Авторы

  • PO‘LATJON XALILOV

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47256

Аннотация

O‘zbekistonda xususiylashtirishga doimo iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishi sifatida qarab kelingan. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan farqli o‘laroq xususiylashtirishning tartibsiz va birdaniga  amalga oshirishi usullaridan voz kechilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

14

DAVLAT ULUSHINI XUSUSIYLASHTIRISH VOSITASIDA BIZNESNI

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH

XALILOV PO‘LATJON BOBIR O‘G‘LI

https://doi.org/10.5281/zenodo.12176785

Iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirishning ahamiyatli
jihatlari tahlili

O‘zbekistonda xususiylashtirishga doimo iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishi sifatida
qarab kelingan. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan farqli o‘laroq xususiylashtirishning
tartibsiz va birdaniga amalga oshirishi usullaridan voz kechilgan.
O‘zbekiston MDX davlatlari ichida birinchi bo‘lib 1990 yili «Mulk to‘g‘risida»gi qonunni qabul
qildi va qonuniy tarzda shahsiy mulk tushunchasini qonunan muomalaga kiritdi.
«O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish bosqichlari hukumat tomonidan “oddiydan
murakkab sari” qoidasi bo‘yicha belgilangan tartibda amalga oshirilgan” O‘zbekistonda
xususiylashtirishning normativ-huquqiy asosi «Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish» to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonunini bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu qonunning 1-moddasida davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini va
tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa
korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir deb aytilgan. Shuningdek, 2-moddasida
xususiylashtirish - jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning
ommaviy mulki ob’ektlarini yoki davlat aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan
sotib olishidir deb ta’kidlangan.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayoni ikki maqsadga erishishi kerak edi:
Birinchidan, davlat mulki o‘zining haqiqiy egasini topadi. Davlat mulki yangi mulkdorlarga
bepul emas, balki uni sotib olish yo‘li bilan beriladi. Bu real qiymatga ega bo‘lgan
narsalarnigina chinakamiga qadrlashlari va tejab-tergashlari bilan bog‘liq psixologik omil
bilan shart qilib qo‘yiladi. Korxonalarni xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlariga
aylantirish, inshootlarni tanlov va kimoshdi savdosi orqali sotish singari usullardan keng
ko‘lamda foydalanildi.
Ikkinchidan, xususiylashtirish bozor iqtisodiyotida sharoitida ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni
shakllantirishda va raqobatni rag‘batlantirish hisobiga turli mahsulot ishlab chiqaruvchi
muhitni vujudga keltiradi. O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilish mulkchilikning davlat,
jamoa, xususiy va boshqa usullariga asoslangan korxonalarni tashkil etishda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonini biz uch bosqichga
bo‘lish mumkin (2.1-jadval).

2.1-jadval
O‘zbekistonda xususiylashtirish bosqichlari

Yillar

Amalga oshirilgan chora tadbirlar

Xususiylashtirilgan

tarmoqlar

1992-1993

1-bosqich xususiylashtirish.

Barcha uy-joy xo‘jaliklari xususiylashtirildi.

Qishloq joylardagi har bir oilalar uchun

tomorqa yerlar ajratildi

Kichik va o‘rta savdo

korxonalari, maishiy

xizmat ko‘rsatish va

mahalliy ishlab chiqarish.

1994-1998

2- bosqich xususiylashtirish.

1000 ta yirik va o‘rta biznes vakillari

Sanoat, transport, aloqa,

qishloq


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

15

aksiyadorlik jamichyatlariga aylantirildi.

Shuningdek kichik va o‘rta biznes korxonalari

xususiy sektorga o‘tkazish yakunlandi.

xo‘jalikkompleksi,

ijtimoiy soha.

1998 xozirgi

vaqtgacha

3- yakunlovchi bosqich xususiylashtirish.

Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan

xususiylashtirilmaydigan davlat ob’ektlari aniqlandi.

Xususiylashtirilmaydigan ob’ektlardan boshqa barcha ob’ektlar

xususiylashtirish va davlat ta’sarrufidan chiqarishga yunaltirildi.

Birinchi bosqichda (1992-1993) «Kichik» xususiylashtirish nomini olib, xususiy sektorga
davlat turar-joy fondi, kichik va o‘rta bo‘g‘indagi savdo, xizmatlar, mahalliy, yengil, oziq-ovqat
sanoati, avtomashina transporti va qurilish tizimi tashkilotlari o‘tkazildi.
Vazirlar Mahkamisining 1992 yil 23 sentabrdagi qarori bilan O‘zbekistonda kichik
xususiylashtirish boshlandi. Natijada mamlakatdagi 53902 inshoot yangi mulk shaklini kasb
etdi.
Ulardan: 10638 tasini – savdo; 12561 tasini – maishiy xizmat ko‘rsatish; 24316 tasini –
matbuot kooperatsiyasi; 4753 tasini – tayyorlov sohasi inshootlari tashkil etdi.Ushbu
islohotlar natijasida O‘zbekistonda do‘konlar, oshxonalar, qaxvaxonalar, sartaroshxonalar,
matbuot jamiyatlari xususiylashtirilmagan birorta ham viloyat, shahar, tuman qolmagan edi.
Ikkinchi bosqichda (1994-1995 yillar) ommaviy xususiylashtirish amalga oshirildi, bu
bosqichda yengil, oziq-ovqat, farmasevtika sanoatini, tayyorlov shahobchalarini, qurilish,
transport, aloqa korxonalarini, sanoatning ba’zi tarmoqlarini xususiy sektor ta’sarrufiga
o‘tkazildi. Bunda 1994 yilida 5127 inshoot davlat tasarrufidan chiqarish ko‘zda tutilgan
bo‘lsada, amalda 9744 ta korxona xususiylashtirildi. Davlat mulkini sotib olish istagini
bildirgan xususiy sektor vakillarining hohishiga ko‘ra ko‘pgina kichik va o‘rta korxonalar
dasturdan tashqari xususiylashtirildi.

References:

1.

Маматов, Б., & Mаматова, С. (2023). ИҚТИСОДИЁТДАГИ ДАВЛАТ ИШТИРОКИНИ

ҚИСҚАРТИРИШ ВА ХУСУСИЙЛАШТИРИШ ТЕНДЕНЦИЯСИ ҲОЛАТИ ТАҲЛИЛИ. THE
INNOVATION ECONOMY, 1(02), 20-28.
2.

2 Элмирзаев, С., & Маматов, Б. (2023). АКЦИЯЛАРНИ ОММАВИЙ ЖОЙЛАШТИРИШ

АМАЛИЁТЛАРИНИ САМАРАЛИ ТАШКИЛ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ. Iqtisodiyot va taʼlim, 24(3),
283-288.
3.

Mamatov, B. (2022). ЎЗБЕКИСТОН ИҚТИСОДИЁТИГА ТЎҒРИДАН-ТЎҒРИ ХОРИЖИЙ

ИНВЕСТИЦИЯ ВА ХОРИЖИЙ КРЕДИТЛАР ЖАЛБ ҚИЛИШ САМАРАЖОРЛИГИ
ТАҲЛИЛИ. Science and innovation, 1(A8), 170-175.
4.

Маматов, Б. Ш. Ў. (2022). ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ УСТАВ КАПИТАЛИДАГИ ДАВЛАТ

УЛУШИНИНГ

ИНВЕСТИЦИОН

ЖОЗИБАДОРЛИККА

ТАЪСИРИ.

Инновацион

технологиялар

,

1

(4 (48)), 109-112.

Библиографические ссылки

Маматов, Б., & Mаматова, С. (2023). ИҚТИСОДИЁТДАГИ ДАВЛАТ ИШТИРОКИНИ ҚИСҚАРТИРИШ ВА ХУСУСИЙЛАШТИРИШ ТЕНДЕНЦИЯСИ ҲОЛАТИ ТАҲЛИЛИ. THE INNOVATION ECONOMY, 1(02), 20-28.

Элмирзаев, С., & Маматов, Б. (2023). АКЦИЯЛАРНИ ОММАВИЙ ЖОЙЛАШТИРИШ АМАЛИЁТЛАРИНИ САМАРАЛИ ТАШКИЛ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ. Iqtisodiyot va taʼlim, 24(3), 283-288.

Mamatov, B. (2022). ЎЗБЕКИСТОН ИҚТИСОДИЁТИГА ТЎҒРИДАН-ТЎҒРИ ХОРИЖИЙ ИНВЕСТИЦИЯ ВА ХОРИЖИЙ КРЕДИТЛАР ЖАЛБ ҚИЛИШ САМАРАЖОРЛИГИ ТАҲЛИЛИ. Science and innovation, 1(A8), 170-175.

Маматов, Б. Ш. Ў. (2022). ТИЖОРАТ БАНКЛАРИ УСТАВ КАПИТАЛИДАГИ ДАВЛАТ УЛУШИНИНГ ИНВЕСТИЦИОН ЖОЗИБАДОРЛИККА ТАЪСИРИ. Инновацион технологиялар, 1(4 (48)), 109-112.