Авторы

  • Mohigul Tohirova
    Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47191

Ключевые слова:

Pedagog psixolog inklyuziv ta’lim tarbiya kasbiy etika aqli zaif ko‘zi ojiz korreksiya nuqson nogiron ta’lim maxsus ta’lim uydagi ta’lim defektolog.

Аннотация

Biz ushbu maqolada psixologning inklyuziv ta’lim-tarbiya berish jarayonini tashkil qilishda kasbiy etikasi va mahorati hamda inklyuziv ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni o‘rgandik. Shuningdek, maqolada inklyuziv ta’lim tizimida o‘qituvchilarning kasbiy mahorati oshirish va alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

115

INKLYUZIV TA’LIMDA PSIXOLOGLAR FAOLIYATINING AHAMIYATI

Tohirova Mohigul Umir qizi

Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti

Gmail: tohirovamohigul15@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12770563

Annotatsiya:

Biz ushbu maqolada psixologning inklyuziv ta’lim-tarbiya berish

jarayonini tashkil qilishda kasbiy etikasi va mahorati hamda inklyuziv ta’limni tashkil etishga
qo‘yiladigan talablarni o‘rgandik. Shuningdek, maqolada inklyuziv ta’lim tizimida
o‘qituvchilarning kasbiy mahorati oshirish va alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashning o‘ziga
xos xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

Pedagog, psixolog, inklyuziv ta’lim, tarbiya, kasbiy etika, aqli zaif, ko‘zi ojiz,

korreksiya, nuqson, nogiron, ta’lim, maxsus ta’lim, uydagi ta’lim, defektolog.

ЗНАЧЕНИЕ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПСИХОЛОГОВ В ИНКЛЮЗИВНОМ

ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация:

В данной статье мы рассмотрели профессиональную этику и навыки

психолога в организации инклюзивного образовательно-воспитательного процесса, а
также требования к организации инклюзивного образования. Также в статье
рассматриваются особенности повышения профессионального мастерства педагогов и
работы с детьми с особыми потребностями в системе инклюзивного образования.

Ключевые слова:

педагог, психолог, инклюзивное образование, воспитание,

профессиональная этика, умственно отсталый, слепой, коррекция, дефект, инвалид,
образование, специальное образование, домашнее обучение, логопед.

THE IMPORTANCE OF PSYCHOLOGISTS IN INCLUSIVE EDUCATION

Abstract:

In this article, we examined the professional ethics and skills of a psychologist

in organizing an inclusive educational process, as well as the requirements for organizing
inclusive education. The article also discusses the features of improving the professional skills
of teachers and working with children with special needs in the inclusive education system.

Key words:

pedagogue, psychologist, inclusive education, upbringing, professional

ethics, mentally retarded, blind, correction, defect, disabled, education, special education,
home education, speech pathologist.


Yurtimiz va jahonda bugungi kunda ta’limga juda keng e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim

jarayoni yo‘sinda inklyuziv ta’limga ham yuksak darajada imkoniyatlar va sharoitlar
yaratilmoqda. Bu inklyuziy taʼlim - alohida ehtiyojli bolalar bilan sogʻlom bolalar uchun teng
taʼlim olish imkoniyatini yaratadi. UNICEF inklyuziv taʼlimni Oʻzbekiston taʼlim tizimiga
kiritish masalalari bilan shugʻullanadi. Inklyuziv taʼlim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va
holatidan qatʼiy nazar, ularning barchasiga sifatli taʼlim taqdim etish. Shu bilan birga,
inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga
ega boʻlishlari uchun oilada yashashlari va oʻz tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim
olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv taʼlim tizimi nogironlar aravachasidagi bola
yaqin atrofda joylashgan maktabda taʼlim olishi, oʻzlashtirishda qiynalayotgan boʻlsa, oʻqish va


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

116

yozishga oʻrganish uchun maxsus yordam olishi darslarga qatnamay qoʻygan bolaga esa
maktabga qaytish uchun tegishli yordam koʻrsatilishini kafolatlaydi.

Xususan, maxsus maktablarda ta’lim oluvchi o‘quchilarning ijtimoiy-psixologik

xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, sifatli pedagogik-psixologik yordam ko‘rsatish nazarda
tutilgan. Bunga normativ-qonuniy hujjat sifatida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni, 2020-yil 23-sentabr O‘RQ-637-son, “Аlohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son, “Alohida
ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori, 2021-yil 12-oktabr VM-
638-son, Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori, 1994 yil 29-sentabr 2-ilovasi VM-490-
son misol bo‘la oladi. Psixologik yordamni tashkillashtirish va amalga oshirishda asosiy
urg‘uni kadr xodimlarning u yoki bu sohaga ixtisosligi bo‘yicha tashkil etish juda muhim
hisoblanadi. Bundan tashqari psixolog xodim:
- Oʻqituvchi oʻquvchilarning turli toifada ekanligiga qaramay barcha bolalarning huquqini
himoya va hurmat qilishi;
- Hamkorlikni yoʻlga qoʻyish; Chunki oʻqituvchilar uchun hamkorlik va oʻzaro fikr almashish
muhimdir.
- Oʻqituvchi oʻz faoliyatini tizimli baholab borishi, muntazam malakasini oshirishi, alohida
taʼlim ehtiyojlari bor bolalarning intizomli va muassasalararo guruhlar bilan samarali ishlashi
uchun liderlik hamda boshqaruv malakalarini qoʻllash, muammolarni birgalikda hal qilish,
keng qamrovli maktab hamkorligini yoʻlga qoʻyishni tashkillashtirishda pedagog va psixolog
xodimlarning amaliy va nazariy malakalarini rivojlantirish;
- Maʼlumki, inklyuziv taʼlimda maxsus taʼlim ehtiyojidagi bolalar barcha bolalar bilan birga
maʼlum maqsadda turli qobiliyatlarga muvofiq guruhlashtiriladi;
- Maxsus taʼlim oʻqitishning maxsus va alternativ dasturlari orqali oʻqitilsa, inklyuziv taʼlim
bolaga yoʻnaltirilgan va moslashtirilgan, yoʻriqnomali, barchaga moʻljallangan oʻquv dasturi
asosida oʻqitiladi;
- Har bir pedagog-psixolog xodim inklyuziv ta’limning kontseptual apparatini aniqlashtirishi
zarur, sababi ular falsafaga, kontseptual asoslarga asoslanadi.

Shuningdek, psixolog quyidagi prinsiplarga rioya qilishi lozim:

-Insonning qadr-qimmati nafaqat uning qobiliyati va yutuqlariga bog'liq. Chunki har bir inson
noyobdir!
- Har bir inson his qilishga va fikrlashga qodir!
- Har bir inson muloqot qilish huquqiga ega.
- Haqiqiy ta’lim faqat kontekstda amalga oshirilishi mumkin.
- Haqiqiy munosabatlar: hamma odamlar bir-biriga, barcha odamlarga muhtoj tengdoshlar va
murabbiylarning yordami va do‘stligiga muhtoj.
-Xilma-xillik inson hayotining barcha jabhalarini oshiradi. Bular nafaqat ta’lim jabhasi balki
hayotiy qadriyatlar hisoblanadi.

Inklyuziv ta’lim atamasi inglizcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „oʻz ichiga

oladi“ deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni
sogʻligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Inklyuziv taʼlim — davlat


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

117

siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, maxsus
taʼlimga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga koʻra nogiron boʻlgan) oʻsmirlar rivojlanishda
uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga
moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir.

Inklyuziv ta’lim – hamkorlikdagi ta’lim boʻlib, butun hamjamiyat tomonidan eng

insonparvar va samarali ta’lim sifatida tan olingan. Inklyuziv ta’lim bu shunday ta’lim-tarbiya
jarayoniki, unda jismoniy, ruhiy, aqliy va boshqa muammolaridan qat’iy nazar barcha bolalar
umumiy tarzda, oʻz uyi va hududida, ehtiyojlariga mos barcha sharoitlar yaratilgan
maktablarda, oʻz tengqurlari bilan birga ta’lim olishi demakdir.

1

Inklyuziv ta’limning maqsadi - alohida ehtiyojli bolalarning imkoniyatlaridan kelib

chiqib, umumta’lim muassasalarida toʻlaqonli ta’lim olishlarini ta’minlash, ta’lim
muassasalarida har bir bola uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish. Imkoniyati cheklangan
bolalar uchun ta’limning turli shakllari tashkil etilgan: maxsus ta’lim, uydagi ta’lim, inklyuziv,
integratsion ta’lim va muruvvat uylari.

Maxsus ta’lim

– bolalarning muammolari boʻyicha maxsus tashkil etilgan maktab-

internatlari, maktablar;

Uydagi ta’lim

– ta’lim muassasalarida oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan bolalar uchun

oilada tashkil etiluvchi ta’lim;

Inklyuziv, integratsion ta’lim

- umumta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi uygʻun

ta’lim;

Muruvvat uylari

- rivojlanishida ogʻir nuqsonlarga ega bolalar uchun internat tipida

maxsus tashkil etiluvchi ta’lim hisoblanadi.

Inklyuziv ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslari ikki xil boʻladi: xorijiy va milliy. Xorijiy

asoslar “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” (1948-yil), ”Bolalar huquqlari
toʻgʻrisida”gi konvensiya (1989-yil), ”Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida”gi deklaratsiya (1975-
yil), ”Ta’lim nima uchun” umumjahon deklaratsiyasi (1990-yil), Salamanka bayonoti (1994-
yil), Dakar deklaratsiyasi (2000-yil)ga tayanadi. Milliy asoslarni esa Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi (1992-yil), “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun (1991-
yil), “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun (1997-yil), ”Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun
2008-yil), ”Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5270-farmon (2017-yil), ”Xalq
ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi PF-5712- farmon
(2019-yil) lar tashkil etiladi.

Inklyuziv ta’limga jalb qilinmagan nogiron bolaning hayot yoʻli: 7 yoshgacha uyida

boʻladi. 10 yoki 12 yil maxsus ta’lim muassasasi (internat, maktab)da, oʻzi kabi bolalar bilan
tahsil olganda, sogʻlom insonlar bilan muloqoti birmuncha cheklangan boʻladi. Bitirib chiqib,
sogʻlom insonlar orasida samarali yashab qolishi uchun yana kimningdir yordamiga muhtoj
boʻladi, bu davrda bola 19 yoshga kirgan boʻlib ota-onasi ham oʻrta yoki undan katta yoshli
boʻladi, kollej yoki boshqa turdagi ta’limga jalb etilmasa, bu shaxs oilasi qaramogʻida qoladi
chunki aksariyat ota-onalar avaylash maqsadida uyda boqib oʻtirishga harakat qiladilar.

1

“Dakarskiye ramki deystviy”- YUNESKO-2000 yil. Fransiyada chop etilgan. Kislitsina I.K. «Inklyuzivnoye

obrazovaniye-obrazovaniye dlya vsex»(osnovniye ponyatiya i kratkiy obzor mejdunarodnogo opita) sozdano pri podderjke
Yevropeyskogo Soyuza. Tashkent, 2004


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

118

Sabab: farzandining sogʻlom insonlar orasida ishlab yoki boshqa munosabatlarga kirishishiga
ishonchi yetmaydi. Boz ustiga ular atrofdagilarning farzandiga nisbatan salbiy munosabat
qiladi degan xavotirda bo‘ladilar. Natijada imkoniyati cheklangan shaxs tor doiradagi kishilar
jamoasida qolishga mahkum bo‘ladi. Kech oila quradi. Agar turmush oʻrtogʻi ham oʻzi kabi
boʻlsa, ota-ona yana kichik oilani “tortishi” ga toʻgʻri keladi. Ular bolalik boʻlsa, yana mas’uliyat
koʻpayadi. Biroq, bu davrda ota-onaning yoshi ancha ulgʻayib ularning oʻzlari ham oʻzgalar
gʻamxoʻrligiga muhtoj boʻlishlari mumkin. Demak, ota-ona keksalikda ham shu bolasining
taqdirini oʻylash bilan umr kechiradi.

Imkoniyati cheklangan bola inklyuziv ta’limga erta jalb etilsa, mahallada bolalikdan

qoʻshni bolalar bilan oʻynaydi, ular bilan tanishadi, milliy qadriyatlarni anglay boshlaydi.
Maktabgacha ta’lim davrida atrofdagi sogʻlom insonlar va tengdoshlari bilan muloqotga, erta
oʻz-oʻziga oʻrganadi, maktab ta’limiga tayyor boʻladi. Maktabdagi toʻsiqlar, muvaffaqiyatlar va
kelajakka ishonch, toblanish davrida sogʻlom odamlar bilan muloqotda davom etadi,
atrofdagilarning salbiy va ijobiy qarashlarida duch kelayotganini anglaydi va ularga nisbatan
oʻzining mustaqil pozitsiyasini topib oladi. Endi u mustaqil hayotga qadam qoʻyadi, mustaqil
fuqaro sifatida oʻqishi, ishlashi, turli munosabatlarda ishtirok etishga tayyor. Ota-ona va
yaqinlari uning tashqariga chiqishidan xavotirga tushmaydi. Jamiyatda uning kimligi, nimaga
qodirligini bilgan, taniganlar unga ishonadi. Natijada u oila qurish, oilasini boqish imkoniga
ega boʻladi.

2

Oʻzbekistonda inklyuziv ta’lim ilk asoschilari va olimlari. 1996-yilda xorijiy delegatsiya

mamlakatimizga kelib, ilk muzokaralarni oʻtkazgan. Ushbu muzokaralar A.Avloniy nomidagi
XTTXQTMOI Maxsus ta’lim kafedrasi va RTM maxsus ta’lim boʻlimi va Nizomiy nomidagi
TDPU Defektologiya fakulteti professor oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilgan. Oʻzbekistonlik
olima R.Sh.Shomahmudova mamlakatimizga boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik orqali ilk bor
Angliya tajribasini olib kirishga muvaffaq boʻlgan. Olima rahbarligida RTM da “Inklyuziv
ta’lim”ga bagʻishlangan xalqaro konferensiya tashkil etilgan. YUNICEF xalqaro tashkiloti va
XTB hamkorligida qator loyihalar amalga oshirilgan. Ushbu loyihalarning koordinatorlari
sifatida Oʻzbekistonlik olimlar professor L.Moʻminova dotsent U.Fayziyevalar ish olib
borganlar.

Samarali individuallashtirish uchun bolaning rivojlanish darajasini ham hisobga

olishimiz kerak. Bolalarning rivojlanishi ko‘pincha notekis bo‘lib,madaniy omillar qaysidir
sohada rivojlanishga ta’sir etadi. Agar guruhda qobiliyatli bolalar yoki rivojlanishida orqada
qolgan bolalar bo‘lsa, rivojlanish darajalari oralig‘I katta bo‘ladi, bu esa pedagogdan kun
davomida individuallashtirishni turli usullar bilan rejalashtirishni talab qiladi. Bular
quyidagilar:

Shaxsiyat va temperament.

Shaxsiyat va temperamentning ko‘pgina xususiyatlari mavjud

va ularning har birida kontinuumlar mavjud bo‘lib, har bir bolani ularga joylashtirish mumkin.
Biz shuni bilishimiz kerakki, o‘z shaxsiyatimiz va temperamentimiz bolalarning shaxsiyati
bilan mos tushishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Ushbu farqlarni tushungan va qabul qilgan
holda biz bolalarning yashash hayotini yaxshi tomonga o‘zgartira olamiz, ularning shaxsiyati
va temperamentiga mos holda mashg‘ulotlar rejalashtiramiz.

2

Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2021). Nogironligi bo‘lgan ota-ona qaramogida bo‘lgan yetim bolalarni

ijtimoiylashtirishning metodik klasteri. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, 6(1), 280-286.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

119

Gender va gender tenglik

. Bolalarga, odatda, gender asosida o‘zlariga do‘stlar va turli xil

mashg‘ulotlarini tanlash imkoniyati berilgan bo‘lsa-da, u qachon sodir bo‘lishini bilmoq kerak
va barcha bolalarda turli xil material, o‘yinlar orqali kompetentligini uyg‘otish maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Pedagoglar gender stereotiplariga qarshi turishlari, o‘g‘il bola va qizlarni turli
tadbirlarda birga o‘ynashga undashlari lozim.

O‘quv uslubi

. Barchada bilim va ko‘nikmalarni egallashda o‘z tanlovlari mavjud.

Oramizda kimdir audialdir (biz eshitish orqali yaxshiroq o‘rganamiz); yana kimdir vizualdir
(biz qanday bajarilishini ko‘rishimiz, qanday bajarish kerakligini o‘qishimiz yoki rasmlar
orqali ko‘rishimiz kerak); boshqalar kinestetiklardir (biz nimadir qilishimiz kerak). Yosh
bolalarning ilk davrlarida ushbu ko‘rsatkichlar o‘zini namoyon qilishi yoki aksincha
sezilmasligi mumkin. Pedagoglar turli xil (eshitish, ko‘rish va bajarish) usullar yordamida
yangi bilim va ko‘nikmalar orqali barcha bolalar bilim olishlarini tashkil qilishlari lozim.
Barcha bolalar yutuqlarga erishishi uchun pedagoglar turli xil ta’lim uslublarini inobatga
olishlari kerak.

Barcha bolalarning kuchli tomonlari (ayniqsa, ular nimani yaxshi bajaradi) va ehtiyojlari

(yaxshi bajarishlari uchun ularga qanday yordam kerak) mavjud. Ba’zan kuchli xarakterlar va
ehtiyojlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.

Psixologlar o‘z ehtiyojlarini qondirishga yordam berish uchun bolalarning kuchli

tomonlaridan foydalanishlari lozim. Misol uchun, guruhingizdagi ikki nafar qiz taom
tayyorlash jarayoniga qiziqishi va bu uchun ko‘p vaqt sarflashi mumkin, ammo ular kitob
o‘qishni umuman yoqtirmaydilar. Demak, ularni oziq-ovqat yoki taom tayyorlash haqidagi
hikoyalar o‘qib berib, shu haqdagi kitoblar berib qiziqtirsangiz, ularning yana bir xarakterini
kashf etish mumkin.

Psixologlar bolalar bilan individual ishlash uchun quyidagilarga e’tibor qilish kerak

bo‘ladi:

ertalabki qabul paytida ota-onalar bilan bolaning salomatligi haqida suhbatlashish;

har bir bolaga ularni qiziqtiradigan narsalarni bajarish imkoniyatini berish, tinch, ijobiy

muhit yaratish va uni saqlash;

nonushtaga tayyorlanganda va taomlanish vaqtida e’tiborli bo‘lib, madaniy-gigienik

ko‘nikmalarga to‘liq ega bo‘lmagan bolalarga, ishtahasi yo‘q bolalarga yordam berish, sekin
ovqat yeydigan bolalarni tabiat burchagida ishlashga jalb etish;

uyatchan, tortinchoq yoki mashg‘ulotlarda qatnashmagan bolalar bilan umumiy guruh

mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ularni tayyorlash;

sayrga chiqish uchun kiyinish ko‘nikmasini tarbiyalash, bemor va zaiflashganbolalarga

alohida e’tibor berish, har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish, ularni bir-
biriga yordam berishga undash;

sayr davomida turli maqsadlarga erishiladi: uyatchanlikni bartaraf etish, yangi bolani

jamoaga jalb etish, kuzatishni rivojlantirish,mashg‘ulotlarga qatnashishga tayyorgarlik
ko‘rish, mehnat ko‘nikmalarini tarbiyalash;

har qanday faoliyatda alohida o‘rnak bo‘ladigan bolalarga imtiyoz berish;

gapirishda qiynalayotgan bolalar bilan she’rlar, tez aytishlar yod olish;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

120

kechqurun ota-onalar bilan muloqot qilish, kun davomida bolaning faoliyati haqida

gapirib berish, savollariga javob berish, o‘zlari qiziqqan mavzu bo‘yicha tavsiyalar berish.

3

Ma’lumki, keyingi yillarda mamlakatimizda inklyuziv ta’limga alohida e’tibor

qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2020-yil 13-oktyabrdagi “Alohida ta’lim
ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shuningdek, 2020-yil 23-sentyabrda qabul
qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga ilk bor inklyuziv (uyg‘unlashgan)
ta’lim tushunchasi kiritildi. Jarayonda yurtimiz umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni
joriy etish rejasi belgilab olindi. Unga ko‘ra, 2025-yilgacha alohida ta’limga ehtiyoji bor
bolalarning 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi ko‘zda tutilgan. Imkoniyati cheklangan
bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib
bormoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish
darajasi, imkoniyatlari, xususiyatlari va qobiliyatlariga ko‘ra maxsus yoki umumiy ta’lim
tizimida ta’limni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim tizimi amalga oshirilmoqda.
“Salamanka deklaratsiyasi”ga muvofiq har bir o‘quvchi xususiyatlarini isloh qilishni qo‘llab-
quvvatlovchi va ma’qullovchi dalil sifatida qaraladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, inklyuziv ta’lim bu haqiqiy insoniylik va sotsial tizimdagi

eng yuksak tolerantlik hisoblanadi. Har bir inson bu dunyodan bahramand bo‘lishga
haqli,xususan,ta’lim olishda,shu sababli pedagog xodimlar bu muhim jihatni inobatga olishi va
jamiyatning kelajagini shakllantirish uchun entuziastik, o‘zaro hamjihatlik orqali erishishga
harakat qilishi kerak. Iqtibos sifatida Respublikamizda 2021-2022 o‘quv yilidan umumiy o‘rta
ta’lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan inklyuziv maktablar soni 31 tani
tashkil etib, 2022-2023 o‘quv yilida esa yangi tashkil etiladigan inklyuziv umumta’lim
maktablari soni 194 ta inklyuziv ta’lim sinfi ochilishi (232 tа inklyuziv ta’lim sinfi (prognoz), 4
tа tayanch korreksion maktab (4 tа tayanch korreksion sinf), shuningdek, 510 nafar alohida
ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchini (prognoz) qabul qilish rejalashtirilgan.

References:

1.

Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2022). Nutq ustida ishlashning tizimli yondashuvlari

orqali eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga tayyorlash. Pedagogik ta’lim
innovatsiyon klasteri, 1(1), 350-352.
2.

Ibadullayeva, S. N., Masaliyeva, S. (2022). Inkluyziv ta’lim sharoitida maktabgacha

yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarini rivojlantirish omillari. Inklyuziv ta’lim, 1(2),
111-113.
3.

“Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma’naviy va estetik rivojlantirish” mavzusidagi

ilmiy - nazariy konferensiya materiallari. Toshkent-“Uzinkomsentr”-2002 yil.
4.

Aminova V.Yu. Integrirovannoye obrazovaniye dlya detey s osobimi nujdami v

doshkolnыx i shkolnix uchrejdeniyax massovogo tipa (Metodicheskiye rekomendatsii) MNO
RTSO Resursno’y sentr YuNESKO Tashkent 2002

3

Ibadullayeva, S. N., Masaliyeva, S. (2022). Inkluyziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik

tasavvurlarini rivojlantirish omillari. Inklyuziv ta’lim, 1(2), 111-113.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

121

5.

“Dakarskiye ramki deystviy”- YUNESKO-2000 yil. Fransiyada chop etilgan. Kislitsina I.K.

«Inklyuzivnoye obrazovaniye-obrazovaniye dlya vsex»(osnovniye ponyatiya i kratkiy obzor
mejdunarodnogo opita) sozdano pri podderjke Yevropeyskogo Soyuza. Tashkent, 2004
6.

«Inklyuziv ta’lim» muvaqqat Nizomi. 2005 yil.

7.

Imkoniyati chyeklangan bolalar va osmirlar uchun inklyuziv ta'limni tashkil etish

to’g’risida muvaqqat NIZOM. ORXTV T.,19 sentabr, 2005.
8.

Muminova L.R., Ayupova M.Yu. Logopediya. T., 1995

Библиографические ссылки

Qodirova, F., Ibadullayeva, S. N. (2022). Nutq ustida ishlashning tizimli yondashuvlari orqali eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta’limga tayyorlash. Pedagogik ta’lim innovatsiyon klasteri, 1(1), 350-352.

Ibadullayeva, S. N., Masaliyeva, S. (2022). Inkluyziv ta’lim sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik tasavvurlarini rivojlantirish omillari. Inklyuziv ta’lim, 1(2), 111-113.

“Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma’naviy va estetik rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy - nazariy konferensiya materiallari. Toshkent-“Uzinkomsentr”-2002 yil.

Aminova V.Yu. Integrirovannoye obrazovaniye dlya detey s osobimi nujdami v doshkolnыx i shkolnix uchrejdeniyax massovogo tipa (Metodicheskiye rekomendatsii) MNO RTSO Resursno’y sentr YuNESKO Tashkent 2002

“Dakarskiye ramki deystviy”- YUNESKO-2000 yil. Fransiyada chop etilgan. Kislitsina I.K. «Inklyuzivnoye obrazovaniye-obrazovaniye dlya vsex»(osnovniye ponyatiya i kratkiy obzor mejdunarodnogo opita) sozdano pri podderjke Yevropeyskogo Soyuza. Tashkent, 2004

«Inklyuziv ta’lim» muvaqqat Nizomi. 2005 yil.

Imkoniyati chyeklangan bolalar va osmirlar uchun inklyuziv ta'limni tashkil etish to’g’risida muvaqqat NIZOM. ORXTV T.,19 sentabr, 2005.

Muminova L.R., Ayupova M.Yu. Logopediya. T., 1995