Авторы

  • Oydinoy Joʻrayeva
    Andijon Davlat Pedagogika instituti Biologiya yoʻnalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61809

Ключевые слова:

Algalogiya yashil suvo’tlar ko’k-yashil suvo’tlari qizil suvoʻtlar qoʼngir suvoʼtlar tillarang suvo’tlar sariq-yashil suvoʻtlar diatom suvo’tlar perrofit suvoʻtlari evglena suvoʻtlari monad struktura kokkoid struktura plastinkasimon struktura sifonal struktura.

Аннотация

Ushbu tezisda suvoʻtlarining ekologiyasi va tabiatdagi ahamiyati, oʻziga xos xususiyatlari haqida maʼlumot berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

36

SUVOʼTLAR EKOLOGIYASI VA AHAMIYATI

Joʻrayeva Oydinoy

Andijon Davlat Pedagogika instituti

Biologiya yoʻnalishi talabasi

oydinoyjorayeva386@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14498785

Annotatsiya.

Ushbu tezisda suvoʻtlarining ekologiyasi va tabiatdagi ahamiyati, oʻziga

xos xususiyatlari haqida maʼlumot berilgan.

Kalit soʻzlar

. Algalogiya, yashil suvo’tlar, ko’k-yashil suvo’tlari, qizil suvoʻtlar, qoʼngir

suvoʼtlar, tillarang suvo’tlar, sariq-yashil suvoʻtlar, diatom suvo’tlar, perrofit suvoʻtlari,
evglena suvoʻtlari, monad struktura, kokkoid struktura, plastinkasimon struktura, sifonal
struktura.

Suvoʻtlarini algalogiya fani oʻrganib, tuban oʻsimliklar orasida turlarga boyligi jihatidan

zamburugʻlardan keyingi oʻrinda turishi oʻrganilgan. Suvoʻtlari dunyo okeani biomassasining
80% ini hosil qilib dunyo okeani hayvonlarining asosiy ozuqa manbai vazifasini bajaradi.
Bundan tashqari fotosintez jarayonini amalga oshirib suv muhiti uchun, suvdagi hayot uchun
1.5 trillion tonna kislorod ishlab chiqaradi. Suvo’tlari morfologik tuzilishiga ko’ra bir necha
turga bo’linadi. Bularga monad struktura, ko’kkoid struktura, ipsimon struktura, har xil
ipsimon-geterotrixial struktura, plastinkasimon struktura, sifonal struktura, sifonoklodial
ipsimon struktura, rizopodial struktura va palmelloid strukturaga bo’linadi. Masalan: kokkoid
strukturali suvo’tlari bir hujayrali yoki kollonial tuzilishga ega bo’lib, vegetativ davrida
harakatsiz bo’ladi. Suvoʼtlar asosan 9 ta katta boʻlimga boʻlinadi. Bular koʻk-yashil suvoʻtlari
(Cyanophyta), qizil suvoʻtlar (Rhadophyta), qoʼngir suvoʼtlar (Phalophyta), sariq-yashil
suvoʻtlar (Xanthophyta), diatom suvoʻtlari (Bacillariophyta), perrofit suvoʻtlari (Pyrrophyta),
yashil suvoʻtlar (Chlorophyta), tillarang suvoʻtlar (Chrysophyta), evglena suvoʻtlari
(Euglenophyta)dir. Bu boʻlimlar hammasi alohida sinf, tartib, turkum va turlarga boʻlinadi.
Masalan koʻk-yashil suvoʻtlari 3ta sinfga boʻlinadi:

1-Xrokoksimonlar sinfi (Chrococlophyceae)
2-Xamesifonsimonlar sinfi (Chamesiphonophyceae)
3-Gormogonsimonlar sinfi (Hormogoniophyceae)dir.
Bu suvoʻtlari tarkibida turli xil moddalarni, pigmentlarni saqlaydi. Bu modda va

pigmentlarga xlorofill "a", "b", "c", "d", neoksantin, lyutein, fukoksantin, karontin, ksantofill,
fikotsian kiradi. Zahira modda sifatida kraxmal saqlanadi. Suvo‘tlar tabiatda kislorod ishlab
chiqaruvchi asosiy manbalardan biri bo‘lib, oziq zanjirida muhim o‘rin egallaydi. Inson
hayotida ular tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida bioyoqilg’i sifatida va suvni tozalashda
qo‘llaniladi. Suvoʻtlari yashash muhitiga koʻra quruqlikda va suvlikda yashaydiganlariga
bo’linadi. Suvoʻtlari ekologik jihatdan turli xil mintaqa va iqlimlarda oʻsishga moslashgan.
Daryolarda, daryolarning chuqur qatlamlarida, organik moddaga boy suv havzalarida, toza,
tiniq va iliq suv havzalarida, hovuzlarda va hattoki ifloslangan suvlarda ham oʻsishga
moslashgan. Masalan diatom suvoʻtlari harorati va kimyoviy tarkibi har xil boʻlgan dengiz va
okean suvlarida, chuchuk suvlarda bentos va plankton organizm hisobida hayot kechiradi.
Suvo‘tlari — tabiatda uchraydigan eng ajoyib va foydali mahsulotlar hisoblanadi. Suvo‘tlari
noyob foydali moddalarga juda boy bo‘lgani tufayli ular keng ko‘lamli foydali xususiyatlarga
ham egadir. Suvo‘tlarining foydali xususiyatlari. Qonni tozalash: Suvo‘tlarining kimyoviy


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

37

tarkibi odam qoni plazmasi bilan juda o‘xshash, shuning uchun suvo‘tlari qonni tozalash va
undagi balansni muvozanatlash xususiyatiga ega. Kalsiy manbai: Suvo‘tlarida sutdagidan 10
marta va go‘shtdagidan esa 8 marta ortiq kalsiy moddasi mavjud. Ishqorlanish: Suvo‘tlari
kislotalilikni me’yorda saqlagan holda qonning ishqorlanishini oshirish xususiyatiga ega.
Suvo‘tlari tarkibida saraton kasalligining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, antioksidant
xossasiga ega bo‘lgan lignan (fitogormon)lar mavjud. Dengiz karami (Laminariya). Bu
jigarrang suvo‘ti ko‘pincha okean qirg‘oqlarida uchraydi. Uni an’anaviy Osiyo taomlarida ko‘p
ishlatishadi. Lekin, laminariyaning foydali samarasini qo‘shimcha ozuqalardan olsa ham
bo‘ladi. Qizil suvo’tlari. Suvo‘tlarining bu turini butun holida yoki yorma ko‘rinishida sotib
olish mumkin. Yorma ko‘rinishidagi suv o‘tlarini salatlarga, sabzavotli garnirlarga va
sho‘rvalarga qo‘shsangiz bo‘ladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki suvo’tlari inson hayotida va tabiatda juda katta o’rin

tutadi. Suvo’tlari suv muhiti uchun kislorod mabai, suv hayvonlari uchun ozuqa manbai
hisoblanadi.Tarkibida turli xil moddalarni saqlaydi. Suvo’tlarning ekologiyasi haqida gap
ketadigan bo’lsa ular turli xil muhitda, turli xil sharoitda yashashga moslashgan.

References:

1.

Botanika. Tuban o'simliklar. Tojiiboyev SH.pdf

2.

Tuban o'simliklar (L.Velikanov va boshq.) pdf

3.

https://daryo.uz/2017/04/10/suv-otlari-suvosti-dunyosining-inson-uchun-foydasi

4.

https://t.me/tabiiyfanlar_elektronkutubxonasi

Библиографические ссылки

Botanika. Tuban o'simliklar. Tojiiboyev SH.pdf

Tuban o'simliklar (L.Velikanov va boshq.) pdf