YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
106
РЕФОРМЫ ДЛЯ ПЕРЕХОДА К ЗЕЛЕНОЙ ЭКОНОМИКЕ В УЗБЕКИСТАНЕ
Зокиржонов Яшнарбек Дилмуроджон угли
Университет мировой экономики и дипломатии,
Факультет международной экономики и менеджмента
студент 1 курса
Mr.Yashnarbek007@gmail.com
+998 88 833 36 63
https://doi.org/10.5281/zenodo.14229052
Аннотация:
В данной статье описывается концепция зеленой экономики и ее
значение для устойчивого развития. Анализируется стратегия перехода к зеленой
экономике в Республике Узбекистан, ее основные направления и реализуемые меры.
Также
будут
обсуждены
такие
приоритетные
задачи,
как
повышение
энергоэффективности в стране, развитие возобновляемых источников энергии,
адаптация к изменению климата, широкое внедрение экологически безопасных
технологий. Подчеркивается, что зеленая экономика служит снижению глобальных
угроз и укреплению экономического потенциала.
Ключевые
слова:
зеленая
экономика,
устойчивое
развитие,
энергоэффективность, возобновляемые источники энергии, изменение климата,
экологическая безопасность, стратегия Узбекистана, диверсификация экономики,
ресурсосбережение.
REFORMS FOR GREEN ECONOMY TRANSITION IN UZBEKISTAN
Zokirjonov Yashnarbek Dilmurodjon o‘g‘li
University of World Economy and Diplomacy,
Faculty of International Economy and Management
1st year student
Mr.Yashnarbek007@gmail.com
+998 88 833 36 63
Abstract:
This article describes the concept of green economy and its importance for
sustainable development. The strategy of transition to a green economy in the Republic of
Uzbekistan, its main directions and implemented measures are analyzed. Priority tasks such as
increasing energy efficiency in the country, developing renewable energy sources, adapting to
climate change, and widely introducing environmentally safe technologies will also be
discussed. It is emphasized that the green economy serves to reduce global threats and
strengthen economic potential.
Key words:
green economy, sustainable development, energy efficiency, renewable
energy, climate change, ecological security, strategy of Uzbekistan, economic diversification,
saving resources.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
107
O‘ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOT O‘TISHGA QARATILGAN
ISLOHOTLAR
Zokirjonov Yashnarbek Dilmurodjon o‘g‘li
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,
Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti
1-bosqich talabasi
+998 88 833 36 63
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot tushunchasi va uning barqaror
rivojlanish uchun ahamiyati bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyotga
o‘tish strategiyasi, uning asosiy yo‘nalishlari va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil
qilinadi. Shuningdek, mamlakatda energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi
energiya manbalarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, ekologik xavfsiz
texnologiyalarni keng joriy etish kabi ustuvor vazifalar muhokama qilinadi. Yashil iqtisodiyot
global tahdidlarni kamaytirishga va iqtisodiy salohiyatni mustahkamlashga xizmat qilishi
ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, energiya samaradorligi, qayta
tiklanuvchi energiya, iqlim o‘zgarishi, ekologik xavfsizlik, O‘zbekiston strategiyasi, iqtisodiy
diversifikatsiya, resurslarni tejash.
Yashil iqtisodiyot bu ekologik xavflarni va ekologik tanqislikni kamaytirishga qaratilgan
va atrof-muhitni buzmasdan barqaror rivojlanishni maqsad qilgan iqtisodiyot. U ekologik
iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liq lekin ko‘proq siyosiy jihatdan qo‘llaniladigan yo‘nalishga
ega. UNEP
1
2011 Yashil Iqtisodiyot hisobotida ta’kidlanishicha, “yashil bo‘lishi uchum
iqtisodiyot nafaqat samarali, balki adolatli bo‘lishi kerak. Adolatlilik global va mamlakat
darajasidagi tenglik o‘lchovlarini tan olishni, xususan, past uglerodli, resurslarni tejaydigan va
ijtimoiy jihatdan qamrab oluvchi iqtisodiyotga adolatli o‘tishni ta’minlashni nazarda tutadi.
Mamlakatda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotning ba’zaviy
tarmoqlarini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash hamda hududlarni bir maromda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tish
strategiyasi tasdiqlandi va quyidagilar uni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari etib
belgilandi:
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari energiya samaradorligini oshirish;
energiya resurslari iste’molini diversifikatsiyalash va qayta tiklanuvchi energiya
manbalaridan foydalanishni rivojlantirish;
iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan
foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash;
“yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini
ishlab chiqish;
Strategiyani amalga oshirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlari
tasdiqlandi:
issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini
2010 yildagi darajadan 10 foizga qisqartirish;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
108
ikki karra energiya samaradorligi ko‘rsatkichini oshirish va yalpi ichki mahsulot uglerod
sarfi hajmini kamaytirish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish va ularning ulushini elektr
energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan ko‘prog‘iga yetkazish;
100 foizgacha aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy, arzon va ishonchli
energiyadan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash;
sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiyalash, energiya samaradorligini 20
foizdan kam bo‘lmagan miqdorga oshirish hamda sof va ekologik xavfsiz texnologiyalar va
sanoat jarayonlaridan yanada keng foydalanish hisobiga ularning barqarorligini ta’minlash;
energiya samaradorlik va ekologik jihatdan yaxshilangan tavsiflarga ega motor yoqilg‘isi
va avtotransport vositalari ishlab chiqarishni hamda ulardan foydalanishni kengaytirish,
shuningdek, elektr transportni rivojlantirish;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli
darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy
etish va ularda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20-40 foizgacha oshirish;
yerlarning tanazzulga uchrashi bo‘yicha neytral balansga erishish;
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rtacha
hosildorligini 20-25 foizgacha oshirishga erishish.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekiston Respublikasida
“yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi va unga
quyidagi vazifalar yuklandi:
Strategiyada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vazirliklar va
idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Idoralararo kengashga, shu jumladan uning ishchi organi faoliyatini tashkil etish orqali
har tomonlama ko‘maklashish;
“yashil” iqtisodiyotni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha hisobotlar yuritishning o‘z
vaqtida tashkil etilishini ta’minlash.
Xulosa
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “yashil iqtisodiyot” mintaqaviy rivojlanishni ijtimoiy
barqarorlikka erishishni, "yashil iqtisodiyot" tarmoqlarida yangi ish o‘rinlari yaratilishi orqali
iqtisodiy salohiyatni oshirishni rag‘batlantiradi. “Yashil iqtisodiyot”, asosan, iqtisodiy
taraqqiyotga yordam beradi va yalpi ichki mahsulotning o‘sishini, mamlakat daromadlarini
oshirishni, aholini ish bilan taminlash, mamlakatda ishsizlik darajasini pasaytirishni
taminlaydi. Shu bilan birga, "yashil iqtisodiyotga" o‘tish iqlim o‘zgarishi, foydali qazilma
minerallarning yo‘qolishi va suv resurslarining tanqisligi kabi global tahdidlar xavfini
kamaytiradi. Ammo butun jahon rivojlanishini olib qaralsa, uning umumiylik xususiyati
namoyon bo‘ladi, ya’ni, bugungi dunyo sivilizatsiyasi kuch toplagan, o‘z qudratining eng yuqori
nuqtasiga yetgan vaqtda jahonning barcha mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishda ekologik
yo‘naltirilgan model tanlanmas ekan, globallashuv sharoitida butun sayyoraning asta-sekin
tanazzulga yuz tutishi va butunlay yo‘q bo‘lib ketishgacha borish xavfi yuzaga keladi, degan
xulosaga kelishimiz mumkin.
References:
1.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yashil_iqtisodiyot
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
109
2.
https://lex.uz/uz/docs/-4539502?ONDATE=05.10.2019%2000#-4541764
3.
https://president.uz/oz/lists/view/5805
4.