YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
27
YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB
BORILADIGAN IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT MAZMUN VA MOHIYATI
Z.Jummayeva
DTPI Pedagogika fakulteti o‘qituvchisi
Salomova Umida
DTPI Pedagogika fakulteti Boshlangʻich taʼlim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
salomovaumida5@gmail.com
Joʻrayeva Komila Nomoz qizi
DTPI Pedagogika fakulteti Boshlangʻich taʼlim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14538853
Annotatsiya:
Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan ta’limiy-
tarbiya ishlarini olib borish, ular rivojlanishida hayotiy maromni ta’minlovchi to‘g‘ri, jismoniy
va aqliy-ruhiy o‘sishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratuvchi tartib, maqsadga muvofiq
odatlarni shakllantirish haqidagi fikr mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar.
Defektolog, aqli zaif bola, ko‘nikma, motorika, harakat, sanitariya, gigiyena.
Hozirgi kunda ijtimoiy ta’minot vazirligiga bo‘ysinuvchi bolalar muassasa tarmoqlari
tuzilib, ularda bolalar 4 yoshdan 18 yoshgacha to‘la davlat ta’minotida bo‘ladilar. Ko‘pincha
internat – uylarda diagnostika guruhlari bo‘lib, u yerga yangi kelgan bolalar qabul qilinadi.
Bundan maqsad – idrok etish qobiliyatlari o‘sishini o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish, mehnat
faoliyati ko‘nikmalarini egallashni aniqlashdan iborat. Shifokorlar va tarbiyachilar xulosalarini
hisobga olib 3-4 oydan so‘ng bolani uning ruhiy-jismoniy rivojlanganiga mos keluvchi
guruhga o‘tkazadilar. Tuzatuvchi – tarbiya ishlar tartibi maxsus bolalar uylari sharoitida
takomillashib boradi va bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi:
1-bosqich (4 yoshdan 8 yoshgacha). Bolalarda sanitariya-gigiyena ko‘nikmalari, motorika va
harakatni tartibga solib shakllantiriladi, nutqni o‘stirishga, ayniqsa katta e’tibor beriladi,
maktab ta’limiga bolalarni tayyorlash amalga oshiriladi.
2-bosqich (8 yoshdan 16 yoshgacha). Bolalardagi o‘z-o‘ziga xizmat qilish va gigiena
ko‘nikmalari mustahkamlanadi, xo‘jalik-maishiy mehnat ko‘nikmalari o‘zlashtiriladi,
hisoblash va elementar savod ko‘nikmalari shakllanishiga e’tibor beriladi, nutq o‘stiriladi.
3-bosqich (6-18 yosh). Bu yakunlovchi bosqich o‘z oldiga ijtimoiy moslashuv vazifalarini
qo‘yadi. Bunda axloqiy, estetik tarbiya, xo‘jalik-maishiy, mehnat ko‘nikmalarini
takomillashtirish, maishiy chamalash bo‘limlari mavjud. Barcha tarbiyaviy ishlarni yo‘lga
solishning maqsadi turmushda bolalarni mustaqillikka imkoni boricha tayyorlash va yetarli
darajada mehnat faoliyatiga o‘rgatishdan iborat. Bolalar tarbiyasini yaxshilash ishining asosi
ularda mehnat ko‘nikmalarini va ijtimoiy moslashuvni shakllantirish uchun bolalardagi ijobiy
imkoniyatlarni aniqlashdir.Hozirgi vaqtga kelib, L.S. Vigotskiy aytgan tarbiyaning zaruriy
shartlari belgilandi:
1.
Chuqur aqliy qoloq bolalar bilan korreksiya ishini ancha barvaqt boshlash.
2.
Qulay oilaviy vaziyat va maxsus muassasalar bilan yaqin aloqada bo‘lish.
3.
Bolaning bor imkoniyatlariga va uning yoshiga javob beruvchi maxsus dasturlar va
maxsus metodlarni qo‘llash.
Bu shartlarni tushuntirib o‘tamiz. Barvaqt korreksiya chuqur aqliy qoloq bola uchun
muhim ahamiyatga ega. Ikkinchi shart-oilaviy tarbiyaning to‘g‘ri tashkil qilinishidir. O‘rta og‘ir
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
28
darajadagi aqli zaif bolani tarbiyalash uchun oilada qulay sharoitlar yaratilishi kerak.Biroq
ota-onalar defektologlar yordamiga muhtoj bo‘ladilar, ularda o‘z bolasini qanday tarbiyalash
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar yetishmaydi. Ko‘pincha ota-onalar hamma ishlarni, hatto
bolaning bu ishlarni bajarishga qurbi yetadigan ishlarini ham o‘zlari bajarishga urinadilar.
O‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolani ko‘pincha “boshqarilishi kerak bola” deb ataydilar,
chunki u mustaqil ravishda turli harakatlarni bajarishga o‘rgana olmaydiu sog‘lom bolalarga
qaraganda ancha ko‘proq yordamga muhtoj bo‘ladi. Tarbiya katta sabr-toqatni talab qiladi,
ko‘p vaqt sarflanadi, ammo vaqt o‘tishi bilan barcha o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar bolani
mustaqillikka yo‘llaydi. Bolani oilada ko‘p narsalarga o‘ziga-o‘zi hizmat ko‘rsatishga, uddalay
oladigan topshiriqlarni bajarishga, atrofdagilar bilan muomala qilishga o‘rgatish kerak. Agar
oilada kichik yoshli bola bo‘lsa uni o‘ynashga, sayrga chiqishga (ota-ona nazorati ostida)
undash kerak. Bola uddasidan chiqadigan o‘yinlar o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolaga yaxshi
ta’sir ko‘rsatadi, chunki u taqlid qilishni yaxshi ko‘radi.Kichik yoshdagi (4-8 yoshli) o‘rta og‘ir
darajadagi aqli zaif bolaning rivojlanishida hayotiy maromni ta’minlovchi to‘g‘ri, jismoniy va
aqliy – ruhiy o‘sishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratuvchi tartib, katta ahamiyatga ega.
Tartib maqsadga muvofiq odatlar shakllanishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi o‘rta
og‘ir darajadagi aqli zaif bolada shakllanishi zarur bo‘lgan ko‘pgina maishiy ko‘nikmalar yo‘q
bo‘ladi. Tartibga rioya qilish bu vazifani yengillashtiradi. Ular uchun taxminiy kun tartibini
tuzish va amal qilishni o‘rgatib borish zarur.Agar uyqudan turish soat 8:00 da bo‘lsa, bolalarni
soat 20:00 da uyquga yotqizish zarur, chunki ular ertangi kun uchun yaxshi dam olishlari va
kuch to‘plashlari kerak. Kichik yoshdagi o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolalarni kuzatib
borish, ular turmushda o‘ta yordamga muhtojliklarini qayd etish uchun asos beradi, ular
ko‘pincha irkit yuradilar, ularga doimiy yordam zarur, mustaqil ovqat yeya olmaydi. Ularga
shularning hammasiga o‘rgatish kerak. Vaqt o‘tishi bilan o‘zlashtirgan ko‘nikmalar turg‘un va
odatiy bo‘lib qoladi. Bolaga yordam berib borish asta-sekin bunday yordamni kamaytirib
borish va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ishlarini borgan sari ko‘proq uning o‘zini zimmasiga
yuklash zarur. Quyidagi qoidalarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi.Kunni o‘tkazish
uslubi.Bolani uyqudan turg‘azishni signal bo‘yicha amalga oshiramiz.Bu o‘rinda past ovoz
bilan aytilgan “Malohat o‘rningdan tur!” kabi jumla bo‘lishi mumkin. Agar bola signalga
o‘rganmagan bo‘lsa, unda bu signal qo‘shimcha takrorlanishi va qo‘l bilan astagina yelkasiga
tegib qo‘yish mumkin. Bolada ayni bir vaqtda uyqudan uyg‘onish odati paydo bo‘lishi kerak.
Uyqudan turgan bolaga erkalab “Assalomu aleykum” deb o‘rgatish lozim.Jismoniy
mashg‘ulot. Ertalabki badan tarbiya – bolalarni jismoniy tarbiyalashning oddiy va samarali
vositasi. Uni qanday bajarilishini o‘yin shaklida ko‘rsatib berish mumkin.Masalan: “Malika
kichkinagina, kichkinagina” – katta yoshli odam cho‘qqayib o‘tiradi, hamda iloji bo‘lsa shu
so‘zni ham takrorlab harakatni takrorlaydi. “Malika o‘sib katta bo‘ldi” – deydi tarbiyachi
yuqori oyoq uchida ko‘tarilib, qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib.“Endi yuguramiz va qo‘llarimizni
silkitamiz”, – deydi boshqaruvchi, bola esa harakat va so‘zlarni (agar gapira olsa) takrorlaydi.
Badan tarbiyani “Quyoncha” o‘yinini qo‘shiq bilan o‘tkazish mumkin. Kulrang quyoncha
o‘tirar quloqlarini qimirlatib. Mana bunday, bunday qilib quloqlarin qimirlatib, cho‘nqayib
o‘tiramiz va quloqlar yoniga barmoqlarni qo‘yib qimirlatamiz.Quyoncha o‘tirib sovuq qotdi,
uning qo‘llarini isitamiz. O‘rnimizdan turamiz va chapak chalamiz.Chapak, chapak, chapak
chalib, qo‘lchalarni isitamiz. Quyoncha o‘tirib sovuq qotdi, u sakrab-sakrab yurish kerak.To‘p-
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
29
to‘p, to‘p, Quyoncha sakraydi xo‘p.Har bir mashqni 3-4 marta takrorlaymiz. Butun mashg‘ulot
10 minut davom etadi. Mashqlarni quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha bajarish mumkin:
1.
Qo‘llarni oldinga, yon tomonlarga cho‘zib belga qo‘yib yurish.
2.
Asosiy holat-tik turish. Boshni pastga, yuqoriga bukish.
3.
Qo‘llarni bosh ustiga ko‘tarish, tana bo‘ylab pastga tushirish.
4.
Oyoqni oldinga qo‘yish, joyiga qo‘yish, boshqa oyoqni oldinga qo‘yish, joyiga qo‘yish.
5.
Yugurish.
6.
Ohista qadam tashlab yurish.
Mashqlar vaqtida qanday to‘g‘ri nafas olish kerakligini ko‘rsatish lozim. Buning uchun
har bir mashqdan so‘ng nafas mashqini o‘tkazish kerak. “Nafas olamiz” va “nafas chiqaramiz”
so‘zlari aytib turiladi. Agar sharoit imkon bersa, mashqlarni ochiq havoda o‘tkazish foydali
bo‘ladi. Sanitariya-gigiyena ko‘nikmalarini singdirish.O‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolani
tarbiyalashda sanitariya-gigiyena ko‘nikmalarini singdirish muhim o‘rin egallashi kerak. 4
yosh bola turmushda juda noshud bo‘ladi, ko‘pincha isqirt yuradi, unga doimiy yordam kerak.
Sanitariya va gigiyena ko‘nikmalarini singdirish deganda, bolaning kiyimlari va poyafzallarini
ozoda tutish bilan, ovqat yeyish hamda boshqa rejimli holatlar bilan bog‘liq harakatlar
ko‘nikmalarini nazarda tutish kerak.Bolani kuydagilarga o‘rgatish kerak:
1.
Yuvinish: qo‘llarini, yuzini, quloqlarini, bo‘ynini yuvish.
2.
Sovundan, sochiqdan foydalanish.
3.
Kiyinishni, yechinishni, oyoq kiyimni kiyishni, yechishni bilish.
4.
Yechilgan kiyimni ma’lum joyga qo‘yish, kiyimni va poyabzalni ozoda saqla (poyafzal
changini artishni bilish).
5.
Tarelkadan, qoshiqdan, piyoladan foydalanishga, to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rganish.
6.
Stol va stuldan foydalanishni o‘rganish.Bola quyidagilarni bilishi, nomini ayta olishi va
ko‘rsata bilishi kerak:
1.
O‘z tanasi qismlarini: boshi, og‘zi, burni, ko‘zlari, quloqlari, bo‘yni, peshonasi, qo‘llari,
barmoqlari, oyoqlari, ko‘kragi, qorni va belini.
2.
Sanitariya va gigiyena buyumlari: sovun, sochiq va shu kabilar.
3.
Kiyim va poyabzal buyumlari: qalpoq, ro‘mol, ko‘ylak, qizlar ko‘ylagi, mayka, paypoq va
shu kabilar.
4.
Ovqatlanish uchun zarur buyumlar: tarelka, kosa, qoshiq, piyola va shu kabilar.
5.
Ovqat nomlari: sho‘rva, palov, mastava, lag‘mon, choy, sharbat va shu kabilar.
6.
Kerakli oziq-ovqatlar: non, qand, tuz, sut va shu kabilar.
Barcha ko‘nikmalar sayr vaqtida, ovqat vaqtida bu harakatlar qanday amalga
oshirilishini, qanday buyumlardan foydalanishi bevosita ko‘rsatish bilan shakllantiriladi.
Tadqiqotimizda o‘rta og‘ir darajadagi aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan ish ularning
nutqini o‘stirish, predmetli faoliyatini, o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarini rivojlantirish,
maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lish lozimligiga yana bir karra amin bo‘ldik va quyidagi
xulosalarga keldik. Aqli zaif bolalar bilan korreksion ta’lim erta boshlash bolaning
rivojlanishida ijobiy siljishlarga olib keladi va uning taqdiriga ta’sir ko‘rsatadi. Erta korreksion
ish faqatgina bolaning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etuvchi vositagina bo‘lmasdan, balki
diagnostikasi ham ishonchli vositadir.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
30
References:
1.
Akramova X. (2020). Didactic Foundations of Labor Activity for Children with
Intellectual Disabilities. Архив научных публикаций JSPI, 7(1). извлечено от
https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/682
2.
Akramova,
X.
(2020).
КОРРЕКЦИОННО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ
ОСОБЕННОСТИ
ФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ У ДЕТЕЙ С УМСТВЕННОЙ
ОСТАЛОСТЬЮ В СЕМЕЙНЫХ УСЛОВИЯХ. Архив научных публикаций JSPI, 15(1).
извлечено от
https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/918
3.
Muzaffarova X. (2020). Identification of mentally retarded children: Identification of
mentally retarded children. Архив научных публикаций JSPI, 5(1). извлечено от
https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/556
4.
Muzaffarova X. (2020). Intellektida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning
rivojlanish xususiyatlari. Архив научных публикаций JSPI, 1(09), 9. извлечено от
https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/2708.
5.
Мозговой В.М. Основы олигофренопедагогики: учеб. пособие для студ. сред. учеб.
заведений – Издательский центр Академия, 2010. 9-стр
6.
Djumayeva, Z. M. (2023). IMPROVING THE SYSTEM OF PROFESSIONAL COMPETENCE
IN EDUCATING STUDENTS BASED ON UNIVERSAL VALUES. Экономика и социум, (7 (110)),
90-95.