Авторы

  • Gulnoza Samiyeva
    Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
  • Olimjon Abdullayev
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi assistenti, erkin tadqiqotchi,

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.61854

Ключевые слова:

Xizmatlar tarmog‘i agrosanoatni subklasterlashtirish qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish innovassion rivojlanish innovatsion samaradorlik xarajatlarni minimallashtirish–klasterlar salohiyatini baholash optimallashtirish klasterlashtirish.

Аннотация

Ushbu maqolada mintaqa agrosanoatida hududlararo subklasterlash mexanizmlarini takomllashtirishda xorij tajribasi va uni mintaqada qo’llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mintaqada agrosanoatida hududlararo subklasterlash mexanizmlarini rivojlantirish yo’llari va istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy, mexanizmlari hamda mintaqa agrosanoatida hududlararo subklasterlash tizimlarining samaradorligini aniqlash va hisoblash uchun bu mintaqa agrosanoatida hudlararo aynan qanday omillar, qay darajada ta’sir etishini o’rganish zarurligi va bu omillarni turlicha guruhlash mumkin bo’lib, bu omillar aynan qaysisining samaradorligini aniqlanayotganligiga bog’liqligi yoritib berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

59

AGROSANOATIDA HUDUDLARARO SUBKLASTERLASH MEXANIZMLARINI

TAKOMILLASHTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI VA UNI MINTAQA QO‘LLASH

IMKONIYATLARI

Samiyeva Gulnoza Toxirovna

Iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.

Abdullayev Olimjon G‘ayratovich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

“Iqtisodiyot” kafedrasi assistenti, erkin tadqiqotchi,

agolider1987@icloud.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14551610

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mintaqa agrosanoatida hududlararo subklasterlash

mexanizmlarini takomllashtirishda xorij tajribasi va uni mintaqada qo’llash imkoniyatlari
tahlil qilingan. Shuningdek, mintaqada agrosanoatida hududlararo subklasterlash
mexanizmlarini rivojlantirish yo’llari va istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari,
imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy, mexanizmlari hamda mintaqa agrosanoatida hududlararo
subklasterlash tizimlarining samaradorligini aniqlash va hisoblash uchun bu mintaqa
agrosanoatida hudlararo aynan qanday omillar, qay darajada ta’sir etishini o’rganish zarurligi
va bu omillarni turlicha guruhlash mumkin bo’lib, bu omillar aynan qaysisining
samaradorligini aniqlanayotganligiga bog’liqligi yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar

: Xizmatlar tarmog‘i, agrosanoatni subklasterlashtirish, qishloq xo'jaligini

modernizatsiya qilish, innovassion rivojlanish, innovatsion samaradorlik xarajatlarni
minimallashtirish–klasterlar, salohiyatini baholash, optimallashtirish, klasterlashtirish.

KIRISH

Klasterlarning mintaqa agrosanoatida iqtisodiy o‘sish va tarmoqlar rivojlanishiga

ta’sirini o‘rganish, tarmoqlarning klasterlarga transformatsiyalashuvi jarayonining
xususiyatlarini tadqiq etish, hududiy klasterlar faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarini takomillashtirish, klasterlar vositasida barqaror, yashil va raqamlashtirilgan
sanoat ekotizimlarini barpo etishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Klaster konsepsiyasining hali shakllanish bosqichida ekanligidan kelib chiqib, ular faoliyatida
sinergetik samaradorlikni oshirish hamda hududlar iqtisodiyoti rivojlanishidagi
muammolarni bartaraf etish yo‘llari va usullarini tadqiq etishga yo‘naltirilgan izlanishlarni
kengaytirish dolzarb ahamiyatga ega.

Klasterlarga berilgan ta’riflar o’rganib chiqgan tahlillarimiz shuni ko’rsatayapdiki,

klasterning to‘liq va yagona to‘g‘ri ta’rifini ishlab chiqish mumkin emas. Ta’riflar
klasterlarning tarmoq va hududiy qamrovi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarning
xususiyatlariga bog‘liq bo’ladi. Shunday bo’lsada klasterni umumiy tavsiflash uchun ba’zi
takliflar ilgari surilgan. Jumladan, klaster tasniflari bo’yicha M.Porter “sanoat klasteri -
xaridor-yetkazib beruvchi yoki yetkazib beruvchi-xaridor sifatida, shuningdek umumiy
texnologiyalar, umumiy xarid yoki tarqatish kanallari, umumiy mehnat birlashmalari orqali
o'zaro ta'sir qiluvchi bir qator tarmoqlardir” deb yondashgan bo’lsa, Hubert Schmitz “Klaster
- bir xil tarmoqqa tegishli bo'lgan va bir-biriga yaqin joylashgan korxonalar guruhi” kabi
ta’riflagan. Shuningdek boshqa olimlar, hususan, G.Swann va M. Prevezer “Klasterlar - bu bir
sohadagi, bir xil geografik hududda joylashgan firmalar guruhlari” shaklida keltirishgan
bo’lsa S.A. Rosenfeld tomonidan “Klaster - bu jug'rofiy yaqinlik va o'zaro bog'liqlik tufayli


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

60

sinergik ta'sir ko'rsatishga qodir bo'lgan firmalarning kontsentratsiyasi, garchi ularning
bandlik soni unchalik sezilmasa ham” ta’rifi keltiriladi.

Umuman olganda boshqa yondoshuvlarni ham umumlashtirirganda klasterlar - bu

ma’lum bir geograflik hududda joylashgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va o‘zaro hamkorlik qiluvchi
kompaniyalar, ta’minotchilar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va boshqa iqtisodiy
sub’ektlarning birlashgan tizimidir.

Muammoni qo‘yilishi

Mintaqada agrosanoatida hududlararo subklasterlash mexanizmlarini rivojlantirish

yo’llari va istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy,
mexanizmlari hamda mintaqa agrosanoatida hududlararo subklasterlash tizimlarining
samaradorligini aniqlash va hisoblash uchun bu mintaqa agrosanoatida hudlararo aynan
qanday omillar, qay darajada ta’sir etishini o’rganish zarurligi va bu omillarni turlicha
guruhlash mumkin bo’lib, bu omillar aynan qaysisining samaradorligini aniqlanayotganligiga
bog’liqligi. Mamlakatimizda klasterlashtirish amaliyoti, agrosanoatni klaster usuli yordamida
rivojlantirish jahon tajribasidan kelib chiqib, mintaqalarning iqtisodiy-ijtimoiy potensialini,
iqtisodiy-ijtimoiy

rivojlanish

tendensiyasini,

amalga

oshirish

mexanizmlarining

xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashilgan keng ko’lamli jarayonlarini bajarishga
erishish.

Adabiyotlar sharhi.

Agrosanoat majmuasini rivojlantirish axolining turmush darajasini oshrishning asosiy

omillaridan biridir. Shu sababli mamlakat agrosanoat majmuasining rivojlanishga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan doimiy e’tibor berilib kelinmoqda[1. 2]

Ilmiy nuqtaiy nazardan faoliyat sifatida, jarayon sifatida, omil sifatida va boshqa

xususiyatiga ko‘ra ta’riflash mumkin. Agrosanoatni klasterlashtirish negizida hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bergan ta’riflari keng manbalarda keltirilgan bo‘lib,
tadqiqotchilar ilmiy ishlarida ulardan foydalanishadi. [3.4]

Mintaqada agrosanoatni klasterlashtirish negizida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirishni modellashtirish va
prognozlash, ishlab chiqarishni ko‘p mezonli optimallashtirish, sanoatning hududiy
rivojlanishi va uning ko‘p omilli empirik modellarini tasniflash masalalari kinlarning ilmiy
izlanishlaridan keng joy egallagan.[ 4.5]

Mintaqaning innovasion salohiyatga egaligi savdo xizmatlarini innovasion rivojlantirish

uchun zaruriy va yetarli imkoniyatlarning darvozasi ekanligini ta’kidlaydi [6.7.8].

Hudud agrosanoatni klasterlashtirish negizida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish xaridor psixologiyasiga ta’sir etish motivlarini tadqiq etgan ishlarida
agrosanoatni klasterlashtirish tizimini optimal tashkil etish murakkablik jihatlarini
modellashtirish usullari yordamida sodda ob’yekt sifatida o‘rganish g‘oyasini ilgari surib,
xususan modellashtirish jarayonida trend modellarning qo‘llanilish mezonlarini zaruriy
hodisa sifatida baholashadi [9.10.11].

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Agroklaster atamasi manbalarda, “odatda, qishloq

xo‘jaligining rivoji va qishloq taraqqiyoti tushunchalariga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda turli
qishloq xo‘jaligifaoliyati va ishlab chiqaruvchi subyektlari sinergiya yaratish va umumiy
o‘sishni rag‘batlantirish uchun birlashtirilgan. Tuzilmaviy mohiyatan maqsad fermerlar,
agrofirmalar, tadqiqotchilar va boshqa manfaatdor tomonlarni hamkorlik qilish, resurslarni


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

61

bo‘lishish va keng miqyosdagi iqtisodiy faoliyatdan foyda olish uchun ma’lum bir geografik
hududda birlashtirishdan iborat” kabi tavsiflanadi.

Maqolamizda

biz

taklif

etayotgan

agrosanoat

korxonalarini

hududlararo

subklasterlashtirish asosida riivojlantirish mehanizmi turli hududlardagi tarqoq shakllangan,
daromad olishga yunaltirgan faoliyat yurituvchi turli ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
korxonalar (xo’jalik yurutuvchi subyektlar) ni birlashtirgan holda, makon va zamon jihatdan
farqlanuvchi harakatini 1)xizmat kko’rsatish 2) qayta ishlash, 3) bozorga chiqarish
komponentlarini tizimlashtirgan harakatga aylantirib beradi.

Piter Drukerning menejment nazariyasi. Druker agrosanoatni klasterlashtirishni,

korxonalarni samarali boshqarish vositasi sifatida baholaydi. Uning nazariyasi bo'yicha,
klasterlar korxonalari umumiy manfaatlar tamoili asosida tizimli boshqaruv yutuqlariga
erishishlari kerak. Klasterlashtirish amaliyoti Druker qarashlarida klasterli boshqaruv
negizida olib boriladi. Uning fikricha hududiy jihatdan birlashgan, umumiy maqsad yo’lida
takomillashgan iqtisodiy mexanizmga ega korxonlar faoliyati tizimni hosil qiladi. Mazkur
tizimning boshqaruv optimalligi klasterli boshqaruv rejimidagina ma’noga ega bo’ladi . Peter
Drukerning klasterlashtirish nazariyasi "innovatsiya va korporativ strategiya" deb ataladi.

Agrosanoatni klasterlashtirish nazariyasi, aslida, turli sohalardagi mutaxassislar

tomonidan rivojlantirilgan va o'z ichiga klasterlashtirishning turli holatlarini olgan keng
qamrovli g'oyadir. Bizning fikrimizcha, bu nazariyaning rivojlanish tendensiyasi va ulardagi
nazariy qarashlarning farqli jihatlari zamon va makon nuqtaiy nazaridan farqlanishi bilan bir
vaqtda o’zaro bir-birini to’ldiruvchi hisoblanadi. Aynan mana shu jihatlar klasterlashtirish
nazariyasining mukammallashuviga olib kelgan.

NATIJALAR

Agrosanoat klasteri subklasterlar asosida rivojlanish mexanizmining eng asosiy amaliy

natijalaridan biri–bu uning hududlararo faoliyatining yo’lga qo’yilganligidir. Hududlararo
faoliyatining keng imkoniyatlari mavjud bo’lib, territorial cheklanishlarni yumshatish, tovar
brendini shakllantirishni osonlashtirish, tashqi aloqalarga kirishishni va mahsulot (xizmatlar)
bozorini kengaytirish shular jumlasidandir. Bazis klaster ko’p funksiyali bo’lishi uning
korxona sifatida takomillashuvini anglatadi. Subklasterli tarmoqlanish ko’p funksiyalikni talab
etadi

- hududda qayta ishlash korxonalari faoliyatini yo’lga qo’yishni kengaytirish, ya’ni meva-

sabzavotlarni konservalash, sutni qayta ishlash, donni qayta ishlash, go’sht mahsulotlarini
qayta ishlash, ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlash korxonlarini texnik, texnologik
ta’minotini intensiv amalga oshirish, malakalali fkadrlarni rag’batlantirish, sohaga
investetsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni joriy etishni moliyalashtirish ko’p funksiyali
agroklasterlarning salohiyatidan kelib chiqib amalga oshirish mumkin bo’lgan iqtisodiy
voqeylikdir. Mazkur holatda tarmoqda qo’shilgan qiymat oshadi;

- yangi turdagi, yangi dizaindagi, yangi nomdagi mahsulotlar yaratish agrosanoat

klasterlarining tadqiqot va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish funksiyasi bilan
bog’liqdir. Bunda, ularning organik mahsulotlar, qo'shilgan qiymatli mahsulotlar, qayta
ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning bozorini shakllantirish
tajribalariga tayanish mumkin bo’ladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

62

- mahsulotlarni diversifikatsiya qilish imkoniyati agrosanoat klasterlarining bir vaqtning

o’zida ko’p xillik mahsulotlarni ishlab chiqarish funksionalligi va ishlab chiqarish quvvatining
keng ko’lamli ekanligidir.

MUHOKAMA

Umumiy holda agrosanoat subklasterlari qishloq xo'jaligida qo'shilgan qiymatni

yaratishga hududiy maqomdagi ishlab chiqarish drayverlaridir. Haqiqatan, ular qayta
ishlashni rivojlantirish, bozorga kirishni osonlashtirish, innovatsiyalarni joriy qilish, kadrlarni
tayyorlash, investitsiyalarni jalb qilish salohiyatiga egadirlar.

XULOSA

Agrosanoat korxonalarini hududlararo subklasterlashtirish asosida rivojlantirish mutloq

tizimli yondoshuv asosida yuzaga chiqadi. Bunda asoiy klaster strategik manba sifatida ko’p
funksional harakatni amalga oshiradi. Jumladan, bir chiziqli subklasterlararo resusrs
almashinuvini ta’minlaydi, axborotlashuv diapazonini kengaytiradi, subklaster a’zolarining
faoliyatini rivojlantiradi, yangi ish o’rinlarini yaratadi, innovatsiyalarni joriy qiladi va shu
orqali iqtisodiy salohiyatini oshirib, ijtimoiy-iqtisodiy nufuzini yaxshilab boradi. Kompleks
shakllangan, tizimli faoliyat olib boruvchi, o’zini-o’zi rivojalantiruvchi va takomillashtiruvchi
iqtisodiy obyektga hamda bir vaqtning o’zida xom ashyo ta’minotidan bozorgacha bo’lgan
zanjir faoliyatiga ega xo’jalik yurituvchi subyektga aylanadi.

Haqiqatan klasterlar a'zolariga resurslarni birlashtirishga imkon beradi, bu esa

samaradorlikni oshiradi va xarajatlarni kamaytiradi. Mahalliy xom ashyodan foydalanishni
rag'batlantiradi, bu esa mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Agrosanoat
klasterlarini subklasterlar asosida rivojlantirishda jarayonning nozik xususiyatlarini doimiy
nazorat qilish, jumladan, faoliyati kengaytirilgan subyekt mahsulot (xizmatlar) bozorida
a’zolarining o’rnini egallash tamoilida emas, balki a’zolar funksiyalarini o’zlashtirish va ijroda
ularning manfaatlarini hisobga olgan holda xarakatni tashkil etishi, ya’ni a’zolarning bozorga
kirishini bitta kompleks tizim asosida ososnlashtirishi zarur. Ushbu tamoil va mezon
yiriklashgan klastr korxonasining monopollashuv darajasini cheklaydi va sog’lom raqobat
muxitini yaratishdagi xissasini ta’minlaydi.

References:

1.

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2021-yil 24-iyuldаgi №458-sоn-

Qishlоq xо‘jаligi birlаshmаlаrining а’zоlаri, mеvа-sаbzаvоt klаstеrlаri ishtirоkchilаri vа
tаdbirkоrlik subyеktlаrigа mаhаlliy shаrоitdа yеtishtirilgаn intеnsiv kо‘chаtlаr (pаkаnа vа
yаrim pаkаnа) xо‘rаki, kishmishbоp vа sаnоаtbоp tоk kо‘chаtlаri hаmdа pаyvаndtаglаrni
sоtib оlish xаrаjаtlаrining bir qismini qоplаsh uchun subsidiyа аjrаtish tо‘g‘risidаgi nizоmni
tаsdiqlаsh hаqidаgi Qаrоriю
2.

Michael E. Porter. Competitive Advantage of Nations. Hardcover – June 1, 1998. /

https://www.amazon.com/ Competitive-Advantage-Nations-Michael-Porter/dp/0684841479
// 2) Porter M. Konkurensiya: Per. s angl. / Maykl Porter. – M. i dr.: Vilyams, 2003. 605 s.;
Enright M. J. The globalization of competition and the localization of competitive advantage:
policies towards regional clustering//The globalization of multinational enterprise activity
and economic development. – Palgrave Macmillan, London, 2000. – S. 303-331.;
3.

Peter F. Drucker. People and Performance: The Best oj Peter Drucker on Management.

First published by Butterworth-Heinemann This edition published 20 II by Routledge 2 Park


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

63

Square, Milton Park, Abingdon, Oxon OX 14 4RN 711 Third Avenue, New York, NY 10017, USA
.: 1977. – p. 371
4.

Рахимов, А. Н., Махматкулов, Г. К., и Рахимов, А. М. (2021). Построение

эконометрических моделей развития сферы услуг для населения региона и их
прогнозирование. Американский журнал прикладных наук , 3 (02), 21–48.
5.

Jo’rayev, F. D., Ochilov, M. A., Rakhimov, A. M., & Doliyev, S. Q. (2023). Algorithms for

improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on
artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.
6.

Ochilov, M. A., Juraev, F. D., Maxmatqulov, G. X., & Rahimov, A. M. (2020). Analysis of

important factors in checking the optimality of an indeterminate adjuster in a closed system.
Journal of Critical Review, 7(15), 1679-1684.
7.

Mukhitdinov, Kh S., and F. D. Juraev. "Methods of Macroeconomic Modeling."

International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), e-ISSN:
2456-6470.
8.

Мухитдинов, К.С., Рахимов, А.М. Предоставление услуг по размещению и питанию

населения региона. Международный журнал тенденций научных исследований и
разработок (IJTSRD), eISSN , 2456-6470.
9.

Jo‘rayev F. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning istiqboldagi

muammolari va ularni ekonometrik modellashtirish //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2021. – №. 4. –
S. 377-385.
10.

Jo‘rayev F. D. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qisqa muddatli

prognozlashtirish //Innovatsion texnologiyalar. – 2021. – №. 2 (42). – S. 92-95.

Библиографические ссылки

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2021-yil 24-iyuldаgi №458-sоn- Qishlоq xо‘jаligi birlаshmаlаrining а’zоlаri, mеvа-sаbzаvоt klаstеrlаri ishtirоkchilаri vа tаdbirkоrlik subyеktlаrigа mаhаlliy shаrоitdа yеtishtirilgаn intеnsiv kо‘chаtlаr (pаkаnа vа yаrim pаkаnа) xо‘rаki, kishmishbоp vа sаnоаtbоp tоk kо‘chаtlаri hаmdа pаyvаndtаglаrni sоtib оlish xаrаjаtlаrining bir qismini qоplаsh uchun subsidiyа аjrаtish tо‘g‘risidаgi nizоmni tаsdiqlаsh hаqidаgi Qаrоriю

Michael E. Porter. Competitive Advantage of Nations. Hardcover – June 1, 1998. / https://www.amazon.com/ Competitive-Advantage-Nations-Michael-Porter/dp/0684841479 // 2) Porter M. Konkurensiya: Per. s angl. / Maykl Porter. – M. i dr.: Vilyams, 2003. 605 s.; Enright M. J. The globalization of competition and the localization of competitive advantage: policies towards regional clustering//The globalization of multinational enterprise activity and economic development. – Palgrave Macmillan, London, 2000. – S. 303-331.;

Peter F. Drucker. People and Performance: The Best oj Peter Drucker on Management. First published by Butterworth-Heinemann This edition published 20 II by Routledge 2 Park Square, Milton Park, Abingdon, Oxon OX 14 4RN 711 Third Avenue, New York, NY 10017, USA .: 1977. – p. 371

Рахимов, А. Н., Махматкулов, Г. К., и Рахимов, А. М. (2021). Построение эконометрических моделей развития сферы услуг для населения региона и их прогнозирование. Американский журнал прикладных наук , 3 (02), 21–48.

Jo’rayev, F. D., Ochilov, M. A., Rakhimov, A. M., & Doliyev, S. Q. (2023). Algorithms for improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.

Ochilov, M. A., Juraev, F. D., Maxmatqulov, G. X., & Rahimov, A. M. (2020). Analysis of important factors in checking the optimality of an indeterminate adjuster in a closed system. Journal of Critical Review, 7(15), 1679-1684.

Mukhitdinov, Kh S., and F. D. Juraev. "Methods of Macroeconomic Modeling." International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), e-ISSN: 2456-6470.

Мухитдинов, К.С., Рахимов, А.М. Предоставление услуг по размещению и питанию населения региона. Международный журнал тенденций научных исследований и разработок (IJTSRD), eISSN , 2456-6470.

Jo‘rayev F. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning istiqboldagi muammolari va ularni ekonometrik modellashtirish //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2021. – №. 4. – S. 377-385.

Jo‘rayev F. D. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qisqa muddatli prognozlashtirish //Innovatsion texnologiyalar. – 2021. – №. 2 (42). – S. 92-95.