YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
21
UKRAINA VA ROSSIYA O‘RTASIDAGI URUSHNING XALQARO SIYOSAT,
XAVFSIZLIK VA JAHON IQTISODIYOTIGA TA’SIRI
Teshaboyev Lazizbek Adhamjon o`g`li
Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya Universtiteti,
Xalaro munosabatlar fakulteti
1-bosqich talabasi
Tel: +998910881997
https://doi.org/10.5281/zenodo.14217274
Annotatsiya:
Dunyoda bo‘layotgan siyosiy jarayonlarni o‘rganar ekanmiz muayyan
mintaqalada hali hamon qurolli to‘qnashuvlar bo‘layotganligiga guvoh bo‘lamiz. Ulardan eng
yirigi va dolzarb sanalgan Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush hiosblanadi. 2022-yil fevral
oyida boshlangan ushbu urush dunyoning geosiyosiy, xavfsizlik va iqtisodiy jihatlarni tubdan
o‘zgartirdi. Shuning uchun urushning xalqaro siyosat, xavfsizlik va iqtisodiyotga ta’sirini
chuqur tahlil qilish talab etiladi. Xalqaro siyosat nuqtai-nazaridan, urush global kuchlar
tengligini o‘zgartirib, yangi alyanslar va siyosiy qarama-qarshiliklarni keltirib chiqardi. NATO
va Yevropa Ittifoqi kabi tashkilotlarining Ukraina bilan hamkorlikni kuchaytirishi va Rossiyaga
qarshi sanksiyalar joriy etilishi urushning asosiy diplomatic oqibatlari sifatida ko‘rindi. Ushbu
urush nafaqat Ukraina va Rossiya, balki butun dunyo uchun yangi xavf va muammolarni keltirib
chiqardi.
Kalit so‘zlar:
“Katta Yevrosiyo”, Rossiya, Ukraina, AQSH, NATO, Yevropa Ittifoqi,
“Heartland”, “Oltin ko‘prik”.
Abstract:
When studying the political processes occurring in the world, we witness that
armed conflicts are still taking place in certain regions. Among them, the largest and most
urgent is the war between Ukraine and Russia
.
This war began in February 2022, has drastically
altered the geopolitical, security and economic landscape of the world. Therefore, it is essential
to conduct an in-depth
analysis of the impact the war on international politics, security and the
economy. From an international politics perspective, the war has shifted the balance of global
power, leading to the formation of new alliances and political conflicts. The strengthening of
cooperation between organizations such as NATO and the European Union with Ukraine, as
well as the imposition of sanctions on Russia, are seen as the main diplomatic consequences of
the war. This conflict has created new risks and challenges not only for Ukraine and Russia but
for the entire world.
Key words:
“Greater Eurasia”. Russia, Ukraine, USA, NATO, European Union, “Heartland”,
“Golden Bridge”.
Аннотация:
Изучая политические процессы происходящие в мире мы видим что в
отдельных регионах продальжают происходить вооруженные конфликты. Среди них
наиболее масштабной и актуальной является война между Украирой и Россией. Эта
война начавшаяся в феврале 2022 года, кардинально изменило геополитичскую,
безопасность и эконоческую обстановку в мире. Поэтому необходимо провести
глубокий анализ влияния этой войны на международную политику, безопасность и
экономику. С точки зрения международной политики война изменила баланс
глобальной силы, вызвав образование новых альянсов и политических противоречий.
Усиление сотрудничества таких организаций, как НАТО и Европейский Союз, с
Украиной, а также введение санкций против России стали основными
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
22
дипломатическими последствиями войны. Этот конфликт создал новые риски и
проблемы не только для Украины и России, но и для всего мира.
Ключевые слова:
“Большая Евразия”, Россия, Украина, США, НАТО, Евросоюз,
“Хартленд”, “Золотой мост”.
Kirish
Jahon siyosiy tizimini tahlil qilar ekanmiz uning nihoyatda boy voqealardan, siyosiy
muammolardan, dolzarblik va kelishmovchiliklardan iborat ekaligiga, bu voqealar o‘z
navbatida dunyo hamjamiyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazib muayyan davlatlar ijtimoiy-siyosiy
hayotini o‘zgarishiga olib kelishiga guvoh bo‘lamiz. An’anaviy siyosatshunslikda bunday
hodisalarni o‘rganishni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Ana shunday hodisalardan biri
Ukraina va Rossiya urushi hisoblanadi. Ushbu urush ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni
o‘zgartirish bilan birga, global siyosat va xalqaro munosabatlar tizmini ham qayta
shakllantirishga majbur etdi.
Geosiyosiy nuqtai-nazaridan, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush, asosan Sharqiy
Yevropada va undan tashqarida o‘z ta’sirini ko‘rsatgan qudratli davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro
raqobat va maanfatlar to‘qnashuvi sifatida yuzaga keldi. Rossiyaning Ukrainaga bosqin qilish
qarori, AQSH, Yevropa Ittifoqi va NATO kabi yirik xalqaro tashkilotlarning pozitsiyalarini,
dunyo siyosatidagi qarashlarini va strategik rejalarini qayta ko‘rib chiqishga undadi.
Shuningdek, urushning xalqaro siyosatdagi ta’siri yanada chuqurlashdi. NATO va Yevropa
Ittifoqining yangi diplomatik yondashuvlari, Rossiyaning xalqaro izolyatsiyasi va AQSHning
global miqyosdagi strategik harakatlari, urushni o‘zaro strategik qarama-qarshilik sifatida
taqdim etdi. Rossiya va AQSH o‘rtasidagi qudratli qarama-qarshilik, NATOning Sharqqa qarab
kengayishi va boshqa davlatlarning bu mojaroning ijtimoiy, iqtisodiy va xavfsizlikka oid
oqibatlariga qiziqishi dunyo siyosatida yangi kuchli dinamikani yuzaga keltirdi.
Asosiy qism
Bugungi kunda dunyo siyosatshunoslari va analitiklari tomonidan Rossiya va Ukraina
harbiy mojarosining tub sabablari va uning oqibatlari borasida turli fikr-mulohazalar
bildirilmoqda. Rasmiy Moskvaning urush boshlashining asl sabablari hozircha no’malum bo‘lib
qolmoqda. Geosiyosiy nuqtai-nazardan Rossiyaning bu urushni boshlash uchun bahona va
sabablar yetarlicha. Birinchi Ingliz olimi H.Makkinder 1904-yili chop etilgan “Tarixning
geografik o‘qi” nomli maruzasida quyidagicha konseptsiyani ilgari suradi. “Dunyoning markazi
Yevrosiyo, uning markazi esa “Heatland”. Kim Sharqiy Yevropa ustidan hukmronlik qilsa, u
dunyo orollarini boshqaradi. Dunyo orollarini boshqargan butun dunyo ustidan hukmronlik
qiladi”. Makkinderning ushbu konseptsiyasidan kelib chiqib AQSHning Milliy xavfsizlik boyicha
president maslahatchisi Z.Bjeniskiy o‘zining “Buyuk shaxmat doskasi” nomli kitobida
AQSHning XX asrning 90-yillaridagi asosiy vazifa Sharqiy Yevropani o‘z ta’sir doirasiga olish
kerakligini ta’kidlaydi. Sharqiy Yevropa yuragi esa Ukrainadir. Demak, AQSH va Rossiya
manfaatlari Sharqiy Yevropa va Ukraina hududida to‘qnashishligi muqarrar edi. Rossiya
Federatsiyasining siyosiy elitasi va geosiysatchilari tomonidan ham Yevrosiyoni birlashtirish
uchun alohida “Katta Yevrosiyo” konseptsiyasini ishlab chiqilgan.V.Putin boshchiligidagi
rasmiy Moskvaning “Katta Yevrosiyo” konseptsiyasini amalga oshirish uchun Ukraina ta’sir
doirasida bo‘lishi kerak. Chunki, Ukraina va Belorussiya Rossiyani Yevropa bilan bog‘lovchi
“oltin ko‘prik” sanaladi. Agarda bu hududlar Rossya ta’sir doirasidan chiqsa, geosiyosiy jihatdan
Rossiya Osiyo davlatlarining biriga aylanib qoladi. Bu esa Kremlning katta orzularidan biri
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
23
bo‘lgan “Katta Yevrosiyo” konseptsiyasini amalga oshirishni sarobga aylantirishligini anglatadi.
Sobiq Ittifoq parchalanib ketganidan so‘ng AQSH va NATO boshchiligida g‘arb o‘z ta’sir
doirasini sharqqa tomon kengaytirishda davom etdi. NATOning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi
kengashligi natijasida Sharqiy Yevropaning 11 ta davlati unga a’zo bo‘ldi. 2004-yilgacha bo‘lgan
davrda Rossiya suvosti kemalari Qora Dengiz hududida mavjud emas edi. Lekin Bolgariya,
Slovakiya, Ruminiya va Boltiqbo‘yi respublikalarining NATOga a’zo bo‘lishligi natijasida
Rossiya o‘z suvosti kemalarini QOra dengiz hududiga kiritdi. 2008-yil Gruziya va Janubiy
Osetiya voqealari, shuningdek 2014-yilgi Qirmning anneksiya qilinishligi Donetsk va Lugansk
hududidagi voqaelar natijasida Ukraina va Gruziya NATOga a’zo bo‘lish uchun bor e’tiborini
qaratdi. Rossiya esa NATO ning yana bir bor Rossiyaning hayotiy manfaatlari mavjud bo‘lgan
hudud tomon kengayishiga jim qarab tura olmasdi. Ukraina va Gruziyaning NATOga a’zo
bo‘lishligi Rossiyaning hududi yaxlitligi uchun real tahdid sanaladi. V.Putin boshchiligida Kreml
2022-yil boshida AQSH va G‘arbdan NATOning sharqqa boshqa kengaymasligi, shiningdek,
Ukraina va Gruziyaning NATOga a’zoligiga qabul qilinmasligi to‘g‘risida kafolat so‘rab murajaat
qildi. Lekin kollektiv g‘arb davlatlari va AQSH tomonidan bunday kafolat berilmadi. Natijada
rasmiy Moskva oldida ikki og‘ir yo‘ldan birini tanlash imkoni bor edi. 1.Rossiya Ukraina
hududiga qo‘shin kiritishligi va buni oqibatida AQSH va g‘arb davlatlari tomonidan ulkan
iqtisodiy sanksiyalar paketiga duchor bo‘lishlik. 2. Ukraina va Gruziyaning o‘z ta’sir doirasidan
chiqarib NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishligini jimgina kuzatib turishlik. Rossiya uchun
birinchi yo‘ldan ham ikkinchi yo‘l o‘ta og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. NATOning
Ukraina hududigacha kengayishi Rossiya yaxlitligi uchun falokatli bo‘lishligi mumkin. Kollektiv
g‘arb Rossiyani o‘ta qiyin vaziyatga olib kelib qo‘ydi. Natijada esa, dunyo geosiyosatida yangi
jarayon bir qutbli dunyo va ko‘p qutbli dunyo tartiboti o‘rtasidagi kurash keskinlashdi. Demak,
xalqaro munosabatlar tizimida yangi dunyo tartibi shakllanishi uchun qadam tashlandi.
Rossiya-Ukraina mojarosi NATOning chegaralariga tomon kengayishi borasida
Rossiyaning xavotirlariga borib taqaladi. Rossiya NATOning kengayishini o‘z xavfsizlik
manfaatlariga tahdid sifatida qabul qiladi. Rossiyaning bu xavotirlariga qaramay, NATO
sharqqa tomon kengayishni davom ettirib, Moskvaning xavfsizlikka oid tashvishlarini e'tiborsiz
qoldirdi. Bu e'tiborsizlik ikki tomon o‘rtasidagi keskinliklarni kuchaytirdi va mojaroning asosiy
sabablaridan biriga aylandi.
NATOning kengayishi va xavfsizlikka bo‘lgan taxdidlarni his qilgan Rossiya bunga qarshi
choralar ko‘rdi. Rossiyaning ko‘p bor ogohlantirishlariga qaramay, NATO tomonidan oshirilgan
bosim qarama-qarshilikni yanada kuchaytirdi. NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishda va
harbiy yordamni kuchaytirishda faol ishtirok etdi. Bu yordam oddiy havo hujumidan himoya
tizimlari va tankka qarshi raketalardan boshlab, tanklar, artilleriya va zirhli texnikalar kabi
og‘ir qurollarga qadar kengaytirildi. NATOning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri to‘qnashuv va tasodifiy mojarolar ehtimolini sezilarli darajada oshirdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NATOni o‘z proksi kuchlari orqali Rossiyaga
qarshi urush olib borayotganlikda aybladi va NATOning maqsadi Rossiyaning harbiy va sanoat
salohiyatini Ukrainadagi mojaro orqali tugatish ekanligini ta’kidladi. NATO va Rossiya
o‘rtasidagi keskinlik yanada kuchayishda davom etsa, mintaqa va global barqarorlikning
kelajak istiqbollari nihoyatda noaniq bo‘lib qoladi.
NATO va Rossiya o‘rtasidagi dushmanlikning kuchayishi global va mintaqaviy xavfsizlik
uchun katta oqibatlarga olib keladi. Qurollanish poygasining jadallashuvi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
24
to‘qnashuv xavfi yirik mojaro ehtimolini oshiradi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Xalqaro hamjamiyat ziddiyatlarni yumshatish bo‘yicha sa’y-harakatlarning dolzarbligini anglab
yetishi va Ukraina inqirozini hal qilish uchun diplomatik muzokaralarda ishtirok etishi lozim.
NATOning Rossiya xavfsizlik manfaatlarini e’tiborsiz qoldirgani va Rossiyaning bunga javoban
ko‘rgan choralarini hisobga olgan holda, Rossiya-Ukraina mojarosi keskinliklarni kuchaytirdi.
Qurollanishning davom etishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv ehtimoli global va mintaqaviy
xavfsizlikka katta tahdid soladi. Barcha tomonlar diplomatik yechimlarni ustuvor vazifa sifatida
belgilab, xavflarni kamaytirish va tinchlikka erishish yo‘lida muloqotga kirishishi zarur.
Shuni qo‘shimcha qilish zarurki, Rossiya-Ukraina urushi xalqaro geosiyosiy muvozanatni
o‘zgartirib, yangi strategik tartibni shakllantirdi. Bu o‘zgarish NATOning kengayishi,
Rossiyaning xalqaro izolyatsiyasi va global kuchlar o‘rtasidagi yangi ittifoqlarni yaratishga olib
keldi. Urush natijasida Finlandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Bu
qaror Yevropaning shimoliy hududida xavfsizlikni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa-da,
Rossiya tomonidan tahdid sifatida qabul qilindi. NATOga yangi a'zolarning qo'shilishi alyans
chegaralarini Rossiyaga yaqinlashtirib, mintaqadagi strategik kuchlar muvozanatini
o'zgartirdi. Bu Rossiyaning NATO kengayishiga bo‘lgan an’anaviy qarshiligini yanada
kuchaytirdi va urushning geosiyosiy sabablari qatoriga qo‘shildi. Shuningdek, NATO alyansiga
a’zo davlatlarning birlashgan harbiy xarajatlari oshishi, mudofaa byudjetlarining kengayishi va
Ukrainaga harbiy yordamning ko‘payishi mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi
harakatlarni talab qilmoqda. Bu o‘z navbatida NATOning global geosiyosiy maydondagi rolini
oshirishga xizmat qildi.
Rossiya urush sababli global iqtisodiy tizimdan ajratib qo‘yildi. G‘arb davlatlari
tomonidan qo‘yilgan sanksiyalar Rossiyaning energetika eksportidan olinadigan daromadlarini
keskin kamaytirdi, bu esa iqtisodiy qiyinchiliklarni yanada chuqurlashtirdi. Shuningdek,
xalqaro tashkilotlardagi izolyatsiya Rossiyaning diplomatik mavqeini pasaytirib, uning xalqaro
ta’sirini chekladi.
Rossiyaning xalqaro izolyatsiyasi global kuchlar o‘rtasidagi kuchlar muvozanatini
o‘zgartirdi. Ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlar Rossiyaga nisbatan neytral pozitsiyada qolishni
Afzal ko‘rmoqda, bu esa xalqaro tizimdagi bo‘linshni kuchaytirdi. Ushbu davlatlar Xitoy va
Hindiston hisoblanadi. Ularning urushga bo‘lgan munosabati muhim geosiyosiy o‘zgarishlarni
aks ettiradi. Xitoy, bir tomondan, Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni davom ettirayotgan bo‘sa-
da, urushni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashdan o‘zini tiyib kelmoqda. Bu holat G‘arb
davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi geosiyosiy raqobatni kuchaytirdi. Xitoy Rossiyaning strategik
hamkori sifatida ko‘rilayotgan bo‘lsa-da, u urushni xalqaro normativ huquqiy asosga zid deb
baholamoqda. Hindiston esa energiya xavfsizligi maqsadida Rossiyadan neft xarid qilishni
davom ettirib, urushga nisbatan pragmatik pozitsiyani egallamoqda. Bu qaror G‘arb davlatlari
va Hindiston o‘rtasidagi strategik munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
Xulosa
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush xalqaro siyosat, xavfsizlik va iqtisodiyotga tubdan
ta’sir ko‘rstgan murakkab geosiyosiy inqirozdir. Ushbu mojaro xalqaro tizimda mavjud bo‘lgan
bir qutbli dunyo tartibining ko‘p qutbli dunyo tartibiga o‘tish jarayonini tezlashtirdi. NATO va
Yevropa Ittifoqining Ukrainaga nisbatan qo‘llab-quvvatlovining kuchayishi Rossiya bilan G‘arb
o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi. Shu bilan birga, urush jahon iqtisodiyoti uchun ham
jiddiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Rossiyaga nisbatan joriy etilgan iqtisodiy sanksiyalar uning
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
25
energetika eksportiga jiddiy zarar yetkazdi, bu esa global energiya bozorlarida keskin
o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Shuning uchun Xalqaro hamjamiyat urushning davomiy
oqibatlarini yumshatish uchun faol diplomatic choralar ko‘rishi zarur. Mojaroni hal qilish
bo‘yicha olib boriladigan sa’y-harakatlar barcha tomonlar manfaatlarini hisobga oluvchi,
xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlovchi yechimlarni izlashga qaratilishi lozim.Shu ma’noda,
Rossiya Ukraina va G‘arb o‘rtasidagi muloqotlarining qayta tiklanishi hamda tinchlikka erishish
bo‘yicha ijobiy qadamlar xalqaro munosabatlarda muvozanatni tikashga xizmat qiladi.
References:
1.
M.dw.com (2022) Russia launches massive invasion of Ukraine --- as it happened
available
at:
https://m.dw.com/en/russia-launches-massive-invasion-of-Ukraine-as-it-
2.
https://www.cfr.org/expert-brief/what-does-putin-really-want-ukraine
3.
https://www.nato.int/cps/en/natohq/topics_192648.htm
4.
https://www.supportsciense.uz/index.php/ojmp
https://www.brookings.edu/articles/russias-assault-on-ukraine-and-the-international-
order-assessing-and-bolstering-the-western-response//
6.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yangi_dunyo_tartibi_(siyosat)
7.
https://www.prpchannel.com/uz/russia-india-e-cina-tre-potenze-globali-al-centro-del-
nuovo-ordine-mondiale/