Авторы

  • Baxtiyorjon Bahodirov
    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61744

Ключевые слова:

Global xavfsizlik ijtimoiy adolatsizlik siyosiy inqiroz radikalizatsiya xalqaro hamjamiyat iqtisodiy tengsizlik terrorizmga qarshi choralar terroristik hujumlar ekstremistik guruhlar IShID (ISIS) Al-Qoida Boko Haram xavfsizlik strategiyalari BMT rezolyutsiyalari milliy xavfsizlik terrorizm sabablari moliyalashtirishni to'xtatish ijtimoiy barqarorlik.

Аннотация

Ushbu tezis diniy ekstremizm va terrorizmning zamonaviy jamiyat uchun tahdidlari tahliliga bag‘ishlangan. Terrorizmning kelib chiqish sabablari ijtimoiy adolatsizlik, siyosiy repressiya va iqtisodiy tengsizlik bilan bog‘liq. Diniy motivlarga asoslangan ekstremistik guruhlar, masalan, Al-Qoida va IShID, qo‘rquv va zo‘ravonlik orqali o‘z maqsadlariga erishishga intiladi. 2001-yil 11-sentabr voqealari global xavfsizlik choralarining kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xalqaro hamjamiyat, xususan, BMT va yirik davlatlar terrorizmga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi. Muammoni hal qilish uchun ta’lim, iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish va radikallashuvning oldini olish muhim sanaladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

110

DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM ZAMONAVIY JAMIYAT UCHUN

TAHDIDI

Bahodirov Baxtiyorjon Baxromjon o`g`li

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Xalqaro munosabatlar fakulteti

1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14229074

Anotatsiya:

Ushbu tezis diniy ekstremizm va terrorizmning zamonaviy jamiyat uchun

tahdidlari tahliliga bag‘ishlangan. Terrorizmning kelib chiqish sabablari ijtimoiy adolatsizlik,
siyosiy repressiya va iqtisodiy tengsizlik bilan bog‘liq. Diniy motivlarga asoslangan
ekstremistik guruhlar, masalan, Al-Qoida va IShID, qo‘rquv va zo‘ravonlik orqali o‘z
maqsadlariga erishishga intiladi. 2001-yil 11-sentabr voqealari global xavfsizlik choralarining
kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xalqaro hamjamiyat, xususan, BMT va yirik davlatlar terrorizmga
qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi. Muammoni hal qilish uchun ta’lim, iqtisodiy
imkoniyatlarni oshirish va radikallashuvning oldini olish muhim sanaladi.

Kalit so`zlar:

Global xavfsizlik, ijtimoiy adolatsizlik, siyosiy inqiroz, radikalizatsiya,

xalqaro hamjamiyat, iqtisodiy tengsizlik, terrorizmga qarshi choralar, terroristik hujumlar,
ekstremistik guruhlar, IShID (ISIS), Al-Qoida, Boko Haram, xavfsizlik strategiyalari, BMT
rezolyutsiyalari, milliy xavfsizlik, terrorizm sabablari, moliyalashtirishni to'xtatish, ijtimoiy
barqarorlik.


Dunyo bo`ylab tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan eng jiddiy muammolardan biri

bu terrorizm hisoblanadi. Terrorizm insoniyat tarixida doimo mavjud bo`lgan bo`lsa-da, hozirgi
zamonaviy davrda uning ta`siri yanada kengayib bormoqda. Bu hodisa har qanday jamiyat va
davlatda ijtimoiy barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo`lgan tahdidga aylandi. Dunyo
bo‘ylab tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan eng jiddiy muammolardan biri bu terrorizm
hisoblanadi. “Global Terrorism Index” hisobotiga ko'ra, 2022-yilda 7,142 ta terroristik hujum
sodir bo‘lib, 20,000 dan ortiq inson halok bo'lgan. Terroristik hujumlar o`z maqsadlariga
erishish uchun shaxsiy manfaatlarga asoslangan vahshiy usullarni qo`llashadi. Ushbu esse
terrorizmning sabablari, oqibatlari, yirik hujumlar misoli, xalqaro hamjamiyatning harakatlari
va bu muammoni bartaraf etish yo`llarini muhokama qiladi.

Terrorizmni kelib chiqish sabablari turlicha bo`lishi mumkin, lekin ular ko`pincha

ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy omillar bilan bog`liqdir. Ijtimoiy adolatsizlik, kamsitish,
qashshoqlik va inson huquqlarining buzilishi kabi omillar ko`plab shaxslarni ekstremistik
guruhlarga qo`shilishiga undaydi. Siyosiy jihatdan qaralganda, diktatura yoki repressiv
hukumatlar ostida yashayotgan odamlar siyosiy inqirozni bartaraf etish uchun radikal
vositalarga murojaat qiladilar. Iqtisodiy jihatdan esa ishsizlik va kambag`allik kabi omillar
ekstremistik g`oyalarning tarqalishiga sabab bo`ladi. Chalmers Johnsonning ta`kidlashicha,
“imperialistik siyosat va iqtisodiy adolatsizliklar, terrorchilikka olib keladigan muhim
omillardan biridir”.

1

1

Manba: Chalmers Johnson,

Blowback: The Costsand Consequences ofamerican Empire

, Henry Holtand

Company, 2000.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

111

Terroristik hujumlar global xavfsizlik va barqarorlikka tahdid soladi, bu hujumlarning

maqsadi qo`rquv va vahima yaratish, siyosiy yoki diniy maqsadlarga erishishdir. 2001 yil 11-
sentabr kuni AQShda amalga oshirilgan terroristik hujumlar dunyo uchun eng mashhur va
halokatli hodisalardan biri bo`lib, bu hodisa nafaqat AQSh, balki butun dunyo davlatlarida
xavfsizlik choralari kuchayishiga olib keldi. Hujum natijasida 3000 dan ortiq odam halok
bo`lgan va bu AQSh iqtisodiyotiga 100 milliard dollar ziyon keltirdi va natijada Afg`oniston va
Iroqqa qarshi urushiga sabab bo`ldi. Shu tariqa, terroristik harakatlar nafaqat inson hayotiga,
balki davlatlar aro siyosiy munosabatlarga ham katta ta`sir ko`rsatadi.

2

Diniy motivlarga asoslangan terrorizm eng xavfli ko`rinishlardan biri hisoblanadi. Ba`zi

ekstremistik guruhlar o`z g`oyalarini diniy asosda tushuntirishga urinadi va o`z maqsadlariga
erishish uchun shafqatsiz harakatlar qiladi. Al-Qoida, Boko Haram va IShID (ISIS) kabi guruhlar
diniy radikalizm asosida vujudga kelgan va dunyo bo`ylab ko`plab davlatlarda terrorchilik
hujumlarini amalga oshirgan. Ularning asosiy maqsadi o`zlarining diniy g`oyalarini kuch bilan
yoyish va global tartibni o`zgartirishdir. Masalan, IShID o`zining “xalifalik” tuzish g`oyasi
asosida ko`plab odamlarni jalb qilgan. Suriya va Iroqdagi jang maydonlarida tinimsiz jang olib
borgan.

3

Terrorizmga qarshi xalqaro hamjamiyatning kurashi katta e`tiborga sazovor. Birlashgan

Millatlar Tashkiloti (BMT) va boshqa xalqaro tashkilotlar ko`plab davlatlarni birlashtirgan
holda terrorizmga qarshi strategiyalar ishlab chiqmoqda. 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashi
1373-sonli rezolyutsiyani qabul qilgan bo`lib, unda davlatlardan terrorizmga qarshi choralar
ko`rish, terroristik guruhlarni moliyalashtirishga chek qo`yish, va buzg`unchi guruhlar
faoliyatini to`xtatish talabi bildirilgan. AQSh, Rossiya, Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar
terrorizmga qarshi maxsus operatsiyalar va diplomatik hamkorlik olib borish orqali bu
muammoni bartaraf etishga harakat qilmoqda.

4

Terrorizmni bartaraf etish uchun bir qator choralar qo`llanilishi kerak. Birinchi navbatda,

bu ijtimoiy va iqtisodiy tengsizliklarni kamaytirish orqali amalga oshiriladi. Ta`lim, ishsizlikka
qarshi kurash va inson huquqlarini ta`minlash orqali radikallashuvni oldini olish mumkin.
Bundan tashqari, hukumatlar o`z fuqarolarining xavfsizligini ta`minlash va terroristik
harakatlarni moliyalashtiradigan manbalarni yo`q qilish uchun maxsus xizmatlar va kuchli
xavfsizlik choralari ko`rishi zarur. Misol tariqasida, Germaniya va Yevropa davlatlari
ekstremistik guruhlarga qarshi qat`iy qonunchilik va xavfsizlik tizimlarini kuchaytirib, ko`plab
terrorchilik xurujlarining oldini olishga muvaffaq bo`lishdi.

5

Terrorizm hozirgi zamonda insoniyat uchun eng jiddiy xavflardan biri bo`lib, uning ta`siri

global miqyosda seziladi. Uning asosiy sabablari orasida ijtimoiy adolatsizlik, iqtisodiy
qiyinchiliklar va diniy radikalizm yotadi. Terrorizm nafaqat inson hayotiga ziyon yetkazadi,
balki davlatlar aro munosabatlarni keskinlashtiradi va iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni
chuqurlashtiradi. Shunga ko`ra, xalqaro hamjamiyatning sa`y-harakatlari bu xavfni bartaraf
etishga qaratilgan bo`lib, har bir davlatning o`z ichki ijtimoiy barqarorlikka erishishi muhim

2

Manba: “9/11attacks: Factsand Impact,” History.com, 2020.

3

Manba: Jessica Stern,

ISIS: The State of Terror

, Ecco, 2015.

4

Manba:

United

Nations

Security

Council,

Resolution

1373,

2001-

https://undocs.org/S/RES/1373(2001)

5

Manba: “Counterterrorism Measures in Europe: Successand Challenges,” The European Council on

Foreign Relations, 2021.

https://ecfr.eu/article/counterterrorism-measures-in-europe/


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

112

ahamiyat kasb etadi. Terrorizmga qarshi kurash, ta`lim, iqtisodiy rivojlanish va xalqaro
hamkorlik orqali global tinchlikni ta`minlash mumkin.