YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
34
BARGNING MORFOLOGIK VA ANATOMIK TUZILISHI VA XILLARI
Ikromova Shaxriniso Nizomiddin qizi
ADPI Biologiya yo'nalishi 101-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14498777
Annotatsiya.
Ushbu tezisda bargning ichki va tashqi tuzilishi to‘g‘risida ma’lumot
beriladi. Barg o‘simliklarning asosiy qismi bo‘lib, unda fotosintez jarayoni kechadi. Bu
jarayon bargning qizib ketmasligini oldini oladi. Barglarni oddiy va murakkab xillari
farqlanadi. Shunga ko‘ra ularning novdada joylanish ketma ketligi ham, tomirlanish turlari
ham turli xilda bo‘ladi.
KALIT SO‘ZLAR;
Barg, Metabolizm, Fotosintez, Barg plastinkasi, Geterofiliya,
Kislorod, Karbonat angidrid, Ustunsimon hujayralar, Barg og‘izchalari, Transpiratsiya, Barg
tomirlari.
KIRISH.
O‘simliklarni barglar katta sathini tashkil etadi. Yashil barglar sathini
asosiy vazifasi fotosintez, transpiratsiya [suv bug‘latish], gazlar almashinuvidan iborat.
Barg yassi shaklga ega uning ustki va ostki tomonlari dorzoventral [lot. Dorzo-orqa ,
venter-qorin] tuzilgan. Suv transpiratsiya tufayli poya orqali yuqoriga ko‘tarilib turadi va
shu sababli o‘simliklardagi tirik hujayralar suv bilan taminlanib turgor holat saqlanib
turadi. Bundan tashqari transpiratsiya jarayoni o‘simliklarni qizin ketishdan saqlaydi.
Barg sathini ortishi yorug‘likni ko‘proq tushishiga, gazlar almashinuvini kuchayishiga va
suvni bug‘latishga bo‘lgan moslanishdir. Bu moslanish uzoq davom etgan evolutsiya
jarayonida o‘simliklarni muhitga moslanishi natijasida vujudga kelgan. Yetilgan tipik barg
uch qismdan; barg [ plastinkasi , barg bandi va barg asosi [tag qismidan] iborat]. Kuzga
to‘kiladigan barglar plastinkasining eng xususiyatli tomoni shundan iboratki, u yassi
shaklda, dorzoventral tuzilishda bo‘lib, uning o‘sishi cheklangan. Bargning katta kichikligi
har xil, eng yirik barg rafiya deb atalgan, patsimon bargli daraxtlarda 15-20m, Janubiy
Amerikaning tropik qismida ayniqsa, Amazonka daryosi havzalarida ko‘p tarqalgan.
Viktoriya regiya bargining diametri 2 metrgacha, eng kichik barg volfiyada bir necha sm
gacha yetadi.
ASOSIY QISM:
Barglarning asosiy vazifasi fotosintez, transpiratsiya, gaz almashinish.
Bu jarayonlar asosan barg plastinkasida sodir bo‘ladi. Barg plastinkasi bilan barg asosi
o‘rtasida barg bandi joylashgan. Uning shakli slindirsimon, yassi, uzun [yong‘oqda], qisqa
[tolda] bo‘ladi. Novdaga bandlari orqali birikkan barglar bandli barglar deyiladi. Bargning
fotosintez qiladigan sathi yaproqning shakli va kattaligiga bog‘liq . Yapoqning yassi
bo‘lishi bargning fotosintez qiladigan yuzasi sathini oshiradi. Barglar oddiy va murakkab
bo‘ladi. Oddiy barg bandida bitta, murakkab barg bandida bir necha yaproq bo‘ladi.
Oddiy barg yaprog‘ining shakliga ko‘ra yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, to‘g‘ri
chiziqli, ninasimon, yuraksimon, doirasimon...... va boshqa xillarda bo‘ladi. Qirrasini
tuzilishiga ko‘ra tekis qirrali, tishli, kungurali. 1mm2 barg yuzasida og‘izchalar soni
40dan 500gacha, bazan undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina o‘simliklarda esa
bargning asosi tarnovga o‘xshab kengaygan bo‘lib poyani bir qismini o‘rab oladi va barg
navi yoki barg g‘ilofi deyiladi. Barg g‘ilofi bir urug‘ pallali [bug‘doydoshlarda] va ba’zi
ikki pallali [ziradoshlarda] uchraydi. Barg g‘ilofi tiniq, shaffof parda [po‘stli] li yoki
qo‘ng‘ir, kulrang bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik o‘simliklarda barg bilan poyaning
qo‘shiladigan joyida ya’ni barg bandini asosida bir juft alohida o‘simtalar chiqadi,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
35
bularga yon bargchalar deb ataladi. Yon bargchalarning shakli pardaga, qobiqqa, mayda-
mayda bargchalarga qiltanoq va ba’zan haqiyqiy barglarga o‘xshaydi. Yiriklashgan
yonbargchalar fotosintez vazifasini bajaradi [masalan, no‘xat astradoshlarning ko‘pchilik
vakillarida]. Barg shakllari. Barglar har xil shakllarda bo‘ladi. Barg oddiy va murakkab
xillarga bo‘linadi. Barglarning tomirlanish sistemasi; O‘simliklarda barg plastinkasining
tomirlanish sistemasi barg bandi va poyaga ketadigan nay, tola bog‘lamlaridan iborat
bo‘lib ular orqali suv, mineral tuzlar va organik moddalar harakatlanadi. Suv va mineral
tuzlar barglardagi hujayralarga tomon, organik moddalar esa doimo barglardagi
hujayralrdan poyaga tomon harakat qiladi. Tomirlanish sistemasi barg plastinkasida har
xil; dixotomik, parallel yoki yoysimon va panjasimon yoki to‘rsimon shaklda bo‘ladi.
Geterofiliya [yunon. Geteros-turlicha, har xil, fillion-barg ]-biror o‘simlik novdasidagi
yoki poyasidagi barglarni har xil shaklda bo‘lishiga gterofiliya deb ataladi. Bu ayniqsa
suvda o‘suvchi o‘simliklarda ko‘ tarqalgan chunki, ularni suv ostidagi barglari qirqilgan
yoki uzun lentasimon bo‘lsa , suvning yuzasidagi barglari butunlay boshqacha shaklda
bo‘lishligi bilan farq qiladi [suv ayiqtovoni, o‘q barg]. Ekologik sharoit tasirida hosil
bo‘ladigan geterofiliya hodisasini xonalarda o‘stirildigan Avstraliya akatsiyasi misolida
ko‘rish mumkin. Namlik yetarli bo‘lganda unib chiqqan o‘simtaning urug‘pallalaridan
keyin rivojlangan juft patsimon barglari, fillodiy [yunon. Fillion-barg, eydos-qiyofa] deb
ataladigan bargga o‘xshagan keng barg bandida hosil bo‘ladi. Geterofiliya tut, evkalipt,
yovvoyi nok kabi quruqlikda o‘suvchi o‘simliklarda ham ko‘rinadi.
References:
1.
w.w.w.arxiv.uz
2.
“Botanika [morfologiya, anatomiya, sistematika, geobotanika]”
3.
The Editors of Encyclopaedia Britannica