Авторы

  • Gulxayyo G‘aniyeva
    Termiz davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61793

Ключевые слова:

o‘quvchi ta’lim salohiyat imkoniyat mediataʼlim mediasavodxonlik mediamadaniyat taʼlim multimedia mediata’limning maqsadi pedagogik mahorat kommunikatsiya.

Аннотация

Ushbu maqolada mediata’lim texnologiyasi asosida ta’lim sifatini oshirishning imkoniyatlari xususida fikr yuritiladi. Mediata’lim sizga ijdkor bolani tarbiyalash va o‘qitish imkonini beradi. Ushbu texnologiyani qo‘llashdan maqsad, bir tomondan, moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik kabi fikrlash fazilatlarini rivojlantirish; boshqa tomondan - qidiruv faoliyati, yangilikka intilish; nutq va ijodiy tasavvurlarini rivojlantirishdir. Maqolada ta’kidlanishicha, O‘qituvchining pedagogik mahorati orqali o‘quvchilarda mediamadaniyatni shakllantirish ancha samarali ekanligiga alohida urg‘u beriladi. Bugungi kunda internet tarmog’idan foydalangan holda ta’lim berish dunyoning rivojlangan davlatlari ta’lim tizimida allaqachon amaliyotga keng tatbiq etilgan. Maktab o‘quvchilarida medimadaniyatni shakllantirish ularni nafaqat ta’lim jarayoniga balki, hayotga har tomonlama tayyorlashda ham muhim o‘rin tutadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

99

UCHINCHI SINF O'QUVCHILARIDA IJTIMOIY TAFAKKURINI FANLARARO

MEDIATA’LIM VOSITALARI ASOSIDA SHAKLLANTIRISH METODIKASI

G‘aniyeva Gulxayyo Islom qizi

Termiz davlat pedagogika instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14513996

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mediata’lim texnologiyasi asosida ta’lim sifatini

oshirishning imkoniyatlari xususida fikr yuritiladi. Mediata’lim sizga ijdkor bolani tarbiyalash
va o‘qitish imkonini beradi. Ushbu texnologiyani qo‘llashdan maqsad, bir tomondan,
moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik kabi fikrlash fazilatlarini rivojlantirish; boshqa
tomondan - qidiruv faoliyati, yangilikka intilish; nutq va ijodiy tasavvurlarini rivojlantirishdir.
Maqolada ta’kidlanishicha, O‘qituvchining pedagogik mahorati orqali o‘quvchilarda
mediamadaniyatni shakllantirish ancha samarali ekanligiga alohida urg‘u beriladi. Bugungi
kunda internet tarmog’idan foydalangan holda ta’lim berish dunyoning rivojlangan davlatlari
ta’lim tizimida allaqachon amaliyotga keng tatbiq etilgan. Maktab o‘quvchilarida
medimadaniyatni shakllantirish ularni nafaqat ta’lim jarayoniga balki, hayotga har tomonlama
tayyorlashda ham muhim o‘rin tutadi.

Kalit so‘zlar:

o‘quvchi, ta’lim, salohiyat, imkoniyat, mediataʼlim, mediasavodxonlik,

mediamadaniyat, taʼlim, multimedia, mediata’limning maqsadi, pedagogik mahorat,
kommunikatsiya.

Hozirgi kunda axborotlarning mazmunini ham, ularni ommaviy axborot tarmoqlari

orqali tarqatish usullari va yo‘llarini ham nazorat qilish amalda qiyin bo‘lib bormoqda.
Axborotning bunday aralash-quralashligi ta’sirida o‘quvchining mustaqil ravishda tafakkur
qilishi muammosi, uning qarashlarini, qadriyatlarini va ideallarini shakllanishi masalalari
o‘quvchi ongida axborot olamini tartibga solish yo‘llarini izlashni, axborot bilan muomala
qilishning yangi usul va ko‘nikmalari tizimini ishlab chiqish va shakllantirishni taqozo
etmoqda. Boz ustiga jahondagi ta’lim amaliyotida bu sohadagi izlanishlar o‘tgan asrning 70-
yillaridayoq boshlangan va, pedagogika fanida o‘ziga xos yo‘nalish – medaiata’lim paydo
bo‘lib, shakllanib bormoqda. XXI-asrda jahon miqyosida ta'limning barqaror taraqqiyotini
ta'minlovchi asosiy omil sifatida e'tirof etilib, 2030-yilgacha belgilangan Xalqaro ta'lim
konsepsiyasida sifatli ta'lim olish va ijodiy qobiliyatni rag'batlantirish dolzarb vazifa sifatida
belgilandi1. Ta'limni globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlariga moslashtirishda
rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida o'quvchi yoshlarning ilmiy dunyoqarashini
shakllantirishning mobil va ta'sirchan modellarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu esa, ta'lim jarayonida o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va o'quv
materiallarini fanlararo aloqadorlik tamoyillari asosida egallashda kasbiy kompetentlikni
orttirish muhim ahamiyat hisoblanadi. Mamlakatimizda ta'lim—tarbiya tizimini isloh qilish,
ilmiy kadrlar tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko'tarish, iqtidorli yoshlarning ilmiy
dunyoqarashini shakllantirishda integratsiyalashgan ta'limni keng qamrovda yo 'lga qo'yish
sohasida keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Ta'lim va fan sohasida
innovatsiyalarni rivojlantirish, xususan, Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlarni ham keng rivojlantirishni taqozo
qilmoqda. Negaki, bu demokratik, insonparvarlik va jamiyat qurishning muhim
omillaridandir. Xalq ta’limi tizimida uzluksizlik yuzaga keldi va u endilikda innovatsion


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

100

pedagogik va integratsion ta’lim asosida takomillashtirilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim
salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarish muhim ahamiyat kasb etib, kelajagimizning taraqqiyoti
ta’limning poydevori bo‘lgan boshlang‘ich ta’limda ilm olayotgan o‘quvchilarning ma’naviy-
axloqiy jihatdan mustahkam tarbiyalanishi, barkamol avlod bo‘lib yetishishiga ko‘p jihatdan
bog‘liq. Maktab yoshidagi o‘quvchilarni komil inson darajasiga ko‘tarishga intilish, ma’naviyat
sarchashmalaridan bahramand qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sodiq qilib
tarbiyalash davr talabi. Buning uchun o‘qituvchining o‘zi ham yetuk pedagogik mahoratga ega
bo‘lishi, yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etmog‘i lozim. Bugungi kunda ta’lim va
tarbiyaning ayni paytdagi zamonaviy bosqichida o‘qituvchining ishlash tizimi tubdan
o‘zgarmoqda va pedagogik texnologiyalar, integratsiya va innovatsiyalar amaliyotda keng
qo‘llanilmoqda.

Xususan, pedagogik amaliyotda fanlararo aloqadorlik asosida ta’lim jarayonida

integratsiyalashgan ta’limni takomillashtirish yo‘lida sezilarli izlanishlar davom etmoqda. Olib
borilayotgan ishlarning foydalilik darajasi tan olingan holda, uning tavsifi belgilab o‘tiladi.
Integratsiyalashgan dars natijalari o‘qituvchilarning ijodiy fanlari rivojida namoyon bo‘ladi.
Fanlararo integratsiya-bir necha o‘quv fanining bir-biriga taalluqli sohalarini ko‘rsatish emas,
balki integratsiyalab o‘qitish orqali o‘quvchilarga atrofimizdagi dunyoning yaxlitligi haqida
tasavvur berishdir. Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning 70 foizi ta’lim tizimida
integrativ xarakterdagi o‘quv dasturlari va darsliklardan foydalanib kelmoqda. Har bir
mamlakat ayni shu davlatning ta’lim tizimiga qo‘yilgan buyurtmaning tabiatidan kelib chiqqan
holda integratsiyaning turli darajalarini ishlab chiqqan va joriy qilib kelmoqda. Jumladan,
Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy qilingan bo‘lsa, Koreya va
Shveytsariyada integratsiyalashgan fanlar yoki alohida o‘quv predmetlari, shuningdek,
Avstraliyada integratsiyalashtirilgan fanlar, Yaponiya, Shimoliy Irlandiya, Gong-Kong va
Germaniyada ham alohida fanlar, Vengriyada madaniyat yo‘nalishidagi o‘quv fanlari, inson va
tabiat, integrativ fanlar, Niderlandiyada alohida o‘quv fanlari, Irlandiyada fan va texnika kabi
bloklarda barcha o‘quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o‘qitiladi. Mamlakatimizda ushbu
sohada dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. Chunonchi, boshlang‘ich ta’lim Miliy o‘quv dasturida
“Ona tili va o‘qish savodxonligi”, “Matematika”, “Tabiiy fanlar, “Texnologiya”, “Tarbiya” ta’lim
sohalarida belgilab berilgan. O‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini o‘stirish va tahlil qilish,
sintezlash, taqqoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirishga va shu kabi jarayonlarni
bajarishga o‘rgatish, oddiy tushunchalarni o‘zlashtirishda, o‘z mulohazalarini bayon qilishda
va xulosalar chiqarishda ularga yordam berish demak. Shunga intilish kerakki, ularning nutqi
aniq, izchil va isbotli bo‘lsin, integrativ atamalarni qo‘llashga asoslansin. Butun o‘qitish
jarayoni, agar u to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lsa, shu paytning o‘zida o‘quvchilarda mantiqiy
tafakkurni rivojlantirishga qaratilishi lozim. Xususan, mantiqiy metodlar (taqqoslash, tahlil
qilish, sintezlash, mavhumlashtirish, aniqlashtirish va umumlashtirishni) fanlararo
aloqadorlik mazmunida foydalanish orqali tushunchalar, mulohazalar, muhokamalar ustida
ishlash natijasida pedagogik jarayonni boyitadi, yanada mazmunliroq qiladi, o‘quvchilarning
har tomonlama rivojlanishiga, ta’sir darajasini kuchaytirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich
sinflarda fanlararo aloqadorlik mazmunida o‘qitish ma’lum miqdordagi bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonida muayyan fikrlash faoliyati amalga oshadi va mantiqiy tafakkur rivoj
topadi. Boshlang‘ich sinflarda fanlararo aloqadorlikni yo‘lga qo‘yishda o‘yin vositasi boshqa
hamma o‘qitish shakllaridan ustun va samarali hisoblanadi, chunki u o‘quvchilarning butun


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

101

hayotini, shaxsiy faolligini, mustaqilligini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Pedagog o‘yinni
oqilona boshqarishni, undan ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishni o‘z oldiga maqsad
qilishi zarur.

Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirishga oid ta’lim tamoyillari.

Hozirgi kunda mamlakatimiz ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim texnologiyalarga asoslangan
integratsion ta’lim tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy
faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash kabi masalalarni jahon darajasiga
chiqarish uchun ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar va
yuqori samaradorlik, ularning jahon ta’lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi
mehnat faoliyatlarida o‘zlashtirgan qobiliyatlari qay darajada amaliyotga tatbiq
qilinayotganligiga bog‘liq va bu holat ta’limdagi sifat o‘zgarishlari ijobiy yangilik kiritish
natijasida ta’limda sifat va samaradorlik ta’minlanib, innovatsion-integratsion pedagogik
jarayon vujudga kelishini namoyon etadi. Zero, o‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikni turli
fan dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida qabul qilish
lozim. Boshlang‘ich maktabda integratsion bilimlarni rivojlantirish mazmuniga doir
materiallarni tanlash tamoyillari talab etiladi. Bu esa didaktik tamoyillar asosida amalga
oshirilishi mumkin.

Shuning uchun didaktik tamoyillarga asoslangan holda, o‘quv dasturi materiallariga

qo‘shimcha qilib fanlararo aloqadorlikni ta’minlash, har bir o‘quv materialiga kerakli
miqdorda qo‘shimcha qilish mumkin. O‘quv mashg‘ulotlarida uning tizimliligi va natijaviyligi,
nazariy o‘quv materiallarining amaliyot bilan bog‘liqligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda, o‘quvchilar tomonidan berilayotgan materiallarni qay darajada
o‘zlashtira olishiga oid tushunchalar mohiyatini yoritib berishni e’tiborga olish va tahlil qilish
lozim. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan ta’lim
tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Ilmiylik tamoyili-o‘quv materiallari o‘quvchilarning
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini fanlararo aloqadorlik mazmunida boyitish kelgusi
hayoti va kasb tanlashida muhim ahamiyatga ega bo‘lishi aniqlanadi. 2. Uzviylik tamoyili -
fanlararo aloqadorlik mazmunidagi bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zaro bog‘liqligini
nazarda tutib, mazkur o‘quv fanlarining o‘quv rejadagi o‘rnida tavofut borligi aniqlanadi. 3.
Izchillik tamoyili -mazkur tamoyil asosida boshlang‘ich ta’lim o‘quv fanlari mazmunidagi
bilim, ko‘nikma, malaka va kiritilayotgan o‘quv materiallarining ketma-ketligini saqlagan
holda, fanlararo aloqadorlikka zamin tayyorlaydigan o‘quv materiallari tanlanadi. 4. Ta’lim-
tarbiyaning uzviyligi tamoyili-o‘quv materiallari mazmuni o‘quvchilarga ta’limtarbiya berish
orqali ularning tafakkurini rivojlantirish nazarda tutiladi. 5. Ergonomik tamoyili -
o‘quvchilarning aqliy, yosh fiziologik, psixologik va jismoniy rivojlanishi, tahsil olishda
o‘quvchilar tomonidan sarf etiladigan energiya nazarda tutilgan holda, o‘quv materiallari
tanlanadi. Ushbu tamoyil asosida o‘quvchilarning aqliy zo‘riqishining oldi olinadi. 6.
Tushunarlilik tamoyili-fanlararo aloqadorlikka oid saralangan o‘quv materiallari
o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim zaxiralariga mos kelishi, integratsion mazmundagi
savol-topshiriqlarni bajarishda ulardan foydalanish imkonini beradi. 7. Mantiqiylik tamoyili-
fanlararo aloqadorlik mazmunidagi bilim, ko‘nikma va malakalar hamda kiritilayotgan o‘quv
materiallarining bir-birini mantiqan to‘ldirishi, o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlarni
rivojlantirishi, o‘quvchining bilim zaxiralari asosida fanlararo va fan ichidagi bog‘lanishlarni
amalga oshirish imkonini berishi zarur.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

102

Tabiiy fanlar yosh o‘quvchilarga dunyo kengliklari va tabiat manzaralari borasida to'liq

tasavvurlarini shakllantirishga yordam beradi. Bu, ularning fizika va kimyo kabi ko'p qiziq
fanlarni o'rganishga rag'batlantiradi. Masalan, yomg'ir haqida o'rganish jarayonida, yosh
o'quvchilar yomg'irning biologik tuzilmalarini, fizik xususiyatlarini, qayerda va qanday
shaklda hosil bo'lishini (geografik xususiyatlari), yomg'irning Yerdagi o'zgarishlarga olib
kelishi, o'simliklar uchun uning foydasi to'g'risida ma'lumotga ega bo'ladi. Bu fan
"Atrofimizdagi olam"ni I—II-sinflarda, tabiatshunoslikni III-IV-sinflarda, geografiyani,
biologiyani va fizikani alohida fanlar sifatida o'qitadi. Kimyo fanining boshlang'ich
tushunchalarini ham o'rganish masalalarda muhim o'rin egallaydi. VII-sinfdan boshlab,
biologiya, geografiya, iqtisodiyot, fizika va kimyo alohida fanlar sifatida o 'qitiladi.

References:

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son-Pedagogik

ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risidagi qarori. Tabiiy fanlar bo'yicha
milliy o'quv dasturini amaliyotga joriy etish INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY.
2.

O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi "Ekologiya va atrof-

muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida" gi
PF-5024-son farmoni. 21-04-2017.
3.

Komenskiy Ya.A. Buyuk didaktika. - Toshkent: O'qituvchi, -287 b

4.

Коменский Я.А., Локк Д., Руссо Ж.Ж., Песталоци И.Г. Педагогическое наследие. -М.:

Педагогика,1989. -416 с.
5.

G‘aniyeva G.I. 3-sinflarda tabiiy fanlarni mediata’lim vositalari asosida o‘qitishga doir

dars ishlanmalari metodikasi. Uslubiy qo‘llanma.-Toshkent-Factor press, 2023.-48 b.
6.

G‘aniyeva G. I. 3-sinf o‘quvchilarida ijtimoiy tafakkurni fanlararo mediata’lim vositalari

asosida shakllantirish metodikasi // Inter education & global study. – 2024. – №8. URL.
7.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi ‘‘ Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxslararo muloqot

madaniyatini shakllantirish’’. ‘‘Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў’’ /Илимий-
методикалық журнал 2024 5/2-сан ISSN 2181-7138. Нөкис -2024
8.

Abdimannabovna, M. L. (2022). Opportunities for an Interdisciplinary Integrated

Approach to Improving the Culture of Environmental Safety. Eurasian Scientific Herald, 7, 7-
12.
9.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi and Feruza Hayitova Abdullayevna, “THE ROLE OF

PICTURES IN THE FORMATION OF STUDENTS ’CREATIVE ABILITY IN LITERACY LESSONS”,
IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 6, no. 4, p. 3, Jul. 2021.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son-Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risidagi qarori. Tabiiy fanlar bo'yicha milliy o'quv dasturini amaliyotga joriy etish INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY.

O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-apreldagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to'g'risida" gi PF-5024-son farmoni. 21-04-2017.

Komenskiy Ya.A. Buyuk didaktika. - Toshkent: O'qituvchi, -287 b

Коменский Я.А., Локк Д., Руссо Ж.Ж., Песталоци И.Г. Педагогическое наследие. -М.: Педагогика,1989. -416 с.

G‘aniyeva G.I. 3-sinflarda tabiiy fanlarni mediata’lim vositalari asosida o‘qitishga doir dars ishlanmalari metodikasi. Uslubiy qo‘llanma.-Toshkent-Factor press, 2023.-48 b.

G‘aniyeva G. I. 3-sinf o‘quvchilarida ijtimoiy tafakkurni fanlararo mediata’lim vositalari asosida shakllantirish metodikasi // Inter education & global study. – 2024. – №8. URL.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi ‘‘ Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shaxslararo muloqot madaniyatini shakllantirish’’. ‘‘Муғаллим ҳәм үзликсиз билимлендириў’’ /Илимий-методикалық журнал 2024 5/2-сан ISSN 2181-7138. Нөкис -2024

Abdimannabovna, M. L. (2022). Opportunities for an Interdisciplinary Integrated Approach to Improving the Culture of Environmental Safety. Eurasian Scientific Herald, 7, 7-12.

Ziyaqulova Maftuna Shuhrat qizi and Feruza Hayitova Abdullayevna, “THE ROLE OF PICTURES IN THE FORMATION OF STUDENTS ’CREATIVE ABILITY IN LITERACY LESSONS”, IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 6, no. 4, p. 3, Jul. 2021.