Авторы

  • Dilafruz Kamolova
    Osiyo xalqaro unversiteti 1 kurs magistr

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47254

Аннотация

“Madrasa” arabcha so‘z bo‘lib, “dars o‘qitiladigan joy” degan ma’noni bildiradi. Madrasalar G`arb universitetlarinig Sharqdagi ko`rinishlari hisoblanadi. Ularda, odatda, 14 yoshlardan tahsil boshlangan. Muqimiy va Furqat kabi shoirlar aynan shu yoshlarida madrasada o`qiganlar.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

19

ISLOM MADANIYATIDA MADRASALARNING O‘RNI

Dilafruz Kamolova

Osiyo xalqaro unversiteti 1 kurs magistr

https://doi.org/10.5281/zenodo.12177012

“Madrasa” arabcha so‘z bo‘lib, “dars o‘qitiladigan joy” degan ma’noni bildiradi. Madrasalar
G`arb universitetlarinig Sharqdagi ko`rinishlari hisoblanadi. Ularda, odatda, 14 yoshlardan
tahsil boshlangan. Muqimiy va Furqat kabi shoirlar aynan shu yoshlarida madrasada
o`qiganlar.
Madrasa tahsili 21 sentabrdan to 21 martga qadar, ya’ni 6 oy davom yetadi. Navro‘z arafasida
honning ta’til haqidagi farmoni chiqqach, o‘qish tugatilgan va talabalar 6 oy davomida ta’tilda
bo`lganlar. Bu paytda talabalar tirikchilik ishlari bilan shug`ullanganlar. Chunonchi, Abdulla
Avloniy tarjimai holida kuz va qish oylarida o‘qigani, bahor va yoz oylarida tirikchilik uchun
ustalik bilan shug‘ullanganini yozadi.12
Madrasalarda o‘qish bir haftada 4 kun, ya’ni shanba, yakshanba, dushanba, seshanba kunlari
bo`lgan. Qolgan uch kunda, ya’ni chorshanba, payshanba va juma kunlari mutolaa bilan
shug`ullanib, olingan saboqlari takrorlangan.
Odatda, har bir mudarrisga 4 tadan 10 nafargacha talaba birkitilgan. Madrasalarda o`qish
muddati 8 yilga mo‘ljallangan (Muqimiy Qo‘qon madrasalaridan birida 1864 yildan 1872
yilgacha tahsil olgan). Tahsilni vaqtida tugatolmagan talabalar o‘z hisobidan o‘qishgan.
Madrasa dasturiga ko‘ra, darslar ikki guruhga, ya’ni ulumi naqliya (islomiy) va ulumi aqliya
(dunyoviy) ilmlarga ajratilgan. Ulumi naqliyada- Qur’oni Qarim, Hadisi sharif, fiqh ilmlari,
ularda yozilgan sharhlar o`rgatilgan. Ulumi aqliyada dunyoviy fanlar-falakiyot, riyoziyot, ilmi
nujum, al-jabr, kimyo, geometriya, geografiya, tarih, falsafa, adabiyot, mantiq, arab tili
gramatikasi, musiqa, hattotlik san’ati va ahloq-odob ilmlari o`rgatilgan. Talabalar ona tilidan
tashqari, fors va arab tillarini mukammal yegallaganlar. O‘quv yili ohirida yesa mahsus
imtihonlardan o‘tishgan.
Madrasalarda tartib-intizomga ham alohida diqqat qaratilgan. Madrasa nizomini buzgan
talabaga 3marta ogohlantirish berilgan. U yana intizomni buzsa, madrasadan chetlashtirilgan.
Madrasani muvaffaqiyatli tugatgan talabalarga ta’lim olganligi haqida shahodatnomalar
berilgan.
Madrasaning ichki hayotiga dahldor masalalar mutavalli, mudarrislardan tarkib topgan hay’at
kengashida hal yetilgan. Yeng iste’dodli, barcha bilimlardan habardor, hurmat-ye’tibor
qozongan allomalar mahsus komissiya sinovidan o‘tib, mudarrislik vazifasiga tavsiya yetilgan.
Madrasalarning moliyaviy harajati vaqf daromadi hamda davlat hazinasidan ajratilgan
qo`shimcha mablag‘ hisobiga qoplangan, har bir madrasaning o‘z vaqf mulki va vaqfnoma
hujjati bo‘lgan. Vaqfnomada madrasaning chiqimi, undagi hizmatchilar – mutavalli, mudarris,
hofiz, muhrdor, naqib, farrosh, oshpaz va boshqalar, shuningdek, talabalar soni hamda udarga
birilgan maosh va nafaqalar aniq ko‘rsatilgan. Mutavalli vaqf kirimlari, madrasaning maliyaviy
harajati, ta’mirlash, hodim va talabalarga to`lanadigan haq va boshqa ishlarga mas’ul bo‘lgan.
Madrasa hizmatchilari, mudarrislari va talabalarga beriladigan yillik maosh miqdori naqd pul
va ovqatlik don hisobidan ajratilgan.
Alisher Navoiyning «Ihlosiya» madrasasida vaqf maoshi quyidagicha belgilangan:
-sadr mutavalli ajratilgan yillik maosh 3 ming tilla va ovqatlig‘ uchun 30 yuk g‘alla;
-har bir mudarrisga yiliga 1200 tilla va 24 yuk bug‘doy yoki arpa ajratilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

20

Talabalarga to‘lanadigan nafaqa:
-a’loga 24 tilla va 5 yuk miqdorida don;
-avsatga 16 tilla va 4 yuk g‘alla;
-andoga 12 tilla va 3 yuk miqdorida don.
Xivadagi Muhammad Aminhon madrasasida yesa mudarris va hizmatchilarga to‘lanadigan
maosh quyidagicha belgilangan:
-har bir ohundga yiliga 150 tilla va 3000 botmon bug‘doy;
-imomga yiliga 40 tilla va 2000 botmon bug‘doy;
-boshqa hizmatchilarga har biriga 200 botmon g‘alla ajratilgan;
-madrasa mutallisiga vaqfdan tushgan umumiy daromadning o‘ndan bir qismi to`langan.
Talabalarga to‘lanadigan nafaqa:
-a’lo guruhidagi har bir talabaga yiliga 4 tilla va 60 botmon bug‘doy;
-avsat guruhidagi talabaga 2 tilla, 30 botmon bug‘doy;
-adno guruhidagi talabaga 1,5 tilla, 15 botmon bug‘doy.
Muhammad Aminxon madrasasi nafaqat ilmiy salohiyat, shuningdek, moliyaviy xizmatdan
ham yeng boy madrasalardan sanalgan. Madrasaga qarashli vaqf mulki 35325 tanob13
unumdor yekin maydonidan iborat bo‘lib, bu yerdan har yili 12 ming botmon14 g‘alla va 5
ming tilla daromad olingan. Ana shu daromad madrasaning 12 xizmatchisiga, mudarrisi va
260 talabasiga taqsim qilingan. Hozirda mazkur tarixiy obidalar – madrasalar davlat
qo`riqhonasi nazorati ostida olingan bo‘lib, har yili minglab horijlik sayyohlar madrasa, masjid
va muzeylarni tomosha qilishadi.
Ma’lumki, Xorazm boy tarihga yega bo‘lgan, bir qancha allomalar yetishib chiqqan ko`hna
zamin hisoblanadi. Shu go‘zal o‘lkada joylashgan qadimiy va navqiron Xiva shahri yesa ushbu
muqaddas zaminning gavharidir.
Xiva shahri boy madaniyati, qo‘hna tarihi, qadimiy osori-atiqalari, tarixiy obidalari bilan
jahonda o‘zining munosib o`rniga yega.
Xivaning qadimiy markazi bo‘limi “Ichan qal’a” tarixiy -me’moriy muzey qo‘riqhonasi qo‘hna
moddiy va madaniy – ma’rifiy muassasa 1969 yilda tashkil qilingan bo‘lib, u o‘ziga hos
an’analarni saqlash, o‘rganish va targ`ib qilish bilan shug`ullanadi. 1991 yilda “Ichan qal’a”
jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Muzey qo`riqhona 26 gektar maydonni yegallagan bo‘lib, 54
ta tarixiy obidani o`zida mujassamlashtirgan.
Ushbu obidalar ichida Muhammad Aminhon madrasasi va minorasi o‘zining boy tarihi bilan
alohida ahamiyatga molikdir. Xiva shahrida XIX asr ohiri va XX asr boshlarida ko‘plab
madrasalar bor yedi. 1851-1855 yillarda Xiva xoni Muhammad Aminxon farmoniga binoan
qurilgan va uning nomi bilan ataladigan Muhammad Aminxon madrasasi ular ichida yeng
kaltasi hisoblanadi.
Madrasa ikki qavatli, 125 hujradan iborat bo‘lib, unda 260 talaba tahsil olgan. Madrasa yiliga
1200 Xiva botmoni (bir botmon 20 kg) miqdorda bug‘doy va 5000 tilda pul daromad qilgan.
Xon tomonidan bu madrasaga yeng serhosil yerlardan 35325 tanob yer vaqf qilib berilgan.
Madrasa qurib bitkazilgach, hon tomonidan madrasa yaqinida yeng baland minora qurishga
farmon beriladi. Minora 1851 yilda qurila boshlangan, qurilishi davom qilayotgan davrda,
ya’ni 1855 yili Muhammad Aminhon Yeronga yurish qiladi va Sarahsda 20 ta sardori bilan
turkmanlarga asir tushib, qatl qilinadi, natijada u boshlagan minora bitmay qoladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

21

Xalq orasida bu minora hususida turli rivoyatlar mavjud. Masalan: “Yemishki, Xiva honi yeng
baland va yeng ulkan minora qurishni buyuradi. Uning tepasidan “Buxoroi azim ko‘rinib
tursin”, deb ko‘rsatma bergan. Bundan habar topgan Buxoro amiri minorani bunyod
yetayotgan me’mor bilan yashirin tarzda kelishib oladi. Kelishuvga ko‘ra, minora bitishi bilan
me’mor Buxoroda bundan ham baland minora qurishi kerak yedi. Amir me’morning hizmati
yevaziga uning og‘irligiga o‘n barobar keladigan tilda va’da qiladi. Xiva honi yesa buni sezib
qoladi va minora bitishi bilanoq me’morni yoq qilishga ahd yetadi. Shum niyatdan ogoh
bo‘lgan usta minorani chala qoldirib g‘oyib bo‘lgan”. Shu bois xalq orasida bu haqda:
“Madaminhon madrasasi bitdi, minorasi bitmadi, Madaminhon murodiga yetmadi”,- kabi
baytlar to‘qilgan.
Minora shu holida ham haybatli va chiroylidir. XX asr boshlarida xalqimiz uni “ulli minor”,
“ko`k minor” deb, hozirgi kunda yesa “Kalta minor”, deb atashadi.

References:

1.

Shodmonovich A. O. Education in the emirate of bukhara (based on the life and work of

the rulers) //Academicia: an international multidisciplinary research journal. – 2020. – Т. 10.
– №. 12. – С. 1224-1227.
2.

Elova, Dilnoza, and Olimjon Ahmadov. "Bukhara from the history of the events of the

organization of the air fleet of modern new technology and the introduction of aircraft."

E3S

Web of Conferences

. Vol. 515. EDP Sciences, 2024.

3.

Ahmadov O. БУХОРО АМИРЛИГИДА ЯНГИ УСУЛ МАКТАБЛАРИ ФАОЛИЯТИ.

ЮТУҚЛАРИ ВА МУАММОЛАР //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т.
1. – №. 1.
4.

Ахмедов О. Ш. ОБРАЗОВАНИЕ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ (НА ОСНОВЕ ЖИЗНИ И

ТВОРЧЕСТВА ПРАВИТЕЛЕЙ) //Вопросы науки и образования. – 2021. – №. 6 (131). – С.
10-13.
5.

Ahmadov O. BUXORO BOSMAXONA VA NASHRIYOTLARIGA TEXNIKA SOHASIDAGI

YANGILIKLARNING KIRIB KELISH TARIXIDAN (1920-1924-YILLAR) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.
6.

Ahmadov O. XIX аср охири-XX аср биринчи чорагида Бухорода таълим-тарбия

тизимининг манбавий асослари ва адабиётлар таснифи //ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 4. – №. 4.
7.

Аҳмадов О. Ш. МОЛОДЕЖЬ, ВЛАСТЬ, ОБЩЕСТВО: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ

ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ.
8.

Olimjon A. БУХОРОДА ЯНГИ УСУЛ ТАЪЛИМ–ТАРБИЯ МУАССАСАЛАРИНИНГ

ТАШКИЛ ТОПИШИДАГИ ЖАДИД МАЪРИФАТПАРВАРЛАРИНИНГ ЎРНИ //ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т. 30. – №. 30.
9.

Khasanov, Ahmadov O. Sh. "MAHMUDXO ‘JA BEHBUDIY–TURKISTON JADIDCHILIK

HARAKATI YO ‘LBOSHCHISI." MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF
INNOVATIVE RESEARCH 2.21 (2023): 143-150.
10.

Olimjon A. XIX ASR OXIRI XX ASR I-CHORAGIDA BUXORODA JADID MAKTABLARINING

TA’LIM-TARBIYA TIZIMI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т. 30. –
№. 30.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

22

11.

Sh, Ahmadov O. "OʼQUVCHILARDA OʼQUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING

PEDAGOGIK ASOSLARI." JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING 2.8 (2023): 65-
70.
12.

Ahmadov, O. S., and Abduvakhob Turayev. "Pedagogical theoretical foundations from the

history of the origin of physical education." International Conference on Business
Management and Humanities. Vol. 1. No. 2. 2023.
13.

Ahmadov, O. S., and Sherizad Islamatdinov. "Pedagogical theoretical foundations of the

formation of educational motives in students." International Conference on Multidisciplinary
Research. Vol. 1. No. 2. 2023.
14.

Ahmadov O. S., Boboyev H. The role and significance of extracurricular educational work

in the formation of spiritual and moral education //International Conference On Higher
Education Teaching. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 121-123.
15.

Ahmadov O. S., Kahramanov O. Theoretical foundations of pedagogical technologies in

educational processes //Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and
Education. – 2023. – Т. 1. – №. 9. – С. 61-63.

Библиографические ссылки

Shodmonovich A. O. Education in the emirate of bukhara (based on the life and work of the rulers) //Academicia: an international multidisciplinary research journal. – 2020. – Т. 10. – №. 12. – С. 1224-1227.

Elova, Dilnoza, and Olimjon Ahmadov. "Bukhara from the history of the events of the organization of the air fleet of modern new technology and the introduction of aircraft." E3S Web of Conferences. Vol. 515. EDP Sciences, 2024.

Ahmadov O. БУХОРО АМИРЛИГИДА ЯНГИ УСУЛ МАКТАБЛАРИ ФАОЛИЯТИ. ЮТУҚЛАРИ ВА МУАММОЛАР //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.

Ахмедов О. Ш. ОБРАЗОВАНИЕ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ (НА ОСНОВЕ ЖИЗНИ И ТВОРЧЕСТВА ПРАВИТЕЛЕЙ) //Вопросы науки и образования. – 2021. – №. 6 (131). – С. 10-13.

Ahmadov O. BUXORO BOSMAXONA VA NASHRIYOTLARIGA TEXNIKA SOHASIDAGI YANGILIKLARNING KIRIB KELISH TARIXIDAN (1920-1924-YILLAR) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 1. – №. 1.

Ahmadov O. XIX аср охири-XX аср биринчи чорагида Бухорода таълим-тарбия тизимининг манбавий асослари ва адабиётлар таснифи //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 4. – №. 4.

Аҳмадов О. Ш. МОЛОДЕЖЬ, ВЛАСТЬ, ОБЩЕСТВО: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ.

Olimjon A. БУХОРОДА ЯНГИ УСУЛ ТАЪЛИМ–ТАРБИЯ МУАССАСАЛАРИНИНГ ТАШКИЛ ТОПИШИДАГИ ЖАДИД МАЪРИФАТПАРВАРЛАРИНИНГ ЎРНИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т. 30. – №. 30.

Khasanov, Ahmadov O. Sh. "MAHMUDXO ‘JA BEHBUDIY–TURKISTON JADIDCHILIK HARAKATI YO ‘LBOSHCHISI." MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH 2.21 (2023): 143-150.

Olimjon A. XIX ASR OXIRI XX ASR I-CHORAGIDA BUXORODA JADID MAKTABLARINING TA’LIM-TARBIYA TIZIMI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2023. – Т. 30. – №. 30.

Sh, Ahmadov O. "OʼQUVCHILARDA OʼQUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI." JOURNAL OF SCIENCE, RESEARCH AND TEACHING 2.8 (2023): 65-70.

Ahmadov, O. S., and Abduvakhob Turayev. "Pedagogical theoretical foundations from the history of the origin of physical education." International Conference on Business Management and Humanities. Vol. 1. No. 2. 2023.

Ahmadov, O. S., and Sherizad Islamatdinov. "Pedagogical theoretical foundations of the formation of educational motives in students." International Conference on Multidisciplinary Research. Vol. 1. No. 2. 2023.

Ahmadov O. S., Boboyev H. The role and significance of extracurricular educational work in the formation of spiritual and moral education //International Conference On Higher Education Teaching. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 121-123.

Ahmadov O. S., Kahramanov O. Theoretical foundations of pedagogical technologies in educational processes //Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. – 2023. – Т. 1. – №. 9. – С. 61-63.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)