Авторы

  • Nilufar Ibragimova
    Samarqand Davlat Universitetining Kattaqo’rg’on filiali Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o’qituvchisi
  • Behro’zbek Samarov
    Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishi 4- bosqich talabalari
  • Vohidjon Tursunov
    Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishi 4- bosqich talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61786

Ключевые слова:

sug‘urta kompaniyalari institutsional investor investitsiya faoliyati moliya bozori iqtisodiyot kapital bozori.

Аннотация

Maqolada sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatidagi roli ochib berilgan. Sug‘urta kompaniyalari institutsional investor sifatida moliya bozorining, ayniqsa kapital bozorining muhim ishtirokchisi hisoblanadi.     Ular moliya bozorida raqobatni  kuchaytirish, moliyaviy innovatsiyalarni rag‘batlantirish, korporativ boshqaruvni kuchaytirish, bozordagi integratsiyalashuvga ta’sir ko‘rsatish, tartibga solishni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

124

SUG‘URTA KOMPANIYALARI FOND BOZORIDA INSTITUTSIONAL INVESTOR

SIFATIDA

Ibragimova Nilufar

Samarqand Davlat Universitetining Kattaqo’rg’on filiali

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti o’qituvchisi

Samarov Behro’zbek

Tursunov Vohidjon

Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishi 4- bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.14523279

Annotatsiya.

Maqolada sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatidagi roli ochib

berilgan. Sug‘urta kompaniyalari institutsional investor sifatida moliya bozorining, ayniqsa
kapital bozorining muhim ishtirokchisi hisoblanadi. Ular moliya bozorida raqobatni
kuchaytirish, moliyaviy innovatsiyalarni rag‘batlantirish, korporativ boshqaruvni
kuchaytirish, bozordagi integratsiyalashuvga ta’sir ko‘rsatish, tartibga solishni qo‘llab-
quvvatlashda muhim o‘rin tutadi.

Kalit so‘zlar:

sug‘urta kompaniyalari, institutsional investor, investitsiya faoliyati,

moliya bozori, iqtisodiyot, kapital bozori.

INSURANCE COMPANIES AS INSTITUTIONAL INVESTORS IN THE STOCK

MARKET

Abstract.

The role of insurance companies in investment activity is revealed in the

article. Insurance companies as institutional investors are an important participant of the
financial market, especially the capital market. They play an important role in strengthening
competition in the financial market, stimulating financial

innovation, strengthening

corporate

governance, influencing market integration, and supporting regulation.

Key words:

insurance companies, institutional investor, investment activity, financial

market, economy, capital market.


So‘nggi yillarda butun dunyoda axborot kommunikatsiya, texnologiya rivojlanayotgani

iqtisodiyotni ham shunga hamohang tarzda rivojlantirib borishga undamoqda. Bilamizki,
iqtisodiyotni, moliya hamda kapital bozorlarini rivojlantirishning eng samarali yo‘llaridan biri
bu ko‘proq investitsiya jalb qilishdir. Birgina kapital bozorida amalga oshiriladigan
investitsiya faoliyati davlat iqtisodiyotiga sezilarli foyda keltiradi. Serbiyalik olima Mladenka
Balaban o‘zining shu sohada olib borgan tadqiqot ishlarida moliyaviy savdolarning asosiy
ishtirokchilari moliyaviy vositachilar deb, ularni 3 turga bo‘lgan:

1. An’anaviy muassasalar (banklar, jamg‘arma kassalari va boshqalar.)
2. Institutsional investorlar (sug‘urta kompaniyalari, pensiya jamg‘armalari, moliya

kompaniyalari va boshqalar)

3. Kollektiv investorlar (investitsiya kompaniyalari, pay fondlari, broker-diler institutlari

va birja brokerlari).[1]

Bizda fond bozorida investitsiya ishtirokchilari mayda (oddiy, kichik) va institutsional

(yirik) investorlarga bo‘linadi. Boshqa yevropa mamlakatlaridagi singari bizdagi fond
bozorida ham yirik, ya’ni institutsional investorlardan biri bu sug‘urta kompaniyalaridir.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

125

Sug‘urta kompaniyalari o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari fond bozorida institutsional
investor sifatida ham faoliyatni amalga oshiradi va ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishi sug‘urta
faoliyatining o‘ziga xosligini anglatadi. Sug‘urta kompaniyalarining fond bozorida investitsiya
faoliyatini amalga oshirishi nafaqat davlatning iqtisodiyotiga, balki sug‘urta kompaniyalari
uchun ham ushbu faoliyat katta daromad manbai hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalari asosiy
faoliyatidan ishlab topgan va o‘zi to‘plagan vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini qimmatli
qog‘ozlar bozorida investitsiya faoliyatiga yo‘naltiradi. Moliyaviy bozorlarda faol ishtirok etish
va investitsiya qilingan mablag‘lar hajmi sug‘urta kompaniyalarini eng muhim institutsional
investorlar sifatida aniqlash imkonini beradi.

Sug‘urta kompaniyalarida o‘z mablag‘laridan tashqari, investitsiyalarning asosiy manbai

sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda sug‘urta kompaniyalari tomonidan shakllantiriladigan
sug‘urta zaxiralari bo‘lib, ularni yaratish zarurati sug‘urta hodisalarining ehtimoliy xususiyati
va sodir bo‘lish hajmi va momentining noaniqligi, yo‘qotishlar bilan belgilanadi. Sug‘urta
zaxiralari investitsiyalarning asosiy manbai bo‘lib, hayotni sug‘urtalash ularning uzoq
muddatli istiqbollarini ta’minlaydi. Sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyati davlat
tomonidan ham vaqtincha bo‘sh mablag‘lardan, ham sug‘urta zaxiralaridan foydalanish
asosida tartibga solinadi va o‘z mablag‘larini joylashtirish, sug‘urta zaxiralari va
moliyalashtirish hamda profilaktika choralari uchun zaxiralar bo‘yicha normativ talablar
orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta zaxiralarini joylashtirish deganda ularning xavfsizligini
qoplash uchun qabul qilingan aktivlar tushuniladi. Barcha tartibga soluvchi cheklovlar
sug‘urta kompaniyalarining xavfsizligi va moliyaviy barqarorligining zarur darajasini
ta’minlaydi. Sug‘urta zaxiralarini qoplash uchun qabul qilingan aktivlar quyidagi
xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: diversifikatsiya, to‘lov, rentabellik, likvidlik va
ishonchlilik.[2] Hozirgi O‘zbekiston fond bozori investitsiya faoliyatida sug‘urta
kompaniyalarining ishtiroki deyarli juda kam. Yevropa davlatlari moliya bozorida bo‘lsa
sug‘urta kompaniyasi 8,5 trn. bilan eng yirik institutsional investor hisoblanadi. Shu tufayli
sug‘urta kompaniyalarini kapital bozoriga ko‘proq jal qilish lozim, negaki, sug‘urta orqali jalb
qilingan mablag‘lar butun mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi
mumkin.

Buning uchun yurtimizda shu sohani rag‘batlantiruvchi qonunchilikni ko‘paytirish, soha

rivojidagi ichki va tashqi muammolarni aniqlash, chet el tajribasidan foydalangan holda
yangidan yangi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish, sug‘urta kompaniyalari sonini
ko‘paytirish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qiluvchi mavjud cheklovlarni olib tashlash hamda
sug‘urta kompaniyalari faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘yilgan talablarni yengillashtirish
lozim.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, sug‘urta kompaniyalarining fond bozoridagi

investitsiya faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash uchun, avvalo, shu sohani tartibga
soluvchi yangi, to‘ldiruvchi hamda rag‘batlantiruvchi qonunchilik normalarini ishlab chiqish
orqali, investitsiya faoliyatini amalga oshirishda yengillik va imtiyozlar berish orqali biz ham
yevropa davlatlari singari kapital bozorida sug‘urta kompaniyalarining faol ishtirokini
ta’minlashimiz mumkin.

References:

1.

Mladenka Balaban. Role of insurance company as institucional investitors


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

126

https://core.ac.uk/download/pdf/33812139.pdf
1.

М.А. Щербаков. Страховые организации как важнейший институциональный

инвестор. Economics & Law 2015. № 2(48)ISSN 2221-7347.
2.

Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Davlat

mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Markaziy

banki Boshqaruvining

2008-yil 7-noyabrdagi 306-V- sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi
institutsional investorlar faoliyatining professional standartlari to‘g‘risida”gi nizomi.
3.

Мелкумова Р.Г. Научный руководитель: Биндасова Н.А. Деятельность страховых

компаний на рынке ценных бумаг. Таврический научный обозреватель
www.tavr.science № 1 (январь), 2016.
4.

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE

METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH.
World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.
5.

The importance of

insurance

companies for

financial

stability

https://www.ecb.europa.eu/pub/pdf/fsr/art/ecb.fsrart200912en_05.pdf

Библиографические ссылки

Mladenka Balaban. Role of insurance company as institucional investitors

М.А. Щербаков. Страховые организации как важнейший институциональный инвестор. Economics & Law 2015. № 2(48)ISSN 2221-7347.

Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 7-noyabrdagi 306-V- sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi institutsional investorlar faoliyatining professional standartlari to‘g‘risida”gi nizomi.

Мелкумова Р.Г. Научный руководитель: Биндасова Н.А. Деятельность страховых компаний на рынке ценных бумаг. Таврический научный обозреватель www.tavr.science № 1 (январь), 2016.

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.

The importance of insurance companies for financial stability https://www.ecb.europa.eu/pub/pdf/fsr/art/ecb.fsrart200912en_05.pdf