Авторы

  • Nazokat Tojidinova
    Ona tili va adabiyot o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47276

Ключевые слова:

kommunikativlik darslik “yo’lchi yulduz” “O’qituvchi kitobi” yangi darsliklar Davlat ta’lim standartlari pog’ona.

Аннотация

O’quvchining kommunikativligini, so’z boyligini va tasavvurini boyitishda yangi darsliklarda qo’llangan usullar foydalidir. Bu usullarni grammatikaga qorishganini ochib berish esa yuz foiz o’qituvchi zimmasiga yuklanyapti. O’qituvchi endi yanayam o’z ustida ishlashi zarurartga aylanmoqda. Oldin ona tili darslari o’quvchilar uchun bir muncha qiziq bo’lmagan. Negaki o’quvchi uyiga borsa ham shu darslikdagi narsani o’qirdi. Maktabda ham shu darslikdagini o’qiydi. Lekin endi o’quvchi darslikka o’qituvchi bergan yo’nalish bilan boqmasa uni to’laqonli tushunishi qiyin. O’qituvchi endi o’quvchi uchun “yo’lchi yulduz”ga aylandi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

57

ONA TILI FANINI O’QITISHDA KOMMUNIKATIVLIKNING AHAMIYATI

Tojidinova Nazokat Shuhratbek qizi

Ona tili va adabiyot o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13928748

Annotatsiya

O’quvchining kommunikativligini, so’z boyligini va tasavvurini boyitishda yangi

darsliklarda qo’llangan usullar foydalidir. Bu usullarni grammatikaga qorishganini ochib berish
esa yuz foiz o’qituvchi zimmasiga yuklanyapti. O’qituvchi endi yanayam o’z ustida ishlashi
zarurartga aylanmoqda. Oldin ona tili darslari o’quvchilar uchun bir muncha qiziq bo’lmagan.
Negaki o’quvchi uyiga borsa ham shu darslikdagi narsani o’qirdi. Maktabda ham shu
darslikdagini o’qiydi. Lekin endi o’quvchi darslikka o’qituvchi bergan yo’nalish bilan boqmasa
uni to’laqonli tushunishi qiyin. O’qituvchi endi o’quvchi uchun “yo’lchi yulduz”ga aylandi.

Kalit so’zlar:

kommunikativlik, darslik, “yo’lchi yulduz”, “O’qituvchi kitobi”, yangi

darsliklar, Davlat ta’lim standartlari, pog’ona.


Bugungi kunda ta’limning muhim yangiliklaridan biri Davlat ta’lim standartlarini o’quv

jarayoniga tatbiq etishdan iborat. Bu ishni amalga oshirish natijasida biz ta’lim-tarbiya sohasida
sifat va samaradorlikni oshishi, o’quv jarayonini barkamollashishiga erishamiz. Umumta’lim
fanlarini o’qitishning asosiy maqsadi shundan iboratki, o’quvchilarda fanlar bo’yicha
egallangan bilim, ko‘nikmalarni muloqot va hayotiy faoliyati jarayonida qo‘llash malakasini
shakllantirishga qaratiladi. Chunki bugungi rivojlanayotgan davr o’quvchisi kundalik hayotda
uchraydigan turli holatlarda o’zini erkin tuta olishi, fikrini tushuntira olishi, ommaviy axborot
vositalaridan, ijtimoiy tarmoqlarda ko’rsatilayotgan lavhalarni o‘rganib, o‘zi uchun muhim
bo’lgan manbalarni olishi, baxs-munozaralarda erkin ishtirok etishi, shaxsiy dunyoqarashi
hamda fikrlarini ifoda qila olishi lozim. Umumta’lim maktablarida yangi ta’lim texnologiyalarini
o’quvchilarga taqdim etish, avvalo, o‘quvchilarning o’ylash, tasavvur qilish, fikrlash bilan birga
zehn qobiliyatlarini, ularning psixologiyasini chuqur o’rganishni talab qilmoqda. Bugungi
kunda o’quvchilarning bilimlarini chuqur o’zlashtirish usullari bo’yicha tadqiqot olib borish,
ularni mustahkamlash yo’llarini izlab topmoqda. Yangi darsliklar ham ayni shu yo’llardan biri
bo’lib hizmat qiladi.

Darsliklarni faqat yaxshi tomonlarini sanab o’tdik. Lekin guruch kurmaksiz

bo’lmaganidek, endi masalaning boshqa tomoni ham mavjud. Yaniki darsliklar zamonaviy,
o’quvchini teran fikrlashiga hizmat qiladigan qilib shakllantirildi. Darsliklar o’quvchilar uchun
yangilik bo’lgani bilan bir qatorda o’qituvchilar uchun ham birdek yangilik bo’ldi. Endi
o’qituvchini ham fikrlashini, metodlarini o’zgartirishimiz kerak. Buning uchun o’qituvchilarni
yangi darsliklar bo’yicha “O’qituvchilar kitobi” dan foydalanishlarini va haftalik yoki oylik
darslik bilan bog’liq tushunmoqvchilik, qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun mo’ljallangan
malaka oshirish kurslariga qatnashishlarini tavsiya qilgan bo’lar edik. To’g’ri, hammaning ham
qaysidie manzilga borib, to’planib muhokama olib borishga imkoni yo’q. lekin hozir texnika-
texnologiya asri. Bemalol ijtimoiy tarmoqlarda ham shunday kurslarga qatnashishlari mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, o’quvchining kommunikativligini, so’z boyligini va

tasavvurini boyitishda yangi darsliklarda qo’llangan usullar foydalidir. Bu usullarni
grammatikaga qorishganini ochib berish esa yuz foiz o’qituvchi zimmasiga yuklanyapti.
O’qituvchi endi yanayam o’z ustida ishlashi zarurartga aylanmoqda. Oldin ona tili darslari


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

58

o’quvchilar uchun bir muncha qiziq bo’lmagan. Negaki o’quvchi uyiga borsa ham shu
darslikdagi narsani o’qirdi. Maktabda ham shu darslikdagini o’qiydi. Lekin endi o’quvchi
darslikka o’qituvchi bergan yo’nalish bilan boqmasa uni to’laqonli tushunishi qiyin. O’qituvchi
endi o’quvchi uchun “yo’lchi yulduz”ga aylandi. Bu esa o’quvchini oldida o’qituvchi shaxsining
yana bir pog’onaga ko’tarilganini sezishimiz mumkin.

References:

1.

B.To’xliyev, M.Shamsiyev, T. Ziyodova. O’zbek tili o‘qitish metodikasi. O’quv qo‘llanma.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, Т.: 2006.
2.

Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: 2003.

3.

Yo‘ldoshev J./. “Ta’lim yangilanish yo‘lida”. – T.: Tarbiyachi. 2000.

Библиографические ссылки

B.To’xliyev, M.Shamsiyev, T. Ziyodova. O’zbek tili o‘qitish metodikasi. O’quv qo‘llanma. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, Т.: 2006.

Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: 2003.

Yo‘ldoshev J./. “Ta’lim yangilanish yo‘lida”. – T.: Tarbiyachi. 2000.