YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
39
O’ZBEKISTON HUDUDIDAGI NODAVLAT BANKLARINING MAMLAKAT
IQTISODIYOTIDAGI AHAMIYATI
Muhammadjonov Sardorbek Abbosjon oʻgʻli
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti,
Jahon iqtisodiyoti va Xalqaro iqtisodiy aloqalar yoʻnalishi
1-kurs talabasi
+998947320109
muhammadjonovsardorbek7320109@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14217369
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududidagi nodavlat banklarning mamlakat
iqtisodiyotidagi ahamiyati, ularning asosiy funksiyalari va iqtisodiy rivojlanishga qo‘shayotgan
hissasi tahlil qilingan. Shuningdek, nodavlat banklar tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha olib
borilayotgan faoliyat yoritilgan. Maqolada nodavlat banklar faoliyatida yuzaga kelayotgan
muammolar va ularni hal qilish yo‘llari, shuningdek, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari
haqida ham fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar:
nodavlat banklar, iqtisodiy oʻsish, moliya, Oʻzbekiston, kreditlash tizimi,
xususiy sektor, raqobat.
Annotation:
This article analyzes the significance of non-state banks in Uzbekistan’s
economy, their main functions, and their contribution to economic development. It also
highlights the activities carried out by non-state banks to support small businesses and
entrepreneurship, attract investments, and create new jobs. The article discusses the
challenges faced by non-state banks and the ways to address them, as well as their future
development directions.
Keywords
: non-state banks, economic growth, finance, Uzbekistan, crediting system,
private sector, competition.
Аннотация
: В данной статье анализируется значимость не государственных
банков в экономике Узбекистана, их основные функции и вклад в экономическое
развитие. Также освещаются мероприятия, проводимые не государственными банками
по поддержке малого бизнеса и предпринимательства, привлечению инвестиций и
созданию новых рабочих мест. В статье рассматриваются проблемы, возникающие в
деятельности не государственных банков, способы их решения, а также направления
будущего развития.
Ключевые слова
: не государственные банки, экономический рост, финансы,
Узбекистан, кредитная система, частный сектор, конкуренция.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Bu
jarayonda nodavlat banklar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda va uning ajralmas bir
qismiga aylanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash,
yangi ish o‘rinlarini yaratish va moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, kreditlar tizimini
rivojlantirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash orqali mamlakat iqtisodiyotiga salmoqli hissa
qo‘shmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi nodavlat banklarning ahamiyati va ularning
iqtisodiyotdagi ta’siri, vazifalari batafsil yoritilib beriladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
40
Nodavlat banklar mamlakat iqtisodiyotining muhim boʻlagi sifatida shakllanmoqda. Ular
birinchi navbatda, iqtisodiyotning xususiy sektorini moliyalashtirishda, kichik va oʻrta biznesni
ragʻbatlantirishda, yangi ish oʻrinlari yaratishda, shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy
etishda katta ahamiyatga ega. Ushbu banklarning faoliyati, davlat banklarining monopoliyasini
kamaytirishga va moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatni kuchaytirishga yordam beradi.
Oʻzbekistonda nodavlat banklarining tashkil etilishi, iqtisodiy islohotlarning bir qismi sifatida,
davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish va bozor iqtisodiy tizimiga oʻtib borish orqali
bozor mexanizmlarini rivojlantirishga qaratilgan. Shu bilan birga, nodavlat banklar xususiy
mulk huquqlarini ta’minlash va moliyaviy tizimda shaffoflikni oshirishda oʻz hissasini qoʻshadi.
Nodavlat banklarining iqtisodiyotdagi asosiy roli bu kreditlash tizimini rivojlantirishdir.
Oʻzbekistonning koʻplab nodavlat banklari kichik va oʻrta biznesga moliyaviy xizmatlar
koʻrsatish orqali, shu sektorni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda. Kreditlash orqali bizneslar
oʻz faoliyatini kengaytirish, yangi ishlab chiqarish liniyalarini tashkil etish, yangi
texnologiyalarni joriy etish imkoniyatiga ega boʻladi. Nodavlat banklarining kreditlashdagi
ishtiroki, ularning mijozlarga nisbatan individual yondashuvi, raqobatbardosh shartlar va
tezkor xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq. Bu, oʻz navbatida, iqtisodiyotning barqaror oʻsishiga
va yangi ish oʻrinlari yaratishga xizmat qiladi.
Nodavlat banklarining Oʻzbekiston iqtisodiyotidagi eng muhim ahamiyatlaridan biri bu
raqobat muhitini yaratishdir. Davlat banklari koʻpincha oʻzining ustun holatidan foydalanib,
raqobatni kamaytirib, moliyaviy xizmatlar narxlarini oshirishi mumkin. Biroq, nodavlat
banklarining koʻpayishi va bozorni diversifikatsiya qilish orqali, banklar oʻrtasida raqobat
kuchayib, xizmatlar sifatini yaxshilash va narxlarni pasaytirish imkoniyati yaratilmoqda.
Shuningdek, nodavlat banklarining bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashi ularning innovatsion
yondashuvlarni tatbiq etishiga va xizmatlarning sifatini oshirishga imkon beradi. Bu raqobat
faqat banklar oʻrtasida emas, balki barcha iqtisodiy sektorlar, xususan, ishlab chiqarish va
xizmatlar sohalarida ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi.
Oʻzbekistonning nodavlat banklari iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Ular, xususan, inflyatsiyaning pasayishi, moliyaviy resurslar samarali
taqsimlanishi va iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ta’minlashda faol ishtirok etadi. Nodavlat banklari
oʻzining ishonchli moliyaviy strategiyalari va innovatsion xizmatlari bilan, iqtisodiyotda
barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Shuningdek, ular davlat banklarining
monopolistik amaliyotlariga qarshi turib, moliyaviy resurslarning teng taqsimlanishini
ta’minlaydi.
Yana bir muhim jihatlaridan biri, ushbu tizimdagi banklar mijozlarga oʻz xizmatlarini
onlayn tarzda taqdim etish yuzasidan ancha qulayliklarga ega. Albatta, bu qulayliklar asnosida,
mamlakat aholisining koʻp qismiga bir vaqtda ushbu xizmatlar orqali javob berib, mijozlar
talabini qondirish yanada osonlashadi. Jumladan, “Anorbank”, “Tengebank”, “Uzumbank”, “TBC
Bank” shu turdagi banklar tarkibiga kirib, oʻz faoliyatini koʻpincha onlayn ilovalar orqali mijoz
talablarini davlat banklariga nisbatan ancha tez va ma’lum bir qoʻshimcha haqlarsiz amalga
oshiryapti. Ushbu yuqorida nomlari sanalgan banklarning nufuzi biz sanab oʻtgan xizmat
qulayliklari sababli sezilarli ravishdi koʻtarildi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
41
Oʻzbekistonning eng aktiv nodavlat banklari roʻyhati
Yuqorida keltirilgan fikrlardan farqli ravishda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida
joylashgan ushbu xususiy banklar mamlakat iqtisodiyoti va moliyaviy sektorida muhim oʻrin
tutadi. Ammo bu banklarning faoliyatida bir qator kamchiliklar ham mavjud. Shu jumladan, bu
tizimdagi banklar ko‘pincha davlat banklariga nisbatan kichik kapital va moliyaviy resurslarga
ega. Bu ularga yirik loyihalar va investitsiyalarga yetarlicha mablag‘ ajratishga to‘sqinlik qiladi.
Natijada banklar oʻz faoliyatini ravnaq toptira olmaydi va raqobat yuzasidan ortda qolishiga
sabab boʻladi.
Qoʻshimcha tarzda, nodavlat banklarda garchi davlat taassurufidagi banklardan farqli
ravishda qoʻyilgan depozit
1
uchun yuqori foiz stavka bilan shartnoma qilinsada, ushbu ma’lum
bir miqdordagi depozit muddatni dastlabki onlaridan boshlab aynan belgilangan stavka
2
bilan
oʻsmaydi. Jumladan, bir shaxs ma’lum bir miqdordagi shaxsiy pulini nodavlat bank zimmasiga
omonat tarzida qoʻysa, va ma’lum bir boshqa davlat banklari taklif etadigan stavkadan yuqori,
masalan, 30% stavkada oʻsib borish sharti bilan kelishuvga erishiladi, biroq bu dastlabki
muddatda 15%, keyingi vaqtda 20-25%, soʻngra 30% foiz stavkasi bilan oʻsib boradi. Bu shuni
bildiradiki, aynan omonat qoʻygan shaxs bir qancha muddat davomida omonat u kutgan tarzda
oʻsmaganligining guvohi boʻladi. Bunday holatda ushbu depozitni davlat banklariga omonat
tarzida qoʻyish fuqarolar tomonidan afzal koʻriladi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston nodavlat banklarining mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati
va ularning faoliyatining ijobiy va salbiy tomonlari tahlil qilingan. Nodavlat banklar kichik va
o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, kreditlash tizimini rivojlantirish
va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ular raqobat muhitini yaratish
orqali davlat banklarining monopoliyasini kamaytirib, moliyaviy xizmatlarning sifatini
oshiradi. Biroq, bu banklarning kichik kapital va moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi, yirik
1
mijoz tomonidan bankka yoki boshqa moliyaviy institutga saqlash uchun qoʻyilgan mablagʻ, omonat
2
moliyaviy va iqtisodiy tushuncha; asosan foizlar, toʻlovlar va baholarni ifodalaydi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
42
loyihalarga yetarli mablag‘ ajratish imkoniyatini cheklaydi. Shuningdek, depozit stavkalaridagi
noaniqliklar ham mijozlar uchun muammo tug‘diradi. Shunday qilib, nodavlat banklar
iqtisodiyotga hissa qo‘shishda muhim rol o‘ynashiga qaramasdan, ularning samaradorligini
oshirish uchun bir qator muammolarni hal qilish zarur.
References:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (
2.
Data.egov.uz (
3.
World Bank Uzbekistan (
https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan
4.
Review.uz