YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
102
ILOVA KOMPONENTLI KONSTRUKSIYALARNING SODDA STRUKTURADA
NAMOYON BO‘LISHI
Daminova Mashhura Zafar qizi
Navoiy davlat Universiteti, o’qituvchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14562314
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ilova komponentli konstruksiyalarning struktur
xususiyatlari hamda ularning turlari (sodda struktura) xususida so’z boradi. Shuningdek
dinamik ilova konstruksiyalarda ilova qilinayotgan komponent tuzilishi jihatdan gapning
ikkinchi darajali bo‘laklari yoki ergash gaplar shaklida namoyon bo‘lishi hamda ilova
konstruksiyaning ilova qilinayotgan komponenti yozma nutqda alohida gap sifatida
rasmiylashtirilishi ko‘p hollarda ularda hatto bosh bo‘laklar ham ishtirok etmaydi, ya’ni
predikativlik shaklan-struktur jihatdan ifodalanmaydi. Bunda ilova konstruksiyadagi ilova
qilinayotgan komponentda alohida xabarning sifati oldingi kontekstga suyangan holda asosli
tahlil qilib berilgan.
Kalit so’zlar.
ilova funksiyasi, nutq birliklari (yoki komponentlari), bog‘langan, ergash
gapli qo‘shma gaplar, Murakkab sintaktik butunlik, ilova aloqalar.
Ilova (qo‘shish, qo‘shimcha qilish) aytilgan gapni to‘ldirish, unga yana bir boshqa fikrni
qo‘shishni anglatadi. Aynan ana shu to‘ldirish, qo‘shimcha qilish ilova aloqalarning
xususiyatlarini ta’minlab beradi, ular nutq birliklarining birikib kelishini ko‘rsatadi, bu birliklar
to‘liq fikrni shakllantiradi, ushbu fikrning kengayishiga, ma’no va emotsional jihatdan
kuchaytirilishiga maxsus qo‘shimcha nutq komponentlarini kiritish orqali erishiladi. Ta’kidlash
kerakki, bu nutq birliklari (yoki komponentlari) asosiy ifodaga bog‘lovchilar yordamida va
bog‘lovchisiz birikib keladi.
Ilova konstruksiyasida ilova funksiyasini bajarib keladigan bog‘lovchilarni ilovali
bog‘lovchilar deb ataymiz, ular ilovali elementlar va asosiy ifoda o‘rtasidagi ilova
munosabatlarini bildirib keladi.
Odatda, ko‘p hollarda ilova konstruksiyalarning komponentlari bir-birlaridan nuqta
orqali ajratiladi, ba’zi tadqiqotchilarning tasdiqlashicha, ilova aloqalar nuqta, nuqtali vergul,
tire, qavs va ko‘p nuqta mavjud bo‘lganda ham sodir bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, nuqta
tugallangan to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan darak gaplar oxiriga qo‘yiladi. Nuqtaning
funksiyalaridan biri gapga ko‘proq ma’nodorlik berishga harakat qilishdan iborat. Ham
bog‘lovchili, ham bog‘lovchisiz ilova konstruksiyalarida bog‘li matnni sintaktik bo‘laklarga
ilovada nuqta muhim rol o‘ynaydi.
Taniqli tilshunos N.V.Cheremisina ilova aloqalarni murakkab sintaktik butunlik doirasida
o‘rganib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tadi: “Aytilganlardan shu narsa aniqki, odatdagi gapni ilova
konstruksiyasiga aylantirish uchun ko‘pincha faqat birgina gap ohangi belgisining o‘zi yetarli …
Ilova konstruksiyasida ohang ham sintaktik, ham tinish belgilari jihatidan asoslangan, buni
ilovali element strukturasi qo‘yilgan nuqta bildirib keladi…”[5;91]. N.V.Cheremisina tomonidan
nuqtaning ilovali element va asosiy ifoda o‘rtasida qo‘llanilishi haqidagi fikrlari ilova
konstruksiyasi bo‘yicha olib borilgan keyingi lingvistik tadqiqotlarda yanada rivojlantirildi.
Odatda, ikki va undan ortiq kommunikativ mustaqil nutq birliklaridan tashkil topgan,
gaplarni ajratib turuvchi nuqtalariga ega bo‘lgan, mazmunan-grammatik aloqalar asosida bir
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
103
butunga birlashgan, nuqta orqali harakat qiladigan murakkab birlik lingvistik adabiyotlarda
“murakkab sintaktik butunlik” nomini oladi.
Bildirilgan fikr mulohazalarning hammasi shundan darak beradiki, nafaqat sintaktik,
balki ma’no aloqalari ham bir gap chegarasidan tashqariga chiqishi mumkin. Jumladan, agar
sintaktik aloqalar sintaktik tuzilish chegarasidan chetga chiqsa, unda moslashadigan so‘z hokim
so‘zdan ajratiladi va ilova konstuksiyani hosil qiladi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, turli
ilova konstruksiyalarning hosil bo‘lishida nafaqat alohida so‘zlar, balki so‘z birikmalari yoki
butun gaplar (bog‘langan, ergash gapli qo‘shma gaplar) ham ishtirok etishlari mumkin.
Shu sababli, bir tomondan, bir gap – sodda yoki qo‘shma gaplar doirasidagi ilova
aloqalarni, ikkinchi tomondan, gap doirasidan tashqarida nisbatan tugallangan ifoda sifatida
yaratiladigan ilova aloqalarni bir-biridan aniq ajratish lozim. Barcha holatlarda ilovali element
ilova konstruksiyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu yerda sintaktik aloqalarning ifodalanish
usullaridan biri namoyon bo‘ladi, bunda ilova bir fikrni bildiruvchi ikki yoki undan ko‘proq
ifodalarni, ularni ajratib turuvchi nuqta orqali bog‘lash vositasi bo‘lib keladi.
Ma’lum bir sintaktik struktura ilova konstruksiyalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
bo‘lib, unda ilovali element bog‘lovchili yoki bog‘lovchisiz kelishi mumkin va har doim
nuqtadan keyin turadi. Quyidagi misol ushbu fikrni tasdiqlab keladi:
He had a panic attack.
And the smoke, or stress or whatever.
[ 1;52]
Ushbu misolda ilova aloqa ikki yoki undan ortiq komponentlardan tashkil topgan, bir-biri
bilan shaklan va mazmunan bog‘langan murakkab sintaktik butunlikni hosil qiladi. Murakkab
sintaktik butunlik komponentlari o‘rtasidagi ilova aloqaning yagona shakliy ko‘rsatgichi bu
yerda intonatsiya hisoblanadi. Ilova aloqaga ega bo‘lgan murakkab sintaktik butunlik struktur
va ma’no jihatdan tugalllikka ega bo‘ladi, uning ayrim komponentlarining ma’nosi butun
murakkab butunlik ma’nosidan tashqariga chiqarilishi mumkin.
Ilova konstruksiyalar qo‘shimcha xabar, fikrning belgisini ifodalash uchun xizmat
qiladigan o‘ziga xos sintaktik strukturalar bo‘lib, “avval bildirilgan fikrga qo‘shimcha ma’no
sifatida yaqqol namoyon bo‘ladi” [2;403-404]. Ilova konstruksiyalar belgisini ko‘rsatadigan
qo‘shimcha axborotning semantik xususiyati o‘zining formal ifodasini eng avvalo, ilova
aloqalarning struktural vositalarida topadi: bu maxsus biriktiruvchi bog‘lovchi yoki uning
semantik analoglari (o‘rnini bosadigan so‘zlar) – ”qo‘shimcha axborot berish g‘oyasi”ni
ifodalaydigan so‘z va iboralardan iborat. Ular odatda alohida yoki so‘z birikmalari shaklida
qo‘llanishi mumkin.
Qo‘shimcha axborot (ilova) ko‘rsatgichlariga ega bo‘lgan bunday ilova konstruksiyalar
matnda bo‘laklarga ajratilgan va ajratilmagan strukturalarda namoyon bo‘lishi mumkin.
“The first supper—
there would be another one after mid night
—was now being served,
and Jordan invited me to join her own party who were spread around a table on the other side
of the garden” [3; 49].
“She had drunk a quantity of champagne and during the course of her song she had
decided ineptly that every thing was very very sad.
She was not only singing. She was weeping
too
.” [3;59].
Ta’kidlash joizki, ilova ma’nosi faqat maxsus ko‘rsatkichlar - bog‘lovchilar va ularni
o‘rnida qo‘llaniladigan so‘zlar yordamida ifodalanmaydi. Ilova hodisasining asosiy va eng
muhim ko‘rsatkichlaridan biri intonatsiya hisoblanadi: ilova konstruksiyaning birinchi qismida
ohang (ton) ning pasayishi va uzoq to‘xtam (pauza), uni A.M.Peshkovskiy “ajratuvchi” deb
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
104
atagan [65; 171], ulardan keyin yozuvda odatda nuqta, so‘roq yoki undov belgilari qo‘yiladi.
Pauza ajratib ko‘rsatilgan konstruksiyalarning bir qismi – ilova qilinayotgan komponent
boshlang‘ich, bazaviy qism bilan sintaktik jihatdan bog‘lanishi mumkin. Bunday bog‘lanish
strukturaviy jihatdan bog‘lovchili yoki bog‘lovchisiz amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi:
“You know you can’t be trusted.
Avoid alcohol. Avoid crowds. Avoid people
.” [4;20].
“For one thing, I can run now.
And ride in the car. And buy clothes at the mall instead of
special-ordering them. And I can twirl
” [4;18].
Shunday qilib, kommunikativ jihatdan ajratilgan va ajratilmagan ilova konstruksiyalar
o‘rtasidagi farq ularning ilova ma’nosi struktural ifodalanishga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligida
emas, balki ushbu ma’noning yetkazib berilish usullarining o‘zidadir: ajratilgan
konstruksiyalarda formal usullar, struktural jihatdan kommunikativ ajratilmagan
konstruksiyalarda esa ko‘p hollarda ohang usullar orqali namoyon bo‘ladi. Demak, ilova
aloqaning maxsus ko‘rsatgichlariga ega bo‘lmagan konstruksiyalarda qo‘shimcha axborot
berish semantik munosabati uning qismlarining kontakt joylashuvi va maxsus ohang
rasmiylashtirish orqali qo‘llab-quvvatlanadi.
Ilova konstruksiyalarga qo‘shimcha axborot berish maxsus semantik munosabatga ega
bo‘lgan alohida sintaktik struktura sifatida quyidagi gap strukturalarini kiritish mumkin:
1) Ushbu munosabatni eksplikatsiya qiluvchi (shartli belgilarga izoh beruvchi) maxsus
ko‘rsatkichlari ularning ma’no va grammatik butunligiga predikativ qismlarga bog‘liq holda
erishishning yagona vositasi hisoblanadi.
2) Ushbu butunlikning ohang rasmiylashtirilishi uni ilova ma’nosining struktural
ifodalanishi yo‘qligida ilova konstruksiyasiga kiritish imkoniyatini beradi.
References:
1.
Mike Chen. We Could Be Heroes. MikeChenBooks.com. p.52
2.
Мясищева Н.Н. Конструкции разговорного синтаксиса в современной
художественной прозе (парцелляция в повести А. Приставкина «Ночевала тучка
золотая») // Текстовый аспект в изучении синтаксических единиц. – Л., 1990.
3.
F.
Scott
Fitzgerald.
“The
Great
Gatsby”
https://pdcrodas.webs.ull.es/naturalismo/FitzgeraldTheGreatGastb p.49
4.
Jennifer Niven “Holding up the universe” Penguin Random House UK. 2016. P.18
5.
Распопов И.П. Спорные вопросы синтаксиса. – Ростов, 1981
6.
Даминова M.З. Aнализ сложных структурных структур компонентов применения.-
M.,2024
7.
Daminova N.R., Daminova M.Z. The use of information technology as means of motivating
students to learning a foreign language.-M.,2021