YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
102
JANUBIY TURKMANISTON ILK SHAHARSOZLIK MADANIYATINING PAYDO
BO‘LISHI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
(Oltintepa yodgorligi misolida)
Narzulloyev Farrux
Buxoro davlat universiteti
Tarix va yuridik fakulteti 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12747879
Annotatsiya:
Ushbu
maqola
Janubiy
Turkmanistonning
ilk
shaharsozlik
manzilgohlaridan biri hisoblangan Oltintepa manzilgohining tarkibiy tuzilishi, shaharsozligi
va moddiy madaniyati haqida fikr yuritilgan. Qadimgi Oltintepa shahri arxeologiyasi bilan
bog’liq ma’lumotlar ilmiy tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar
: Oltintepa, oltinboshli buqa, V.M.Masson, A.Semyonov, dohiylar uyi,
ibodatxona, Namozgoh, Meana.
Kirish.
Bundan 4-5 ming yil oldin dastlabki metallning kashf etilishi natijasida insoniyat
uchun qulay bo'lgan mehnat qurollari dastlab Mesopatamiya va Old Osiyo mintaqalarida kashf
etilib, bronza davriga kelib yangi yerlarni o'zlashtirish natijasıda ilk qishloq va shaharlar
vujudga keladi. O'rta Osiyoda dastlabki shaharsozlikning rivojlanishi Janubiy Turkmaniston
bog'liq bo'lib, XX asrning dastlabki choragidagi Pampelining tadqiqotlari muhim ahamiyatga
ega.
Asosiy qism.
Janubiy Turkmanistonning arxeologik topilmalarning stratigrafik ustuni
Pampelining Anovtepada olib borilgan tadqiqotlar paytida tuzib chiqilgan edi.
1949-1950-
yillarda B.A.Litvinskiyning Namozgohtepa qazishmalari tufayli ushbu yodgorliklar
xronologiyasi ko'lami yanada kengayadi.
1952 yilda B.A. Kuftin Kopetdog' tog'oldi hududlaridagi xronologik tartibini tuzish
uchun maxsus tadqiqot ishlari olib bordi. Asosiy stratigrafik ishlar shu hududlardagi yirik,
madaniy qatlami 34 metr bo'lgan Namozgohtepada olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida
ketma-ket keluvchi oltita majmuani-Nomozgoh I-VI aniqladi. Uning fikricha, Anov I va
Namozgox I ilk eneolit, Namozgohtepa ll o'rta eneolit, Nomozgox III so'nggi eneolitga,
Namozgoh IV, V, VI esa ilk, rivojlangan va so'nggi bronza davrlariga oiddir.Namozgoh V
davridagi manzilgohlarning hududiy tuzilishini o'rganish maqsadida maydoni jihatidan 3
guruhga bo’linadi.
1.
Maydoni 46-70 ga.(Namozgohtepa, Oltintepa)
2.
Maydoni 10 ga.(Ulug'tepa, Xomuztepa)
3.
Maydoni 2-3 ga.( Toychanoqtepa, Qo'shtepa, Sho'rtepa)
Oltintepa manzilgohi bronza davriga oid bo'lib mill.avv 3-2 ming yillikka
tegishli.Yodgorlik Turkmanistonning janubidagi Meana qishlog'ida joylashgan bo'lib dastlabki
o'rganish ishlarini 1929-yilda Semyonov, 1930-yilda Murashenko, 1949-yil Masson
tomonidan o'rganilgan. Massonning fikricha Oltintepaning madaniy qatlami Namozgoh V
davriga oid bo'lib, ya'ni bronzaning rivojlangan davriga kelib shaharsozlikning rivojlanish
jarayonlari kuzatiladi.
Oltintepaning markaziy maydoni 25-30 gektar boʻlib, umumiy maydoni 60 gektarni
tashkil etgan. Yodgorlikda koʻp xonali uylar topib tekshirilgan bo'lib, Arxeologlar fikricha,
bunday uylarda katta patriarxal oila jamoalari yashagan. Uylarning maydonlari 50—70—100
m2 keladi. Ular toʻgʻri burchakli uy-joy va roʻzgʻor-xoʻjalik xonalaridan iborat.Turar joylarning
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
103
markaziy yoki burchak qismida paxsadan oʻchoq qurilgan. Masson bu uylarga “dohiylar uyi”
deb ta'rif beradi.[Массон, 1984. Б. 9-21]Bundan tashqari Arxeologlar Oltintepa yodgorligini
qazish natijasida paxsadan va xom gʻishtdan ishlangan zinapoyali minora — ibodatxonani
ochishga muvafaqq bo'lganlar (uning nomi — zikkurat).
Zikkuratlar Ikki daryo oraligʻida Uruk davrida paydo boʻlgan. Oltintepa inshooti katta
toʻrt zinapoyali binoga oʻxshaydi (poydevori 55 metr, balandligi 12 metr). Zikkuratning
yonida bir nechta xona qazib ochildi va ularning birida muqaddas oʻchoq boʻlib, unda
muqaddas olov yongan. Yana bir xonaning ichidan qabrlar topilgan.[Ibragimov, 2020. B.
284]Arxeologlar fikricha, qabrlarga zikkurat — ibodatxonaning xizmatchilari koʻmilgan.
Muhim arxeologik topilmalar ichida oltindan yasalgan buqa va boʻri boshchalari
haykalchalariga e'tibor berish kerak. Oltin, kumush va bronzadan ishlangan buqa boshchasi
haykalchalari Ikki daryo oraligʻidagi Ur shahrida keng tarqalgan va miloddan avvalgi 2600—
2500 yillar bilan sanalanadi. Oltintepa topilmalari Qadimgi Shumer san'ati va
haykaltaroshligining madaniy ta'sirini koʻrsatadi.
Bronza davrida Turkmaniston janubi Oʻrta Osiyoning eng muhim madaniy
markazlaridan biri boʻlgan. Kopetdogʻ etaklaridagi Quyi Tajan va Murgʻob vohasidagi qulay
geografik sharoitda rivojlangan dehqonchilik sugʻorish-irrigatsiyaga asoslangan.Namozgoh va
Oltintepa atroflarida qadimgi sugʻorish erlari keng maydonlarga ega boʻlgan. Daryolardan
kanal chiqarish texnikasi ancha rivojlangan. Bronza davrida irrigatsiya xoʻjaligi dastlabki
oddiy sugʻorish dehqonchiligidan ancha farq qilgan va u oʻtroq qabilalar yerni haydab,
dehqonchilik qilishga oʻtgan vaqt boʻlgan.Bronza davri tasviriy san'ati alohida ehtiromga loyiq
bo'lib, asosan bu davrda antropov va zoomorf bezakli haykalchalar va idishlar sirtiga bitilgan
naqshlar keng tarqalgan.[Sagdullayev, 1993. B. 116]
Xususan, Oltintepa manzilgohida tuyaboshi biriktirilgan 4 g'ildirakli arava haykalchasi
topilgan bo'lib, bundan xulosaga kelamizki mahalliy aholi buqa bilan birgalikda tuyadan ham
xo'jalik ishlarida foydalanganlar.Biz Oltintepadagi qazishmalarda Markaziy Osiyo
me'morchiligidagi yangi jihatlarni ko'ramiz.Bronza davrida qishloq xo'jaligining o'rnatilishi
bilan, doimiy aholi punktiga o'tish natijasida “kerpich” arxitekturasining paydo bo'lishiga olib
keladi.[Массон, 1986. Б. 126]
XX asrning 60-yillaridagi qazish maydonida topilgan binolar majmuasi qiziqish
uyg'otadi.Ularning qurilishi turli xil uslubda olib borilgan bo'lib, bir tomondan shumer
me'morchiligining aks etishini ko'ramiz.Bu, birinchi navbatda devorlarni ritmik tarzda
joylashgan tayanchlar bilan bilan bezash texnikasiga tegishli. G.Frankort aytganidek, qadimiy
davrlardan Mesopatamiya me'morchiligi mill.avv. IV ming yillik oxirida oddiy binolardan ichki
qismidan ham, jabhada ham tayanchlardan keng foydalanishi bilan ajralib turadi.
Ammo shunday bo'lishiga qaramay, Mesopotamiya va Oltintepa me'morchiligidagi
farqlar aniq va ravshan ko'zga tashlanadi. Xususan, Mesopotamiya ibodatxonalari o'zlarining
burchaklari bilan kardinal nuqtalar bo'ylab yo'naltirilgan, Oltintepada esa shimol-janub
chizig'i bo'ylab burchaklar yo'nalishi qat'iy kuzatiladi. Bu uslub kutilmagan hodisa bo'lib,
Sarianadining fikricha, bronza davrining Janubiy Turkmaniston binolari ham odatda asosiy
nuqtalarga ko'ra yo'naltirilgan. Janubiy Turkmaniston hududida bronza davri ilk shahar
shaklidagi manzilgohlar inqirozga uchrasada, ammo hayot qisman davom etadi.[Сарианиди,
1993. Б. 65]Masalan, Oltintepa manzilgohining “tepalik”, deb nomlangan qismida, Yangiqal'a
qabristonida va boshqa bir qator manzilgohlarda so'nggi bronza davri jamiyatining
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
104
taraqqiyoti izlari saqlangan. Namozgoh V bosqichida kulolchilikda oyoqli sopollar salmog'i
yetakchi o'rinni egallaydi. Bunday sopollar Nomozgohtepa, Tokkemtepa, Anovtepa va
Yangiqal'a qabristonlaridan topilganligini ko'rishimiz mumkin.
Xulosa qilib shuni ayta olamizki, Oltintepa manzilgohi O'rta Osiyo bronza
shaharsozlikligining asosi sifatida xizmat qilib kelganligini arxeologik dalillar orqali
ko'rishimiz mumkin.Oltintepa ilk shahar bo'libgina qolmasdan O'rta Osiyo va Yaqin Sharq
o'rtadida iqtisodiy va madaniy markaz vazifasini bajargan.
References:
1.
Kabirov J. Sagdullayev A.S. O'rta Osiyo arxeologiyasi.T.1990
2.
Sagdullayev A.S. Qadimgi O'rta Osiyo tarixi. T.1990
3.
Ibragimov R.Z. O'rta Osiyo arxeologiyasi. T.2020
4.
Массон В.М. Формирование цивилизации в Древней Средней Азии и Индостане.//
Древние культуры Средней Азии и Индии. -Л ., 1984. С.32-41.
5.
Массон В.М. Изучение эпохи раннего железа на территории Южного
Туркменистана. В кн. Туркменистан в эпоху раннежелезного века. - Ашхабад, 1984. С.9-
21.
6.
Массон В.М. Северная Бактрия. В кн. Древнейшие государства Кавказа и Средней
Азии. - М., Наука. 1985. С.250-274.
7.
Массон В.М. Древняя культура Афганистана. //Археология зарубежной Азии. -М .,
1986. С. 126.
8.
Массон В.М. Первые цивилизации. -Л., 1989.
9.
Массон В.М. Алтын-депе - город бронзового века. В кн: Сквозь века . М., 1989. С.3-
16.
10.
Массон В.М., Ромодин В.А. История Афганистана. Т.1. - М., 1964.
11.
Массон М.Е. Столичные города в области низовьев
Кашкадарьи с древнейших времен. - Т . «Фан», 1971, С. 11-16.
12.
Массон В.М. Сарианиди В.И. Средниазиатская терракота эпохи бронзы. - М., 1973.
13.
Сарианиди В.И. Материальная культура Южного Туркменистана в период ранней
бронзы// Первобытный Туркменистан. - Ашхабад. 1976. С.82-83.
14.
Сарианиди В.И. Древние земледельцу Афганистана.- М., 1977.
15.
Сарианиди В.И. Храм и некрополь Тилля-тепе,- Гл.1. - М., 1989.
16.
Сарианиди В.И. В поисках страны Маргуш. - М., 1993
17.
Массон И.М. Раскопки на Алтун-депе в 1969 г. Материалы ЮТАКЭ. Вып. 3.
18.
Массон В.М. Поселение Джейтун: проблема становления производящей
экономики.//МИА, 1971, № 180.
19.
Массон В.М. Становление цивилизации как социально экономический и
культурнуй процесс. // М А И К Ц А. Информ. бюлл. - М. 1982. №11.
20.
Массон В.М. Древние культуры Средней Азии: динамика развития, освоения
экологических ниш, культурные связи // МАИКЦА. Информ. бюлл. -М., 1986. Вып. 11.
21.
Массон М.Е. Городища старого Термеза и их изучение. // Труды АН УзССР. Серия 1.
1936.- Т . , 1940. С.20-21, 109.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
105
22.
Salvatori S. 1994. Excavations at the Namazga V late graveyard of Gonur 1 (Murghab
delta, Turkmenistan). Preliminary report on the 1993 field season. In: Rivista di Archeologia.
Anno XVIII. -P. 14–39.
23.
Salvatori S. 1995. Gonur-Depe 1 (Margiana, Turkmenistan): The middle Bronze Age
graveyard. Preliminary report on the 1994 excavation campaign. In: Rivista di Archeologia.
Anno XIX. P. 5–37.
24.
Schmidt E. F. 1933. Tepe Hissar Excavations 1931. In: Museum Journal. Vol. XXIII, no 4.
Р. 315–475.
25.
Schmidt E. F. 1937. Excavations at Tepe Hissar, Damgan. Philadelphia.