YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
124
JAHON ADABIYOTIDA TUN VA TONG DIALEKTIKASINING QIYOSIY TAHLILI
Toshqulova Zebiniso Baxriddin qizi
Termiz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14586321
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tun hamda tong dialektining jahon adabiyotida, ya’ni ingliz
va rus adabiyotidagi konseptlari tahlil qilindi. Bu ikki dialekt har bir xalq madaniyati bilan
chambalchars bog‘liq holda ma’no anglatishi, qadimgi davr adabiyotida bu so‘zlarning ma’nosi,
urf-odat, diniy qarsh bilan bog‘liqligi va romantizm davrida esa bu tushunchalar umuman
boshqa ma’nolar ask ettirishga xizmat qilganligi yoritildi.
Kalit so‘zlar:
Tun, tong, ingliz adabiyoti, rus adabiyoti, urf-odat, konsept, xalq madaniyati,
dialekt, adabiyot, tasvir, vosita.
Tun va tong tasviri har bir xalq hayotida mavjud bo‘lgani kabi har bir xalq adabiyotida
ham namoyon bo‘ladi. U o‘sha xalq adabiyotida mavjud bo‘lgan tasvir vositalaridan biri
sanaladi. Bu tasvir vositalari turli xalqlarda turli g‘oyalarni ilgari suradi, yoki turli ma’no
ottenkalarini beradi. Shuni hisobga olgan holda biz tun va tong dialektlarini jahon va o‘zbek
adabiyotida quyidagicha tadqiq qilamiz. Rus adabiyotida tong hamda tun dialekti o‘zining
ifodasini topgan bo‘lib, yozuvchi va shoirlar ijodida bu ikki dialektning o‘rin olishi badiiylikning
yuksak cho‘qqisi sifatida adabiyotda baholangan.
“Tun” dialekti va uning konsepti rus romantik adabiyotida eng yuksak semantik ma’no va
ahmiyatga ega sanaladi va bu vosita tarzida matnda namoyon bo‘lib, ko‘pchilikda ushbu
mavzuga va uning semantikasiga qiziqish uyg‘otgan. Rus adabiyotida “Tun” konsepti tunning
individual, emotsional-ekspressiv tavsiflaridan biri sanaladi. Bu so‘zning vazifasi esa
badiiylikdan ko‘ra ko‘proq ahamiyat kasb ettiradi. Rus adabiyotida tun portreti emotsiya bilan
to‘yingan baddiy tasvir orqali badiiy adabiyotning nasri va nazmida sintezlanadi. Rus
adabiyotida, bundan tashqari, tun dialektining konsepti majburiy xususiyatlik aks ettiradi.
Bular: “Hayot va O‘lim” mavzulariga personajlar tomonidan yoki lirik qahraman tomonidan
murojaatdir. Tun konseptining “O‘lmaslik” semasi rus adabiyotida Yung Eduard tomonidan
kiritilgan bo‘lib, K.N.Batyushkov, A.S.Pushkin, A,X,Vostokov, N.I.Gnedich, M.N.Murayvoy,
N.M.Karamzin, A.P.Sumarokov va bir qator rus yozuvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.
Rus adabiyotida oqshom, tun, kecha tasviri quyidagi shakl asosida aks ettiriladi:
I.
Tunning badiiy tavsifi (uning portreti) / tunning yaqinlashishi tavsifi (kech oqshom).
II.
Kuzatilgan holatni aks ettirish va tushunish.
III.
Tunning inson tuyg‘ulari sohasiga empirik tavsifi.
Bunday “sxema”ni amalga oshirishning ideal namunasi A. Jukovskiy “Tun” she’ri orqali
tahlil qilib ko‘ramiz.
“Tun”
Allaqachon charchagan kun
Qip-qizil suvlarga egilib,
Moviy qabrlar qorayadi,
Sovuq soya tarqaladi;
Va tun tinch va osoyishta
Men efir yo‘li bo‘ylab ketdim,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
125
Va Hesperus uning oldida uchadi
Sizning go‘zal yulduzingiz bilan.
***
Pastga tush, ey samoviy, bizning oldimizga
Sehrli ko‘rpangiz bilan,
Unutilishning shifobaxsh shishasi bilan,
Charchagan qalblarga tinchlik ber.
Tinch ko‘rinishi bilan,
O‘zining hayajonli qo‘shig‘i bilan
Sog‘inchdan jonimni qiynayman,
Ona va bola kabi, tinchlaning.
Bu erda tun ma’yus va tashvishli narsa sifatida emas, balki dam olish va tinchlik uchun
imkoniyat sifatida paydo bo‘ladi. U mutlaqo xavfsiz va shoir uni hatto bolasini beshikka
tortayotgan mehribon onaga qiyoslaydi. Baytning intonatsiyasi o‘ychan, qo‘shiqqa o‘xshaydi.
Taqqoslash: onaning bolasi kabi. Inson ruhi intiladi, lekin tun “tinch ko‘rinishi bilan” qisqa
bo‘lsa ham, tinchlik beradi.
Shoir kechaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qiladi: tush, ey jannat, bizga. U butun er yuzidagi
odamlar undan bir narsani so‘rashlariga amin: ularga tinchlik berish iltijo qiladi va tabiat
mo‘jizasi bilaks inson tunda orom topadi. Darvoqe, shoir ikkala baytda ham tunga nisbatan
“dunyo” so‘zini qo‘llagan. U uyquni sehr deb ataydi, chunki ertalab uning ta’siri yo‘qoladi.
Xotirjamlik, shoirning fikricha, melanxolik uchun eng yaxshi davodir.
Shoir V.Jukovskiy falsafiy tusli ishqiy lirikasi bilan mashhur. U birinchi she'rini XVIII asrda
yozgan. Uning qalami ostidagi tunning juda tipik mavzusi chuqur lirik bayonning
xususiyatlarini oladi.
Ingliz adabiyotida ham tun va tong tasviri o‘ziga xos xusisiyat va shaklga ega sanaladi.
Ushbu tasvirlar boshqa millat adabiyoti vakillari ijodida o‘xshashlik bilan birga, ayrim hollarda
ularnoing farqli jihatlarini ham ko‘rishingiz mumkin. Ingliz adabiyotida esa tun dialektikasining
qo‘llanilishi qadim tarixga ega. Qadim ingliz adabiyotida tun ko‘pincha sirlilik, xavflilik, sirli
kuchlar, qo‘ruvlar sifatida aks etgan. Buni siz bilan ingliz adabiyotidagi eng qadimgi yozma
manbalaridan biri sanalmish “Beowulf” dostonini tahlil qilmoqchimiz.
Beovulf (beɪəwʊlf) Qadimgi ingliz yozma yodgorligi sanaladi. Alliterativ satrdan iborat
german qahramonlik afsonasi anʼanasidagi qadimgi ingliz epik sheʼriy dostoni sanaladi. Bu
qadimgi ingliz adabiyotining eng muhim va eng ko‘p tarjima qilingan asarlaridan biridir.
Tarkibning sanasi olimlar o‘rtasida bahsli masaladir; 975-1025-yillar orasida yaratilgan
qo‘lyozmaning yagona sanasi.[2] Olimlar anonim muallifni “Beovulf shoiri” deb atashadi.[3]
Hikoya V-VI asrlarda butparast Skandinaviyada bo‘lib o‘tadi. Geats qahramoni Beovulf o‘n
ikki yil davomida Georot yirtqich hayvon Grendel tomonidan hujumga uchragan Daniya qiroli
Xrotgarga yordamga keladi. Beovulf uni o‘ldirgandan so‘ng, Grendelning onasi qasos oladi va
o‘z navbatida mag‘lub bo‘ladi. G‘alaba qozongan Beovulf Geatlandga uyiga boradi va Geats shohi
bo‘ladi. Ellik yil o‘tgach, Beovulf ajdahoni mag‘lub qiladi, ammo jangda o‘lik yarador bo‘ladi.
Uning o‘limidan so‘ng, xizmatkorlari uning jasadini kuydirib, uning xotirasiga bag‘ishlangan
boshoqqa qo‘rg‘on o‘rnatadilar.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
126
Beovulf asosan qadimgi ingliz tilining kech g‘arbiy sakson lahjasida yozilgan, ammo
boshqa ko‘plab dialekt shakllari mavjud bo‘lib, bu she'r Angliyaning dialekt hududlarida uzoq
va murakkab uzatilgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Bu doston tun ramzi yovuzliklar va jinlar bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar aks ettirilgan.
O‘rta asrlarda ingliz adabiyotida tun diniy mifologik ma’nolarni kasb etgan dialekt sanaladi.
Ingliz adabiyotida tun Iso Masih tug‘ilishini belgilab beradigan qorong‘ulik, ammo shu bilan
birga najot hamda umid keltiradigan vaqt sifatida ham tasvirlangan. Uyg‘onish davri ingliz
adabiyotida tun tasviri, asosan, romantizm va inson emotsiyalarini bilan bogliq bo‘lgan hamda
bu tuyg‘ularni tasvirlashda muhim vosita sifatida tasvirlangan.
Bundan tashqari inglizlar adabiyotida tun obrazi noma’lumlik, sirlilik, xavf-xatar sifatida
ham tasvirlangan o‘rinlariga duch kelamiz. Bunday hollarda bu so‘z qorong‘ilik, yolg‘izlik va
qo‘rqinchli voqealar bilan jipshlashgan holda bayon etilgan bo‘ladi va shundagina shoir,
yozuvchi o‘z xohlagan ma’no konseptini yuzaga keltira oladi. Yana ham izlanishlar natijasida
shu aniqlanganki, ingliz sheriy va nasriy asarlarida go‘zallik va jozibadorlik kabi ma’nolarni
ifodalashga xizmat qilgan.
Zulmat yorug‘likni qoplaydi
Shoir: Ketrin Pulsifer
Chuqur soyalarda, zulmat yorug‘likni qoplagan joyda,
Ba’zilar qo‘rquvdan qisqaradi, har bir pichirlash qo‘rquvga sabab bo‘ladi.
Lekin yuqoridagi Xudoga sobit imon bilan,
Tun cheksiz sevgi madhiyasiga aylanadi.
***
Oy so‘nib, qo‘rquvlar uy izlasa ham,
Yuragimda Uning borligi doimo aylanib yuradi.
Ishonch so‘nmas bo‘lsa, hech qanday qorong‘u turolmaydi,
Xudo uchun, mening fonusim, yonimda yuradi.
Jahon adabiyotida tun va tong dialektikasining konsepti tadqiq etilayotgan bo‘lsa,
ularning talqini o‘ziga xos tarixiy, madaniy va ijtimoiy sharoitlardan kelib chiqqan holda
shakllangan sanaladi. Ularning ma’no konseptidagi farqli jihatlarini o‘rganish adabiyotda inson
tajribasi va qadryatlarini aks ettirishning turli usullari haqida qimmatli tushunchalar beradi.
References:
1.
Stanley 1981, pp. 9–22.
2.
Robinson 2002, p. 143.
3.
Toshqulova Zebiniso. (2024). TUN VA TONG OBRAZINING TARIXIY DAVRLARGA XOS
NAMOYON BO‘LISHI .
Uz Conferences
,
2
(4), 413–417.
4.
Toshpo‘latov Zayniddin, Toshqulova Zebiniso, & Qudratova Xosila. (2024).
OKSYUMARONNING BADIIY ADABIYOTDAGI O‘RNI.
Uz Conferences
,
2
(4), 291–294.
5.
Xudoyberdiyeva Dinara, Hamidova Nodira, & Toshqulova Zebiniso. (2024). BADIIY
MATNDA RANG-TUS SIFATLARINING USLUBIY VOQELANISHI .
Uz Conferences
,
2
(4), 209–213.
6.
Toshqulova Zebiniso, & Bozorova Muxlisa Hamidovna. (2024). BADIIY ASARLARDA
TA’SIRCHANLIK VA BO‘YOQDORLIKNI OSHIRISHDA ANTITEZANING O‘RNI .
Uz
Conferences
,
2
(4), 295–298.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
127
7.
Zebiniso, T. (2022). SIFAT SO`Z TURKUMINING USLUBIY XUSUSIYATLARI.
Scientific
Impulse
,
1
(4), 34–37.