YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
48
MAHMUD QOSHG’ARIYNING “DEVONI LUG’ATIT TURK” ASARIDAGI AYRIM
SO’ZLARNING HOZIRGI KUNDA ISHLATILISHI
Marjona Bahodirova Ilhom qizi
TerDU O’zbek filologiyasi fakulteti, 2-kurs
https://doi.org/10.5281/zenodo.14676631
ANNOTATSIYA:
Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” asari tilshunoslikka atab
yozilgan. Bu asar faqat tilshunoslik yo’nalishi bilan cheklanib qolmasdan, balki adabiyotga oid
materiallar va Markaziy Osiyodagi qabilalar tarixini ham o’z ichiga olgan. Qoshg’ariy asarni
1074-yilda yozib tugatgan. Asarning eng muhim jihatlaridan biri unda sof turkona so’zlarning
ishlatilganidir.Ushbu maqola “Devoni lug’atit turk” asari haqidagi ma’lumotlar va undagi
so’zlarning hozirgi kunda qo’llanilishiga qaratilgan.
Kalit so’zlar:
Mahmud Qoshg’ariy, turkona, atama, tilshunoslik, til, devon, etimologiya,
arxaik so’zlar, lug’at.
АННОТАЦИЯ:
Для лингвистики был написан труд Махмуда Кашгари «Девони
Лугатит Тюрк». Этот труд не ограничивался направлением языкознания, но включал
также материалы, связанные с литературой и историей племен Средней Азии. Кашгари
закончил написание произведения в 1074 году. Одним из важнейших аспектов
произведения является использование в нем чисто тюркских слов. В данной статье
основное внимание уделяется сведениям о произведении «Девони Лугатит Тюрк» и
употреблению слов в нем в наши дни.
Ключевые слова:
Махмуд Кашгари, Туркана, термин, Лингвис-тика, язык, Девон,
этимология, архаичные слова, словарь.
ABSTRACT:
Mahmud Kashgari's work "Devoni Lugatit Turk" was written for linguistics.
This work was not limited to the direction of linguistics, but also included materials related to
literature and the history of tribes in Central Asia. Kashgari finished writing the work in 1074.
One of the most important aspects of the work is the use of pure Turkic words in it. This article
focuses on the information about the work "Devoni Lugatit Turk" and the use of the words in it
today.
Keywords:
Mahmud Kashgari, turkish, term, linguistics, language, devan, etymology,
archaic words, dictionary.
Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asari o’zbek tilshunosligi fanini boshlab
berdi. U bu asari ustida uzoq yil ishlagan. Yuqori Chindan tortib butun Movaraunnahr, Xorazm,
Farg’ona va Buxaro qadar cho’zilgan keng hududni kezib chiqib, bu yerda yashagan
qabilalarning turmush tarzini, turar joylarini, tillarini o’rgangan. Mahmud Qoshg’ariy XI asrning
2-yarmida lug’at yozish ibtidosini boshlab bergan ya’ni aynan mana shu asrda “Devoni lug’atit
turk” asarni yozgan.Ushbu asar turkiy xalqlar tarixidagi dialektologik, izohli, etnografik
,tarixiy-etimologik lug’atlarning barcha unsurlarini qamrab oluvchi asardir.Bu asar jahon
tilshunos olimlari e’tiborini tortgan qadimiy asarlardan biridir.Asar faqat lug’at yozish bilan
cheklangan desak yanglishgan bo’lamiz,negaki unda o’sha davrda yashagan xalqlarning
turmush tarzini va madaniyatini ham yoritib bergan.Qoshg’ariy haqidagi ma’lumotlar ham
aynan uning asarlari orqali bizgacha yetib kelgan.
“Devonu lug’atit turk” asari 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakir shahrida topilgan. U uch
tomdan iborat bo’lib, 1915-1917-yillarda Istanbul shahrida nashr etilgan.Olim S.Mutalliboyev
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
49
asar tarjimasi ustida samarali ishlab,uni 1960-1963-yillar davomida uch tomda o’zbek tilida
nashr qildirdi.
Mahmud Qoshg’ariyning bu asari kirish va lug’at qismidan iborat. Muallif asarning kirish
qismida “Devonu lug’atit turk”ning yaratilish sabablari,o’z ish uslubi,asarning tuzilishi,turkcha
so’zlarning tuzilishida qo’llanadigan harflar,turkiy qabilalarning bayoni,turk tilining
xususiyatlari, tilda va lahjalarda bo’ladigan farqlar haqida aytib o’tadi. Asarning lug’at qismida
7500 so’z sakkizta bo’limga ajratib izohlanadi. Mahmud Qoshg’ariy turkiy tillar qurilishini
tasvirlashda qiyosiy usuldan foydalangan.[1;36]
Shuni ham aytish joizki, turkiy qabila va xalqlarning eng qadimgi og’zaki adabiy
yodgorliklarini o’rganishda “Devonu lug’atit turk” dagi adabiy materiallar katta ahamiyatga ega.
Asardagi og’zaki adabiyot namunalarining ko’pi mavsum qo’shiqlari va peyzaj lirikasi janrlariga
kiradi.Bular qadim zamonlardagi kishilarning tabiat hodisalari haqidagi tushunchasi va bu
hodisalarga munosabatini ifodalaydi.
Asardagi so’zlarga nazar tashlasak, ularning sof turkona ekanligini tezda fahmlaymiz.
Aynan shuning uchun ham u turkiy tillar o’tmishini yorituvchi o’xshashi yo’q asar hisoblanadi.
Mahmud Qoshg’ariy asaridan o’rin olgan turkiy so’zlar bugungi kunda ham saqlanib qolgan
bo’lib, tilimizda unchalik o’zgarmasdan shundayligicha ishlatilib kelinmoqda. Bunga misol
keltiradigan bo’lsak, “un-un, tovush, ovoz, sado”; gapirish, kuylash, qichqirish, yig’lash va shu
kabilar vaqtida yuzaga keladigan va eshitish a’zolari qabul qila oladigan hodisa; qozoqlar
“dibis” turklar esa “ses” deb ishlatadigan “un” so’zi bugungi kunda badiiy san’atimizda ko’proq
ishlatiladi.
Mahmud Qoshg’ariyning asarida “tilku” ya’ni “tulki” so’zi ham ko’zga tashlanadi. Bu so’z
bilan xalqimiz qiz bolaga kinoya qilganlar.Biron xotin tug’ganda doyadan “tilkumi tug’di azu
bo’rimu – tulki tug’dimi yoki bo’rimi” deb so’ralgan.Ya’ni qizmi yoki o’g’ilmi degan ma’noda
ishlatilgan.Qizlar aldoqchi va yalinchoq bo’lganlari uchun tulkiga, o’g’il bolalar botir bo’lgani
uchun bo’riga o’xshatilgan. [2;404]
Bu an’ana turkiylarning ko’pchiligida, ayniqsa, qozoq, tatar, ozarbayjon va turklarda
deyarli saqlanib qolmagan, biroq bu usulda so’rash o’zbeklarning odat tusiga kirgan.
Quyida “Devonu lug’atit turk” da o’rin olgan, biroq o’zbekcha o’girmalarida unchalik aniq
berilmagan yoki ko’zdan qochirilgan eski turkcha so’zlarning o’zbek tili va shevalarida qay
yo’sinda saqlanib qolganiga y undoshi bilan boshlanuvchi ayrim so’zlarga to’xtalib o’tamiz:
1. “yapitti – yopdi, berkitdi; er qapug’ yapitti – kishi eshikni yopdi” [3;344]. Bu so’z hozirgi
vaqtda ham shevalarda uchrab turadi. Bundan tashqari asarda bu so’z boshqa ma’nolarda
“qo’ydi, yopishtirdi, qurdi” degan ma’noda ishlatilgan.
2. “yazdi – yechdi; ol tugun yazdi – u tugunni yechdi”[3;344]. “Yazdi” so’zi asarda yana
boshqa ma’nolarda ham kelgan ya’ni “yozdi, bitdi, adashdi, urayozdi, xato qildi” kabi so’zlar
o’rnida ham qo’llangan. Biroq hozirgi kunda tilimizda “yozdi – xat yozdi “ shakli ishlatiladi.
3. “yugurdi – yugurdi; er yugurdi – kishi yugurdi”[3;347]. Bu so’z hozirgi kunda ham
tilimizda hech qanday o’zgartirishlarsiz tilimizda ishlatilib kelinmoqda. Boshqa turkiy
xalqlarda ham xuddi shunday usulda qo’llanib kelmoqda.
Undap ulug’ taparu
Tavraq kelip yugurgil.
Qurg’aq yilin bodun ko’r
Qanda tusar quid il.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
50
Aytmoqdaki: Seni katta yoshli odam chaqirsa,unga chopib bor. Ochlik yillarida xalqing
qayerga borishini kuzat,u qayerga borsa, sen ham o’sha yerga bor. Xalqingga kelgan har qanday
musibatni u bilan birga kechir.
4. “yeling – el ko’p esadigan yer; bu yelin kun – bugun shamolli kun”[3;449]. Hozirgi kunda
bu so’zning ishlatilishi juda keng va bir necha ma’nolarda ishlatiladi. Masalan, shamol
ma’nosida,dam, havo,gaz ma’nosida,yelga uchmoq,bekor ketmoq ma’nolarida qo’llanadi.
Asosan, bu so’z badiiy uslubda ishlatiladi.
5. “yabang – qumli yer; Bu shunday qumki, unga molar oyog’i botib qolib chiqarish qiyin
bo’ladi[3;449]. Bu so’z hozirgi vaqtda bizning tilimizda saqlanib qolmagan. Qoshg’ariy bu so’z
bilan cho’ldagi qumliklarni tasvirlagan.j
6. “yenak – havo; [3;447] Sof turkona bu so’z afsuski bugungi kunda tilimizda
ishlatilmaydi.
7. “yung – jigarga yaqin joylashgan, unga tutagan bezli go’sht. Uni erkaklar yemaydi,
ayollar yeydi.[3;445]. Asarda “yung, tuya yoki qo’yning yungi, paxta” ma’nolarida ham
qo’llangan. Bu so’zning “paxta” ma’nosi arg’u, yag’mo va qarluq kabi xalqlar tilida ishlatilgan.
Bugungi kunda faqat yung ya’ni biror narsaning yungi ma’nosida qo’llanadi.
8. “yelimladi – yelimladi; yopishtirdi; oldinroq ketmoq; ol oq yelimladi – u o’qqa pat
yopishtirdi; ol yolug’ yelimladi – u yo’lda yov pistirmasi yoki ayg’oqchisi bor-yo’qligini bilish
uchun askarlardan oldinroq ketdi [3;437]; Asarda yana “yelimlar, yelimlamak “kabi shakli ham
uchraydi. Bu so’zni xalqimiz hech qanday o’zgartirishlarsiz hozirgi kunda ham ishlatib
kelmoqda.
9. “yag’iladi – dushmanlik qildi; jang qildi[3;434]; ol ani yag’iladi – u unga dushmanlik
qildi; er yag’i yag’iladi – er yov bilan jang qildi;bu so’z asarda “yag’ilar, yag’ilamoq” shakllarida
ham kelgan. Hozirgi kunda bu so’z yog’i ya’ni dushman ma’nosida ishlatiladi.
10. “yupiladi – aldadi; avramoq; ol ani yupiladi – u uni aldadi; She’rda shunday deydi:
Tanut xani yupiladi,
O’lum birla topuladi.
Qadaslari tabaladi,
O’lum ko’rup yuzi ag’di.
Aytmoqdaki: Tanut xoni Qatunsining xonini avradi, unga to’satdan zarba berdi.
Yengilganini ko’rgan qarindoshlarining ori keldi,bu xolga yov sevindi.O’lim vahmi yuzlangach,
yuzlarining rangi o’chdi[3;433]. Bu so’z boshqa turkiy xalqlarda ham uchraydi. Misol uchun,
qipchoq tilida ‘yupilar, yupilamoq” shaklida uchraydi. Boshqa turklar ham ko’p qo’llaydilar.
Ular “hiyla” ma’nosida “yap, yup” shaklini qo’llaydilar, bundan fe’l yasalmaydi. Ko’rib
o’tganimizdek, Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’atit turk” asaridagi ko’plab so’zlar
kundalik hayotimizda qo’llanib kelmoqda va asarda qanday bo’lsa shunday ko’rinishda
tilimizda saqlanib qolgan. Ba’zi so’zlar esa
bugungi kunda so’zlashuvda qo’llanmasligi yoki ularning o’rnida yot so’zlarning
ishlatilayotgani hollari ko’p. Shunga qaramay asarda keltirilgan so’zlar bugungacha yetib
kelgani turkiy tillarning qanchalik kuchga, teran ildizga ega til ekanini ko’rsatadi. Ming afsuski
bugungi kunda xalqimiz boshqa tillardan so’z o’zlashtirayotgani sababli ana shunday sof
turkona so’zlar yo’qolib bormoqda. Turkiy so’zlarimizning arxaik so’zlarga aylanib qolishi bu
juda achinarli holatdir. Bizning tilimiz o’z o’zidan paydo bo’lib qolgani yo’q uning rivojlanishi
uchun ko’plab ajdodlarimiz mehnat qilishgan. Jumladan, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
51
Bobur, Mahmud Qoshg’ariy, Abdulla Qodiriy va boshqa shu kabi bobolarimiz tilimizning rivoji
uchun o’z hissalarini qo’shishgan.
References:
1.
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, R.Raupova, M.Qurbonova, M.Abuzalova, D.Yo’ldosheva
“Hozirgi o’zbek tili”Toshkent, 2017-yil.
2.
Devonu lug’atit turk 1960, I- Mahmud Qoshg’ariy “Turkiy so’zlar devoni”/Tarjimon va
nashrga tayyorlovchi S.M.Mutalliboyev.1-tom. – Toshkent:Fan, 1960.
3.
Mahmud Qoshg’ariy “Devonu lug’ati-t-turk”/ Nashrga tayyorlovchisi Qosimjon Sodiqov. –
Toshkent:G’.G’ulom nomidagi nashiriyot- matbaa ijodiy uyi, 2017.
4.
Natan Mallayev “O’zbek adabiyoti tarixi” “O’qituvchi” nashriyoti – 1965.
5.
Nasimxon Rahmonov “O’zbek adabiyoti tarixi” o’quv qo’llanma “Sano-standart”
nashriyoti. Toshkent - 2017.
6.
K. Marqayev “O’zbek etnonimlari. - Qarshi:Intellekt, 2021.