
drenajlanishi kerak. Bu yaylovlar va ekinlarning potentsial mahsuldorligiga erishishga imkon
beradi, shuningdek, botqoqlash va siqishni kamaytirish orqali yer osti sizot suvlar zahirasiga
zarar yetkaziladi. Yaylovlar va ekinlarning unumdorligini oshirish uchun og’ir tuproqlarda
drenaj tuynukochgich qurilmasi keng qo’llaniladi. To’g’ri tuproq turida va to’g’ri o’rnatilganda
drenaj tuynukochgich qurilmasi botqoqlanish muammolarini sezilarli darajada kamaytirishga
yordam beradi. Drenaj tuynukochgich qurilmasi og’ir tuproqlarda qo’llaniladi, bu yerda
mog’orlanish chuqurligi yaqinidagi (400 dan 600 sm gacha) gil, yer osti suvlarining pastga
siljishiga to’sqinlik qiladi. Drenaj tuynukochgich qurilmasi ochiq drenajlarga qaraganda ancha
murakkab drenaj tizimidir. Drenaj tuynukochgich yer osti suvlarini to’kib tashlamaydi, lekin
suvni yer yuzasidan kirganida olib tashlaydi. Tuproqqa ishlov berish vositasi tuproqning
siqilishi muammosi bo’lgan barcha ekinlarning o’sishini yaxshilaydi. Browns Viscount
subsoiler (3-rasm) 560 mm chuqurlikdagi qattiq tuproqni buzishi mumkin [6].


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

166

3-rasm. “Viscount - MK5 modeli”

Sozlanishi 4.1 sm aylanadigan dastgohga ega bo’lib diskli pichoqlar maxsus yuqori sifatli

karbonli po’latdan yasalgan va kesuvchi murvat bilan himoyalangan pichoqlari mavjud, ishlov
berish maksimal chuqurligi 5.6 sm, og’irligi 178 kg, 40-90 ot kuchiga ega qurilma.

Angliyaning Kent shahrida (Laddingford) joylashgan “Morgan Machinery Ltd”

kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan bir ish ustunli drenaj tuynukochgich qurilmasi (4-
rasm).

4-rasm. “Browns Mole Pow”

“Viscount - MK5 modeli” dan farqi orqa tomonida tuynukochgich ish jihozining

mavjudligi, tuynuk devorlarini kattaroq va mustahkam qilish maqsadida orqa tomoniga konus
silindr o’rnatilgan [7].

Biz tomonimizdan taklif etiladigan takomillashgan qiya ustunli tuynukochgich chuqur

yumshatkichning vazifasi tuproq haydov osti qatlamida 45-50 sm chuqurlikda qiya ustunga
o’rnatilgan dolota va orqa tomoniga zanjir orqali maxkamlangan tuynukochgichdan tashkil
topgan bo’lib, haydov qatlami ostida tuynuk hosil qiladi.

Qiya ustunlarning afzalligi hosil qilingan tuynukka suvda erigan tuzlarni shimilishida

yon tirqichdan sizilishini taminlaydi va tuynukning mustahkamligini oshiradi, tuproq bosimi
ostida o’pirilib ketmasligini ta’minlaydi, ignasimon dolota esa tuproq ostida tuynukli drenaj
ochib, orqa tomonida zanjir (7) bilan osilgan konus silindrsimon tuynukochgich (8), tuynuk
devorini zichlab mustahkamlab ketadi. Taqish moslamasi (10) orqali texnikaga ulanadi,
ramaga (1) xamutlar (5) maxkamlovchi boltlar (9) yordamida o’rnatiladi va qiya ish ustunlari


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

167

(2) xamutga maxkamlanadi paski qismida ignasimon dolota (6) tuproqning yuzasiga ma’lum
burchak ostida o’rnatilganligi uning tuproqqa kirish jarayonida hosil bo’ladigan qarshilikni
kamaytiradi, pichoqning (3) yelka qism yuqori yarmiga o’rnatilishi tuproqni kesishda pastki
yarmini uvalanib tuynuk devorini bosib qolmasligi uchun himoya qatlam vazifasini bajaradi,
yumshatkich (4) tuproqni unumdor qatlamini yumshatadi, hozirga qadar tug’ri tik ish
ustunlar orqali vertikal tik shakilda ochilgan tuynukli drenajlarni mustahkamlik darajasi
yetarli bo’lmaganligi kuzatildi, xamut yordamida tuproqning sho’rlanish darajasiga qarab
ishlov berish oraliqlarini o’zgartirish imkoniyati mavjud.

1-rama; 2-qiya ish ustun; 3-pichoq; 4-yumshatkich; 5-xamut. 6-konus silindr shaklidagi

dolota; 7-zanjir; 8-tuynukochgich; 9-maxkamlovchi bolt; 10-taqish moslama.

5-rasm. Laboratoriya-dala qurilmasining konstruktiv sxemasi

6-rasm. Qurilmaning old tomondan ko‘rinishi

Tuproqning haydov osti qatlamini yumshatish va tuynukli drenaj hosil qilish hozirgi

kundagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida paxata, g’alla va boshqa qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini yetishtirishda texnologik xaritaga kiritilgan yerlarni 4 yilda bir yoki har yili
25% maydonni 45-50 sm gacha yumshatish bilan bir vaqtda tuynuk ochib tuproq ostida havo
muvozanati bilan bir qatorda sho’r yuvishda qo’llaniladigan texnikalarni ishlab chiqish eng
muhim agrotexnik tadbir va dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Shu sababli tuproq
haydov osti qatlamida, ya’ni sho‘rlanish darajasi yuqori bo‘lgan yerlarda tuynukli drenaj hosil
qilishning nazariy va texnologik asoslarini ishlab chiqish, yer osti sizot suvlari shimilishining


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

168

ayrim matematik modellarini yaratish borasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish muhim
hisoblanadi.

Tahlillar va tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarga qaraganda, yer osti sizot suvlari yer

yuzasiga yaqin joylashgan, sho‘rlanish darajasi yuqori va sho‘rxok yerlar haydov osti
qatlamida tuynukli drenaj hosil qilish yaxshi samara berishi ta’kidlangan. Shu sababli
tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilma ish organining shakli va o‘lchamlarini nazariy va
tajribaviy yo‘llar bilan ilmiy asoslab, ishlab chiqarishga tadbiq etish orqali muammoning
yechimini topish va uni bartaraf etish mumkinligi ko‘plab olim va mutaxassislar tomindan
ta’kidlangan va biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqotlar xulosalarida ko‘rish mumkin.

Tavsiya etilayotgan qurilmaning tortishga qarshilik kuchini kamaytirish, ish jarayonida

ish organini turg‘un yurishini ta’minlash, metall sig‘imini kamaytirish, sifatli tuynukli drenaj
hosil qilish va sho‘r yuvish jarayonida tuynukni uzoq vaqt samarali ishlashini ta’minlash
maqsadida qiya ustunli tuynukochgich chuquryumshatkich qurilmani takomillashgan varianti
loyihalanib, o‘lchamlari asoslanib, ishchi va konstruktiv, texnologik chizmalari chizilib, uning
tajriba variantlarini yasash, ishlab chiqarishda qo‘llash va natijalarni olish masalalari o‘z
yechimini kutmoqda. Ish organi harakatlanish jarayonida zanjirning uzunligi, konus uchli
silindrning diametri va tuproqning fizik-mexanik xossasilari tuynukli drenajning sifatli hosil
qilinishida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Ilmiy tadqiqot ishlarining tajriba-sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, yer osti sizot suvlari

yaqin joylashgan yerlarda tuproqning sho‘rlanish darajasi oshib, sho‘r parchalari yerning
ustki qatlamigacha yetib keladi. Buning natijasida turli xil darajadagi tuproq sho‘rlanishlari
hosil bo‘ladi.

Qurilma sodda qilib ishlab chiqilgan, rama va unga o‘rnatilgan ikkita ignasimon dolota

o’rnatilgan ish ustunlari hamda uning orqa tomonidan po‘lat arqon orqali konus uchli
silindrlar o‘rnatilgan, stoykalarniung ishlov berish oraliqlari belgilangan chuqurlikda 0,45-
0,50 m ni tashkil qiladi.

1-jadval
Tuproqda tuynukli drenaj hosil qilish jarayonida hosil bo‘ladigan normal va

urinma kuchlanishlar

Tuproqning tajriba natijalari chuqurliklar bo‘yicha

(sm)

Tajriba o‘tkazilgan

maydon va vaqti

0-30

30-60

0-30

30-60

Normal kuchlanish,

kN/m

2

Urinma kuchlanish, kN/m

2

0.756

0.862

0.578

0.659

Beda ekilgan maydon

25.03.2023 y

0.62

0.671

0.475

0.513

Paxtadan bo‘shagan

maydon 23.11.2023 y

0.497

0.718

0.38

0.549

Bug‘doydan bo‘shagan

maydon 16.12.2023 y

Tajriba maydoni ko‘rsatkichlari ish ustunining ishlov berishdigi maksimal

chuqurliklarida aniqlab olindi normal va urinma kuchlanishlar formulalarga qoyib aniqlab


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

169

olindi. Ushbu jarayonda tuproqning zichligi, qattiqligi va namligiga bog‘liq holda normal va
urinma kuchlanishlar o‘rganildi. Tuynuklash mashinasining barcha ish ustunlarining tuynuk
ochgich ishchi jihozida normal va urinma kuchlanishlar bir xilda ta’sir etishini inobatga olib
ushbu hissoblangan formulalar barcha tuynuk ochgichlar uchun tegishli deb hissoblandi [8].

Xulosa:

Bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi va atrof muhitga hamda

yerlarning meliorativ holatini yomonlashishiga, tuproq strukturasining buzilishi, tabiiy
boyligimiz suv zaxiralarining kamayib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muhim
omillardan biri bu yerlarning sho‘rlanish darajasi yuqoriligidir. Ushbu masalaning yechimi
yuqorida takidlangan sho‘r yuvishdan oldin ishlov beradigan texnikalardan foydalanib sho‘rni
yuvib chiqarib tashlash orqali yerlarning meliorativ holati yaxshilanib, tuproqning
go‘vakligini oshirish orqali hosildorlikni oshirishga erishish, izlanishlar shuni ko‘rsatadiki,
tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilma yer osti sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan va
sho‘rlanish darajasi yuqori bo‘lgan yerlarda zovurlar yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda
belgilangan chuqurliklarda o‘tkazilishi tavsiya etiladi. Bu ishlov berish texnologiyasini qo‘llash
natijasida yer osti sizot suvlarini zovurlarga yo‘naltirilishiga imkoniyat yaratiladi. Belgilangan
chuqurlikda ish organi harakatlanganda yer ostida hosil bo‘lgan tuynukli drenaj orqali
tuproqning yuza qatlamidagi sizot suvlar shimiladi, tuproqning sho‘rlanish darajasi kamayadi,
suv-havo almashinuvi yaxshilanib, o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishi uchun qulay sharoit
yaratiladi.

References:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni // 10.07.2020 yildagi PF-6024-son /

lex.uz/docs/-4892953.
2.

F.O’.Jo’rayev, R.N.Sharopov. “Og’ir melioratsiyalanadigan yerlarda qo’llaniladigan chizelli

yumshatgichni qo’llash texnologiyasi” bo’yicha tavsiya
3.

Muxamedov A.K. Melioratsiya asoslari. O’quv qo’llanma.- Toshkent “TIMI bosmaxonasi”,

2008. -92-102 b.
4.

https://agromaster.com/en/product/subsoiler-dk

5.

https://jamesengineering.co.nz/portfolio/heavy-duty-mole-plough/

6.

https://www.agriculture-xprt.com/products/viscount-model-mk5-moledrainer-

subsoiler-310676

7.

https://www.worldtractors.co.uk/product/browns-mole-plough/

8.

F.U.Juraev, Sh.B. Shodiev, G.F.Khamroev, J.T.Juraev, I.F.Khamroev.

Mathematical

modeling formation of wole drainage under soil deformations

// E3S Web of Conferences,

2023. E3S Web of Conferences 419, 02005. e3s-conferences.org.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni // 10.07.2020 yildagi PF-6024-son / lex.uz/docs/-4892953.

F.O’.Jo’rayev, R.N.Sharopov. “Og’ir melioratsiyalanadigan yerlarda qo’llaniladigan chizelli yumshatgichni qo’llash texnologiyasi” bo’yicha tavsiya

Muxamedov A.K. Melioratsiya asoslari. O’quv qo’llanma.- Toshkent “TIMI bosmaxonasi”, 2008. -92-102 b.

F.U.Juraev, Sh.B. Shodiev, G.F.Khamroev, J.T.Juraev, I.F.Khamroev. Mathematical modeling formation of wole drainage under soil deformations // E3S Web of Conferences, 2023. E3S Web of Conferences 419, 02005. e3s-conferences.org.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)