Авторы

  • S. To’xtasinova
    Andijon Davlat Unversiteti Tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo’nalish 302-guruh talabasi
  • F.T. Nasriddinova
    Andijon Davlat Unversiteti kimyo kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50608

Ключевые слова:

Gastropoda kollagen artrit poliartirit bo’gim kasaliklari kosmetika vositalari.

Аннотация

Ushbu maqolada shilliq qurt shilliq qavatining kimyoviy tarkibi va asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kollagenni inson salomatligiga tasiri artirit poliartirit kasalikklarda qoʻllanilishi, shuningdek gastropoda shifobaxsh husiyatlarini oʻrganish natijasida olib borilgan tatqiqot natijalari haqida  maʼlumotlar keltirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

15

KOLLAGENNING INSON SALOMATLIGIGA TASIRI ARTIRIT POLIARTIRIT

KASALIKLARNI XALQ TABOBATIDA DAVOLASH

To’xtasinova S.

Andijon Davlat Unversiteti Tabiiy fanlar fakulteti kimyo yo’nalish 302-guruh talabasi

Nasriddinova F.T.

Andijon Davlat Unversiteti kimyo kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14292158

Annotatsiya:

Ushbu maqolada shilliq qurt shilliq qavatining kimyoviy tarkibi va asosiy

tarkibiy qismi hisoblangan kollagenni inson salomatligiga tasiri artirit poliartirit kasalikklarda
qoʻllanilishi, shuningdek gastropoda shifobaxsh husiyatlarini oʻrganish natijasida olib borilgan
tatqiqot natijalari haqida maʼlumotlar keltirilgan.

Kalit soʻzlar.

Gastropoda, kollagen, artrit, poliartirit, bo’gim kasaliklari, kosmetika

vositalari.

Shilliq qurtlarni butun dunyoda 90000 ga yaqin O’zbekistonda 100 ga yaqin turi mavjud,

shu jumladan Tok shillig’i, garden snail, monachoides vicinus, decollate snail, neverita didyma,
paralaoma servilis kabi mashxur vakkillari O’zbekistonda ko’p uchraydi. Shilliq qurt shilliq
qavat tarkibda ko’plab kimyoviy moddalar, jumladan gialuron kislata, glikolik kislota,
Askorbin kislota (vitamin c), aminokislota, mis peptidlar, mikropolisaxaridlar, mikro va
makro elementlar, mineral moddalar vitaminlar(B2, B4, B6, B9, B12, PP, E, K) kollagen,
elastin, allantoin va tabiiy antibiotiklar mavjud bo’lib ushbu vitaminlar va birikmalarning
barchasi inson salomatligini mustahkamlashda va turli xil kasalliklarni oldini olish va
davolashda muhim ahamyatka ega ekanligi barchaga malum. Shilliq qurt shillig’ni tarkibiy
qisimlaridan biri bo’lgan kollagen o’zining foydali xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.

Kollagen- C57H91N19O16 fo’rmulaga ega bo’lgan rangsiz, tamsiz, inson organizimida

allergik reaksalarni olib kelmaydigan, organizimda biriktiruvchi to’qimaning asosiy
kompanenti, tabiiy protein, suvda oz eriydigan oq shaffof kukunsimon modda. Kollagen
biriktiruvchi tasirga ega. Jaxon sog’liqni saqlash tashkilotining yallig’lanishga va og’riqqa
qarshi dorilar qatoriga kiritilgan muhim tarkibiy vosita.

1-rasm. Kollagenning tuzilish formulasi va kukunsimon ko’rinishi.
Tadqiqotchi olimlar olib borgan ilmiy izlanishlar davomida kollagen inson organizimida

30 yoshdan kegin kam ishlab chiqara boshlashi malum bo’ldi. Umurtqali hayvon organizimida
insonlarga qaraganda bir necha barobar ko’p ishlab chiqariladi. Aynan shilliq qurt shilliq
qavatining asosiy tarkibiy qismi hisoblangan kollagen qadimdan insonlarni hayratga solib
kelmoqda. Shilliq qurtlar bo'g'im og'riqlarini qoldirish xususiyatiga ega bo'lgan dunyodagi
yagona allantoinlardir. Bu Yevropada 10 yillar davomida ilmiy izlanishlar olib brogan
tadqiqorchilar tomonidan isbotlangan. Ushbu kashfiyot 1980-yillarda Yunoniston oroli Kritda


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

16

topilgan. Tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari va statistik ma'lumotlarga ko'ra Krit aholisi
orasida bo'g'im kasalliklari bilan og'rigan bemorlar soni Yevropa aholisiga nisbatan ancha
kam bo'lgan. Kirit aholisi shilliq qurtni delikates sifatida istemol qilib kelishkan. Shundan
so'ng ushbu mavjudotlarning turlari, tarqalish hududlari va kimyoviy tarkibi to'liq o'rganila
boshlandi. Jumladan Italiyaning «Universita Degli Studi Di Napoli Federico II» nomli
Universitetining tadqiqotchi olimlari Sonya Laneri, Ritamariya Di Lorezno, Antoniya Sakki va
Iren Didi xromatografik usul yordamida shilliq qurt shilliq qavati tarkibidagi kollagen va
glikolik kislota tarkibini o'rganish maqsadida tadqiqot olib borilgan. Shilliq qurt mutsinini
kosmetikada sohasida ham qo’llash borasida ko’p izlanishlar olib brogan. Ko’p izlanishlar
natijasida shilliq qurt ekstrakti to’g’risida maqolalar chop etildi. 15 yillik tajribadan so’ng
2005-yil shilliq qurt ekstiraktli krem yuz terisiga ishlab chiqarilgan. Keginchalik butun jaxon
shu jumladan Koreya davlati ham bu kabi kosmetikalar ishlab chiqara boshladi. Bundan
tashqari qadimda afrikada shilliq qurtni teri yoshartirish uchun samarali foydalanib
kelishkan.

Hozirgi kunda moddalar almashinuvining buzilishi, ko'p yoki kam harakatlilik va

boshqa bir qancha sabablarning mavjudligi bilan bo'g'imlarda ko'plab muammolar kelib
chiqmoqda.Varikoz, Artrit va osteoartrit kabi bo'g'im kasalliklariga uchrab ushbu
kasalliklardan aziyat chekib, tinimsiz og'riqlar bilan yashayotgan insonlarning ko'pchiligi
shilliq qurt shilliq qavati tarkibidagi kollagenining shifobaxsh ta'siri tufayli ko’plab insonlar
shifo topishmoqdalar. Buning uchun shilliq qurtlar iliq suvda yuvilib, og'riq sohasiga ohistalik
bilan qo'yilishi natijasida muolaja olib boriladi. Muolaja zararsiz, chunki shilliq qurtlar qon
so'rmaydi, chaqmaydi, aksincha mikro massaj qilib, kollagenni teriga singdiradi. Shilliq
qurtlar o'zidan 10 marta kuchli antibiotik ishlab chiqaradi. Kollagen teriga tez fursat ichida
ta'sir etib, dermisning mikro shikastlanishlarida bir necha marta qo'llash orqali terida ijobiy
natijalarni aks ettira boshlaydi. Hujayralarning o'sishiga yordam berib jarohatlarni davolashni
tezlashtiradi. Aynan shilliq qurt o'zining nozik tanasidagi shikastlanishlarni va qobig'idagi
yoriqlarni kollagenning faol ta'siri sabab turli xildagi shikastlanishlardan saqlab, ajoyib
ko'rinishga ega bo'lib kelmoqda.Bundan tashqari kollagenga boy mahsulotlar tovuq goʻshti va
boshqa goʻshtlar, baliq va dengiz maxsulotlari, sut va sut maxsulotlari, yosun, jeley, sitrus
mevalar va oziq ovqat qoʻshilmalari kollagenli ichimliklar va koktellar, kollagen
peptitlar(kukun kapsula) sports Research kollagen, Neocell super Collagen, yoki suyuqlik
koʻrinishda organixx collagen, Bullitroof Collagen protain), kollagen protaenli barlar (RXBAR,
Primal kitchen) mahsulotlar ham insonlar hayotida tomonidan ijobiy natija kuzatilmoqda.

Xulosa qilib aytish mumkinki, uzoq yillar davomida olib borilgan ilmiy izlanishlar

natijasida shilliq qurtning inson organizmiga ijobiy ta'siri va shilliq qurt shilliq qavati
tarkibidagi ko'plab kimyoviy moddalarning faol xususiyatlari o'rganildi. Natijada ushbu
mavjudotlarga nisbatan talab ortib bordi va maxsus fermalarda parvarishlana boshlandi.
Shilliq qurtlarning shilliq qavati vitamin va minerallarga, foydali tabiiy birikmalarga boy.
Ayniqsa, shilliq qavat tarkibidagi kollagen ko'plab kasalliklarni bartaraf etishda qo'llaniladi.
Bo'g'im kasalliklari bilan og'rigan bemorlarga kollagen qo'shilmasi asosida tayyorlangan dori
preparatlarini qo'llash ijobiy samara beradi. Aynan shilliq qurt shilliq qavati tarkibidagi
kollagenni tabiiy shifo manbai deb atasak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki u bo'g'imlardagi
analgetik ta'sirni kamaytiradi, tog'ayni oksidlanishi va degredatsiyasini sekinlashtiradi va shu
sabab shikastlangan teri va tog'ay o'z holiga qaytadi. Ushbu mavjudotning shilliq qavati


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

17

tarkibini yanada chuqurroq o'rganish natijasida 10 ga yaqin kasalliklarni oldini olish va
davolashda qo'llaniladigan hech qanday sun'iy va sintetik vositalarsiz tabiiy holdagi dori
vositalarini tayyorlash va amaliyotda qo'llash orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin.

References:

1.

Bruggen A. C. (2010). "A new record of ‘Achatina’ vassei Germain, 1918 (Gastropoda,

Pulmonata, Achatinidae) from Mozambique – an unsolved problem". Zoologische
Mededelingen 84. HTM Archived 2011-10-07 at the Wayback Machine.
2.

Kemmerer R., 1953. Amino acid content of dehydrated giant Africans snailes (Achatina

fulicha Bowdich). Science 117:138-139.
3.

Тийна Орасмяэ-Медер, Оксана Шатрова. Наука красоты: Из чего на самом деле

состоит косметика. – М.: Альпина Паблишер, 2016. – 376 с.
4.

Albert R. Mead. The Giant African Snail: A Problem in Economic Malacology. Chemical

control — Chicago: The University of Chicago Press, 1998. — 35-39p.
5.

Gus’kov, E.P., Kletskii, M.E., Kornienko, I.V., et al., Allantoin as Free-Radical Scavenger,

Dokl. Akad. Nauk, 2002, vol. 383, no. 3, pp. 105–107.
6.

Marin F., Corstjens P., De Gaulejac B., De Vrind-De Jong E., Westbroek P. Mucins and

molluscan calcification. Molecular characterization of mucoperlin, a novel mucin-like protein
from the nacreous shell layer of the fan mussel Pinna nobilis (Bivalvia, pteriomorphia) // The
Journal of biological chemistry. - 2000. - Vol. 275, no. 27. - P. 20667-20675.
7.

Shestopalov A.V., Shkurat T.P., Mikashinovich Z.I. et al. Biological functions of Russ

https://doi.org/10.1134/S1062359006050037 allantoin. Biol Bull Acad Sci 33, 437–440
(2006).
8.

Gus’kov E.P., Shkurat T.P., Milyutina N.P., et al. Effect of Allantoin on the Activity of

Enzymes Providing Regulation of the ROS-Dependent Status of an Organism, Dokl. Akad.
Nauk, 2001, vol. 379, no. 3, pp. 398–401.
9.

Benzie I.F., Chung W., and Tomlinson B. Simultaneous Measurement of Allantoin and

Urate in Plasma: Analytical Evaluation and Potential Clinical Application in Oxidant:
Antioxidant Balance Studies, Clin. Chem., 1999, vol. 45, pp. 901–904.
10.

Lagendijk J., Ubbink J.B., and Vermaak W.J. The Determination of Allantoin, A Possible

Indicator of Oxidant Status, in Human Plasma, J. Chromatogr. Sci., 1995, vol. 33, pp. 186–193.
11.

Laneri S., Lorenzo R. D., Sacchi, A., & Dini I. (2019). Dosage of Bioactive Molecules in the

Nutricosmeceutical Helix aspersa Muller Mucus and Formulation of New Cosmetic Cream with
Moisturizing Effect.

Библиографические ссылки

Bruggen A. C. (2010). "A new record of ‘Achatina’ vassei Germain, 1918 (Gastropoda, Pulmonata, Achatinidae) from Mozambique – an unsolved problem". Zoologische Mededelingen 84. HTM Archived 2011-10-07 at the Wayback Machine.

Kemmerer R., 1953. Amino acid content of dehydrated giant Africans snailes (Achatina fulicha Bowdich). Science 117:138-139.

Тийна Орасмяэ-Медер, Оксана Шатрова. Наука красоты: Из чего на самом деле состоит косметика. – М.: Альпина Паблишер, 2016. – 376 с.

Albert R. Mead. The Giant African Snail: A Problem in Economic Malacology. Chemical control — Chicago: The University of Chicago Press, 1998. — 35-39p.

Gus’kov, E.P., Kletskii, M.E., Kornienko, I.V., et al., Allantoin as Free-Radical Scavenger, Dokl. Akad. Nauk, 2002, vol. 383, no. 3, pp. 105–107.

Marin F., Corstjens P., De Gaulejac B., De Vrind-De Jong E., Westbroek P. Mucins and molluscan calcification. Molecular characterization of mucoperlin, a novel mucin-like protein from the nacreous shell layer of the fan mussel Pinna nobilis (Bivalvia, pteriomorphia) // The Journal of biological chemistry. - 2000. - Vol. 275, no. 27. - P. 20667-20675.

Shestopalov A.V., Shkurat T.P., Mikashinovich Z.I. et al. Biological functions of Russ https://doi.org/10.1134/S1062359006050037 allantoin. Biol Bull Acad Sci 33, 437–440 (2006).

Gus’kov E.P., Shkurat T.P., Milyutina N.P., et al. Effect of Allantoin on the Activity of Enzymes Providing Regulation of the ROS-Dependent Status of an Organism, Dokl. Akad. Nauk, 2001, vol. 379, no. 3, pp. 398–401.

Benzie I.F., Chung W., and Tomlinson B. Simultaneous Measurement of Allantoin and Urate in Plasma: Analytical Evaluation and Potential Clinical Application in Oxidant: Antioxidant Balance Studies, Clin. Chem., 1999, vol. 45, pp. 901–904.

Lagendijk J., Ubbink J.B., and Vermaak W.J. The Determination of Allantoin, A Possible Indicator of Oxidant Status, in Human Plasma, J. Chromatogr. Sci., 1995, vol. 33, pp. 186–193.

Laneri S., Lorenzo R. D., Sacchi, A., & Dini I. (2019). Dosage of Bioactive Molecules in the Nutricosmeceutical Helix aspersa Muller Mucus and Formulation of New Cosmetic Cream with Moisturizing Effect.