YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
63
MATASHUVCHILAR SINFINING HARAKTERLI BELGILARI, TASNIFI
ZIGNEMALILAR QABILASI
Kelsinova Jayrona Nosirjon qizi
Odilbekova Mohinur Ilhomjon qizi
Andijon davlat Pedagogika Instituti, Tabiiy fanlar fakulteti,
Biologiya yo’nalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14499929
Annotatsiya
: Ushbu tezida matashuvchilar sinfi vakillarining tuzilishi, tarqalishi,
ko’payish jarayonlari va zignemalilar qabilasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Abstract
: This thehis presents information about the structure, distribution,
reproductive processes of representatives of the class of Matashes and the Zygnemal tribe
Аннотация
: В этом тезисе представлена информация о строении,
распространении, процессах размножения представителей класса маташников и
племени зигнемальцев.
Kalit so’zlar:
Matashuvchilar, zignemalilar, konyugatsiya, fikotsian, allofitsian,
karotinoidlar, xlorofill
Key words
: Matches, Zygnemales, conjugation, phycocyanin, allophyycin, carotenoids,
chlorophyll
Ключевые слова
: Матациды, зигнеманы, конъюгация, фикоцианин, аллофициан,
каротиноиды, хлорофилл.
Matashuvchilar sinfi yashil suv o’tlari bo’limiga mansub o’simliklar hisoblanadi. Bu sinf
vakillari yashil suv o’tlarining orasida eng yirikligi va chuchuk suvlarda tarqalganligi bilan
harakterlanadi. Ularning ko’pchilik turlari bir hujayrali simmetrik tuzilgan. Ayrimlari esa
doira shaklida tuzilgan bo’lib, diametri 10 mkm, tayoqchasimonlarining uzunligi esa 1 mm va
undan ham uzunroq bo’ladi. Zignemalilar qabilasiga mansublarida esa hujayraning eni 3-150
(200) mkm, uzunligi 2 marta kichik yoki 20 va undan ko’p marta uzun bo’ladi.
Matashuvchilar sinfining hujayrasi tarkibida xlorofill “a”, karotinoidlar va ko’k rang
beruvchi pigmentlar-fikotsian,allofitsian hamda qizil rang beruvchi fikoeritrin pigmentlari
bo’ldi.pigmentlar qo’shilishi nisbatiga qarab ko’k yoki yashil rang bo’ladi.
Bu sinfga bir hujayrali kokkoid va oddiy ipsimon, shoxlanmagan suvo’tlar kiradi.
Ularning harakterli belgisi rivojlanish siklida harakatchan stadiyasining yo’qligi va jinsiy
ko’payishida oogamiyaning o’ziga xos ko’rinishi ikki vegetativ hujayralarning o’zaro
qo’shilishi yoki “matashish” (konyugatsiya) hisoblanadi. Matashish jarayoni har xil vakillarida
o’ziga xos ko’rinishda amalga oshadi. Ko’pchilik ipsimon vakillarida yonma-yon joylashgan
iplar orasida qator o’simtalar bo’lib, hujayralar sitoplazmasi biridan ikkinchisiga o’tadi va
zigota hosil bo’ladi.O’simtalar bir ipdagi hujayralar orasida ham yuzaga kelishi mumkin. Hosil
bo’lgan o’simta kopulyatsion kanal ichida yuzaga kelish hollari ham uchrab turadi.
Matashuvchilarda jinssiz ko’payish uchramaydi. Matashishdan tashqari tallomi bo’laklarga
bo’linib, vegetativ yo’l bilan ko’payishi mumkin. Matashuvchilarning tartiblarga bo’linishiga
asos qilib tallomining tuzilishi va zigotalaridan o’sib chiqadigan o’simtalarining soni olingan.
Hujayralarining shakli turli-tuman ko’rinishda bo’ladi. Ko’pchilik turlarida
hujayralarining o’rtasida turli chuqurlikdagi o’yiq bo’lib, ikkita yarimtadan iboratga o’xshash
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
64
ko’rinishni hosil qiladi. Bunday holat
Desmidiales
tartib suvo’tlariga xos. Matashuvchilar
orasida ipsimon tuzilganlari ham ko’p uchraydi.
Hujayra po’sti bir yoki ikki qavat bo’ladi. Matashuvchilar bir yadroli bo’lib, yadrosi
xloroplast bilan bog’langan va hujayrani to’la egallab turadi. Xloroplastlarining shakli turlicha
tuzilgan bo’lib, doimo pirenoidli. Fotosintez mahsulotlari sifatida kraxmal, undan tashqari
Zygnematales
tartibli suvo’tlarining hujayralarida moy, oshlovchi kabi moddalar to’planadi.
Matashuvchilar sinfi vakillari ko’payishida xivchinli bosqich kuzatilmaydi.Ularda jinssiz
ko’payish bosqichi bo’lmaydi faqat jinsiy konyugatsiya orqali ko’payadi.
Zignemalilar
ning 700 ga yaqin turlari mavjud, bu hali ham aniq ko’rsatkichlar emas
chunki ularning yangi turlari topilmoqda. Ular yam-yashil tusda bo’ladi. Tallomi ipsinmon
bo’lib, bir xil tuzilgan to’g’ri to’rtburchak shakldagi o’zaro tig’iz joylashgan hujayralardan
tashkil topgan.Uzunligi esa bir necha millimetrdan 8-10 santimetrgacha boradi.
Hujayrasi ikki qavat yupqa po’st bilan o’ralgan bo’lib, ichki qavati sellyulozali, tashqisi
esa xlor,rux,yod eritmasidan sariq tusga kiradigan pektin moddasidan iborat.
Zignemalilar hujayrasidagi xloroplastning shakli, ularning joylanishi, turkumlarga
ajratishda muhim belgi bo’lib hisoblanadi. Xloroplasti yassi yaproq, yulduz, spiral, buralgan
tasma ko’rinishlariga ega, pirenoidlari bitta yoki bir nechtadan.
Zignemalilarda jinsiy ko’payishning narvonsimon va yonbosh ko’rinishlarida ro’y berishi
harakterli hisoblanadi. Zignemalar yumaloq, cho’ziq yumaloq ba’zan linzasimon shakllarga
ega bitta ip ko’rinishida unadi.
Xulosa
qilib aytganda Matashuvchilar sinfining asosiy ahamiyati suv havzalarining
ekologik muvozanatini ta’minlashda, shuningdek, fotosintezz orqali kislorod ishlab
chiqarishda katta ro’l o’ynaydi. Shu bilan birga, bu suvo’tlari zanjirida oziq manbai sifatida
xizmat qiladi.
References:
1.
SH.TOJIBOYEV, N. QARSHIBOYEVA “MIKOLOGIYA, ALGOLOGIYA”, Jizzax”Sangzor”
nashriyoti 2014
2.
Л. Л. ВЕЛИКАНОВ “ТУБАН УСИМЛИКЛАР” Toshkent 1995
3.
https://arxiv.uz sayti