Авторы

  • Akmaljon Muhammadov
    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61767

Ключевые слова:

Iqtisodiyot xalqaro savdo eksport import geografik muammolar transport xalqaro tashkilotlar Jahon Savdo Tashkiloti (JST) investitsiya divertifikatsiya.

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonning tashqi iqtisoddagi ishlari, eksport va import masalalari tahlil qilindi. Mamalakatimizning xalqaro savdodagi asosiy yo‘nalishlari, eksport tarkibi, import hajmi va savdo balansi oʻrganilgan. Shu bilan birgalikda, eksport va import jarayonlaridagi asosiy muammolar, logistika, jahon standartlariga moslashish va xalqaro savdo tashkilotlarga a’zo bo‘lishning sustligi tahlil qilinadi. O‘zbekistonning global iqtisodiyotda o‘z o‘rnini yanada takomillashtirish borasida, eksportni rivojlantirish va importni optimallashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

33

O‘ZBEKISTONNING XALQARO IQTISODIY ALOQALARI: EKSPORT VA

IMPORT MASALALARI

Muhammadov Akmaljon A’zamjon o‘g‘li

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,

Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1-bosqich talabasi

+998 99 787 46 05

akmaljonmukhammadov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14217336

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekistonning tashqi iqtisoddagi ishlari, eksport va

import masalalari tahlil qilindi. Mamalakatimizning xalqaro savdodagi asosiy yo‘nalishlari,
eksport tarkibi, import hajmi va savdo balansi oʻrganilgan. Shu bilan birgalikda, eksport va
import jarayonlaridagi asosiy muammolar, logistika, jahon standartlariga moslashish va
xalqaro savdo tashkilotlarga a’zo bo‘lishning sustligi tahlil qilinadi. O‘zbekistonning global
iqtisodiyotda o‘z o‘rnini yanada takomillashtirish borasida, eksportni rivojlantirish va importni
optimallashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Iqtisodiyot, xalqaro savdo, eksport, import, geografik muammolar,

transport, xalqaro tashkilotlar, Jahon Savdo Tashkiloti (JST), investitsiya, divertifikatsiya.

Annotation:

In this article, Uzbekistan’s work in the world economy, export and import

issues were analyzed. The main trends in international trade of our country, export structure,
import volume and trade balance were studied. Along with this, the main problems in the
export and import processes, logistics, adaptation to world standards and the slowness of
membership in international trade organizations are analyzed. In order to further improve
Uzbekistan’s position in the global economy, proposals are made for export development and
import optimization.

Key words:

Economy, international trade, export, import, geographic problems,

transport, international organizations, World Trade Organization (WTO), investment,
diversification.

Аннотация:

В этом статье проанализированы деятельность Узбекистана во

внешней экономике, вопросы экспорта и импорта. Изучены основные тенденции
международной торговли нашей страны, структура экспорта, объем импорта и
торговый баланс. Наряду с этим анализируются основные проблемы в процессах
экспорта и импорта, логистики, адаптации к мировым стандартам и медленности
членства в международных торговых организациях. В целях дальнейшего улучшения
положения Узбекистана в мировой экономике, вносятся предложения по развитию
экспорта и оптимизации импорта.

Ключевые слова:

Экономика, международная торговля, экспорт, импорт,

географические проблемы, транспорт, международные организации, Всемирная
Торговая Организация (ВТО), инвестиции, диверсификация.


Davlatimizda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning zarur sharti sifatida tashqi

iqtisodiy aloqalar sohasini takomillashtirish izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi
taraqqiylashgan davrda hech bir davlatni savdo aloqalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Mustaqillik yillariga qadar, O‘zbekistonning Rossiya federatsiyasidan boshqa hech qaysi davlat
bilan tashqi aloqalari bo‘lmagan. Davlatimizning birinchi prezidenti Islom Karimovning


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

34

tashabbusi va rahnamoligida O‘zbekiston iqtisodiyoti tubdan isloh qilinib, mamlakatimiz bozor
iqtisodiyotiga o‘ta boshladi. “Xalqaro iqtisodiy aloqalar” to‘g‘risidagi qonun (1993) hamda
“Iqtisodiy islohotlarning 1990-yillar dasturi” (1993-1996) asosida xususiylashtirish, bozor
narxlarini erkinlashtirish, tijorat banklarini tashkil etish, xalqaro savdo siyosatini
shakllantirish kabi maqsadlar ko‘zda tutildi. O‘zbekiston Respublikasining yuqorida keltirilgan
qonun va dasturini amalga oshirish doirasida tashqi savdo liberallashtirildi, eksport
ragʻbatlantirildi, xususan, eksportga oid bo‘lgan soliq va bojxona tizimlari yangilandi.
Shuningdek, eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat subsidiyalari joriy qilindi, valyuta
siyosatini erkinlashtirishda esa, mustaqil valyutani joriy qilindi va ko‘plab cheklovlar olib
tashlandi.

Bugungi kunda O‘zbekiston ko‘pgina chet el mamlakatlari bilan savdo aloqalarini erkin

olib bormoqda. 2024-yilning dastlabki 8 oyi davomida O‘zbekiston tashqi savdosidagi eng yirik
hamkor davlatlar Xitoy, Qozogʻiston, Rossiya va Turkiyadir. Mamlakatimizning eng yirik
hamkori boʻlgan Xitoy davlati bilan 2023-yil savdo aylanmasi 14 milliard dollarni tashkil etdi,
mazkur yilda esa bu ko‘rsatkich 8 milliard dollarni tashkil etib turibdi. O‘zbekiston Xitoy
mamlakatidan, asosan, mashina va transport uskunalari, texnologiyalar va kimyo sanoati
mahsulotlarini import qilsa, eksportida oltin, paxta, metal kabi sanoat va tabiiy boyliklar
mavjud. Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi savdo aylanmasi 2024-yilning yanvar-iyun oylarida
11 milliard dollarni tashkil etdi. Shundan eksport 4,5 milliard dollarga, import esa 7.5 milliard
dollarga teng boʻldi. 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Qozog‘iston davlati
bilan 3 milliard dollar savdo aylanmasini amalga oshirgan bo‘lib, eksportida meva va
sabzavotlar, to‘qimachilik mahsulotlari, kimyo sanoati mahsulotlari va metallurgiya
mahsulotlari, importida esa neft va neft mahsulotlari, g‘alla va un mahsulotlari, metall va metall
buyumlar hamda kimyo sanoati mahsulotlari turadi. Xuddi shunday ko‘rsatkich Turkiya davlati
bilan 2,5 milliard dollarni tashkil etib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 foizga ko‘pdir.

O‘zbekistonning tashqi savdosini rivojlantirishdagi eng katta muammo bu uning

geografik joylashuvidir. Davlatimiz ichki kontinental bo‘lganligi ya’ni dengizga chiqish uchun
har tomonlama boshqa davlat huduni bosib o‘tishligi sababli, tashqi savdoda transport
xarajatlari yuqori. Quruqlikdan mahsulotlarni eksport va import qilish dengiz yo‘llariga
qaraganda mamlakat uchun nafaqat ancha qimmat, balki bu jarayon ko‘p kuch va vaqt talab
etadi. Yana bir geografik muammo shundaki, transport yoʻllarining uzoqligi va sim va
quvurlarni boshqa davlat hududidan o‘tkazish zarurati sababli, O‘zbekiston energiya, gaz va
boshqa resurslarni tashishda ham qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida xalqaro hamkorlikning o‘rni katta. Mamlakatimiz

bir qancha xaqaro savdo tashkilotiga a’zo bo‘lgan boʻlsada, hali hanuz JSTga a’zo boʻlmagan. Bu
muammo davlatning global bozorda bojxona to‘siqlari va yuqori tariflarga duch keladi,
eksportni qimmatlashtirib, raqobatni pasaytiradi. Bu esa o‘z navbatida xorijiy investorlarda
iqtisodiy tizimning ishonchliligida shubha uyg‘otib, investitsiya JSTga a’zo bo‘lgan davlatlarga
yoʻnaltiriladi. Davlatimiz Yevropa Ittifoqining Bojxona Ittifoqiga ham a’zo emas, lekin Yevropa
Ittifoqi bilan “GSP+” (Generelized Scheme of Preference+) imtiyozli savdo rejimi doirasida
hamkorlik qilmoqda. Boshqa xalqaro tashkilotlar, TPP (Trans-pacific Partnership), EFTA
(European Free Trade Assosiation), NAFTA (North American Free Trade Agreement)
tashkilotlariga geografik joylashuvi tufayli a’zo bo‘la olmasligi ham mamlakatimiz iqtisodining
tez suratlarda o‘sishiga to‘sqinlik qiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

35

Yuqori ta’kidlanganidek, geografik joylashuv sababli quruqlik orqali mahsulotlarni

eksport va import qilish koʻplab qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi ma’lum, bu esa iqtisodiy
samaradorlikni pasaytiradi. Bu muammoni hal qilish uchun O‘zbekiston tashqi savdo yoʻllarini
diversifikatsiya qilish, transport infratuzilmasini rivojlantirish va mintaqaviy hamkorlikni
kuchaytirish zarur. Ayniqsa, qo‘shni davlatlar bilan transport va logistika tarmogʻini yaxshilash,
yangi transport yoʻnalishlarini yaratish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish muhimdir.
Buning natijasida tashqi savdo jarayonlari samarali bo‘ladi va xarajatlar kamayadi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lmasligi, mamlakatning global bozorga kirish

imkoniyatlarini cheklashi ma’lum. Bu masalani hal qilish uchun O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish
jarayonini tezlashtirishi lozim. A’zolik o‘z navbatida, bojxona toʻsiqlarini kamaytirishga, import
va eksport jarayonlarini soddalashtirishga yordam beradi. Bu orqali mamlakatning eksporti
raqobatbardosh bo‘ladi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati oshadi va xalqaro
bozorlar bilan aloqalar mustahkamlanadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi
bilan Bojxona Ittifoqiga a’zo bo‘lmasligi ham alohida ahamiyatga ega. Yevropa bozoriga kirish
imkoniyatlarini kengaytirish uchun O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan erkin savdo zonalari
yaratishga, eksport uchun imtiyozli shartlar taqdim etishga va qo‘shma loyihalarni amalga
oshirishga e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek, boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni
kuchaytirish va yangi savdo shartnomalarini tuzish, O‘zbekistonning tashqi savdosini yanada
rivojlantirishga yordam beradi.

O‘zbekistonning eksportini diversifikatsiya qilish va importni optimallashtirish

maqsadida, iqtisodiyotning turli sohalariga, ayniqsa, yuqori texnologiyalar va innovatsion
mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilishi zarur. Bu orqali mamlakat nafaqat tabiiy
resurslarga, balki zamonaviy sanoat va texnologik mahsulotlarga ham tayanishi mumkin.
Shuningdek, ichki bozorda ishlab chiqarish hajmini oshirish, importni kamaytirish va sifatni
yaxshilash orqali mamlakat iqtisodiyotining mustahkamligini ta’minlash mumkin.

Xulosa qilib aytganda, bularning barchasi O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy aloqalarini

yanada rivojlantirish va global iqtisodiyotda o‘z o‘rnini mustahkamlash uchun zarur choralar
boʻlib, mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy
aloqalari, eksport va import masalalari, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va global bozorga
kirish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda O‘zbekistonning
tashqi savdosidagi eng katta muammolaridan biri geografik joylashuvi, transport
xarajatlarining yuqoriligi va Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lmaslik kabi omillar hisoblanadi.
Biroq, mamlakat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va tashqi savdo
siyosatidagi o‘zgarishlar, bu muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.

O‘zbekiston tashqi savdosini rivojlantirish uchun, transport va logistika infratuzilmasini

modernizatsiya qilish, yangi transport yo‘llarini yaratish, va qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikni
kuchaytirish zarur. Shuningdek, JSTga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish va Yevropa Ittifoqi
bilan erkin savdo shartnomalarini tuzish, O‘zbekistonning global iqtisodiyotdagi o‘rnini
mustahkamlashga yordam beradi. Eksportni diversifikatsiya qilish, yuqori texnologiyalar va
innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan strategiyalarni amalga oshirish,
mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Importni optimallashtirish va
ichki ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali, O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligi
ta’minlanadi va tashqi iqtisodiy aloqalar yanada samarali rivojlanadi.


Библиографические ссылки