Авторы

  • Oyatillox Egamberdiyev
    FarDU Magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47213

Ключевые слова:

individual ta’lim individual yondashish differensial ta’lim ta’lim traektoriyasi tabaqalashtirilgan ta’lim individuallashtirilgan o‘qitish.

Аннотация

Mazkur maqolada, individual o‘qitish, individual o‘qitishning afzalliklari, individual o‘qitishning tehnologiyalari haqida keltirilgan. Shuningdek, individual ta’limning innovatsion o‘qitish usuli ekanligi hamda individual ta’lim mustaqil fikrli yoshlar safini kengaytirishi haqida ham aytib o‘tilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

22

TA’LIM SOHASIDA INDIVIDUAL O‘QITISH TEXNOLOGIYALARNI SHAKLLARI

Egamberdiyev Oyatillox Alisher o‘g‘li

FarDU Magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.12683387

Annatatsiya:

Mazkur maqolada, individual o‘qitish, individual o‘qitishning afzalliklari,

individual o‘qitishning tehnologiyalari haqida keltirilgan. Shuningdek, individual ta’limning
innovatsion o‘qitish usuli ekanligi hamda individual ta’lim mustaqil fikrli yoshlar safini
kengaytirishi haqida ham aytib o‘tilgan.

Аннотация:

В данной статье представлены индивидуальное обучение,

преимущества индивидуального обучения, технологии индивидуального обучения.
Также было отмечено, что индивидуальное обучение является инновационным
методом обучения и что индивидуальное обучение расширяет ряды самостоятельно
мыслящей молодежи.

Annotation:

In this article, individual teaching, advantages of individual teaching,

technologies of individual teaching are presented. It was also mentioned that individual
education is an innovative teaching method and that individual education expands the ranks of
independent-minded young people.

Kirish so‘zlar:

individual ta’lim, individual yondashish, differensial ta’lim, ta’lim

traektoriyasi, tabaqalashtirilgan ta’lim, individuallashtirilgan o‘qitish.

Ключевые слова:

индивидуальное обучение, индивидуальный подход,

дифференцированное обучение, образовательная траектория, дифференцированное
обучение, индивидуализированное обучение.

Key words:

individual education, individual approach, differential education, educational

trajectory, differentiated education, individualized teaching.

KIRISH
Individual ta’lim—

o‘qituvchining o‘quvchiga pedagogik ta’sirini amalga oshiruvchi

o‘quv mashg‘ulotlari shakllaridan biri. o‘qituvchining o‘quvchi bilan sinf jamoasidan tashqarida
olib boriladigan faoliyat tushuniladi.

Individual ta’lim

ta’lim shakllarining eng qadimiysi bo‘lib,

u qadimgi davr va o‘rta asrlarda keng qo‘llanilgan.

Talabaning mavjud shaxsiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarishini ta’minlash, zamonaviy

o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan jadallashgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyotining talabidir. Bunga
individual va individuallashtirilgan o‘qitish orqali erishish mumkin.

Individual o‘qitish—

bu

o‘quv jarayonini tashkil etishning shakli bo‘lib, bunda pedagog talablar bilan yakkama-yakka
shug‘ullanadi, talaba o‘quv vositalari (kitoblar, kompyuterlar va hokazolar) yordamida uzluksiz
mustaqil ta’lim oladi.

Individual o‘qitishning afzalliklari

—pedagogik jarayonning talaba

qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. Bunda talabaning bilim olish darajasini
doimiy oshirish va zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida optimal pedagogik jarayonni tashkil
etadi.

Individual yondashish—

bu pedagogik tamoyilga ko‘ra, pedagogik jarayonda

pedagogning talabalar bilan o‘zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan
holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida talabaning rivoji uchun pedagogik-
psixologik muhit yaratiladi.

Individuallashtirilgan o‘qitish

—bunday o‘quv jarayonini tashkil

etishda individual yondashish asosida o‘qitish yo‘llari, usullari, sur’ati tanlanadi va turli o‘quv-
uslubiy pedagogik-psixologik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi.

Individuallashtirilgan o‘qitish tehnologiyasi—

bunda o‘quv jarayonini tashkil etishda


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

23

individual yondashish va o‘qitishning individual shakli ustivor hisoblanadi. O‘qitishning barcha
shaxsga yo‘naltirilgan tehnologiyalarida u yoki bu darajada individual yondashish qo‘llaniladi,
ammo individuallashtirilgan o‘qitishda individuallashtirish o‘quv maqsadlariga erishishning
asosiy vositasi hisoblanadi. Individuallashtirilgan o‘qitishning asosi talabaning individual-
pedagogik xususiyatlarini o‘rnatish hisoblanadi. Olingan natijalar asosida o‘qitish usuli
tanlanadi. Qabul qilingan tehnologiyalar, qoidalar va tamoyillarga ko‘ra o‘qitish jarayoni
amalga oshiriladi.

Individual o‘qitish—

bu o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi birma-bir dars jarayonidir. Bu

usul o‘quvchining individual ehtiyojlari va qobiliyatlariga moslashtirilgan bo‘lib, ta’lim
jarayoning samaradorligini oshiradi. Individual o‘qitishning asosiy afzalliklariga quyidagilar
kiradi:

1.

Personalizatsiya:

har bir dars o‘quvchining o‘ziga xos ehtiyojlari, qiziqishlari va o‘qish

uslublariga moslashtiriladi.

2.

E’tibor markazida bo‘lish:

o‘qituvchi butun diqqatini bitta o‘quvchiga qaratishi tufayli

o‘qitish jarayoni yanada samarali bo‘ladi.

3.

Tezkor fikr-mulohazalar:

o‘qituvchi o‘quvchiga darhol fikr-mulohaza berib, uning

kamchiliklarini tezda to‘g‘irlashga yordam beradi.

4.

Moslashuvchanlik:

individual darslar vaqt va joy jihatidan moslashuvchan bo‘lib,

o‘quvchi va o‘qituvchining qulayligiga qarab tashkil etilishi mumkin.

5.

Rivojlanish sur’ati:

o‘quvchi o‘z sur’atida harakat qilishi mumkin, bu esa uning

o‘zlashtirish darajasini oshiradi.

Ta’lim sifatini oshirish zamonaviy pedagogikaning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib

qolmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kun maktablari tobora tabaqalashib, ixtisoslashib,
xususiylashib bormoqda. Jumladan, bugungi kun o‘quvchisi umumta’lim maktablari, Prezident
maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablarida tahsil olmoqda.

Ixtisoslashtirilgan, ijod maktablar imtihonlaridan o‘ta olmagan o‘quvchilar umumta’lim

maktablarida o‘qishni davom ettirmoqda. Umumta’lim maktablarida sifatli ta’lim muhitini
yaratishda individual yondashuv asosida ta’lim jarayonini tashkil etish zarurati ortmoqda.
Individual yondashuv natijasida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga erishildi. Individual
ta’lim muhitini yaratishda o‘quvchilar bilan sinf rahbari, psixolog, fan o‘qituvchilari va maktab
jamoasi tomonidan olib borilgan diagnostika ishlari natijasida har bir o‘quvchining shaxsiy
portfolios shakllantiriladi.

Individual ta’lim

—bu innovatsion o‘qitish usuli bo‘lib, bunda har bir o‘quvchi uchun

maxsus ishlab chiqilgan o‘quv dasturi bo‘yicha dars mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Dars
davomida ular sinfdoshlari bilan birga dars jarayonida ishtirok etadi, lekin kun davomida o‘z
vazifalarini bajarish uchun, asosan, yakkaxon ishlaydilar. Har bir darsda ular turli vazifalarni
va har bir darsda shaxsiylashtirilgan o‘quv dasturlarini bajarishda, o‘qituvchi dars bermaydi,
balki har bir o‘quvchi shaxsiy rivojlanishi uchun ko‘rsatmalarni taklif qiladi va amalga oshiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O‘zbekiston ta’limi tarixida individual ta’lim shakli keng qo‘llanib kelingan. Uning

samarasi, ayniqsa, amaliy san’at, hunarmandchilikda ustoz-shogird ta’limi tarzida namoyon
bo‘lgan. Mashhur xalq ustalari

Toshpo‘lat Arslonqulov, usta Shirin Murodov, Qodirjon Haydarov,

Mahmud Usmonov, Hamro Rahimovlar

shu tarzda ta’lim olganlar. Individual ta’limda bola


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

24

ruhiyatining individual xususiyatlarini, fan sohalari va kasb egallashga bo‘lgan tabiiy
moyilliklarini to‘liq e’tiborga olish imkoniyati ta’minlanadi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach. Individual ta’limga e’tibor sezilarli tarzda ortdi.

Ayniqsa, kasb-hunar maktablari va oliy o‘quv yurtlariga kirishning test tizimi joriy etilishi
individual ta’limning repetitorlik shakli rivojlanishiga turtki bo‘ldi.

Prezident maktablari tashkil etish taklifi 2018-yil 16-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukus
shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirilgan edi. President maktablariga 4-sinfni tamomlagan
o‘quvchilar qabul qilinadi. President maktablariga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar
STEAM fanlardan o‘tgan o‘quv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan a’lo bahoga
tugatgan bo‘lishlari shart.

Insoniyat taraqqiyotiga nazar tashlansa, uning rivoji bevosita ta’lim, ilm-fan bilan bog‘liq

ekani ko‘rinadi. Bularsiz hech bir soha rivojlanmagan, kashfiyotlar qilinmagan, zamonlar
yangilanmagan bo‘lardi. Asrlar o‘tsada, bu haqiqat o‘zgarmadi. Hozir ham dunyoning umumiy
qiyofasi ilm-fan asosida takomillashib, o‘z shaklini belgilamoqda. Hatto, davlatlarning
rivojlanganlik darajasi ulardagi ta’lim, ilm-fan sohalari shiddat bilan rivojlanishda davom
etmoqda. Global rivojlanish esa sohada yangicha yondashuvlar, zamonaviy tendensiyalar, ilg‘or
o‘qitish tizimlarini joriy etishga keng yo‘l ochmoqda.

Mamlakatimiz ta’lim, ilm-fan sohasining hozirgi qiyofasini bundan 6-7 yil oldingisi bilan

taqqoslab bo‘lmaydi. Oradagi farq, o‘zgarish va imkoniyatlar nihoyatda katta. Garchi yurtimizda
uzluksiz ta’lim tizimi avvaldan yo‘lga qo‘yilganiga qaramay, sohaga haqiqiy ma’nodagi e’tibor,
yangicha yondashuvlar, moliyaviy ko‘mak oxirgi yillarda, ayniqsa, keskin oshdi. Bugun buyuk
allomalarni yetishtirgan ona zaminimizda ta’lim-tarbiya, ilm-fanni rivojlantirish eng muhim
maqsadlardan biriga aylanib, bu borada islohotlar aniq harakatlar, huquqiy asoslarda namoyon
bo‘lmoqda. Joriy yil qabul qilingan Davlat dasturida ham ta’lim sifatini oshirish, sohani ilg‘or
xorijiy tajriba asosida isloh qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ilm-fan bir joyda qotib turadigan soha emas, doimiy yangilanishlarni taqozo etadi.

Masalan, bir vaqtlar ta’limda umumiylik, barcha o‘quvchilarni bir xil, o‘zgarmas dasturlar
asosida o‘qitish shakli keng qo‘llanilgan bo‘lsa, bugunga kelib aksariyat davlatlarda individual
ta’limga faol o‘tilgan. Bu uzluksiz ta’limning har bir bosqichida tatbiq etilyapti. Ya’ni ta’limning
maktabgacha, maktab, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keying ta’lim bosqichlarida individuallikni
rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu zamonaviy tilda

ta’lim traektoriyasi

deb ham

yuritiladi.

Ta’lim faoliyatini individuallashtirishning eng istiqbolli modellaridan biri—bu

ta’lim

traektoriyasi

hisoblanadi. Boshqa ta’lim bosqichlari singari oliy ta’limda ham bu usulning

ahamiyati tobora ortib bormoqda. Gap shundaki, ta’lim traektoriyasi har bir talabaning ta’limda
shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishning individual shakli bo‘lib, ta’lim jarayoni davomida
yigit-qizlarning tashkiliy, ijodiy va boshqa shaxsiy qobiliyatlari aniqlanadi hamda shunga mos
ravishda yo‘naltiriladi. Ya’ni har bir talaba bilan uning qiziqishlari, kasbiy istaklari asosida
individual ishlanadi.

Individual ta’lim traektoriyasi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish maxsus

metodologiya va tehnologiyani talab qiladi. Zamonaviy didaktikada bu muammoni hal qilish
uchun, odatda, ikkita qarama-qarshi usul taklif qilinadi. Ularning har biri individual yondashuv


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

25

deb ataladi. Birinchi usul—tabaqalashtirilgan ta’lim bo‘lib, unga ko‘ra har bir talabaga
individual yondashish, u o‘rganayotgan materialni murakkablik, diqqat-e’tibor darajasiga
qarab farqlash taklif etiladi. Buning uchun talabalar, odatda, guruhlarga yoki darajalarga
bo‘linadi. Ikkinchi usul—talaba o‘zi o‘rganadigan ta’lim sohasiga nisbatan o‘z ta’lim yo‘lini
tanlashini nazarda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir talabaga barcha o‘quv fanlarini
o‘zlashtirish uchun o‘z ta’lim traektoriyasini yaratish imkoniyati beriladi. Biroq bu usul
mamlakatimiz ta’lim muassasalarida kamdan-kam uchraydi. Chunki u tashqaridan qo‘yilgan
umumiy maqsadlar fonida talabalarning nafaqat individual harakati, balki har birining turli xil
ta’lim modellarini o‘ziga xos tarzda va shaxsiy salohiyati bilan bog‘liq holda bir vaqtning o‘zida
ishlab chiqish hamda amalga oshirishni talab qiladi.

Shu bois, yurtimizda birinchi usul—individual ta’lim keng tarqalib, uni amalga oshirishda

zamonaviy yondashuvlar ommalashib boryapti. Uning o‘ziga xos tomoni, talaba ta’lim jarayoni,
grafik holati kabilarni individual tanlab, mavzuni o‘zlashtirishda bosqichma-bosqich to‘liq
mustaqillikka o‘tib boradi. O‘qituvchi esa bu jarayonda talabaga maslahatchi sifatida qatnashib,
uni yo‘naltirib turadi. Talabaga shaxsiy manfaatlari, o‘quv faoliyatining xususiyatlari, ta’lim
olish usullari, o‘quv materialini o‘zlashtirish xususiyatlari, o‘quv faoliyati turlarini hisobga
olgan holda tanlash imkoniyati beriladi. Individual ta’lim traektoriyasini tuzishda eng muhimi
ham shu, eng avvalo, talabaning imkoniyatlari, qobiliyatlari, istiqbollari, natijaga erishish uchun
bajarmoqchi bo‘lgan sa’y-harakatlarini baholashdan iboratdir. Ammo individual ta’lim har bir
talaba bilan yakka holda ishlashni nazarda tutmaydi. Bu usul talabalarning har birida mustaqil
holda yakka ishlay olish ko‘nikmasini shakllantirish bilan bog‘liq. Bunda talaba o‘z individual
fazilatlari va qobiliyatlariga asoslanib, o‘zining ta’lim traektoriyasini quradi.

XULOSA

Pedagogika sohasida individual o‘qitish tehnologiyalari o‘quvchilarning ehtiyojlari,

qobiliyatlari va qiziqishlariga mos ravishda o‘qitish jarayonini tashkil qilishga qaratilgan.
Ushbu tehnologiyalar quyidagi asosiy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi:

1.

Differensial o‘qitish:

o‘quvchilarning bilim darajasiga qarab turli darajadagi topshiriqlar

va materiallar taqdim etiladi.

2.

Moslashuvcha o‘qitish:

o‘quvchining individual rivojlanish sur’ati va uslibiga mos

ravishda o‘qitish jarayoni o‘zgartiriladi.

3.

Shaxsiy reja tuzish:

har bir o‘quvchi uchun individual o‘qitish, rejalari tuziladi, bu rejalar

o‘quvchining qiziqishlari va qobiliyatlariga asoslanadi.

4.

Tehnologiyalar va multimedia vositalaridan foydalanish:

interaktiv dasturlar, video

darslar, o‘qitish platformalari va boshqa raqamli vositalar yordamida individual o‘qitish amalga
oshiriladi.

5.

Maslahat va qo‘llab-quvvatlash: tajribali o‘qituvchi yoki murabbiy tomonidan

shaxsiy maslahatlar va qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi.
6.

Portfolio usuli:

o‘quvchining yutuqlari va rivojlanishini ko‘rsatadigan shaxsiy portfolio

yaratish va uni tahlil qilish orqali individual o‘qitish amalga oshiriladi.

Bu yondashuvlar orqali har bir o‘quvchining individual ehtiyojlari hisobga olinadi va

ularning qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantirishga imkon beriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

26

References:

1.

“Yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etiladi”. Prezident.uz (16-

noyabr 2018-yil).
2.

M. Ochilov “Yangi pedagogik tehnologiyalar”. Qarshi. 2000-yil.

3.

O‘. Tolipov, M. Usmonboyeva. Pedagogik tehnologiyalarning tatbiqiy asoslari. 2005.

4.

J. G‘. Yo‘ldoshev, S. Usmonov. Ilg‘or pedagogik tehnologiyalar. 2004.

5.

Sh. Muxtarova, D. Turg‘unpo‘latov. “Ta’lim sifatini oshirishda individual ta’lim mohiyati”.

2023.
6.

Egamberdiyev, O., Kholdarova, Z., & Khusanova, M. (2022). THE ORDER OF THE

APPEARANCE OF THE PEOPLE'S DIPLOMACY OF THE GREAT SILK ROAD COUNTRIES.
7.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022). NEED TO

FORM CREATIVE COMPETENCE IN EDUCATORS.

Educational Research in Universal

Sciences

,

1

(3), 162-165.

8.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022). USE OF

INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL ACTIVITY OF EDUCATIONAL
ORGANIZATIONS.

Educational Research in Universal Sciences

,

1

(3), 166-169.

9.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022).

DIFFERENT APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH.

Educational

Research in Universal Sciences

,

1

(3), 158-161.

10.

Oyatillokh Alishero'g'li, E. (2022). Ways and Methods of Formation of Communicative

Competence in Future Teachers.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL

EDUCATION

,

2

(4), 63-65.

11.

Oyatillokh Alishero'g'li, E. (2022). Ways and Methods of Formation of Communicative

Competence in Future Teachers.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL

EDUCATION

,

2

(4), 63-65.

12.

Iqboljon O'g'li, T. J., & Alisher o'g'li, E. O. (2022). THE IMPORTANCE OF PHYSICAL

EDUCATION IN THE FORMATION OF PSYCHOLOGICAL HEALTH OF A PERSON.

PEDAGOGS

jurnali

,

9

(3), 4-7.

13.

Alisher o'g'li, E. O. (2022). Issues of Retraining and Professional Development of

Pedagogical Personnel.

The Peerian Journal

,

5

, 192-194.

14.

Yusufovich, A. A., & Alisher o'g'li, E. O. (2022). PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL

OPPORTUNITIES FOR THE FORMATION OF COMMUNICATIVE COMPETENCE IN FUTURE
TEACHERS.

Galaxy International Interdisciplinary Research Journal

,

10

(6), 1157-1161.

15.

Alisher o'g'li, E. O., & Zokirjon o'g'li, M. J. (2022). The Role of Psychology in the Treatment

of Heart Failure in Humans.

European Multidisciplinary Journal of Modern Science

,

5

, 500-502.

16.

Ахмедов, А., Эгамбердиев, А., & Сотволдиева, О. (2022). The role of pedagogical

technologies in improving the quality of education.

Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning

dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar

,

1

(1), 59-60.

17.

Alisher o‘g‘li, Y. O. (2022). IJTIMOIY MUHITNING SHAXS RIVOJLANISHIGA

TA’SIRI.

PEDAGOGS jurnali

,

18

(1), 220-225.

18.

Yusufovich, A. A. (2022). PEDAGOGICAL ASPECTS OF FORMATION OF PROFESSIONAL

COMPETENCE IN FUTURE TEACHERS.

Science and Innovation

,

1

(4), 136-138.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

27

19.

Zokirjon o'g'li, M. J. (2022). PROFESSIONALISM AS A GENERALIZED TYPICAL MODEL OF

A PROFESSIONAL IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM.

Journal of new century

innovations

,

11

(1), 186-189.

Библиографические ссылки

“Yurtimizning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etiladi”. Prezident.uz (16-noyabr 2018-yil).

M. Ochilov “Yangi pedagogik tehnologiyalar”. Qarshi. 2000-yil.

O‘. Tolipov, M. Usmonboyeva. Pedagogik tehnologiyalarning tatbiqiy asoslari. 2005.

J. G‘. Yo‘ldoshev, S. Usmonov. Ilg‘or pedagogik tehnologiyalar. 2004.

Sh. Muxtarova, D. Turg‘unpo‘latov. “Ta’lim sifatini oshirishda individual ta’lim mohiyati”. 2023.

Egamberdiyev, O., Kholdarova, Z., & Khusanova, M. (2022). THE ORDER OF THE APPEARANCE OF THE PEOPLE'S DIPLOMACY OF THE GREAT SILK ROAD COUNTRIES.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022). NEED TO FORM CREATIVE COMPETENCE IN EDUCATORS. Educational Research in Universal Sciences, 1(3), 162-165.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022). USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL ACTIVITY OF EDUCATIONAL ORGANIZATIONS. Educational Research in Universal Sciences, 1(3), 166-169.

ugli Egamberdiyev, O. A., ugli Maxamadjonov, J. Z., & kizi Sobirova, A. M. (2022). DIFFERENT APPROACHES TO THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH. Educational Research in Universal Sciences, 1(3), 158-161.

Oyatillokh Alishero'g'li, E. (2022). Ways and Methods of Formation of Communicative Competence in Future Teachers. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(4), 63-65.

Oyatillokh Alishero'g'li, E. (2022). Ways and Methods of Formation of Communicative Competence in Future Teachers. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(4), 63-65.

Iqboljon O'g'li, T. J., & Alisher o'g'li, E. O. (2022). THE IMPORTANCE OF PHYSICAL EDUCATION IN THE FORMATION OF PSYCHOLOGICAL HEALTH OF A PERSON. PEDAGOGS jurnali, 9(3), 4-7.

Alisher o'g'li, E. O. (2022). Issues of Retraining and Professional Development of Pedagogical Personnel. The Peerian Journal, 5, 192-194.

Yusufovich, A. A., & Alisher o'g'li, E. O. (2022). PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES FOR THE FORMATION OF COMMUNICATIVE COMPETENCE IN FUTURE TEACHERS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 1157-1161.

Alisher o'g'li, E. O., & Zokirjon o'g'li, M. J. (2022). The Role of Psychology in the Treatment of Heart Failure in Humans. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 5, 500-502.

Ахмедов, А., Эгамбердиев, А., & Сотволдиева, О. (2022). The role of pedagogical technologies in improving the quality of education. Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar, 1(1), 59-60.

Alisher o‘g‘li, Y. O. (2022). IJTIMOIY MUHITNING SHAXS RIVOJLANISHIGA TA’SIRI. PEDAGOGS jurnali, 18(1), 220-225.

Yusufovich, A. A. (2022). PEDAGOGICAL ASPECTS OF FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE IN FUTURE TEACHERS. Science and Innovation, 1(4), 136-138.

Zokirjon o'g'li, M. J. (2022). PROFESSIONALISM AS A GENERALIZED TYPICAL MODEL OF A PROFESSIONAL IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM. Journal of new century innovations, 11(1), 186-189.