Авторы

  • Islomjon Niyozov
    R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi "An’anaviy ijrochilik" bo‘limi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47260

Аннотация

San’at inson qalbini yumshatib, uni jaholat, razolat, yovuzlik kabi inson uchun nomunosib xislatlardan tiyilishga, bunday g‘ayriinsoniy, salbiy xislatlarga nisbatan murosasiz bo‘lishga undaydi. U inson qalbida odamiylik, ezgulik, oqibatlilik, boshqalarga g‘amxo‘rlik, saxovatpeshalik, odillik kabi inson uchun ijobiy bo‘lgan xislatlar uyg‘otadi. San’at kishi qalb ko‘zini ochib, hayot rangba-rangligidan bahramand bo‘lishiga zamin yaratadi. San’atning turlari ko‘p va ularning barchasi inson qon-qoniga singib, dunyoqarashini o‘zgartira olishga qodirdir. Shunday san’at turlaridan har birimizga juda yaqini musiqa va she’riyat san’ati haqida, shuningdek musiqaga ixtisoslashtirilgan maktablarda milliy musiqa ijrochiligiga alohida e’tibor qaratilayotgani to‘g‘risida baholi qudrat so‘z yuritamiz.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

149

AN’ANAVIY XONANDALIKDA FARG‘ONA-TOSHKENT MAQOM YO‘LLARIDAN

BAYOTLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Islomjon Niyozov

R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi

"An’anaviy ijrochilik" bo‘limi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12176643

Kirish:

San’at inson qalbini yumshatib, uni jaholat, razolat, yovuzlik kabi inson uchun nomunosib
xislatlardan tiyilishga, bunday g‘ayriinsoniy, salbiy xislatlarga nisbatan murosasiz bo‘lishga
undaydi. U inson qalbida odamiylik, ezgulik, oqibatlilik, boshqalarga g‘amxo‘rlik,
saxovatpeshalik, odillik kabi inson uchun ijobiy bo‘lgan xislatlar uyg‘otadi. San’at kishi qalb
ko‘zini ochib, hayot rangba-rangligidan bahramand bo‘lishiga zamin yaratadi. San’atning turlari
ko‘p va ularning barchasi inson qon-qoniga singib, dunyoqarashini o‘zgartira olishga qodirdir.
Shunday san’at turlaridan har birimizga juda yaqini musiqa va she’riyat san’ati haqida,
shuningdek musiqaga ixtisoslashtirilgan maktablarda milliy musiqa ijrochiligiga alohida e’tibor
qaratilayotgani to‘g‘risida baholi qudrat so‘z yuritamiz.
Maqomlarning yirik yo‘nalishi Farg‘ona va Toshkent vohalari bilan bog‘liq. Bu joylarda qaror
topgan klassik musiqa tizimi umumlashtirilib “Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari” deb
yuritiladi. 20-30 yillarda ustozlar mazkur tizimga nisbatan "Shashmaqom", "Olti yarim
maqom"ga o‘xshatib, "Chormaqom" (ya’ni to‘rt maqom) atamasini ham qo‘llaganlar va uning
tarkibida "Bayot", "Dugoh Husayniy", "Chorgoh" va "Gulyor-Shahnoz" nomlari bilan
yuritiladigan birikmalarni tushunganlar. Farg‘ona-Toshkent Chormaqomi, Shashmaqom va
Xorazm maqomlaridan farqli o‘laroq, qismlari bir-biriga vobasta qilingan turkum shaklida
emas, balki umumiy nom ostida keladigan mustaqil kuy yo‘llari tarzida namoyon bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, ular “Dugoh I”, “Dugoh II”, "Dugoh III" yoki "Bayot I", "Bayot II", "Bayot III" kabi
tartib sonlari bilan belgilanadi.
Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining kelib chiqishi va tarkibiy xususiyatlari ilmiy jihatdan
ham kam o‘rganilgan. Ushbu masala yuzasidan I.Rajabovning “Maqomlar masalasiga doir”
kitobining maxsus bobi ишончли ma’lumotlardan hisoblanadi. Unda Farg‘ona-Toshkent
maqom yo‘llari maqomot tizimida o‘z ichki qonun-qoidalari, nizom va belgilari bilan davom etib
kelayotgan mustaqil an’ana ekanligi ochib berilgan.
Eng muhimi, I.Rajabov tadqiqotida Farg‘ona-Toshkent maqomlarining tarixi va amaliy
tamoyillaridagi Buxoro Shashmaqomi va Xorazm maqomlaridan farkli jihatlari ko‘rsatilgan.
Farg‘ona-Toshkent maqomlarining tarixiy ildizlariga oid ishonchli yozma manbalarning
tanqisligi hamda ijro etilib yurgan kuy va ashulalarning mukammal tanqidiy matnlarining
deyarli yo‘qligi mavzuni taxlil etishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu borada eng chigal
masalalardan biri — Farg‘ona-Toshkent klassik musiqasining mundarijasini tuzishdir. Gap
shundaki, bu voha kuy va ashulalarining faqat ayrim qismigina sharafli maqom otlari bilan
yuritiladi. Farg‘ona-Toshkent yo‘llarining belgili maqom yoki ularning shu’balariga ergashib
keladigan qismlarga aynan o‘xshaydigan joylari ko‘p. Masalan, sozandalar orasida “Bayot II”
nomi bilan yuritiladigan asar aslida Naqshi Bayotdir. Qizig‘i shundaki, bu kuyda eski musiqa
risolalarida “naqsh” shakliga xos deb ko‘rsatilgan xususiyatlar o‘z aksini topadi. Boshqacha
aytganda, aslida naqsh shunchaki oddiy tarona emas, balki uning o‘ziga xos murakkab bir
ko‘rinishidir.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

150

Musiqaga ixtisoslashtirilgan maktablarda ham maqom ijro etishga alohida e’tibor qaratilgan bir
davrda o‘quvchilarga “Bayot”lar ijrosi maroqli va his etib ijro etishga qulay asarlardan
hisoblanadi.
“Shashmaqom” yaratilgandan keyingi davrlarda Toshkent va Farg‘ona vodiysida bir necha
musiqa asarlari turkumlari yaratildi. Maqomlarning ma’lum variantlari yuzaga keldi
bastakorlikda maqom yo‘llarini turli doira usuliga tushirib, ularni melodik yoki ritmik
variatsiyasini ishlash uchun imkoniyatlar keng bo‘lganining natijasidir. Bunday maqom yo‘lida
ishlangan musiqa asarlari orasida kuy qiyofasi va tuzilish qonun-qoida xususiyati belgilari
nuqtai nazaridan to‘rt maqom turkumlariga aloxida ajralib turadi. Bular: Bayot, Dugohi
Husayniy, Chorgoh, Shahnozi Gulyordir. Ularning har biri olti va yettitagacha shahobchalarga
ega hamda sonlar vositasi bilan bir-biridan ajratiladi. Masalan: Bayot I, II, III, IV, V; Chorgoh I,
II, III, IV, V; Dugoh Husayniy I, II, III, ІV, V, VI, VIІ. Eng xususiyatli tomoni shuki, Farg‘ona-
Toshkent maqom yo‘llari “Shashmaqom” ashula bo‘limining birinchi va ikkinchi qismiga kirgan
sho‘balar; Saraxbor, Nasr, Savt, Mo‘g‘ilcha kabi maqom sho‘balaridagi tuzilish tartibida
ishlangan, ya’ni ulardagi takt-ritm o‘lchovi, ashula yo‘lining xarakati saqlangan. Masalan: Bayot
I, Dugoh Husayniy I, Chorgoh I, Saraxborlar tartibida ishlangan bo‘lib, ularning takt-ritm
o‘lchovi 2/4 doira usuli, ularga aytiladigan g‘azallar o‘lchovi, ashula yo‘lidagi kuy xarakatlari
ham “Shashmaqom”da uchraydigan asarlarning o‘zi.
Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari “Shashmaqom” sho‘balariga, ko‘proq ashula jumlalarining
ichki kuy xarakatlari bilan emas, balki shu jumlalarning yaxlit qiyofasi nuqtai nazaridan mos
kelishi mumkin.
Masalan, Bayot nomi Navo maqomidagi Talqin, Nasr sho‘balarida uchraydi va Talqini Bayot,
Ufori Bayot deb ataladi. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llaridagi Bayot “Shashmaqom”dagi
Bayot sho‘balarining ma’lum varianti sifatida yuzaga kelgan. Bunda Bayot sho‘balarining doira
usuli Saraxbordagi kabi soddalashtirib olinib Bayot I deb atalgan.
Masalan, Nasri Bayot bilan Bayot I ni olib qaraylik. Ularning boshlanish jumlalaridagi ikki xat
ko‘rinishi bir-biridan farq qiladi

;

lekin, Bayot I ning ikki xati ham Bayot sho‘balarining

variatsiyasidir. Bayot I da bu ashula bo‘lagi variatsiya etilar ekan, muhim o‘zgarishlarga
uchraydi. Ularning kuy xarakatini qiyosiy ravishda kuzatilsa, asosiy ashula yo‘li doira usulidan
chiqib ketish xollari seziladi. Lekin Bayotning ruhiy ta’siri, jumlalarning yaxlit ko‘rinishidagi
umumiy qiyofa ma’lum darajada saqlanib qoladi.
Bayot I ning uchinchi xatini taqqoslab ko‘raylik. Bayot I avjida navo maqomining Bayot
sho‘balarida uchraydigan Namudi Bayot va Namudi Navoning ma’lum variantlari uchrashi
fikrimizning yana bir dalilidir.
Bayotning II, III, IV, V sho‘balarida ham Shashmaqom yo‘llariga nisbatan bunday o‘xshashlik
mavjuddir. Bayot II ni Nasri Bayot taronalarining ma’lum melodik variatsiyasi deyish
mumkin.Taronai Nasri Bayot doira usuli ham Bayot II da o‘zgarmaydi. Uning ashula yo‘llari, kuy
jumlalari, ayniqsa, Nasri Bayotning II taronasi majmuasiga o‘xshaydi. Bayot II ning avj qismi
Nasri Bayot boshlanishidagi jumlalardan olib ishlangan va tarona doira usuliga solingan.
Bayot III Navodagi Bayot sho‘balarining boshlanish ashula jumlalarining beshinchi parda ya’ni
kvintaga ko‘tarib, ma’lum darajada o‘zgartirib ishlangan shaklidir. Bayot III ni “Shashmaqom”
sho‘balariga taqqoslab ko‘rib bu ashula yo‘lini ishlashda Savti Ushshoqdan ham foydalanganligi
bilinadi. Bunda Savti Ushshoq Bayot III pardasiga tushirilgan (tonalnost, tovush qatoriga).


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

151

Bayot IV-V, Bayot III yoki namudi Bayotning ritmik-melodik variatsiyasi sifatida ishlangan
ashula yo‘llaridandir.
Bayot V takt-ritm o‘lchovi va doira usuli “Shashmaqom” Savt va Mo‘g‘ulcha tipidagi
sho‘balarning Qashqarcha shahobchalaridagi kabidir. Bayot IV esa Talqin doira usulida ijro
etiladi. Shunday qilib Toshqent va Farg‘ona maqom yo‘llaridan bo‘lgan Bayot shahobchalari
Navo maqomidagi sho‘balarning ma’lum variatsiyalari sifatida gavdalanadi. Farg‘ona-Toshkent
maqom yo‘llaridan Chorgoh haqida xam shuni aytmoq mumkin.
Bayot, Chorgoh, Dugohi Husayniy asarlarini yaxlit holda olib, ularning tuzilishida doira usuli
nuqtai nazaridan qaralsa, qandaydir bir (prinsip) tartib qonun-qoidaga asoslanganligini ko‘rish
mumkin. Shahnozi Gulyor shahobchalarining birinchi va ikkinchisidan tashqari barcha qolgan
asarlarda bu tartib saqlangan. Uning oxiriga kiritilgan Ushshoq yo‘li esa Shaxnozi Gulyorga
tasodifiy kiritilgan, chunki u sarahbor uslubida ishlangan. Shahnozi Gulyor va uning
shahobchalari tuzilish jixatidan Bayot, Chorgoh, Dugoh Husayniydan tubdan farq qilar ekan,
bularni to‘rt maqom sifatida alohida qilib, maqomlar guruhidan ajratib qarash to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Ba’zi hofiz va musiqachilar Toshkent-Farg‘onada mashhur bo‘lgan bu maqom yo‘llarini Chor
maqom deb atab kelganlar, lekin, o‘zining nom xususiyatlariga ega bo‘lgan bu maqom yo‘llarida
ko‘pgina chalkashliklar bor. Ular “Shashmaqom” sho‘balari asosida yaratilgan bo‘lsada, Chor
maqom deb maxsus nom berish haqida aniq bir fikr aytish qiyin. Toshkent-Farg‘ona
maqomlarini “Shashmaqom” yo‘llari va maqom sho‘balari asosida yaratilgan variantlari
qatoriga kiritish mumkin bo‘lgan ashula yo‘llari deb hisoblansa to‘g‘riroq bo‘ladi. Agar Shahnozi
Gulyor Chor maqomining boshqa yo‘llaridan o‘zining tuzilishi qoidalari jihatidan farq etar ekan,
uni bu maqom yo‘llariga kiritishni xojati yo‘q. Shahnozi Gulyorga o‘xshagan yuqorida zikr
etilgan maqom yo‘llariga mos kelmaydigan juda ko‘p turkumli variantlar xalq orasida
mashhurdir.
Bayotlar bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari ijrosi uchun o‘zlashtirilishi jihatidan
ayni muddao asar hisoblanib, o‘quvchilarda maqom ijrochiligi bilim va ko‘nikmalarini
shakllantirishda ijobiy natija beradi.
Xulosa qilib aytganda Bayotlar ansambl va yakkaxon ijroda muammo to‘g‘dirmaydigan asar
bo‘lsa ham ustoz-shogird an’anasiga tayangan holda talqin etilishi maqsadga muvofiq
yutuqlardandir. Kamchiliklar sifatida esa aytish mumkinki ansambllarda maqomlardan go‘yo
terib olinib popurri ko‘rinishidagi ijrolar maqomlarimizning asl go‘zalligidan chekintiradi.
Kelgusida biz oldimizga qo‘yilgan talab va imkoniyatlardan foydalanib maqomlarimizni o‘z
jozibasi bilan tadbiq etishga harakat qilamiz.
Milliy merosimiz bo‘lgan durdona asarlarimizni asrab avaylash, aslliligini saqlagan holda
kelgusi avlodga bezavol yetkazishda biz ustozlarning muhim asosiy vazifa va burchimiz
xisoblanadi.

References:

1.

И.Ражабов. “Мақомлар”, “Санъат”нашриёти, Тошкент-2006 .

2.

“Шашмақом сабоқлари”, мақола ва маърузалар тўплами, Тошкент-2005.

3.

“Шашмақом” I-VI жилдлар. Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти,

Тошкент-1975.
4.

Жабборов И. Ўзбек халқи этнографияси. –Т.: Ўқитувчи, 1994.- 320 б.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

152

5.

Иброҳимов О. ва б. Мусиқа: 4–синф учун дарслик.- Т.: Ғ.Ғулом нашриёти, 2003.- 110

б.
6.

Иброҳимов О., Садиров Ж. Мусиқа: 7–синф учун дарслик. – Т.: Ғ.Ғулом нашриёти,

2001. – 244 б.

Библиографические ссылки

И.Ражабов. “Мақомлар”, “Санъат”нашриёти, Тошкент-2006 .

“Шашмақом сабоқлари”, мақола ва маърузалар тўплами, Тошкент-2005.

“Шашмақом” I-VI жилдлар. Ғ.Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, Тошкент-1975.

Жабборов И. Ўзбек халқи этнографияси. –Т.: Ўқитувчи, 1994.- 320 б.

Иброҳимов О. ва б. Мусиқа: 4–синф учун дарслик.- Т.: Ғ.Ғулом нашриёти, 2003.- 110 б.

Иброҳимов О., Садиров Ж. Мусиқа: 7–синф учун дарслик. – Т.: Ғ.Ғулом нашриёти, 2001. – 244 б.