YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
138
SUN’IY INTELLEKT VA UNING KELAJAGI
Jalilova Muhayyo
Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Amaliy Psixologiya yo’nalishi talabasi
e-manzil: jalilovamuhayyo32@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.12792365
Annotatsiya:
Sun'iy Intellekt (SI) texnologiyalari katta potentsialga ega bo'lib, ularning
kelajagi juda kashfiyotli va qiziqarli. SI texnologiyalari tizimlarning o'rtacha rivojlanishi,
jamiyatning har bir sohasiga o'z ta'sirini o'zgartirib, aql bovar qilmaydigan o'zgarishlarga olib
kelishi kutilmoqda. O'zbekistonda ham, SIga katta e'tibor qaratilmoqda va bu soha
rivojlanishiga qo'llab-quvvat berilmoqda. Prezident tomonidan qo'llab-quvvatlanishi, oliy
ta'lim muassasalarida SIga oid oliy ta'lim dasturlari yaratilishi, iqtisodiyot, tibbiyot, axborot
texnologiyalari, va boshqa sohalarda SIga qanday foydalanishning ko'p tomonlama tahlili
kuzatilmoqda.
Kalit so’zlar:
Sun’iy intellekt, texnologiya,innovatsiya, axborot, algoritm.
Sun’iy intellekt innovatsion texnologiyalar bilan yashash tarzimizni butkul o‘zgartirdi.
Sun’iy intellekt insoniyat hayotiga bo‘rondek kirib keldi va jamiyatning har bir sohasiga o‘z
ta’sirini o‘tkazib, aql bovar qilmaydigan o‘zgarishlar yasadi. Sun’iy intellekt atamasi ilk bora
1956-yilda konferensiyada kiritilgan. Konferensiyaning muhokamasi fanlararo axborot
texnologiyalari tabiiy til generatsiyasiga olib keldi. Internetning paydo bo‘lishi
texnologiyaning jadal rivojlanishiga yordam berdi. Sun’iy intellekt texnologiyasi o‘ttiz yil
davomida mustaqil texnologiya bo‘lgan, ammo hozirda ushbu texnologiya ilovalari hayotning
barcha sohalarida keng tarqalib ulgurgan. Sun’iy intellekt AI qisqartmasi bilan tanilgan va
inson aqlini mashinalarda qayta yaratish jarayoni hisoblanadi.
1
Sun’iy intellekt — informatikaning alohida sohasi bo‘lib, odatda inson ongi bilan bog‘liq
imkoniyatlar: tilni tushunish, o‘rgatish, muhokama qilish, masalani yechish, tarjima va shu
kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Hozirda sun’iy
intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy tizimlardan iborat
va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi.
Sun’iy intellekt tushunchasi qanday paydo bo‘lgan?
Sun’iy intellekt atamasi 1955-yilda Jon Makkarti (John McCarthy) tomonidan kiritilgan.
1956-yilda Makkarti va boshqalar Sun’iy intellekt bo‘yicha Yozgi Dartmut Tadqiqot Loyihasi
konferensiyasini tashkil etishdi. Ushbu tashabbus mashina o‘rganishi, chuqur o‘rganish,
bashoratli tahlillar kabi ko‘p ixtirolar qilinishiga olib keldi. Undan tashqari, bu tashabbus
yangidan-yangi sohani ma’lumotshunoslikni (data science) keltirib chiqardi.1990-yillarda
sun’iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997-yilda Deep Blue nomli IBM
kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi ilk
kompyuter bo‘ldi.
Sun’iy intellekt — tezkor hisoblash muhitida algoritmlar yaratish va qo‘llash orqali
insonning aql-idrok jarayonlariga taqlid qilishga asoslanadi. Sodda qilib aytganda, sun’iy
1
https://kun.uz/news/2023/10/26/ozbekistonda-suniy-intellektning-kelajagi-qanday-eng-songgi-trendlar-va-
voqealarga-nazar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
139
intellekt kompyuterlarni odam kabi o‘ylash va ulardek yechim topishga yo‘naltiradigan
texnologiyadir.
Ushbu maqsadga erishish uchun uchta asosiy tarkibiy qism talab qilinadi:
hisoblash tizimlari (katta quvvatli kompyuterlar);
katta ma’lumotlar va ularni boshqarishda ko‘nikmalar;
SI algoritmlari (dasturiy kod)
Sun’iy intellekt inson aqliga qanchalik yaqin bo‘lsa, uni yaratish shunchalik ko‘p
ma’lumot va hisoblash resurslarini talab qiladi.
2
Sun'iy intellekt – texnologik rivojlanish asosi
Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, raqamli ma'lumotlarni
yig'ish, saqlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida hozirda yurtimizda
ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlash, mazkur yo'nalishdagi ilmiy-loyihalarni qo'llab-
quvvatlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.O'z navbatida sun'iy intellektni ilm-
fanga joriy etish uchun malakali kadrlar sonini oshirish talab etiladi. Negaki aynan o'z
kasbining ustasi bo'lgan mutaxassislar barcha jabhalarga sun'iy intellekt kirib borishida
asosiy omil bo'ladi. Hozirda yurtimizda shu yo'nalish bo'yicha “Raqamli texnologiyalar va
sun'iy intellekt” ixtisosligi oliy malakali kadrlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassisliklar
nomenklaturasiga kiritildi va uning pasporti yaratildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Raqamli texnologiyalar va sun'iy
intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida “Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt
ixtisosligi” bo'yicha oliy ta'limdan keyingi ta'lim instituti ochildi.Sun'iy intellekt sohasida
tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta maqsadli kvotalar ajratildi.
Bundan tayanch doktoranturaga 14 ta, stajyor-tadqiqotchilikka 14 ta qabul kvotasi ajratildi.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yo'nalishi bo'yicha saralab olingan 10
nafar yosh olim 2021-2022 yillarda etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy
stajirovkalarga yuboriladi. Sun'iy intellekt sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlar va innovatsion
ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash doirasida umumiy qiymati 15,1 mlrd. so'm bo'lgan,
davomiyligi 2021 – 2024 yillarga mo'ljallangan 9 ta loyiha amalga oshirilmoqda.Innovatsion
rivojlanish vazirligi tomonidan har yili o'tkaziladigan Xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi
“Innoweek.uz-2021” doirasida esa joriy yilning 24 noyabrida “Sun'iy intellekt – texnologik
rivojlanish asosi” mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.Sun'iy intellekt
hayotimizga kirib kelmoqda, ammo uning o'zi nima degan savol tug'ilishi tabiiy. Shu bois
sun'iy intellekt haqida ayrim ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etamiz
Sun'iy intellekt format ham, funksiya ham emas
Qisqa qilib aytganda, sun'iy intellekt muayyan vazifalarni bajarishda inson xatti-
harakatiga taqlid qilishga qodir bo'lgan tizim yoki texnologiya bo'lib, olingan ma'lumotlardan
foydalanib asta-sekin mukammallashib boradi. Umuman olganda sun'iy intellekt format ham,
funksiya ham emas, balki bu jarayon bo'lib, ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish kabilarni o'z
ichiga oladi.Sun'iy intellekt haqida so'z borar ekan, uning biznesdagi va axborot
texnologiyalardagi o'rnini tahlil qilish lozim. Sun'iy intellektning ushbu yo'nalishlarga sekin-
astalik bilan kirib borishi, sun'iy intellekt vositalarining soni oshishini ta'minlaydi.“Sun'iy
intellekt” deganda ko'pchilik robotlarning turli sohalarga jalb qilinishini tushunadi. Ammo
2
https://uz.goodinternet.org/uz/sections/osmirlar/qiziqarli-faktlar/suniy-intellekt-nima/
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
140
sun'iy intellekt atamasi robotlarning inson bilan o'rin almashishini anglatmaydi. Uning asosiy
maqsadi inson qobiliyatlari va imkoniyatlarining chegaralarini kengaytirishdir. Shuning
uchun bu kabi texnologiyalar qimmatli biznes resursi hisoblanadi.
Avvallari “sun'iy intellekt” atamasi faqat odamlar bajarishi mumkin bo'lgan, masalan,
mijozlarga xizmat ko'rsatish yoki shaxmat o'ynash vazifalarni bajarish uchun qo'llanilgan.
Shuningdek, kompyuter texnologiyalarini chuqur o'rganishga ham sun'iy intellekt sifatida
qaralgan. Lekin mijozlarga xizmat ko'rsatish, turli onlayn o'yinlar va komp`yuter
texnologiyalarini chuqur o'rganish kabilar sun'iy intellekt texnologiyalarining kichik qismi
hisoblanadi. To'g'ri, sun'iy intellekt texnologiyalari odamlar bajaradigan vazifalarni
avtomatlashtirish orqali samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Biroq endilikda uning
qamrovi kengaymoqda, hozirda sun'iy intellekt bilan odamlarning xarakterini,
o'quvchilarning qobiliyatlarini, xodimning ishga bo'lgan qarashlarini aniqlab olish mumkin.
Sun'iy intellekt infratuzilmani monitoring qilish, katta hajmdagi ma'lumotlarni to'plash
va qayta ishlash, texnik hamda tibbiy diagnostika tizimlari, shaxsiy ta'lim traektoriyalarini
yaratish, xulq-atvor tahlillari qilishga imkon beradi. Sun'iy intellekt bu changyutgichlardan
kosmik stantsiyalarga qadar bo'lgan echimlarning butun spektridir.Joriy yilda “Gartner”
analitik kompaniyasi sun'iy intellekt texnologiyalari hali ham rivojlanish bosqichida ekani va
to'liq rivojlangan bozor hali uzoq shakllanishi haqidagi tadqiqotni chop etdi.Kompaniya
mutaxassislarining fikriga ko'ra, ko'plab korxona va tashkilotlar sun'iy intellektning sohaviy
muammolarni hal qilishda ko'mak berishini xohlashadi. Ushbu kompaniyalar sun'iy intellekt
vositalarini kengaytirib, xavflarni oldindan bilish va barcha jarayonlarni prognozlarga
asoslangan holda boshqarishni istaydi.Endilikda tadqiqotchilar oldida yanada murakkab
vazifalar turibdi. Xususan, internet taraqqiyoti, texnologik muammolarni bartaraf etish,
raqamli iqtisodiyot uchun yangi vositalar yaratish lozim. Shuningdek, o'zbekistonlik
tadqiqotchilarning eng asosiy vazifalaridan biri esa sun'iy intellektning ilm-fanga joriy
etilishida yaqindan ko'mak berishidir.
3
Axborot texnologiyalari sohasi oxirgi o‘n yilliklarda ulkan transformatsiyalarni o‘z
boshidan kechirdi va butun hayotimizni o‘zgartirib yubordi. Bulutli texnologiyalar, 5G va
internet, milliardlarni qamrab olgan ijtimoiy tarmoqlar, medianing aql bovar qilmas
taraqqiyoti... Bu mislsiz kashfiyotlarni yana davom ettirish mumkin. Shubhasiz, butun dunyo
miqyosida shov-shuv ko‘tarishga ulgurgan sun’iy intellekt va u bilan bog‘liq holda qalqib
chiqqan mutlaqo yangi yo‘nalishlar bu texnologik yangiliklarning eng cho‘qqisi bo‘ldi.
Sun’iy intellekt (ingl. Artificial intellegence) – kompyuter tizimlarining shu vaqtgacha
insonlarga xos bo‘lgan ijodkorlik va intellektual faoliyatni bajarish qobiliyatidir.Sun’iy
intellekt O‘zbekistonda 2021 yilda prezidentning alohida qarori qabul qilinishi ushbu
sohadagi ishlarni bir tizimga solish va tashkillashtirish imkonini berdi. Jumladan, “Sun’iy
intellektga tayyorlik indeksida O‘zbekiston Respublikasi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha chora-
tadbirlar dasturi” tasdiqlandi. Unda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada, davlat
boshqaruvi tizimida sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish,
qishloq xo‘jaligi, energetika, sog‘liqni saqlash, elektron hukumat sohalariga mazkur
texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan.
4
.
3
https://yuz.uz/uz/news/suniy-intellekt--texnologik-rivojlanish-asosi
4
https://kun.uz/news/2023/10/26/ozbekistonda-suniy-intellektning-kelajagi-qanday-eng-songgi-trendlar-va-
voqealarga-nazar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
141
References:
1.
https://ict.xabar.uz/uz/startap/suniy-intellektning-eng-yaxshi-texnologiyalari
2.
https://uz.goodinternet.org/uz/sections/osmirlar/qiziqarli-faktlar/suniy-intellekt-
nima/
3.
https://yuz.uz/uz/news/suniy-intellekt--texnologik-rivojlanish-asosi
4.
https://kun.uz/news/2023/10/26/ozbekistonda-suniy-intellektning-kelajagi-qanday-
eng-songgi-trendlar-va-voqealarga-nazar.