YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
64
MINTAQADA MILLIY TURIZM BRENDINI SHAKLLANTIRISHDA IQTISODIY
INNOVASION RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA BARQARORLIGI TAHLILI
Bozorov Samar Safarovich
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM assistenti
E-mail: bozorovsamar1982@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14551621
Annotatsiya:
Ushbu maqolada milliy turizm brendini shakllantirishda iqtisodiy
innovasion rivojlanish tendensiyalariuning barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni juda
muhimdir. Bugungi kunda turizm sohasida barqarorlik va atrof-muhitni muhofaza qilishga
e’tibor qaratish, nafaqat ekologik jihatdan toza turizmni rivojlantirish, balki milliy brendning
global miqyosda raqobatbardoshligini oshirish uchun ham zarurdir. Bugungi kunda turizm
sohasida yashil iqtisodiyotning roli tobora ortib bormoqda. Bu, ayniqsa, atrof-muhitni himoya
qilish, tabiiy resurslarni tejash va barqaror rivojlanishni ta’minlashni istagan mamlakatlar
uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda mintaqalarning iqtisodiy barqarorligini
ta’minlash, hududlarni innovasion iqtisodiy rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirilmoqda.
Kalit so‘zlar:
Yashil iqtisodiyot, milliy turizm, tendensiya, ekologik iqtisodiyot, atrof-
muhit iqtisodiyoti, yashil siyosat, Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nazariyasi, iqtisodiyotni
modernizatsiyalash, innovatsion iqtisodiyot.
Kirish
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash orqali milliy turizm brendini shakllantirishda
innovasion yechimlarni joriy qilish orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish mintaqaviy
iqtisodiy o‘sish uchun muhimdir. Buning uchun davlat va xususiy sektor hamkorligi, moliyaviy
yordam va konsalting xizmatlari taqdim etiladi. Xalqaro hamkorlik va investitsiyalarni jalb
qilish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
Innovatsiyalarni mintaqaviy iqtisodiyotga joriy etishda muhim o‘rin tutadi. Bu jarayonda
xalqaro tajriba almashish, texnologiyalarni import qilish ahamiyatga ega.
O‘zbekiston mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari turli tendensiyalarga ega.
Mintaqa iqtisodiyotida milliy turizm brendini shakllantirishda innovasion rivojlantirish
tendensiyalari zamonaviy iqtisodiy model va texnologiyalarni joriy qilish orqali
mintaqalarning raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashga
qaratilgan.
Milliy turizm brendini shakllantirishda yashil iqtisodiyotning ahamiyati, birinchi
navbatda, mamlakatning ekologik mas’uliyatini namoyish etish va tabiiy resurslarni asrashga
qaratilgan strategiyalarni amalga oshirish orqali ko‘rsatiladi. Bu orqali nafaqat atrof-muhitga
bo‘lgan ta’sir kamayadi, balki turizmni rivojlantirishning barqaror modeli yaratiladi, bu esa
mamlakatni dunyo miqyosida e’tirof etilishiga yordam beradi.
Barqaror turizm—bu ekologik toza va ijtimoiy mas’uliyatli turizmni anglatadi. Yashil
iqtisodiyot tamoyillari asosida barqaror turizmni rivojlantirish, milliy brendni
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bunday turizm nafaqat ekologik jihatdan, balki ijtimoiy
va iqtisodiy jihatdan ham barqaror rivojlanishni ta’minlaydi. Barqaror turizmni
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
65
Tabiiy resurslarni samarali boshqarish: Tabiiy hududlarda sayohat qilishda atrof-
muhitni muhofaza qilish, resurslarni tejash va ularni qayta tiklash amaliyotlarini qo‘llash
zarur.
Mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash: Barqaror turizm, mahalliy aholi uchun ish o‘rinlari
yaratish va ularning turmush darajasini oshirishga yordam beradi. Bu, o‘z navbatida,
mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi.
Ekoturizmni rivojlantirish: Ekoturizm faoliyatlarini rivojlantirish, tabiiy va madaniy
merosni saqlash orqali milliy brendni ekologik mas’uliyatli turizm yo‘nalishida tanitish
mumkin.
Energiya samaradorligi va chiqindilarni kamaytirish: Barqaror turizmni amalga
oshirishda energiya samaradorligi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish,
chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash masalalari ham muhim ahamiyatga ega.
Masalaning qo‘yilishi va tadqiqot usuli
Yashil iqtisodiyotning milliy turizm brendini shakllantirishdagi o‘rni shundaki,
brendning ekologik va ijtimoiy mas’uliyatini namoyish etish orqali mamlakatni tanitish
mumkin. Yashil iqtisodiyot asosidagi turizm brendi, ayniqsa, ekologik ongli sayohatchilar
uchun jozibador hisoblanadi. Bunday turizm yo‘nalishlari, o‘zining ekologik mas’uliyatiga,
innovatsion va barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslanib, mamlakatni dunyo bo‘ylab
mashhur qiladi.
Bu davrda iqtisodiy adabiyotlarda “atrof-muhit iqtisodiyoti” deb nomlangan yangi
yo‘nalish paydo bo‘ldi. Ushbu yo‘nalish doirasida iqtisodiy faoliyatning atrof-muhitga ta’siri
natijasida yuzaga kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar talqin etila boshlandi. Unga muvofiq
ekologik muammolarni amaldagi iqtisodiy munosabatlar doirasida hal etish va xalqaro
darajada umumlashtirilishi zaruriati paydo bo‘ldi va shular yuzasidan ilg‘or fikrlar shakllandi
[2].
Tadqiqot natijalari
Global bozorga chiqish: Yashil turizmning ommaviylashishi orqali mamlakatning
ekologik turizmni rivojlantirganligi tan olinadi.
Ekologik sertifikatlar va markalar: Yashil iqtisodiyot asosida ishlab chiqilgan turizm
xizmatlari ekologik sertifikatlarga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa brendning ekologik jihatdan
mas’uliyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Milliy turizm brendini shakllantirishda barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishning bir
necha yo‘llari mavjud:
Yashil iqtisodiyot orqali turizmda, qayta tiklanadigan energiyalardan foydalanish va
ekologik toza transport tizimlarini joriy etish mumkin. Bu, o‘z navbatida, iqlim o‘zgarishiga
qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega.
Yashil iqtisodiyot, shuningdek, iqtisodiy-ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga yordam
beradi. Turizm sektoridagi barqarorlik, mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish,
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga asoslanadi.
Yashil turizm orqali milliy brend o‘zining ekologik mas’uliyatini namoyish etadi va
raqobatbardoshligini oshiradi, bu esa global bozorga chiqishda katta yordam beradi.
Xulosalar
Mintaqada milliy turizm brendini shakllantirishda iqtisodiy innovatsion rivojlanish
tendensiyalari va barqarorlikni ta’minlashda, innovatsion texnologiyalarni joriy etish,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
66
ekoturizmni rivojlantirish, mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va madaniy merosni
saqlash kabi omillar milliy brendni shakllantirishda asosiy ahamiyatga ega. Barqaror
rivojlanishning ta’minlanishi orqali, turizm sohasida iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik
muvozanatni saqlab qolish mumkin. Bu esa o‘z navbatida, milliy turizm brendining
raqobatbardoshligini oshiradi va uning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktabrdagi “2030
yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 841-sonli qarori.
2.
Beder, S. 2011, 'Environmental economics and ecological economics: the contribution of
interdisciplinary to understanding, influence and effectiveness', Environmental Conservation,
vol. 38, no. 2, pp. 140-150.
3.
SPASH 2011. Social Ecological Economics: Understanding the Past to See the Future. The
American Journal of Economics and Sociology. Volume70, Issue2 April 2011.
https://doi.org/10.1111/j.1536-7150.2011.00777.x
4.
Mukhitdinov, K. S., & Rakhimov, A. N. (2020). Empirical models which were built for
each sector of the service sector to the population of the region. South Asian Journal of
Marketing & Management Research, 10(12), 72-85.
5.
Imomnazar, T., Samar, B., & Gulasal, T. (2024, January). Developing innovative
entrepreneurship. In The 4th International scientific and practical conference “Contemporary
challenges of society and ways to overcome them”(January 30-February 02, 2024) Tallinn,
Estonia. International Science Group. 2024. 297 p. (p. 33).
6.
Raximov, A. N. (2024). Raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoat tarmoqlarini
rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslari. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 43-48.
7.
Tursunov, I., Nasrullayev, F., & Bozorov, S. (2023). Rаqаmli iqtisоdiyot shаrоitidа kichik
vа o ‘rtа biznes bоshqаruvini tаkоmillаshtirish yo ‘llаri. Innovatsion texnologiyalar, 52(04).
8.
Djorayev, F. (2023). Agroklaster tizimini optimallashtirish usullari: noaniklikni algoritm
va modeli yordamida minimallashtirish. Iqtisodiyot va talim , 24 (6), 306–314.
9.
Жураев, Ф. Д., & Рахимов, А. Н. (2017). Введение в математический анализ и
некоторые топологические понятия, раскрываемые с помощью метрики. Вестник
науки и творчества, (6 (18)), 21-27.
10.
Rakhimov, A. M. (2019). Important of bank deposit policy in expanding of the deposit
base of commercial banks. Экономика и бизнес: теория и практика, (5-2), 198-200.