Авторы

  • Maftuna Bozorova
    O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Xorijiy til va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.59684

Ключевые слова:

xorijiy aloqalar grammatika dasturlar interfaol platformalar Duolingo ingliz atmosferasi.

Аннотация

Ushbu maqola til o’rganishda zarur bo’lgan interfaol platformalar, saytlar va programmalar va ularning afzalliklari haqida qisqacha ma’lumot beradi. Til o’rganish murakkab jarayonligi, unda faqat nazariy va an’anaviy usullarga tayanib bo’lmasligi, shuning uchun dunyo bo’ylab ingliz tilida gapiruvchilar bilan bog’lana olish imkonini beruvchi dasturiy ilovalar bo’yicha sharhlar keltirilgan. Til o’rganishning hozirgi kundagi ahamiyati haqida ham fikrlar keltirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

104

XORIJIY TILNI O’QITISH TIZIMIGA DASTURIY ILOVALARNI BIRIKTIRISH

Bozorova Maftuna O’lmas qizi

O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti

Xorijiy til va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14434780

Annotatsiya:

Ushbu maqola til o’rganishda zarur bo’lgan interfaol platformalar, saytlar

va programmalar va ularning afzalliklari haqida qisqacha ma’lumot beradi. Til o’rganish
murakkab jarayonligi, unda faqat nazariy va an’anaviy usullarga tayanib bo’lmasligi, shuning
uchun dunyo bo’ylab ingliz tilida gapiruvchilar bilan bog’lana olish imkonini beruvchi dasturiy
ilovalar bo’yicha sharhlar keltirilgan. Til o’rganishning hozirgi kundagi ahamiyati haqida ham
fikrlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

xorijiy, aloqalar, grammatika, dasturlar, interfaol platformalar, Duolingo,

ingliz atmosferasi.


Bugungi kunda-kunga rivojlanib, taraqqiy etib borayotgan zamonda xorijiy tillarni,

ayniqsa ingliz tilini chuqur o’rganishga bo’lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Sinfxonada
o’qituvchining mavjudligini ta’minlash, uning rolini yanada oshirishga ham ulkan e’tibor
qaratilgan.Buning asosiy sabablaridan biri til o’rganishning bizga siyosiy, ijtimoiy hamda
iqtisodiy tarafdan olib keladigan foydalari hisoblanadi. Butun bo’ylab minglab mamlakatlarni
o’zaro bog’lab turadigan omil til sanaladi. Mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilishda,
boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishda ham til muhim vosita bo’lib
xizmat qiladi. Ingliz tili hozirgi kunda jahon hamjamiyati ko’plab davlatlar uchun ikkinchi til
sifatida qaralmoqda. Ingliz tilida kommunikatsiya qila olish jarayonlarini tezlashtiradigan bir
qancha ilovalar mavjud. Ular ham maktab ta’lim tizimiga kiritilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Keling, bunday dasturlarning vazifasi, maqsadi hamda afzalliklarini birin-ketin ko’rib
chiqamiz.

1. LinguaLeo. Bu ilovaning eng yaxshi ijobiy tomoni shundaki, bu insonlarga ingliz tilini

o’rganishning o’yin tarzida tashkillashtirilgan metodini taklif etadi. Bir qancha o’yinlarni
o’ynab bo’lgach, to’plagan balingizga ko’ra keyingi bosqichga ko’tarilasiz, shaxsiy lug’at
bazangizni rivojlantirasiz. Bu programma, oddiy o’yinlardan tashqari, turli xildagi asarlar,
materiallar, videolar va audiolarni o’z ichiga oladi.

2. Agar siz ingliz tilini o’rganishning bepul usulini izlayotgan bo’lsangiz, DuoLingo ilovasi

aynan siz uchun. Yana bir afzallik tomoni shundaki, bu ilova sizni keraksiz reklamalar bilan
bezdirmaydi. Boshqichma-bosqich ko’tarilgach, ballaringizni yig’asiz, ammo xato qilsangiz
balingizdan ma’lum darajada ayrilasiz.

3. Free 4 Talk. Judayam super ilova. Bu dastur til o’rganuvchilarning kommunikativ

mahoratlarini oshirishga mo’ljallangan. Bu ilova orqali dunyoning istalgan qismida turga
ingliz tili o’rganuvchilari bilan muloqot qilish, fikr almashish imkonini qo’lga kiritasiz. Kichik
va katta guruhlar taqsimlangan bo’lib, o’zingizga mosini tanlagan holda qo’shilishingiz
mumkin.

4. Grammarly. Albatta, ingliz tilini o’rganishni uning grammatikasisiz tasavvur qillib

bo’lmaydi. Grammarly ilovasi klaviaturada yozayotganingizda sizdagi grammatik xatolarni
to’g’irlaydi. O’z xatolaringiz ustida ishlash uchun ajoyib imkon.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

105

5. Elsa speak. Ushbu dastur ham siz uchun speaking mahoratlaringizni oshirish uchun

ko’plab imkoniyatlarni taqdim etibgina qolmay, sizni muloqotda yo’l qo’ygan xatolaringiz
haqida ham qisqacha ma’lumot beradi. Yana bir afzallik tomoni shundaki, agarda siz introvert
inson turi bo’lsangiz va jonli muloqotlarda o’zingizni yo’qotib qo’ysangiz, bu ilova siz uchun
ajoyib imkoniyat, ya’ni bunda hech qanday inson omili ishtirok etmaydi. Siz sun’iy intellekt
bilan suhbatlashasiz.

6. Ko’plab mutaxassisslar ingliz tilini chuqurroq o’rganishga ko‘maklashuvchi filmlar

tomosha qilishni tavsiya qilishadi. Misol uchun Garri Potter filmini aktyorlarning haqiqiy
aksenti bilan tomosha qilish ingliz tilidagi so’zlarning aslida qanday to’g’ri talaffuz qilish
kerakligini o’rgatadi. Bu jonli ingliz atmosferasini yaratadi. Ushbu filmni topish qiyin vazifa
emas, albatta. You Tube, Netflix kabi platformalar siz uchun ajoyib qo’llanma bo’la oladi.

7. Speak PAL. Dunyo miqyosida ingliz tilini o’rganuvchilar orasida ommalashgan dastur.

Bu ham sizga dunyo bo’ylab ingliz tilini biladiganlar bilan sizni bog’lashga xizmat qiladi. Va
asosiysi, ilovadan foydalanish mutlaqo bepul. Siz o’zingizga mos darajadagi speakerlar bilan
suhbatlashish huquqiga egasiz. B1,B2, C1 hamda C2 kabi ishtirokchilar o’z profillariga yozib
qo’yishgan bo’ladi.

XULOSA

Boshqa bir tilni o’rganish oson ish emas, albatta. Ilovalar an’anaviy ravishda

o’qitiladigan metodlarga qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Ushbu dasturlar oxirgi paytlarda
judayam ommalashib bormoqda.. Interfaol ,platformalar o’yin metodikalari va multimedia
materiallari orqali til o’rganishni xohlovchilarga juda qo’l keladi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
LinguaLeo, Study.ru, Englex, Duolingo kabi vebsaytlarning hammasi grammatik qoidalardan
tortib talaffuz, o’qish, yozish va gapirish ko’nikmalarini har tomonlama kuchaytirishga
qaratilgan.

References:

1.

https://daryo.uz/2022/05/12/ijtimoiy-tarmoqlar-mobil-ilovalar-seriallar-va-

boshqalar-ingliz-tilini-bepul-tez-va-oson-organishning-onlab-yangi-usullari
2.

https://rgn.uz/2018/05/15/ingliz-tilini-organish-uchun-mobil-ilovalar-top-10-taligi/

3.

https://global-edu.uz/articles/ingliz-tilini-organishda-foydali-boladigan-6-ta-mobil-

ilova/
4.

Translation theory and practice Part1, Coursebook, Tashkent: “Tafakkur avlodi” 2021.

M.T.Iriskulov, N.M.Kambarov, K.D.Tukhtaeva, UDC: 81’25, LBC: 81.2-7, I-74.

Библиографические ссылки