Авторы

  • Nozimjon Raxmonjonov
    Bаnk-mоliyа аkаdemiyаsi mаgistrаnti DMNA-2023/2 guruh

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61852

Ключевые слова:

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari moliyaviy va buxgalteriya hisobi iqtisodiy strategiya buxgalteriya hisobotlari innovatsiya raqamlashtirish jarayoni nazorat tizimi investitsion faoliyat pul oqimlari boshqaruvi budjet tashkilotlari tahlili.

Аннотация

Ushbu tezisda budjet tashkilotlarida pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni takomillashtirish orqali aylanma mablagʻlarni samarali nazorat qilish va tahlil qilish imkoniyatlarini oshirish masalalari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, ushbu hisobotlarni xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga moslashtirish uslublari va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot natijasida budjet tashkilotlarida moliyaviy boshqaruvni yaxshilash hamda investitsion faoliyatni samarali rejalashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

67

BUDJET TASHKILOTLARIDA PUL OQIMLARI TO’G’RISIDAGI HISOBOTNI

TAKOMILLASHTIRISH

Raxmonjonov Nozimjon Yusufjon o’g’li

+998 88 256-05-05

E-mail:raxmonjonovnozimjon30@gmail.com

Bаnk-mоliyа аkаdemiyаsi mаgistrаnti

DMNA-2023/2 guruh

https://doi.org/10.5281/zenodo.14552141

Annotatsiya:

Ushbu tezisda budjet tashkilotlarida pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni

takomillashtirish orqali aylanma mablagʻlarni samarali nazorat qilish va tahlil qilish
imkoniyatlarini oshirish masalalari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, ushbu hisobotlarni xalqaro
moliyaviy hisobot standartlariga moslashtirish uslublari va ularning amaliy ahamiyati tahlil
qilinadi. Mazkur tadqiqot natijasida budjet tashkilotlarida moliyaviy boshqaruvni yaxshilash
hamda investitsion faoliyatni samarali rejalashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Kalit soʻzlar:

Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, moliyaviy va buxgalteriya hisobi,

iqtisodiy strategiya, buxgalteriya hisobotlari, innovatsiya, raqamlashtirish jarayoni, nazorat
tizimi, investitsion faoliyat, pul oqimlari boshqaruvi, budjet tashkilotlari tahlili.

Abstract:

This thesis examines the improvement of cash flow reporting in budget

organizations to enhance the effectiveness of controlling and analyzing working capital. It also
analyzes methods for aligning these reports with international financial reporting standards
and their practical significance. Based on the results of this research, recommendations are
developed to improve financial management and effectively plan investment activities in
budget organizations.

Keywords:

International Financial Reporting Standards (IFRS), financial and accounting

management, economic strategy, accounting reports, innovation, digitalization process,
control systems, investment activities, cash flow management, budget organization analysis.

KIRISH

Hozirgi iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan bir vaqtda tashkilotlar tomonidan pul oqimlari

to‘g‘risida hisobotda foydalanish imkoniyati bo‘lmagan yirik miqdordagi pul mablag‘lari va
pul mablag‘lari ekvivalentlari to‘g‘risidagi ma’lumot tashkilot rahbariyati izohlari bilan birga
oshkor etilishi pul oqimlarini takomillashtirish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Hamda tashkilotlar balansidagi pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlaridan foydalana
olmaslik holatlari ham kuzatilishi mumkin. Masalan, valyuta ayirboshlash bo‘yicha cheklovlar
mavjudligi. Bunday holda hisobot tuzishda qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilishi
foydalanuvchilarga tashkilotning moliyaviy ahvoli va likvidlilik darajasini tushunishlari uchun
foydali bo‘ladi. Bunday ma’lumotlar moliyaviy hisobotning izohlarida tegishli tushuntirishlar
bilan birga oshkor etilishi lozim hamda ularda quyidagilarni ifoda etilishi kerak: kelajakda
operatsion faoliyat va kapital majburiyatlarini qaytarish uchun taqdim etilishi mumkin
bo‘lgan, foydalanilmagan qarz mablag‘lari (kredit liniyalari) miqdori, foydalanilishi
cheklangan pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlari miqdori va cheklanishi hisobot
davri mobaynida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ulushlarini yoki qarz vositalarini sotib
olish va sotish bilan bog‘liq quyidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni oshkor qiladi: oldi-sotdi
shartnomasining umumiy summasi oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha pul mablag‘lari va pul
mablag‘lari ekvivalentlari ko‘rinishida olingan yoki to‘langan summasi sotib olingan yoki


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

68

sotilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ulushlari bo‘yicha pul mablag‘lari va pul mablag‘lari
ekvivalentlarining miqdori sotib olingan yoki sotilgan deb tan olingan aktiv va
majburiyatlarning qiymatini ko’rsatishni oshkor qiladi. Yuqorida keltirilgan sabablar
ko’rsatilmasa ya’ni oshkor etilmasa davlat budjetini talon-taroj qilishini oldini olish va pul
aylanmalarida yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda muammolar yuzaga kelishi
mumkin. Bu o’z navbatida budjet tashkilotlaridagi pul aylanmalarini nazorat qilish orqali
davlat xaridlarini kamaytirish va oldini olish maqsadida ko’plab ishlar olib borishga yo’l
ochadi.

Bu tezizning maqsadi tashkilotlarning pul mablag‘lari va pul ekvivalentlaridagi avvalgi

o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni hisobot davrida operatsion, investitsion va moliyaviy
faoliyatlar bo‘yicha pul oqimlari sifatida tasniflaydigan hisobotni tuzishdan iborat hisoblanadi

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotdan pul oqimlari prognozi to‘g‘riligini tekshirish vaqtida

tashkilotlarning foyda olish va narx o‘zgarishi o‘rtasidagi ta’sirini tahlil qilish uchun
foydalanilmaydi.

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun

tashkilotning pul mablag‘larini va pul mablag‘larining ekvivalentlarini jalb etishni baholash
imkonini beradi. SHuningdek, pul oqimlari to‘g‘risida hisobot tashkilotning operatsion
faoliyati natijalari bo‘yicha hisobotining taqqoslanuvchanligini oshiradi, chunki u bir xil
operatsiyalar uchun turli hisob usullaridan foydalanishni oldini oladi. O‘tgan hisobot
davrlaridagi pul oqimlari to‘g‘risida hisobotdan keyingi yillar uchun pul oqimlari miqdorini
aniqlash ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. Bu avvalgi davrlardagi pul oqimlarini qanchalik
to‘g‘ri prognoz qilinganligini hisob-kitob qilish uchun foydali hisoblanadi

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda pul tushumi manbalari, hisobot davrida tovarlar

(ishlar, xizmatlar) uchun sarflangan mablag‘lar hamda hisobot sanasidagi pul mablag‘lari
qoldig‘i ko‘rsatiladi. Tashkilotlarning pul oqimlari to‘g‘risida hisobot ko‘rsatkichlari moliyaviy
hisobotdan foydalanuvchilarga hisobot bo‘yicha hamda tegishli qaror qabul qilish uchun zarur
bo‘lgan ma’lumotlarni beradi. SHuni takidlash kerakki pul oqimlari to‘g‘risida hisobot
ko‘rsatkichlari foydalanuvchilarga tashkilotlar o‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur
bo‘lgan mablag‘larni qanday shakllantirganligi va bu mablag‘lardan qanday foydalanganligini
aniqlash imkonini beradi.( O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (14-sonli
BHS) «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»)

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda pul tushumlari va to‘lovlari uchta asosiy faoliyatga

ajratiladi: operatsion faoliyat, investitsion faoliyat va moliyaviy faoliyat. Tashkilotlarning pul
oqimlariga, shuningdek bankdagi valyuta hisob raqamlaridagi qoldiqlariga operatsion,
investitsion va moliyaviy faoliyatdan tashqari valyuta ayirboshlash kurslaridagi farqlar ham
ta’sir qiladi.

Pul oqimlari pul mablag‘lari yoki pul mablag‘lari ekvivalentlariga mos keladigan

komponentlar o‘rtasidagi harakatlarni o‘z ichiga olmaydi, chunki ushbu komponentlar
tashkilotning pul mablag‘larini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, uning operatsion, investitsion
yoki moliyaviy faoliyatining bir qismi emas. Pul mablag‘larini boshqarish ortiqcha pul
mablag‘larini pul mablag‘lari ekvivalentlariga investitsiya sifatida kiritishni o‘z ichiga oladi.
Pul mablag‘lari ekvivalentlari ko‘p hollarda investitsiyalar yoki qisqa muddatli pul
majburiyatlarini qoplash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Investitsiyalarni pul mablag‘lari
ekvivalenti sifatida ko‘rib chiqish uchun investitsiyalar pul miqdoriga osonlik bilan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

69

aylantirilishi va qiymat o‘zgarishi xavfi sezilarsiz, ya’ni umumiy qiymatning 5 foizidan ortiq
bo‘lmagan miqdorda bo‘lishi kerak. Investitsiyalar qisqa muddatlarda, ya’ni sotib olish
kunidan boshlab kamida uch oy yoki undan kam muddatda qoplanish imkoniyati mavjud
bo‘lsa, bunday investitsiyalar pul mablag‘lari ekvivalenti hisoblanadi. Korxonalar pul
mablag‘lari va pul mablag‘larining ekvivalentlari tarkibiy qismlarini pul oqimlari to‘g‘risida
hisobotda aniq ifoda etadi va pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda ko‘rsatilgan miqdorlarni
Moliyaviy holat to‘g‘risida balans hisobotida keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan solishtirish uchun
taqdim etadi.

Sof pul mablag‘lari tushumini hosil qilish uchun foydalaniladigan aktivlar kelgusidagi

iqtisodiy foyda bo‘lgan aktivlar sifatida tavsiflanadi. Aktivlardan foydalanish maqsadlarini
to‘liq va o‘z vaqtida qamrab olinishini ta’minlash uchun aktivlarning asosiy xususiyatlaridan
kelib chiqqan holda, ular kelgusidagi iqtisodiy foyda yoki xizmat ko‘rsatish salohiyati bo‘yicha
aktivlar sifatida tasniflanishi hamda Sof capital sifatida belgilanadi va balansda moliyaviy
hisobotda aktivlar hamda majburiyatlar o‘rtasidagi farq summasi natijasida shakllanishini
ko’rsatib beradi.

Pul oqimlari to‘g‘risida hisobotda hisobot davridagi pul oqimlarining operatsion,

investitsion va moliyaviy faoliyatlar kesimidagi harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks
ettirilishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ushbu faoliyatlarning tasniflanishi tashkilotning
moliyaviy holatiga, pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlari hajmiga tegishli
faoliyatning ta’sirini baholashga imkon beradigan ma’lumotlar bilan moliyaviy hisobotdan
foydalanuvchilarni ta’minlaydi. Ushbu ma’lumotdan faoliyatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
baholash hamda operatsiya turli xil faoliyat turlari bilan bog‘liq bo‘lgan pul oqimlarini o‘z
ichiga olishi mumkin. Masalan, agar kredit bo‘yicha pul mablag‘larini to‘lash foizlar va
qarzning asosiy miqdorini o‘z ichiga olsa, foizlarni to‘lash operatsion faoliyatga, asosiy qarz
miqdorini to‘lash esa moliyaviy faoliyatga tegishli bo‘lishi mumkin.

Sof pul oqimlari miqdori va tashkilotning operatsion faoliyatini saqlab qolish mulk

egalariga dividendlarni to‘lash va moliyalashtirish manbalarini jalb qilmagan holda yangi
investitsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini aniqlashga yordam beradi. Operatsion
faoliyatdan kelib tushadigan pul oqimlarining aniq tarkibiy qismlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
operatsion faoliyatdan keladigan kelgusidagi pul oqimlarini prognoz qilish uchun
foydalaniladi. Asosiy vositalarni sotish bo‘yicha operatsiyalar tegishli davrning sof foydasi
yoki zararini hisoblashda foyda yoki zararga olib kelishi mumkin. Bunday operatsiyalardan
kelib chiqadigan pul oqimlari investitsion faoliyatdan keladigan pul oqimlariga olib boriladi.
Biroq, ijara uchun mo‘ljallangan va sotuvga qo‘yilgan asosiy vositalarni qurish yoki sotib olish
uchun sarflangan mablag‘lar operatsion faoliyat bilan bog‘liq pul oqimlari hisoblanadi.
Korxonalar ommaviy savdoga qo‘yiladigan yoki savdo qilish uchun mo‘ljallangan qimmatli
qog‘ozlar va qarz majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin, bu holda ularni maxsus qayta sotish
uchun mo‘ljallangan zaxiralar sifatida tasniflash lozim. SHu sababli, qimmatli qog‘ozlarni
ommaviy joylashtirish yoki ular bilan savdo qilish natijasida paydo bo‘lgan pul oqimlari
operatsion faoliyat sifatida qaraladi. SHuningdek, xalqaro moliya institutlari tomonidan
taqdim etilgan pul shaklidagi bo‘naklar va qarzlar tashkilotga pul tushumini olib keladigan
asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan operatsion faoliyatda aks ettiriladi.

Investitsion faoliyatdagi pul oqimlarini alohida oshkor qilish muhimdir, chunki u

tashkilotga kelajakda xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan resurslarni sotib olish uchun qancha


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

70

xarajatlar sarflanganligini ko‘rsatadi. Quyidagilar Investitsion faoliyat turlari hisoblanadi:
asosiy vositalarni, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun pul
o‘tkazmalari (bularga tajriba-loyiha ishlari uchun kapitalizatsiya qilinadigan xarajatlar va
asosiy vositalarni tashkilot tomonidan o‘z mustaqil ravishda qurishi davrida amalga
oshirilgan to‘lovlar kiritiladi), asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va boshqa uzoq
muddatli aktivlarni sotishdan tushgan pul tushumlari va boshqalar kiradi.

Moliyaviy faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarning alohida oshkor etilishi katta ahamiyatga

ega, chunki bu ma’lumotlar tashkilotni kapital bilan ta’minlovchilar talablariga muvofiq
kelgusidagi pul mablag‘lari harakatini prognoz qilishda foydalaniladi. Quyidagilar moliyaviy
faaoliyatning tarkibi xioblanadi: qarz majburiyatlari, veksellar, obligatsiyalar va boshqa qisqa
yoki uzoq muddatli qarzlarni jalb qilishdan pul tushumlari, moliyaviy lizingni to‘lash uchun
lizing oluvchining pul to‘lovlaridan iborat.(Lex uz T.IShmetov)

Umumiy xulosa qilib aytadigan bo‘lsam, quyidagi uslubiyotlardan foydalanilishi va shu

operatsiyalardagi kamchiliklarni kamaytirish kerak:

yirik davlatlarning tajribasini o‘rganish, shu soha vakillarini kerak bo‘lsa o‘sha

davlatlarga malaka oshirib kelishga jo‘natish (xattoki dasturchi IT mutaxassislarini ham);

-

shu bo‘yicha qulay dasturlarni yaratish (masalan, BHMSlarini provodkasini bersa –

BHXSlarining provodkasi avtomatik ravishda hisoblanadigan);

-

malakasini oshirib kelgan soha vakillari: budjet tashkilotlari, yirik soliq to‘lovchi

korxonalar va shu kabi yirik faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bosh
hisobchi va ichki auditorlariga “Milliy standartlardan” – “Xalqaro standartlaga” to‘liq
muvofiqlashtirgunicha dars tashkil qilib, yordamlashish (bu bo‘yicha alohida tashkilot tashkil
qilib mutaxassislarni jalb qilish).

-

Pul mablag‘lari yoki pul mablag‘lari ekvivalentlarida to‘lovlarni talab qilmaydigan

investitsion va moliyaviy operatsiyalar pul oqimlari to‘g‘risida hisobotdan chiqarib tashlanishi
kerak. Bunday operatsiyalar (tranzaksiyalar) bo‘yicha ma’lumotlar moliyaviy hisobotning
investitsion va moliyaviy faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarining boshqa bo‘limlarida
ko‘rsatilishi kerak.

-

Pul mablag‘lari bilan bog‘liq bo‘lmagan hisob-kitoblar pul oqimlari to‘g‘risida hisobotdan

chiqarib tashlanishi lozim, chunki ushbu hisob-kitoblar joriy davrdagi pul oqimlari bilan
bog‘liq emas yani aktivlarni almashtirish, majburiyatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish yoki
moliyaviy lizing orqali aktivlarni sotib olish, qarz majburiyatlarni ulushga (kapitalga)
aylantirish.

-

Pul oqimlari to’grisidagi hisobotni to’laqonli jahon standartlaridan olish va u ni to’liq

amalyotga tadbiq qilish kerak.

XULOSA

Ushbu tadqiqotda budjet tashkilotlarida pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni

takomillashtirishning ahamiyati va zarurati keng yoritildi. Tadqiqot natijasida budjet
tashkilotlarida moliyaviy oqimlarni samarali boshqarish va nazorat qilish mexanizmlarini
takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi.Pul oqimlari hisoboti xalqaro moliyaviy
hisobot standartlariga moslashtirilishi natijasida budjet tashkilotlarining moliyaviy shaffofligi
va boshqaruv samaradorligi oshiriladi. Bu esa, oʻz navbatida, iqtisodiy strategiyani toʻgʻri
rejalashtirish, investitsion faoliyatni rivojlantirish va budjet mablagʻlaridan oqilona
foydalanishni taʼminlaydi.Shuningdek, raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

71

etish orqali hisobotlarning aniq va ishonchli tayyorlanishi, ularni real vaqt rejimida tahlil
qilish imkoniyatlari kengaytiriladi. Bu jarayon nazorat tizimining kuchayishiga va iqtisodiy
samaradorlikning oshishiga olib keladi.Umuman olganda, ushbu tadqiqot natijalari budjet
tashkilotlarining moliyaviy boshqaruvini mustahkamlash va xalqaro standartlarga
moslashtirish yoʻnalishida muhim ilmiy-amaliy asos boʻlib xizmat qiladi.

References:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. Toshkent sh., 2018-yil 3-
iyuldagi PQ-3832 sonli.

https://lex.uz/docs/3806053

.

2.

SH. Mirziyoyev, PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish

bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 24.02.2020.

3.

Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy hisobotlarning

xalqaro standartlari. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2019. – 227 b.

4.

O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (14-sonli bhs) «pul oqimlari

to‘g‘risida hisobot»ni tasdiqlash to‘g‘risidagi

5.

O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi.

6.

O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (14-sonli BHS) «Pul oqimlari

to‘g‘risida hisobot»

7.

Ipsas

8.

Lex.uz

9.

IFRS.org

10.

www.scientificprogress.uz

11.

Wallstreetmojo.com

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori. Toshkent sh., 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832 sonli. https://lex.uz/docs/3806053.

SH. Mirziyoyev, PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 24.02.2020.

Ergasheva Sh.T., Ibragimov A.K., Rizayev N.K., Ibragimova I.R. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari. O‘quv qo‘llanma. – T.: TDIU, 2019. – 227 b.

O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (14-sonli bhs) «pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»ni tasdiqlash to‘g‘risidagi

O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (14-sonli BHS) «Pul oqimlari to‘g‘risida hisobot»

Ipsas

Lex.uz

IFRS.org

www.scientificprogress.uz

Wallstreetmojo.com