YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
95
YANGI YIL BAYRAMI ARCHALARINI ELEKTR QURILMALARI ORQALI
YORITISH USULLARI VA ELEKTR USKUNALARIDAN CHIQISHI MUMKIN
BO‘LGAN YONG‘INLARNI OLDINI OLISH
Mustaqimov Sherali Shuhrat o‘g‘li
(“LUOK” MChJ Buxoro viloyatidagi OYXTTE bo‘limi
P va NB katta inspektori leytenent)
Muzafarova Sevinch Muhammadovna
(Buxoro Davlat Universiteti fizika-matematika va axborot texnologiyalari fakulteti
2-bosqich talabasi)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14632019
Annotatsiya:
Maqola matnida ochiq maydonlarda barpo etiladigan yangi yil bayrami
archalarini o‘rnatish, montaj qilish va qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilganda qanday ijobiy
o‘zgarishlar bo‘lishi haqida fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Montaj, elektr qurilmalari, texnik mustahkamlik, ko‘chma yoritish
moslamalar, linza, sofit, ekspluatatsiya, girlyanda, illyuminatsiya.
Yangi yil shukuhi respublikamizga dekabr oyining ilk kunlaridan kirib kela boshlaydi. Shu
bilan birga viloyat, tuman, shahar markazlarida insonlarni o‘ziga jalb etadigan va yosh-u qarini
ko‘zini birday quvnatadigan yangi yil archasi qad ko‘tara boshlaydi. Yangi yil archasida elaktr
yoritgichlar va boshqa elektr qurilmalar bo‘lganligi sababli uning xavfsizlik darajasini oshirish
asosiy mumammolardan bir bo‘lib qoladi. Bunday holatlarda montaj ishlari shasharsozlik
norma qoidalari va qonun hujjatlarida talab etilgan darajada tashkil etiladi. Jumladan:
Elektr tarmog‘iga ulanish ishlari O‘zenergoinspeksiya tomonidan texnik ko‘rikdan
o‘tkazilgandan va ularning foydalanishga tayyorligi aniqlangandan so‘ng Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va jismoniy
shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy
reglamenti”da belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazish davrida elektr ta’minotidan (elektr qabul qiluvchi
qurilmalarni) xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan elektrotexnik
xodimlari orasidan mas’ul shaxslar tayinlanadi.
Elektr qurilmalarini montaj ishlari va o‘rnatish “Elektr qurilmalarning tuzilishi qoidalari”
talablariga, elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-
noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan “Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik
ekspluatatsiya qilish qoidalari” va “Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda
xavfsizlik texnikasi qoidalari”ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Bayram tadbirlarida elektr qurilmalarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash
uchun elektr xo‘jaligining umumiy holati uchun javob beruvchi mas’ul shaxs (bundan buyon
matnda elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs) tayinlanishi kerak. Elektr xo‘jaligi uchun javobgar
shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli guruhga ega bo‘lgan elektrotexnik xodimlar (bosh
energetik yoki muhandis-texnik xodim) orasidan tayinlanadi.
Elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxs quyidagilarga majbur:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini ta’minlashi;
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
96
elektr qurilmalar, uskunalar va elektr tarmoqlarning profilaktik tekshiruvlarini tashkil
etish va amalga oshirish, shuningdek, himoya vositalari va yong‘inga qarshi anjomlarning ishga
yaroqli holatda saqlanishini ta’minlashi;
elektr uskunalarining ishida buzilish aniqlansa profilaktik va ta’mirlash ishlarini o‘z
vaqtida va sifatli o‘tkazilishi tashkil etilishini ta’minlashi;
elektr qurilmalarini ishlatish vaqtida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha navbatchi xodimlarni
o‘qitish va yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etishi.
Yangi yil bayrami archalarining elektr qurilmalarini elektr ta’minoti uchun loyiha
yechimlarini tuzishda quyidagi talablar ta’minlanishi lozim:
yong‘in va portlash xavfi zonalari va atrof-muhit sharoitlari sinfiga qarab kabellar, elektr
simi, elektr dvigatellari, lampalar va boshqa elektr uskunalaridan foydalanishning to‘g‘riligi,
shuningdek, qisqa tutashuv, yuklanish, ichki va atmosfera yuqori kuchlanishlari va boshqalarga
qarshi himoya qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish;
bayram archasiga vaqtinchalik uslubda o‘tkazilgan barcha kabel va elektr simlarini
izolyasiya qoplamalari bilan ta’minlash;
220V va 380V ega bo‘lgan kuchlanishdagi elektr ta’minot uzatmalarini sun’iy yangi yil
bayrami archasining yong‘in xavfi bo‘lgan zonalaridan tashqarida o‘tkazish;
elektr ta’minlovchi kabel kirish joyi va tegishli nominali bo‘lgan himoyalash apparatini o‘z
ichiga olgan umumiy uzuvchi (ajratuvchi) moslama, archadan kamida 10 m masofada va ko‘pi
bilan 2 m balandlikda o‘rnatish;
har bir yangi yil bayrami archasining girlyandasi uchun alohida tegishli nominali bo‘lgan
himoyalash apparati, rozetka va nol shinalarni o‘z ichiga olgan elektr quvvat qutilarini yangi yil
bayrami archa girlyandalaridan kamida 1.5 m masofada o‘rnatish.
Yangi yil bayrami archalarini yoritish uchun, shuningdek, ular atrofida yorituvchi
kompozitsiyalarni montaj qilishda 25V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanishli 5 elektr
girlyandalardan foydalanish kerak. Aks holda pastki elektr lampasining balandligi kamida 2.5
m bo‘lishi kerak.
Yangi yil bayrami archa girlyandalarini 220V kuchlanishiga ulash joriy nominalga mos
keladigan himoya o‘chirish qurilmasi orqali amalga oshirilishi kerak.
Yangi yil archalarini har qanday ob-havo sharoitida yangi yil girlyandlari va bayram
illyuminatsiyasi bilan bezatish uchun IP56 va IP65 himoya qilish darajasiga ega girlyandalar
qat’iy qo‘llanilishi kerak.
Izoh: IP20 va IP44 himoya qilish darajasiga ega girlyandalar faqat yopiq binolarda
qo‘llanilishi mumkin.
Yangi yil bayrami o‘yinchoqlarni, bezaklarni, reklama va bayram tadbirlarining boshqa
atributlarini elektr ta’minoti simlariga osib qo‘yish taqiqlanadi.
Cho‘g‘lanma lampalardan foydalanilganda yong‘in xavfsizligi choralari nazarda tutilib,
ularning oldida va bevosita yaqinida o‘yinchoqlar, bezatuv buyumlar, sun’iy yangi yil bayrami
archasining ignabargli shoxlari va boshqa yengil yonuvchan moslamalar joylashtirmaydi.
Elektr simlarni bog‘lamalari tarqatish qutilarida bajarilishi, shuningdek, ular qisqichlar,
burama vintlar yordamida ulangan bo‘lib, ulangan joylarning qobig‘i asosiy simlarni qobig‘iga
teng bulishi kerak. Yuqoridagi talablarning barchasi boshqa elektr xavfsizligi talablari bilan
birga elektr ta’minoti loyihalarida ham o‘z aksini topishi lozim.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
97
Ko‘chma elektr qabul qiluvchi moslamalardan foydalanishni tashkil etish uchun IEQTEQQ
talablariga muvofiq, kamida elektr xavfsizligi III-guruhiga ega bo‘lgan mas’ul xodimlar
tayinlanadi.
Ko‘chma yoritish lampalar, himoya shisha qopqoq va to‘rlar bilan jihozlangan bo‘lishi
kerak. Ushbu lampalar va boshqa ko‘chma elektr apparatlar uchun atrof muhit ta’sirlarga
chidamli qobig‘da, rezina izolyatsiyali, o‘zakli mis simlardan bajarilgan egiluvchan kabellar
qo‘llanilishi zarur. Ko‘chma yoritish moslamalarni va boshqa elektr apparaturalarni shtepsel
uzgichlari mavjud bo‘lgan elektr qutilar orqali ulashni amalga oshirish kerak. Sahnada yoki
ularning ostida har qanday ochiq turdagi elektr saqlagich va tarqatish elektr qutilarni o‘rnatish
taqiqlanadi.
Kuchlanishni tartibga soluvchi barcha elektroapparatlar apparatura xonalarida
o‘rnatilishi zarur.
Sahnalashtirilgan yoki yoritish uchun lazer qurilmalaridan foydalanilganda, lazerlar
chiqaruvchi bloklar yonuvchan konstruksiyalar va bezaklar sirtlaridan 1 m dan yaqin
bo‘lmagan masofada yonmaydigan materiallardan tayyorlangan tagliklarga, apparatlar
xonalariga o‘rnatilishi kerak. Ishlatiladigan lazer qurilmalarining hususiyatlari yong‘indan
xavfsiz bo‘lishi kerak.
Sofit va rampalarni o‘rnatishda faqat yonmaydigan materiallardan foydalanish kerak.
Sofitlar korpuslari ularni ushlab turuvchi trosslardan izolyasiyalangan bo‘lishi kerak. Projektor
va sofitlar sun’iy archalardan, bezaklardan va yonuvchan materiallardan ishlangan
konstruksiyalardan kamida 1.5 m uzoqlikda joylashtirilishi kerak.
Linzali projektordan yonuvchan bezaklargacha bo‘lgan masofa kamida 2.0 m bo‘lishi
kerak.
Elektr kabellari va elektr simlari montaj qilingandan so‘ng, ularni himoya qobig‘larini
qarshilikka chidamliligi bo‘yicha laboratoriya sinovlarini o‘tkazish va dalolatnoma
rasmiylashtirilishi kerak.
Yangi o‘rnatilgan statsionar elektr qurilmalari, shuningdek, illyuminatsiya yoritish
moslamalarini elektr tarmog‘iga ulanishi O‘zenergoinspeksiya tomonidan texnik ko‘rikdan
o‘tkazilgandan va ularning foydalanishga tayyorligi aniqlangandan so‘ng Vazirlar
Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy
reglamentida belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.
Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish vaqtida elektr toki urishi
va yong‘inlarning xavfi yuzaga kelishining oldini olish maqsadida elektr tarmoqlari, girlyanda,
reklama yoritgichlari holatini doimiy nazorat qilib borishni ta’minlash zarur. Ko‘ngilsiz holatlar
sodir bo‘lganda va fuqarolar sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganda, shunday ko‘ngilsiz holatlarni oldini
olish maqsadida ommaviy tadbir o‘tkaziladigan joyga yong‘in-qutqaruv ekipajlari navbatchiligi
tashkil etiladi. Tashkil etilgan navbatchilik jangovor holatda bo‘lib, asosiy maqsad fuqarolar
xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarni oldini olish hisoblanadi. Yangi yil archalarida
sodir bo‘ladigan yong‘inlarning akasariyati yog‘ingarchilik va elektr simlarida qisqa tutashuv
natijasida sodir bo‘ladi. Xuddi shunday yong‘inlar har yili dunyo bo‘ylab bir necha marta sodir
bo‘lib turadi. O‘zbekistonda ham yangi yil archalarida yong‘inlar sodir bo‘lishi kuzatilgan.
Bunga misol qilib 2021-yil 27-dekabr kuni Navoiy viloyati hokimligi hovlisida o‘rnatilgan yangi
yil archasida uzoq yog‘ingarchilikdan so‘ng yoritish chiroqlarida qisqa tutashuv natijasida
yong‘in kelib chiqqan. Markaziy archa o‘rnatilgan joyda ikkita yong‘in qutqaruv otryadining 2
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
98
ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan soat 19:07 da kelib chiqqan yong‘in 19:20 da to‘liq
o‘chirilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar aniqlanmagan. Moddiy zarar taxinan
211 million (ikki yuz o‘n bir million) so‘mni tashkil qilgan. Yangi yil archasida elektr qurilmalari
va ularda bo‘ladigan qisqa tutashuvlar natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni
oldini olish maqsadida quyidagilar taklif qilinadi:
-
elektr qurilmalari sabab yangi yil archasida yong‘in chiqishini oldini olish maqsadida
girlyandalarsiz archani bezatish;
-
yorug‘likni masofadan turib archaga yo‘naltirish va animatsiya hosil qilish:
-
yorug‘lik yetarli bo‘lmagan paytda archaning ichki qismidan yorug‘lik berish.
References:
1.
O‘zbeliston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi”
226-sonli Qonuni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyul kunidagi “Ommaviy
tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 205-sonli qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabr kunidagi “Yong‘in
xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash tog‘risida”gi 649-sonli qarori.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi 11.11.2021-yildagi 02-02/2160-son,
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 12.11.2021-yildagi 04-12-15-4984-son,
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi 12.11.2021-yildagi 05-06/12845-son, O‘zbekiston
Respublikasi Sanoat xavfsizligi Davlat qo‘mitasi 12.11.2021-yildagi 01/22-3390-son “ochiq
maydonlarda barpo etiladigan yangi yil bayrami archalarini o‘rnatish, montaj qilish va
foydalanish joylarining texnik mustahkamligi va yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish
bo‘yicha yo‘riqnoma”si.
5.
Sh.Sh.Mustaqimov Pedagog Respublika ilmiy jurnali “Yig‘ma temir konstruksiyali yangi
yil archasida sodir bo‘ladigan yong‘inlarni o‘chirishda o‘z o‘zini o‘chirish tizimi” maqolasi 1174-
1177 betlar.
