Авторы

  • Barno Tuyg‘unova
    Oriental universiteti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61789

Ключевые слова:

MTT rahbar boshqaruv kompetentlik nazariya.

Аннотация

Ushbu tezisda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining boshqaruv kompetentligi shakllanishidagi nazariy asoslar keltirib o‘tilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

112

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBARLARINING

BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY

ASOSLARI

Tuyg‘unova Barno Nuriddin qizi

Oriental universiteti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14523144

Annotatsiya:

Ushbu tezisda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining boshqaruv

kompetentligi shakllanishidagi nazariy asoslar keltirib o‘tilgan.

Tayanch soʻz va iboralar:

MTT, rahbar, boshqaruv, kompetentlik, nazariya.


Jahonda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, ularning kasbiy kompetentligini izchil

rivojlantirish orqali ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga erishish maqsadi
kozlanmoqda.

Shuningdek, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar rahbar va pedagog

kadrlarining malakasini oshirish mazmunini takomillashtirishda, yangi ijtimoiy siyosiy ehtiyoj
va talablarga moslashgan malaka oshirishni yolga qoyish, ta’limdagi mobillikni taminlashning
variativ shakllarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.

Ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish jarayonida ta’lim

mazmunini takomillashtirish masalalari bilan YUNISEF, YUNESKOning Butundunyo ta’lim
forumi Deklaratsiyasi, BMTning

Barqaror rivojlanish maqsadlari

2030

dasturi, Erasmus +

Capacity Building Project dasturi, IMEP loyihasi, Yevropa universitetlarining assotsiatsiyasi,
malaka oshirish sifatini taminlash Yevropa ittifoqi davlatlarining yagona Yevropa ta’lim
hududi shugullanmoqda.

Respublikamizda andragogik pedagogikaning ustuvor yonalishlari va goyalari asosida

maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish
mazmunini takomillashtirish masalalariga alohida etibor qaratilmoqda. Bu esa, oz navbatida,
malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining iqtisodiy
kompetentligini shakllantirish mazmunini takomillashtirish, ta’limning samarali shakl va
metodlarini ishlab chiqish, zamonaviy malaka oshirishning modellari va texnologiyalarini
yaratish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Ozbekiston Resrublikasi maktabgacha ta’lim tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “...maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy
oquv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan toldirish, sohaga malakali pedagog va
boshqaruv kadrlarini jalb qilish” vazifasi belgilanib, bu borada rahbar kadrlarning kasbiy
kompetentligini oshirish, ta’lim mazmunini takomillashtirib borishda qulay sharoitlar
yaratish, malaka oshirish turlari va shakllarini kengaytirish hamda ozaro aloqadorligini
taminlash orqali kutilgan natijalarga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi zamon sharoitida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining maqomi va uning

boshqaruv funksiyalari tubdan ozgarib bormoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari
boshqaruv faoliyatini olib borish jarayonida rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiyalash,
nazorat qilish funksiyalarini amalga oshiradi.

Rahbarning kasbiy faoliyatida maqsadni belgilash tajribasi, ijodiy va optimal qarorlarni

topa olish, istalgan ijtimoiy ozgarishlarga moslasha olish mahorati katta ahamiyatga ega
boladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

113

Ta’lim tashkiloti rahbarining boshqaruv faoliyatini – rejalashtirish, tashkil etish,

motivatsiyalash, nazorat qilish funksiyalarini amalga oshirish asosida tashkil etadi. Hozirgi
zamon sharoitlarida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining maqomi va uning boshqaruv
funksiyalari tubdan o‘zgarib bormoqda: rahbarning menejer sifatidagi faoliyatining o‘ziga
xosliklari boshqaruv ob’ektining o‘ziga xosligi bilan shartlanadi.

Ta’lim tashkiloti – bu ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotdir.
Ta’lim xizmatlari ko‘zga ko‘rinmaslik, ishlab chiqaruvchidan va iste’molchidan

ajralmaganlik (“iste’molchilik ishlab chiqarishi”), sifatning doimiy emasligi, natijaning
saqlanmaganligi va kechiktirilganligi, shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatlilikning uyg‘unlashuvi
bilan tavsiflanadi.

Kompetensiya – u yo bu sohadagi bilimlar, tajribalar; shaxsning biror-bir sohadan

xabardorligi, shu sohani bilish darajasi; o‘z sohasi bo‘yicha bilimdonlikni ifodalovchi atama.

Kompetentlik

malum holat xususida togri mulohaza yuritishga imkon beradigan

bilimga ega bolish, dalil-isbotli fikr, kishining muayyan sohada saviyasini ifoda etishi, barcha
imkoniyatlardan foydalana olishi, oziga va oz ishiga nisbatan talabchanligi, maktabgacha
ta’lim tashkiloti, oila va mahalla hamkorligini yolga qoya olishi, o’z ishining ustasi bolgan,
sohasining sirlarini har tomonlama chuqur bilgan, ozini-ozi rivojlantiruvchi hamda o’z
qobiliyati va imkoniyatlarini to’la ishga sola biladigan pedagogik layoqat.

References:

1.

Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik

texnologiyalar.– T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.–279b.
2.

Nigmatova G. Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining

iqtisodiy kompetentligini shakllantirish. Avtoreferat T-2023
3.

Zayavitdinova N.M. Menejment: o‘quv qo‘llanma / N.M. Zayavitdinova, D.M. Artikova,

S.Sh. Xodjiyeva, – Toshkent: “Turon Nashriyot”, 2021. – 160 bet.
4.

Axmedova M. Pedagogik kompetenetlik. Uslubiy qo‘llanma, Toshkent-2018

Библиографические ссылки

Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.– T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.–279b.

Nigmatova G. Malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining iqtisodiy kompetentligini shakllantirish. Avtoreferat T-2023

Zayavitdinova N.M. Menejment: o‘quv qo‘llanma / N.M. Zayavitdinova, D.M. Artikova, S.Sh. Xodjiyeva, – Toshkent: “Turon Nashriyot”, 2021. – 160 bet.

Axmedova M. Pedagogik kompetenetlik. Uslubiy qo‘llanma, Toshkent-2018