YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
106
TARJIMANING XALQARO MUNOSABATLARDA TA’SIRI VA UNING
MAMLAKATLARARO ALOQALARDAGI O’RNI
Baxromova Muxlisa Otabek qizi
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Turaeva Shoira Muxtarovna
Ilmiy rahbar
https://doi.org/10.5281/zenodo.14434719
Annotatsiya:
Ushbu maqolada tarjima va elchilikning xalqaro munosabatlardagi asosiy
ta’siri, tarjimonning davlatlararo aloqalarda o’rni va tarjimaning madaniy aloqalardagi asosiy
roli haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
tarjima, tarjimon, elchi, diplomatiya, madaniy to’qnashuvlar, xalqaro
munosabatlar, madaniy qadriyatlar, turli e’tiqodlar.
Xalqaro munosabatlar rivojlangani sari davlatlarda tarjimonlik, elchilik sohasiga e’tibor
va talab kuchayadi. Aynan tarjima vositasida ikki tilda gaplashuvchi mamlakatlar o’zaro aloqa
o’rnatadilar. tarjima maqsadi-g’oyalar va voqealarni vaqt va makon orqali
yetkazish,tushunishga,amalga oshirishga yoki isbotlashga xizmat qilishdir. Bir-biriga tobora
yaqinlashyotgan dunyoda tarjima til to’siqlarini bartaraf etish orqali muhim ro’l o’ynaydi.
Tarjima juda ko’p sohalarda zarur bo’lgan axborot vositasi bo’lib, xususan, biznes,
diplomatiya, sog’liqni saqlash , huquqshunoslik , boshqaruv va ta’lim kabi bir qator sohalarni
xalqaro munosabatlarsiz tasavvur qilolmaymiz. Shuning uchun ham bu sohalar doim
odamdan tarjimonlik qobiliyatini talab qiladi. Sayohat, xalqaro media va internetning
rivojlanishi tufayli odamlar o’rtasidagi aloqa yanada osonlashdi. Dunyoning qolgan qismidan
ajralib qolmaslik va bunday globallashgan muhitda erkin yashash uchun har bir kishi
boshqalar bilan muloqot qilishi zarur. Shu sababli, madaniyatlararo muloqot har bir inson
uchun zarurdir. Elchilik ham bu munosabatlarda asosiy rol o’ynaydi. Elchi o’z mamlakati va
boshqa mamlakat o’rtasidagi tinch-totuv munosabatni saqlab turuvchi, o’sha mamlakat
odamlarining timsoli va o’z mamlakati uchun siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy qarorlar qabul
qiluvchi odam hisoblanadi. Aynan elchi orqali mamlakat xalqaro aloqalarga kirishadi va turli
shartnomalar, sulhlar o’rnatishga muvaffaq bo’ladi. Professional nuqtai nazardan tarjimonlar
va elchilar madaniyatlararo muloqot bo’yicha mutaxassis, vositachi va madaniyatlar
o’rtasidagi ko’prik sifatida faoliyat yuritadilar. Ular ma’no, ohang va madaniy konteksni bir
tildan boshqasiga aniq yetkazib, xalqlar bir-birini to’liq tushunishni ta’minlashdir. Tarjimonlar
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, diplomatik muzokaralarda ishtirok etish va bilim hamda
madaniyat almashinuvida o’z hissalarini qo’shadilar.
Madaniyatlararo muloqotning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan til va madaniyat
bu jarayonning muhim qismlati sanaladi. Ammo tillarni bilish har doim ham o’zaro tushunish
va muloqot jarayonidagi muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Ko’pincha, ishtirokchilar boshqa
madaniyat vakillarining nutqini o’zlarining madaniy qoidalari va kutishlariga mos ravishda
talqin qilishadi. Agar madaniy qoidalar sezilarli darajada farqlansa, tushunmovchiliklar
yuzaga kelishi va hatto aloqalarning butunlay uzilishiga olib kelishi mumkin. Xalqaro
munosabatlar jarayonidagi tushunmovchiliklarni oldini olish uchun boshqa til va madaniy
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
107
muhitda axborotni yetkazib beradigan vositachi bo’lishi kerak. Bu vazifa tarjimonga
yuklatilgan bo’lib, davlatlararo muloqotning muvaffaqiyati to’liq uning malakasiga bog’liq.
Elchi, tarjimon nafaqat ikki mamlakat tilini bilishi, balki ikki xalq madaniyati va
qadriyatlaridan to’liq xabardor shaxs bo’lishi lozim.
Tarjima nafaqat lingvistik, balki madaniy muloqot hamdir. Tarjima jarayoni har doim til
va qadriyatning ajralmas rishtasini o’z ichiga oladi. Til xalqning madaniyatini ifodalaydi va uni
shakllantiradi. Bir tilni boshqasiga tarjima qilishda tarjimon manbaning madaniy va
kommunikativ konteksti asosida bog’liqlik shakllantirishi lozim. Tarjimada ikki yoki undan
ortiq tillar o’zaro bog’langanidek, ikki yoki undan ortiq madaniyatlar aloqada bo’ladi. Bu
madaniyatlarning umumiy jihatlari va milliy xususiyatlarini aniqlash xalqaro munosabatlar
fenomenini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarjimonning vazifasi faqat matn
yoki suhbatni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish emas, u boshqa madaniyatni va milliylikni
ifodalashi ham uning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, xalqaro aloqalarni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun til
bilimlari bilan birga boshqa madaniy muhitning me’yorlari, qoidalari, qadriyat va urf-
odatlarini ham bilish joizdir. Chunki bu jarayon mamlakatlararo aloqalarda ikki tomon
vakillari o’zaro bir-birlarini tushunishida asosiy vosita bo’lishi kerak.
Umuman olganda,xalqaro munosabatlarda tarjima – bu nafaqat aloqa vositasi, balki
xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, madaniy va siyosiy aloqalarni rivojlantirishning
muhim omilidir. Bu faoliyatning sifatli amalga oshirilishi xalqaro barqarorlik va hamkorlikni
ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Shu bilan birga, elchi va tarjimonlar ham mamlakatning va xalqlarning timsoli sifatida
boshqa davlat vakillari tomonidan e’tirof etiladi. Shuning uchun ham bu soha vakillari o’z
ishlariga mas’uliyatli va vatanparvar bo’lishi talab etiladi.
References:
1.
“Geosiyosat va xalqaro munosabatlar” jurnali. Xalqaro munosabatlarda tarjima
xatoliklarining siyosiy oqibatlari.
2.
“Ilm-fan va zamonaviy tahlil” ilmiy jurnali. Xalqaro munosabatlar nazariyasida tarjima
faoliyatining o’rni.
3.
J.X.Ataniyazov, E.D.Alimardonov. Xalqaro moliya munosabatlari.
4.
G’ayrat Vohidov. Xalqaro munosabatlar nazariyasi.
5.
Sodiq Sa’dullayev. Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar.
6.
To`raeva Sh. Tojiboeva M. Current issues of introduction of innovative and information
and communication technologies in the education system.
7.
Turaeva, Shoira Muxtorovna and Umarkulova, Makhliyo Bakhtiyor kiz Importance of did
ance of didactic and psy tic and psychological principles ogical principles in teaching foreign l
ching foreign language teaching in textbook ching in textbook.
8.
Turayeva Shoira Muxtarovna. The importance of psychological principles in foreign.
9.
“Yoshlar va ilm-fan” ilmiy to’plami. Globalizatsiya sharoitida xalqaro munosabatlarning
rivojlanish xususiyatlari.