YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
4
SO‘Z-GAPLAR HAQIDA MULOHAZA
Sulaymonova Farida
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12664269
Annotatsiya.
O‘zbek tilida shunday muloqot madaniyati mavjudki, so‘zlovchi va
tinglovchi orasidagi kommunikativ jarayonda bir-birining nutqi tugallanmasdan tushunishga
yoki gapning to‘liq mazmunini bir so‘z bilan ifodalashga undaydi. Kishilar nutqini
yengillashtirish, nutqiy ixchamlikni ta’minlash kabi xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan mana
shunday gap turi – bu so‘z-gap.
Kalit so‘zlar:
so‘z-gap, sintaksis, bir bosh bo‘lakli gap, tasdiq so‘z gap, inkor so‘z gap,
so‘roq so‘z-gap.
So‘z-gap bir so‘zdan iborat bo‘lgan, hech qanday tarkibiy qismlarga ajralmaydigan,
boshqa so‘zlar va vositalar bilan kengayish imkoniyatiga ega bo‘lmagan gaplar sanaladi.
Masalan, - Mayli, qizim, - dedi kulimsirab. - Yoshing o‘n yettiga ketyapti. (“Ikki eshik orasi”,
73-bet).
So‘z-gaplar, asosan, modal, his-hayajon ifodalaganligi uchun, ko‘p hollarda, dialogik,
ba’zan esa monologik matnlarda ko‘p uchraydi:
- Labbay, oyijon!
- O‘tir, mundoq, senam o‘tir. (“Ikki eshik orasi”, 76-bet).
So‘z-gaplar kontekstda turli xil ma’nolarni ifodalab keladi:
Tasdiq ifodalovchi so‘z-gap:
mayli, xo‘p, bo‘pti
. Masalan,
- Boyvachcha bo‘lsang, ber bitta fonusingni!
- Xo‘p! - Oqsoqol lavlagini og‘ziga tiqdi.
Inkor ifodalovchi so‘z-gap: yo‘q, also. Masalan,
Yo‘q, - dedi soqoli titrab. - Toshkanning vokzaliga borib keldik. (“Ikki eshik orasi”, 203-
bet).
So‘roq, taajjub ifodalovchi so‘z-gap: labbay, xo‘sh, xo‘pmi kabi. Masalan,
Xo‘sh, malim bo‘lsa nima qipti! Shoxi bormi? Qizingni oldidan o‘tdingmi? (“Ikki eshik
orasi”, 136-bet).
His-hayajon ifodalovchi so‘z-gap: - Rahmat, qizim! Yuzimni yorug‘ qilding, - dedi ovozi
titrab. (“Ikki eshik orasi”126-bet).
Kundalik hayotimizda kishilar orasida oddiy muomala qilishlarida tez-tez ishlatadigan
juda ko‘p so‘zlarimiz so‘z-gaplar sanaladi. Kishilarga iltifot, hurmat nuqtayi nazaridan qiladigan
muomala vositalarimiz, jumladan, assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, marhamat, salomat
bo‘ling, qulluq, osh bo‘lsin, yaxshi boring, xush ko‘rdik, labbay, jonim bilan,
bajonidil, hormang, xush kelibsiz kabi birliklar ham shular jumlasidandir. Ushbu so‘z-
gaplarning deyarli barchasi iltifot mazmunini ifodalab keladi.
Bizningcha, barcha tillarda so‘z-gaplardan samarali foydalaniladi. O.Prussovaning
“
Слова-предложения в современном немецком языке” nomli ishida namis tilidagi so‘z-
gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari va turlariga to‘xtalib o‘tilgan. Unda zamonaviy nemis tilining
nazariy va sistem grammatikasida so‘z-gaplarning ahamiyatiga to‘xtalish barobarida ularning
quyidagi xususiyatlari alohida ko‘rsatiladi:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
5
1. So‘z-gap – bu nutqning o‘ziga xos, shu jumladan, modal so‘zlar va kesimlar bilan
paradigmatik darajada ifodalangan tarkibiy qismidir. Ular nutqning boshqa qismlaridan
quyidagi mezonlar bilan farq qiladi: a) o‘zgarmaslik; b) kommunikativ ma’no; d) modal
munosabatlarning ifodasi; e) nominativ vazifaning yo‘qligi; f) almashtirish vazifasi; g) alohida
so‘zga emas, balki butun jumlaga munosabat; h) faqat umumiy gapga savol bilan murojaat
qilish; i) so‘z-gaplardan keyin inkorni shakllantirish.
2. So‘z-gap so‘z o‘rnini bosuvchi vazifasini bajaradi [1]. Demak, oddiy gaplar orasida bitta
so‘z yoki birikmalarning ajralmas qismi bilan ifodalangan gaplar guruhi ajralib turadi. So‘z-
gaplari (yoki bo‘linmas gaplar) – bu bitta so‘z yoki barqaror birikmadan iborat bo‘lgan va
so‘zlovchining vaziyatga hissiy yoki ixtiyoriy munosabatini bildiradigan gaplar (tasdiqlash yoki
rad etish, rozilik yoki kelishmovchilik, harakatga undash), lekin ular munosabatning mohiyatini
yoki tegishli vaziyatning tarkibiy qismlarini nomlamaydi. So‘z-gaplar maxsus tarkibiy tur bo‘lib,
ularni ikki qismli gaplarga ham, bir qismli gaplarga ham kiritish mumkin emas. Ular gapning
alohida a’zolariga ega emas va nominativ vazifani bajarmaydi, chunki ular hech narsa demaydi.
Bunday gapdan foydalanishning asosiy sohasi dialogik nutqdir. Ular faqat so‘zlashuv tiliga
xosdir. Masalan: Yaxshi, rais odamgarchilik qipti! (“Ikki eshik orasi”, 149-bet).
So‘z-gaplarni, bevosita, nutqdagi bajaradigan vazifasiga qarab bir necha guruhga bo‘lish
mumkin:
1. Tasdiq so‘z-gaplar. Masalan: U achinib Muzaffar tomonga qaradi. - Tabib ko‘rdimi? - Ha,
Komil tabib taxtakachlab qo‘yibdi. - Joni og‘rigandir. - Bolmasa-chi! (“Ikki eshik orasi”, 44-bet).
Ushbu gapda bo‘lmasa-chi so‘zi ham bo‘lishsizlik shakliga ega bo‘lsa ham tasdiq ma’nosini
ifodalab kelgan.
- Shunaqami, ha, mayli, - dedi-da, qiyiqchani sal bo‘shatdi. («Ikki eshik orasi»124-bet)
2. Inkor so‘z-gaplar.
- «Alvasti ko‘prik»ka boramizmi?- dedim hiqillab. - Yo‘q, sakkizinchi
brigadaga!
(«Ikki eshik orasi»42-bet). Ba’zi holatlarda yo‘q so‘zi so‘z-gap ma’nosida kelmasligi
ham mumkin. Buni matn mazmunidan anglab olish kerak:
Qaysi kuni Robiya Ko‘tarmaga borsa
yo‘q ekansiz
(«Ikki eshik orasi»171-bet). So‘z-gap matn tarkibida noaniq bo‘lgan javobni
ifodalashi mumkin, uning ma’nosi bayonot va inkor o‘rtasidagi oraliqdir: Masalan:
Xumning
bo‘ynidan changallab ichiga mo‘raladim. Hech narsa ko‘rinmaydi-yu, baribir tagida bir nima
tipirchilayapti.
(“Ikki eshik orasi”, 26-bet).
3. So‘roq so‘z-gaplar. -
Xo‘sh, nima bo‘pti? - dedi qo‘lini paxsa qilib.— Ikki yoshning yulduzi
yulduziga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, sen nimaga obidiyda qilasan, ahmoq xotin? (
“Ikki eshik orasi”
163-
bet).
Konetakstda xo‘sh so‘zi, ba’zi hollarda, taqlid so‘z vazifasida kelib, so‘z-gapdan boshqa
ma’nolarni ham anglatadi
:
-
Qashlab tursang-chi! - bobom menga gapirayotganini tushundim.
Ildam borib, sigirning yo‘g‘on tomirlari bo‘rtib turgan bo‘ynidan silay boshladim. - Xo‘sh, jonivor,
xo‘sh.
4. Rag‘batlantiruvchi so‘z-gaplar. Bunday gaplar tinglovchiga taskin berishga,
tinchlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: - Yaxshi, rais odamgarchilik qipti! ( “Ikki eshik
orasi”149-bet).
5. His-hayajon ifodalovchi so‘z-gaplar:
Qoyil! Abduvali to‘g‘ri aytgan ekan! (
“Ikki eshik
orasi”28-bet);
Xullas, o‘zbek tilshunosligida kishilarning boshqalar fikriga munosabati tasdiq yoki inkor,
his-hayajoni, iltifoti, taajjubi, so‘rog‘i kabi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan sodda gap
turi – bu so‘z-gaplardir. Ular bir tarkibdan, ba’zi holatlarda esa biroz kengaygan birikmalar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
6
bilan ifodalanadi. Biroq so‘z-gaplarning kengayish holati judayam chegaralangan. Chunki uning
asosoi vazifasi nutqiy muloqotni qisa va tushunarli qilishdan iborat.
References:
1.
Пруссова. О.В Слова-предложения в современном немецком языке. Aвтореферата
кандидат филологических наук.
Диссертация на тему «Слова-предложения в
2.
Rahmonov N. Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi.darslik. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati nashriyoti. – Toshkent, 2009. – B.153.
3.
Ғуломов A. Содда гап.- Тошкент, 1955.– Б. 88.