YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
122
YUQORI AVLOD DURAGAYLARINING O‘SUV DAVRI FAZALARI DAVOMIYLIGI
BO‘YICHA OLINGAN NATIJALAR
Xakimov Shaxbozbek Shavkatbek o‘g‘li
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tayanch doktoranti
Odashev Muhammadusmon Ulug‘bek o‘g‘li
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14436839
Ekilgan chigitlarni unib chiqqanidan g‘o‘za nihollari to‘liq vegetatsion jarayonlarni o‘tab,
yangi chigitlar hosil qilgunga qadar ma’lum rivojlanish fazalarini o‘taydi. G‘o‘za rivojlanish
jarayonida beshta asosiy fazani o‘taydi: unib chiqish, chinbarg chiqish, shonalash, gullash
fazasi, pishish. Bu fazalar o‘simlikni bir asosiy fazadan ikkinchi asosiy fazaga o‘tishiga
hozirlaydi.
Unib chiqish bu odatda nav xususiyatiga bog‘liq bo‘lmasdan, tuproq namligi, havo
harorati, chigitning unuvchanligi kabi bir qator omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Tadqiqotlarimizda F
5
(Andijon-36 x Omad) (Andijon-35 x Ibrat) (C-8290 x Namangan
77) (SP-204 x Andijon-37) duragay avlodlarining o‘suv davri fazalarining davomiyligini
o‘rganish bo‘yicha kuzatuvlar olib borildi.
Bizning tajribamizda ham chigitlar 8-10 kun oralig‘ida, ya'ni Andijon-36 g‘o‘za navi va
F
5
duragay avlodlaridan F
5
Andijon-36 x Omad, F
5
Andijon-35 x Ibrat duragay avlodlari
chigitlari 8 kunda unib chiqib, qolgan duragay avlodlari nisbatan ertaroq unib chiqdi. F
5
C-
8290 x Namangan 77 duragay avlod (9 kun) esa Andijon-36 naviga nisbatan 1 kunga, F
5
SP-
204 x Andijon-37 duragay avlodi (10 kun) 2 kunga kechroq unib chiqqanini kuzatuvlar
natijasida aniqladik. Unib chiqishni hisobga olish hisoblanadigan qatordagi birinchi maysa
paydo bo‘lganidan boshlanib, har kuni davom ettirildi. Qatordagi uyalar soni sanab chiqildi.
Qatordagi maysali uyalar umumiy uyalarning 50% ni tashkil etganda kuzatildi.
G‘o‘zalar shonalash fazasiga kirishini hisoblashda ham qatordagi o‘simliklar soni
hisoblandi. Hisoblashlar qatordagi bironta o‘simlik shonalashidan boshlanib, shu hisoblangan
o‘simliklarning 50% i shonalagandan keyin hisoblandi. Bunda Andijon-36 navi (34 kun) ga
nisbatan F
5
Andijon-36 x Omad, F
5
Andijon-35 x Ibrat duragay avlod (29 kun) lari 5 kun, F
5
C-
8290 x Namangan 77 duragay avlodi (31 kun) 3 kun, F
5
SP-204 x Andijon-37 duragay avlod
(31 kun) esa 3 kun erta shonalaganini kuzatdik.
Tajribamizda gullash davomiyligini kuzatganimizda (F
5
) duragay avlodlarida 54-57
kunni tashkil etgani holda, Andijon-36 naviga qaraganda F
5
(Andijon-36 x Omad) (Andijon-35
x Ibrat) duragay avlodlari 5 kunga ertaroq gullab, tezpisharlik belgisini namoyon qildi. Qolgan
duragay avlodlari ham bu fazaga ertaroq o‘tdi. Jumladan, nazorat navga nisbatan F
5
(C-8290 x
Namangan 77) duragay avlodi 4 kunga, F
5
(SP-204 x Andijon-37) duragay avlodi 3 kunga
ertaroq muddatlarda gullash fazasiga o‘tganligi kuzatildi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
123
1-jadval.
№
F5 duragay
kombinatsiya
lari
Unib
chiqish
davomiylig
i
Unib chiqishdan
50%
shonalashgacha
bo‘lgan davr, kun
Unib chiqishdan
50% gullashgacha
bo‘lgan davr, kun
Unib chiqishdan
50% pishishgacha
bo‘lgan davr, kun
ku
n
st
farqi
kun
st farqi
kun
st farqi
kun
st
farqi
1
Andijon-36 x
Omad
10
+1
29
-5
54
-5
113
-8
2
Andijon-35 x
Ibrat
9
+1
31
-3
55
-4
114
-7
3
C-8290 x
Namangan 77
9
+1
31
-3
54
-5
112
-9
4
SP-204 x
Andijon-37
8
0
29
-5
54
-5
112
-9
Hosil yetilishini hisobga olish ham qatordagi dastlabki o‘simlik yetilgan kundan
boshlanib, qatordagi 50% o‘simliklarning shu fazaga kirgan kuni kuzatildi. Hosilning yetilishi
Andijon-36 navida 121 kunni tashkil qilgan bo‘lsa, F
5
duragay avlodlarida Andijon-36 naviga
nisbatan 6-9 kun ertaroq pishib yetilgani, ya'ni F
5
Andijon-36 x Omad duragay avlodlari 9
kunga, F
5
Andijon-35 x Ibrat duragay avlodi 8 kunga, F
5
C-8290 x Namangan 77 duragay
avlodlari 7 kunga, F
5
SP-204 x Andijon-37 duragay avlodi esa 6 kunga tezlashganini
kuzatuvlar natijasida ko‘rishimiz mumkin (1-jadval).
References:
1.
Sh.Xakimov, M.Odashev “G‘o‘zani turli oziqlantirish usullari orqali yetishtirishning ilmiy
asoslari” Innovative research in science International scientific conferenc – 2023. 56-58-bb
2.
Sh.Xakimov, M.Odashev “Study of leaf level in cotton planted after leguminous crops”
Innovative research in science International scientific conferenc – 2024. 120-122-bb