Авторы

  • Zilola Abduvohidova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.50611

Ключевые слова:

Ekskursiya sayr idrok etish muzey intizom gerbariy ekskursiya rejasi marshrut kompus lupa.

Аннотация

Ushbu tezisda biologiya darslarini yanada qiziqarli hamda mazmunli oʻtishida ekskursiyalarni ahamiyati,uni tashkil etish yoʻllari haqida batafsil yoritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

7

"GULLI OʻSIMLIKLARNING MOSLANISHI" MAVZUSI YUZASIDAN

EKSKURSIYALARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Abduvohidova Zilola

https://doi.org/10.5281/zenodo.14287929

Annotasiya.

Ushbu tezisda biologiya darslarini yanada qiziqarli hamda mazmunli

oʻtishida ekskursiyalarni ahamiyati,uni tashkil etish yoʻllari haqida batafsil yoritilgan.

Kalit soʻzlar.

Ekskursiya, sayr, idrok etish, muzey, intizom, gerbariy, ekskursiya rejasi,

marshrut, kompus, lupa.

Key words.

Excursion, walk, perception, museum, discipline, herbarium, excursion plan,

route, compass, magnifying glass.


Ekskursiya lotincha “Excursio” - “sayr etish” degan sо‘zdanolingan bо‘lib, korxona yoki

tabiatning diqqatga sazovorjoylariga kollektiv ravishda uyushtirilgan sayr ma’nosi
tushuniladi. О‘quvchilarning bilimini kengaytiradi va mustahkamlaydi. О‘quvchilar о‘simliklar
va hayvonlarni tabiiy muhitda о‘simliklarni tuproqqa, hayvonlarni esa, о‘simliklarga bog‘liq
holda kо‘radilar va о‘quvchilarning tabiatni о‘rganishda bо‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Qishloq xо‘jaligi, ishlab chiqarish, tajriba stansiyalari, mevazor, kо‘chatzor kabi joylarga
uyushtirilgan ekskursiyalar о‘quvchilarda ishlab chiqarishning turli sohalariga nisbatan zо‘r
qiziqish uyg‘otadi. Biologik ekskursiya jarayonida о‘quvchilar biologik bilimlarning amalda
qanday qо‘llanilayotganligini bilib oladilar.Maktablarda tashkil etiladigan ekskursiya esa sinf
yoki о‘quvchilargruppasi bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning bir formasi bо‘lib,
“о‘rganilayotgan buyum va hodisalarni joyiga borib, tabiiy holatida yoki sun’iy maxsus
sharoitda bevosita idrok etishga - ekskursiya” deyiladi.Oddiy qilib aytganda – ochiq havoda
dars о‘tishga aytiladi. Biologikekskursiyalar sinfdan tashqarida: tabiatda, qishloq xо‘jaligida
ishlabchiqarish obyektlarida va boshqa joylarda (botanika bog‘i, zoovistavka, muzey, ilmiy-
tadqiqot muassasalari kabilarda) о‘tkaziladigan о‘quvxarakteridagi mashg‘ulotdir.
Ekskursiyalar asosan bahorda va kuzdabotanika, zoologiya, umumiy biologiya kurslarida
о‘tkaziladiganbiologik ekskursiyalar dastur materialini о‘rganish va mustahkamlashga
bag‘ishlanadi. Ular maktab dasturida kо‘rsatilgan va о‘quvchilar uchun majburiydir.Tirik
tabiat obyektlarini va hodisalarini bevosita bilish, tabiiy sharoitda о‘rganish imkoniyatini
beradi. О‘quvchilar о‘rganilayotgan о‘simlik va hayvonni ularning yashash sharoitida
kо‘radilar. Organizm tuzilishi va hayot faoliyatining yashash muhitiga moslashuvchanligini
yaqqol payqab oladilar. Bunday ekskursiyalar о‘quvchilarning kasb tanlashlarida ham ijobiy
ta’sir kо‘rsatadi.

Ekskursiya ham tarbiyaviy ahamiyatlarga egadir:

1.

О‘quvchilarda ongli intizom;

2.

О‘rtoqlik va dо‘stlik;

3.

Tashabbuskorlik va havaskorlik xislatlari tarbiyalanadi.

4.

Ekskursiyalar о‘qituvchini о‘quvchilar bilan yaqinlashtiradi, unga о‘z о‘quvchilarini

yaxshiroq bilib olish imkoniyatini beradi.
5.

О‘quvchilarda tetik va sog‘lom tuyg‘ularni vujudga keltiradi bu esa о‘rganilayotgan о‘quv

materialining oson va puxta о‘zlashtirib olishini ta’minlaydi.
6.

Ekskursiyalarda о‘quvchilar estetik xarakterdagi tuyg‘ularni his qiladilar.

7.

Tabiat gо‘zalligini bevosita his qilish shu tabiatga, vatanga nisbatan muhabbat

tuyg‘ularini uyg‘otadi.Eks


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

8

Topshiriqlar.

1.

Quyidagi oʻsimliklarning tabiatga moslanishini aniqlang.
Qaragʻay, beda, burchoq, naʼmatak,

Ekskursiyaga tayyorgarlik.

Ekskursiyaning samaradorligi kо‘p jihatdan uni puxta

tayyorlanishiga bog‘liq. Har bir ekskursiya ham tashkiliy hamda nazariy jihatdan puxta
tayyorgarlik va aniq reja asosida о‘tkazishni talab qiladi. Tayyorgarlik ishlari quyidagicha
amalga oshiriladi: О‘qituvchi ekskursiyaga borishdan bir necha kun oldin о‘zi о‘sha ekskursiya
joyi va marshrutini kо‘rib keladi, (ya’ni taxminiy ekskursiya qilib keladi). Bunda
о‘rganiladigan obyektlar va qulay marshrut tanlanadi, qayerda, qanday material yig‘ish va
qayerda tushuntirish hamda suhbatlar о‘tkazish mumkinligi belgilanadi, ekskursiya uchun
qancha vaqt sarflanishi aniqlanadi. Ekskursiyaning mavzusi va maqsadi belgilanadi, keyin
unda о‘quvchilar о‘zlashtirishi mо‘ljallangan о‘quv materialining mazmuni aniqlanadi.
Ekskursiya uchun zarur bо‘lgan jihoz va materiallar oldindan tayyorlab qо‘yiladi (kompas,
lupa, belkurak, boltacha, metr, ip, etiketkalar, gerbariy uchun papkalar, bonkachalar). Reja
ekskursiyaning borish izchilligi va о‘qituvchi bilan о‘quvchilarning ish metodlari
(tushuntirish, suhbat va mustaqil amaliy ishlar: kuzatish obyektni topib olish, materialni
yig‘ish, kabilar). О‘tkaziladigan ekskursiya haqida о‘quvchilar bir necha kun oldin
ogohlantiriladi. Bunda ekskursiya joyi, qachon jо‘nalishi va qancha vaqt davom etishi
о‘quvchilarga aytiladi. О‘qituvchi taxminiy ekskursiya о‘tkazish va о‘rganiladigan о‘quv
materialining mazmunini aniqlash asosida haqiqiy ekskursiya rejasini tuzadi. О‘qituvchi
ekskursiyadan oldingi darsda о‘quvchilarga darslik va boshqa manbalardan ekskursiya
mavzusiga oid nimalarni о‘qib takrorlash kerakligini vazifa qilib beradi.

References:

1.

SH.A.Amonashavili, S.N.Lisenkova va boshqalar “Pedagogik izlanish”, “О‘qituvchi” 1990y.

2.

A.T.G‘ofurov, O.M.Nosirov “Maktab biologiya kursida tabiat muhofazasi tushunchasini

shakllantirish”, “О‘qituvchi” 1985y.
3.

w.w.w.arxiv.uz

4.

w.w.w.pedagogy.ru

Библиографические ссылки

SH.A.Amonashavili, S.N.Lisenkova va boshqalar “Pedagogik izlanish”, “О‘qituvchi” 1990y.

A.T.G‘ofurov, O.M.Nosirov “Maktab biologiya kursida tabiat muhofazasi tushunchasini shakllantirish”, “О‘qituvchi” 1985y.

w.w.w.arxiv.uz

w.w.w.pedagogy.ru

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)