Авторы

  • Shamshod Amankulov
    O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “tergov faoliyati” yo’nalishining 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61759

Ключевые слова:

Davlat jamiyat konstitutsiya fuqaro huquq burch majburiyat siyosiy huquq ekologik huquq harbiy xizmat muqobil xizmat soliq mahalliy yig‘im tarixiy-madaniy meros atrof tabiiy muhit madaniy huquq.

Аннотация

Ushbu maqolada huquq va burchlar tushunchasi, ularning mohiyati va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida bobida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va burchlarining belgilanishi, ularni bajarish bilan bog‘liq holatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlariga oid ayrim tushunchalar va ular haqida olimlarning ta’riflari tahlil qilinadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

62

INSON VA FUQAROLARNING SIYOSIY, IJTIMOIY, MADANIY VA EKOLOGIK

HUQUQLARI. FUQAROLARNING BURCHLARI

Amankulov Shamshod

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi

“tergov faoliyati” yo’nalishining 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14217477

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada huquq va burchlar tushunchasi, ularning mohiyati va

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining alohida bobida fuqarolarning konstitutsiyaviy
huquqlari va burchlarining belgilanishi, ularni bajarish bilan bog‘liq holatlar tahlil qilinadi.
Shuningdek, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlariga oid ayrim tushunchalar va
ular haqida olimlarning ta’riflari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Davlat, jamiyat, konstitutsiya, fuqaro, huquq, burch, majburiyat, siyosiy

huquq, ekologik huquq harbiy xizmat, muqobil xizmat, soliq, mahalliy yig‘im, tarixiy-madaniy
meros, atrof tabiiy muhit, madaniy huquq.

АННОТАЦИЯ:

В данной статье рассматриваются понятия прав и обязанностей, их

сущность, а также определение конституционных прав и обязанностей граждан в
отдельной главе Конституции Республики Узбекистан, анализируются ситуации,
связанные с их выполнением. Кроме того, анализируются некоторые понятия,
касающиеся конституционных прав и обязанностей граждан, а также определения
ученых по этому поводу.

Ключевые слова:

Государство, общество, конституция, гражданин, право,

обязанность, обязательство, политическое право, экологическое право, военная служба,
альтернативная служба, налог, местный сбор, историко-культурное наследие,
окружающая природная среда, культурные права.

ANNOTATION:

This article examines the concepts of rights and obligations, their essence,

as well as the definition of constitutional rights and duties of citizens in a separate chapter of
the Constitution of the Republic of Uzbekistan. It analyzes situations related to their
implementation. Additionally, it explores certain concepts concerning the constitutional rights
and duties of citizens, as well as definitions provided by scholars on this matter.

Keywords:

State, society, constitution, citizen, right, duty, obligation, political rights,

environmental rights, military service, alternative service, tax, local fee, historical and cultural
heritage, natural environment, cultural rights.


Fuqarolarning huquq va burchlari — fuqarolarning Konstitutsiya va qonun hujjatlarida

oʻz ifodasini topgan va har bir shaxsga tegishli ekanligi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Demokratik va
huquqiy davlatda bu huquqlar davlat organlari tomonidan muhofaza etiladi va bajarilishi
nazorat qilinadi. Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 2-boʻlimida fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlari quyidagicha turkumlanadi: Shaxsiy huquq va erkinliklar; Siyosiy
huquqlar; iqtisodiy-ijtimoiy huquqlar. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
fuqarolarning quyidagi burchlari koʻrsatilgan: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya
etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, shaʼni va qadrqimmatini hurmat qilishga;
Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini avaylab asrashga; atrof tabiiy
muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga; qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy
yigʻimlarni toʻlashga majburdirlar. Oʻzbekiston Respublikasini himoya qilish — Oʻzbekiston


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

63

Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy
yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar. Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari -
insonga to‘la-to‘kis yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy
sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom.
Huquq hayotiy ehtiyojlar, kishilarning yashashi, biror joyda ishlashi, ilm egallashi, jamiyatda
o‘z o‘rniga ega bo‘lib insonlar bilan aloqaga kirishish, davlat bilan o‘zaro bog‘liqlida bo‘lishi va
boshqalarni belgilovchi, zarur shart-sharoitlar yaratib, kerak bo’lganda cheklovchi
xususiyatlarga ega bo‘lgan tushunchadir. Quyida huquq tarmoqlaridan – iqtisodiy
huquqlarning konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan normalari to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy

tuzumining asosidir. Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy
eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va
erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini kafolatlaydi. Konstitutsiya barcha
fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan
qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish
hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va
hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar
Konstitutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi
zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, “bola huquqlari” toʻgʻrisida
konvensiya va yana bir qator xalqaro shartnomalar orqli tartibga solinadi

“Qonun qudratli, biroq ehtiyoj yanada kuchliroq”- degan ekan Sitseron Mark Tulliy

Insonlarning mulkka bo‘lgan huquqlari ilk sivilizatsiya zamonlaridan shakllanib kelmoqda.
Antik tarixning siyosiy arbobi hisoblangan Makiavelli o‘zining “Hukmdor” asarida: “...fuqarolar
ko‘proq o‘z huquq va erkinliklarining mavjudligi to‘g‘risida emas, balki o‘z mulklarining
daxlsizligini saqlab qolish to‘g‘risida qayg‘uradilar. Shaxs o‘z erkinligidan ayrilishga ko‘nikishi
mumkin, biroq mulkidan ayrilishga aslo ko‘nika olmaydi”, – deb yozib qoldirgan. Bu shni
anglatadiki, o‘sha davrlardan ham kishilar o‘z mulklariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishgan,
harakat qilishgan va buni ta’minlash eng muhim huquqlardan biri hisoblangan. Mol-mulkka
bo‘lgan munosabatlar davlat tomonidan tartibga solingan.

Bosh Qomusimiz –O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 9-bobi fuqarolarning“

Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar”deb nomlanadi.

Konstitutsiyaning 41-moddasida har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Bank

operatsiyalarining, omonatlarning va hisob varaqlarining sir tutilishi, shuningdek, meros
huquqi qonun bilan kafolatlanishi mustahkamlangan.

“Meros –vorislarga qoladigan yoki qolgan mulk”. Shuningdek, bu moddada meros

qoldirish huquqi ham qonun bilan kafolatlab qo‘yilgan. Shaxs o‘z mol-mulkini o‘z xohishi bilan
kimgadir meros qilib qoldirishi mumkin. U mulk huquqi, aqliy faoliyat – ixtiro, kashfiyot,
mualliflik natijalariga bo‘lgan huquqlar hamda bu huquqlardan kelib chiqadigan
majburiyatlarni ham o‘z ichiga oladi.

Barcha insonlar o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida mehnat qiladilar va bu qilgan

mehnatlari uchun haq oladilar. Bu orqali yashashadi, harakat qilishadi, jamiyat bilan
bog‘lanishadi. Biroq hamma ham qonunlarga rioya qilib, ular bergan erkinlikda ishlamaydi.
Bu esa huquqbuzarlik, jinoyatchilikka olib keladi. Kishilar bilib-bilmay noqonuniy harakatlar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

64

qilmasligi uchun qonunlar bilan tanish bo‘lib, huquq va burchlarini bilishlari lozim. Aynan
quyida keltiriladigan Konstitusiyaviy norma shu masalalarni tartibga soladi. 42-modda: “Har
kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena
talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday
kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam
bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda
himoyalanish huquqiga ega. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib
turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi. Homiladorligi yoki
bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish
haqini kamaytirish taqiqlanadi”.

Etibor beradigan bo’lsak xotin-qizlar mehnati bo‘yicha muhim qoidalar berilgan va bu

kafolatlar Mehnat kodeksida yanada kengaytirilgan. Uning asosiy tamoyillaridan biri –mehnat
huquqining gender jihatdan tengligini ta’minlash. Qonunlarda keltirilgan kafolatlarga qaramay,
ayrim mansabdor shaxslar turli baholar –ularning homiladorligi yoki kichik yoshdagi farzandi
borligini sabab qilib, ularni ishga qabul qilishdan bosh tortishadi yoki ularning ish haqini
kamaytirishadi. Bunday holatlar g‘ayriqonuniy deb topilib, javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Qonunchilikda belgilangan bu normalar amalda ishlab, hayotimizning bir qismiga aylanishi
kerak.

Konstitutsiyaning 44-moddasida shunday yoziladi: “Sud qarori bilan tayinlangan jazoni

ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy
mehnat taqiqlanadi. Bolalar mehnatining bolaning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va
jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan, uning ta’lim olishiga to‘sqinlik qiluvchi har
qanday shakllari taqiqlanadi”. Bu normada bolalarning iqtisodiy ekspluatatsiyasi bekor qilinib,
ularga zarar yetkazadigan har qanday ishni bajarishdan himoyalanish huquqi
mujassamlashgan. Bundan tashqari Xalqaro Mehnat Tashkiloti 2002-yilda 12-iyun sanasini
“Jahon bolalar mehnati ekspluatatsiyasiga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilgan. U jamoat
e’tiborini quyidagi muammolarga qaratadi: qullik, majburiy mehnat, giyohvand moddalar
savdosiga, qurolli to‘qnashuvlarda qatnashish. Bugungi kunda muammolar to‘lig‘icha bartaraf
qilina olmagan. Buning uchun har bir bolaning huquqlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida
harakatni kuchaytirib, ularning ta’limi, sog‘lig‘i, rivojlanishi uchun qayg‘urib, birlashmoq zarur.

Iqtisodiy huquqlar shaxs uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki ular kishilarning harakati,

shaxsiy hayoti, iqtisodiy taqdirini nazorat qilish, yashash –hayot uchun zarur bo‘lgan ne’mat,
ehtiyojlarini moddiy jihatdan qondirish erkinligini beradi. Daromadlar tengligi, ishsizlikdan
himoyalanish, bandlik, kredit olish uchun barchaga teng imkoniyatlar yaratib, o‘z salohiyatini
ro‘yobga chiqarishga imkon beradi. Bular iqtisodiy huquqlarning asosiy tamoyillaridir.

Siyosiy huquqlar shaxslarning davlat va jamiyat hayotida erkin ishtirok etishiga sharoit

yaratib beradi. Bunga saylovlarda ishtirok etish, ya’ni, ovoz berish va davlat lavozimlarini
egallash, yig‘ilishlar, namoyishlar, mitinglar o‘tkazish huquqi, uyushmalar tuzish huquqi va
boshqalar kiradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar insonning yashash sharoitlarini, o'z qobiliyatlaridan

foydalanishini, insonning kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratilgan va jamiyatdagi iqtisodiy
aloqalarini, shuningdek uning ijtimoiy himoyalanganligini ta’minlaydi.

Madaniy huquqlar insonning konstitutsiya yoki qonun bilan kafolatlangan va insonning

madaniy hamda ilmiy sohada o'zini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadigan inson


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

65

huquqlari va erkinliklarining muhim guruhi hisoblanadi. Bu huquqlarni Konstitutsiyaning 53-
moddasida ko‘rishimiz mumkin. Unga ko‘ra har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi,
madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanishi. Intellektual mulk qonun bilan
muhofaza qilinishi va davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida
g‘amxo‘rlik qilishi haqida yozilgan.

Yangilangan tahrirdagi Konstitutsiyada boshqa huquqlar bilan bir qatorda ekologik

huquqlarga ham e’tibor qaratildi. Misol uchun 49-moddada; “Har kim qulay atrof-muhitga,
uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega. Davlat fuqarolarning
ekologik huquqlarini ta’minlash va atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun
shart-sharoitlar yaratadi. Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda
jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-
muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-
tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish
hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar
ko‘radi”-deb qo‘yilgan. Bundan aholini kundan-kunga yomonlashib borayotgan ekologiyadan
kelib chiqayotgan xavflarning oldini olish va toza atrof-muhitda yashash huquqini
berayotganligini ko’rishimiz numkin.

Xulosa qilib aytkanda huquq va burch fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni

tartibga soladi. Bu huquq va burchlar faqat aholi manfaatlari uchunligi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Shuning uchun xalqning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirishga harakat
qilishimiz lozim. Zero, “Qonunni yaxshi bilgan odamning do‘sti –qonun”.

References:

1.

https://lex.uz/docs/-6445145

2.

FUQAROLARNING HUQUQ VA BURCHLARI Abrurahmonova Nodira Xusnuddinova Ilmiy

rahbar Safaraliyeva Shahrizoda Toshkent tibbiyot akademiyasi sog’liqni saqlash menejmenti
fakulteti 2-bosqich talabasi
3.

IQTISODIY HUQUQLARNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSIOqmamatova Shaxribonu

ZafarjonovnaJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 1-kurs
talabasi

Библиографические ссылки

FUQAROLARNING HUQUQ VA BURCHLARI Abrurahmonova Nodira Xusnuddinova Ilmiy rahbar Safaraliyeva Shahrizoda Toshkent tibbiyot akademiyasi sog’liqni saqlash menejmenti fakulteti 2-bosqich talabasi

IQTISODIY HUQUQLARNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSIOqmamatova Shaxribonu ZafarjonovnaJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 1-kurs talabasi