YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
48
XORIJIY INVESTITSIYALARNI MILLIY IQTISODIYOTGA JALB QILISHNING
ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
Shermatov Isfandiyor Ne’mat o‘g‘li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,
Iqtisodiyot fakulteti, 2-bosqich talabasi,
Tel: +998995534466
Email: shermatovisfandiyor5@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14217394
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilishning
zamonaviy tendensiyalari to‘laqonli tahlil qilib chiqilib o‘rganilgan. Xususan, raqamli
iqtisodiyotning rivojlanishi, yashil texnologiyalar va hududiy rivojlanish bugungi global
iqtisodiyotning muhim omillari sifatida ko‘rilmoqda. O‘zbekiston tajribasi misolida, xorijiy
sarmoyalar jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning
samaradorligi haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, iqtisodiy islohotlar va infratuzilmaviy
loyihalarning xorijiy investorlar uchun ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Shu bilan birga, tadqiqotda
xorijiy invistitsiyalarni oqilona boshqarishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal
qilish uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Kalit so‘zlar:
Xorijiy investitsiyalar, iqtisodiy rivojlanish, raqamli texnologiyalar, yashil
iqtisodiyot, investitsion muhit, islohotlar.
Аннотация:
В данной статье всесторонне изучены современные тенденции
привлечения иностранных инвестиций в национальную экономику. В частности,
развитие цифровой экономики, зеленых технологий и регионального развития
рассматривается как важные факторы глобальной экономики. На примере опыта
Узбекистана приведены данные о мерах по привлечению иностранных инвестиций и их
эффективности. Также показано значение экономических реформ и инфраструктурных
проектов для иностранных инвесторов. Кроме того, исследование охватывает
возникающие проблемы в управлении иностранными инвестициями и предлагает
практические рекомендации для их решения.
Ключевые слова:
Иностранные инвестиции, экономическое развитие, цифровые
технологии, зеленая экономика, инвестиционная среда, реформы.
Annotation:
This article thoroughly examines the modern trends in attracting foreign
investments to the national economy. Specifically, the development of the digital economy,
green technologies, and regional development are considered key factors in today’s global
economy. Using Uzbekistan as an example, the article provides insights into measures for
attracting foreign investments and their effectiveness. It also highlights the importance of
economic reforms and infrastructure projects for foreign investors. Furthermore, the study
addresses challenges in managing foreign investments and offers practical recommendations
for their resolution.
Keywords:
Foreign investments, economic development, digital technologies, green
economy, investment environment, reforms.
Kirish:
Xorijiy investitsiyalar iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biri hisoblanadi ya’ni
har qanday davlatning rivojlanish negizida shubhasiz invistitsiyalar muhim ahamiyatga ega
bo‘lib kelmoqda. Bugungi global iqtisodiy sharoitda har bir davlat xorijiy sarmoyadorlar uchun
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
49
o‘z mamlakatini jozibador qilishga intilmoqda. Bu jarayon nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki
texnologik rivojlanish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda ham
katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston, global iqtisodiy tendensiyalarni hisobga olgan holda, xorijiy
sarmoyalarni jalb qilishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqmoqda hamda so‘nggi yillarda bu
borada O‘zbekiston sezilarli qadamlar tashladi. Xususan, islohotlar va texnologik rivojlanish bu
jarayonni yanada yuksaltrishda muhim o‘rin tutmoqda. Shu bilan bir qatorda yangi qonunchilik
islohotlari, xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni rag‘batlantirish dasturlari bu borada
samarali natijalar bermoqda.
Asosiy qism:
1. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning zamonaviy tendensiyalari;
Hozirgi davrda raqamli texnologiyalar iqtisodiy jarayonlarning samaradorligini oshirish
va global bozorlar bilan integratsiya qilishning muhim vositasiga allaqachon aylanib ulgurdi.
O‘zbekistonda tashkil etilgan IT-parklar xorijiy texnologik kompaniyalar uchun yangi
imkoniyatlar yaratib kelmoqda. Masalan, 2023-yilda Toshkentda joylashgan IT-parkda xorijiy
sarmoyalar hisobidan 15 ta yangi startap ishga tushirilib, ularga 30 million AQSh dollari
miqdorida mablag‘lar jalb qilindi. Bu xorijiy kompaniyalarning O‘zbekistonda dasturiy ta’minot
loyihalarini ishlab chiqishga qiziqishi ortganligidan dalolat ham beradi.
Atrof-muhit muhofazasi va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish dunyo
miqyosida dolzarb masala hisoblanadi, shu bilan birga xorijiy sarmoyadorlar uchun ham
bundan foydalanish jozibador yo‘nalishlardan biriga aylangan. Eng muhim bo‘lgan
masalalardan biri bu O‘zbekiston quyosh energiyasi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi
davlatlardan biriga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Masalan, Samarqandda quyosh
energiyasi stansiyasi qurilishi xorijiy investitsiyalarning bu sohadagi qiziqishlari ortganligini
ko‘rsatadi.
Ilgari xorijiy investitsiyalar asosan yirik shaharlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, hozirgi kunda
chekka hududlarda ham imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu hududlarning iqtisodiy faolligini
oshirish bilan birga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilmoqda bu esa iqtisodoiy tenglikni
ta’minlab kelmoqda. Misol uchun, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi
va sanoat loyihalariga xorijiy sarmoyalar jalb qilinmoqda va bu iqtisodiy faollikni oshirishga
ko‘maklashmoqda.
2. O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha qonunchilik bazasi yanada
mustahkamlanib bormoqda va shu asnoda "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati
to‘g‘risidagi"gi qonun nafaqat o‘zimizni investorlarni balki xorijiy investorlarning ham
huquqlarini kafolatlamoqda.
O‘zbekistonda 21 dan ortiq Erkin Iqtisodiy Zonalar tashkil etilgan bo‘lib bular o‘z
faoliyatini ko‘rsatmoqda, bu hududlarga soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha qo‘shimcha
qulayliklar bilan birga ulardan ozod qilish kabi imtiyozlar ham berilmoqda.Misol tariqasida
Toshkent viloyatidagi "Angren" EIZ xorijiy kompaniyalarni jalb qilish va xorijiy investorlar
uchun logistika va ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan alohida yorqin misoli sifatida ajralib
turadi.
Makroiqtisodiy yutuqlar qatoriga shuni alohida inobatga olib o‘tish lozimki 2024-yilning
yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan invistitsiyalar
hajmi 107,1 trln so‘mni tashkil qilgan, shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
50
investitsiya va kreditlar ulushi 68,9% ga yetgan. Shu kungacha eng ko‘p investitsiyalar
energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalariga yo‘naltirib kelinmoqda.
3. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar
Xorijiy investorlarni jalb qilish uchun mamlakatning texnologik imkoniyatlarini yanada
oshirish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni kengroq ravishda yo‘lga qo‘yish.
Ekologik loyihalar bo‘yicha moliyalashtirish uchun maxsus dasturlarini ishlab chiqib uni
amalga tadbiq qilib chet el investorlarini jalb qilish.
Chekka hududlarda yo‘l, elektr energiyasi va internet tarmog‘ini rivojlantirish orqali bu
hududlarni investitsiyalar uchun jozibador qilish.
Xalqaro hamkorlik doirasida marketing strategiyalarini yangicha ko‘rinishda ishlab
chiqib uni kuchaytirish.
Xulosa:
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim
omillaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston hukumati bu yo‘nalishda bir qancha samarali siyosat
olib bormoqda. Islohotlar davom ettirilishi, ekologik loyihalarga e’tibor qaratilishi va chekka
hududlarning rivojlanishi orqali xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyatlarini oshirish va bu
sohalarni rivojlantirish masalalari ustida yanada ishlab uni tadbiq qilish yo‘llarini ko‘rib
chiqishi zarur. Shu bilan birga, xorijiy sarmoyadorlar uchun barqaror va shaffof muhit yaratish
mamlakatning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga juda ham katta xizmat qiladi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, Sanoat va savdo vazirligi ma’lumotlari.
2.
UNCTAD, World Investment Report 2023.
3.
Bekmurodov M., "O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar va investitsion muhit", Toshkent,
2022.
4.
Jahon banki hisobotlari, "Investitsiyalarni boshqarish tizimi", 2023.
5.
O‘zbekiston Milliy Statistika qo‘mitasi, "Iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil", 2023.
6.
http://lex.uz//uz/docs/-4664142
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi
qonun.