Авторы

  • Feruzbek Xasanov
    Alfraganus University NOTT, Tibbiyot fakulteti, Farmatsevtika va kimyo kafedrasi, Toshkent shahri, O‘zbekiston

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.63100

Аннотация

Sho'rlanish stressiga javoban o'simliklar  protektor makromolekulalarni sintezlash, himoya tizimlarini shakllantirish va yangi o'zgargan muhitga nisbatan organizmning moslashuvini ta'minlovchi juda ko'p molekulyar, metabolik va fiziologik mexanizmlarni ishga tushiradi. Fermentlar bilan bir qatorda o'simliklarda α-tokoferol, karotinoidlar, askorbi kislota, glutation, uglevodlar va saxarospirtlar (mannit,sorbit), prolin, fenol tabiatli birikmalar, poliaminlar kabi quyi molekulyar birikmalar ham faoliyat yuritadi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

60

PROLIN IMINOKISLOTASINING SHO‘RLANISH STRESSIDA PROTEKORLIK

ROLI

Xasanov Feruzbek Aliaskar o‘g‘li

Alfraganus University NOTT, Tibbiyot fakulteti,

Farmatsevtika va kimyo kafedrasi, Toshkent shahri, O‘zbekiston

feruzbekkhasanov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14683170

Sho'rlanish stressiga javoban o'simliklar protektor makromolekulalarni sintezlash,

himoya tizimlarini shakllantirish va yangi o'zgargan muhitga nisbatan organizmning
moslashuvini ta'minlovchi juda ko'p molekulyar, metabolik va fiziologik mexanizmlarni ishga
tushiradi. Fermentlar bilan bir qatorda o'simliklarda α-tokoferol, karotinoidlar, askorbi kislota,
glutation, uglevodlar va saxarospirtlar (mannit,sorbit), prolin, fenol tabiatli birikmalar,
poliaminlar kabi quyi molekulyar birikmalar ham faoliyat yuritadi

Prolin iminokislotasi yuksak o'simliklarda ko'p miqdorda uchraydigan metabolitlardan

biri hisoblanadi. Qurg'oqchilik, sho'rlanish, temperatura pasayishi, og'ir metall tuzlari,
patogenlar ta'sirida o'simliklardagi erkin prolin miqdori normadagidan o'n karra, ba'zan yuz
karragacha oshib ketishi kuzatilgan. Hozirgi kunda prolin stress jarayonida
osmoregulyatsiyada, antioksidant himoyada, genlar ekspressiyasi regulyatsiyasida, energetik
substrat sifatida, pH va NAD/NADH nisbati regulyatsiyasida vazifa bajarishi fanda hech kimga
sir emas.

Ushbu tadqiqotda, sho'rlanish stressi ta'sirida kelib chiqadigan himoya mexanizmlarini

chuqurroq tahlilq qilish uchun, mamlakatimizda uzoq yillardan beri yetishtiriladigan g'oza
o'simligida sho'rlanish stressi ta'sirida prolin miqdori o‘zgarishini tahlil qildik.

Tadqiqot obyekti sifatida g'o'za o'simligining standart C-6524 navi tanlandi. Tadqiqod

predmeti sifatida g'oza nihollariga NaCl nig 25, 50 va 75mM konsentratsiyalari ta'sir ettirilib, 1,
4 va 7 kun oralig‘ida prolin miqdori o’rganildi.

Tadqiqotlar laboratoriya sharoitida o'tkazildi. O'simliklarda sho'rlanish stressi modelini

yaratish uchun o'simliklar gidroponika usulida o'stirildi. O'simlik namunalarida prolin
miqdorini o'lchashda spektrofotometrik usuldan foydalanildi.

Tajribalar natijasida 25 mM NaCl stress ta'sirida g'o'za nihollaridagi prolin miqdori

kontroldagiga nisbatan 1-chi kunda deyarli farq sezilmadi. 4-kunga kelib, prolin miqdori
kontrolga nisbatan 46% ga oshishi kuzatildi. 7-kunga kelib esa aksincha kontrolga nisbatan
23% ga kamayish kuzatildi. 50 mM NaCl ta'siridagi g'o'za nihollarida 1-sutkadan so'ng prolin
miqdori kontrolga nisbatan 41% ga oshdi. 4-kunda esa kontrolga yaqinlashdi: kontrolga
nisbatan 14% ga ortiq bo'ldi. 7 kunga kelib prolin miqdori kontrolga nisbatan 1,9 barobar
kamaydi. 75 mM NaCl ta'siridagi g'o'za nihollarida ham 1-sutkadan so'ng prolin miqdori
kontrolga nisbatan 44% gacha oshdi. 4-kunda kelib prolin miqdori keskin kamayib, kontrolga
nisbatan 67% gacha kamaydi. 7 kunga kelib prolin miqdori kontroldagi prolin miqdorining
30% ni tashkil etdi.

Prolin miqdori oshishini Na

+

va Cl

-

ionlari ta'sirida yoki KFSh ta'sirida prolin sinteziga

javobgar bo'lgan fermentlarni kodlovchi genlar ekspressiyasining oshishi bilan bog'lash
mumkin bo'lsa, prolinning kamayishini stress ta'sirini bartaraf etish uchun sarflanishi bilan
tushunish mumkin.