Авторы

  • G‘olib Karjavuv
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.63821

Ключевые слова:

masal mifalogiya afsona masalnavislik jahon mifologiya masal poetikasi.

Аннотация

Keyingi yillarda oʻzbek adabiyotida masal janri poetikasining mifologik universalligi badiiy syujet hamda kompozisiyaning turli koʻrinishlariga murojaat qilish an’ana tusini olayotgan bir paytda, yangilanayotgan masal janri tabiatida bu muammoning ildizlariga murojaat qilish koʻp uchramoqda. Xususan, birgina tarixiy janrning toʻliq badiiy qiymati va bu boradagi zamonaviy masalchilik izlanishlari timsolida jiddiy tekshirish, uni yondosh sohalar bilan omuxta oʻzrganish hamisha ishonchni oqlaydi. Masal tabiatida oʻsib-oʻzgarib borayotgan badiiyat qonuniyatlari hali misli koʻrilmagan sintezlashuvni yuzaga chiqishiga zamin hozirlamoqda. Badiiy masal yunon madaniyatidan ibtidolanib, uni makon va zamon tushunchasi negizida tahlil qilish modifikasion birliklar yigʻindisini kashf qilishga imkon sharoit tugʻdiradi. Shunday ekan, har qanday janr shakl plastik oʻzgaruvchanligini inobatga olsak, uning davrlar osha sayqallanib borishiga shak-shubha yoʻq.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

139

O‘ZBEK VA JAHON ADABIYOTIDA MASAL JANRINING O‘ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Karjavuv G‘olib Azamatovich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat

universiteti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14754815

Annotatsiya

Keyingi yillarda oʻzbek adabiyotida masal janri poetikasining mifologik universalligi

badiiy syujet hamda kompozisiyaning turli koʻrinishlariga murojaat qilish an’ana tusini
olayotgan bir paytda, yangilanayotgan masal janri tabiatida bu muammoning ildizlariga
murojaat qilish koʻp uchramoqda. Xususan, birgina tarixiy janrning toʻliq badiiy qiymati va bu
boradagi zamonaviy masalchilik izlanishlari timsolida jiddiy tekshirish, uni yondosh sohalar
bilan omuxta oʻzrganish hamisha ishonchni oqlaydi. Masal tabiatida oʻsib-oʻzgarib borayotgan
badiiyat qonuniyatlari hali misli koʻrilmagan sintezlashuvni yuzaga chiqishiga zamin
hozirlamoqda. Badiiy masal yunon madaniyatidan ibtidolanib, uni makon va zamon
tushunchasi negizida tahlil qilish modifikasion birliklar yigʻindisini kashf qilishga imkon sharoit
tugʻdiradi. Shunday ekan, har qanday janr shakl plastik oʻzgaruvchanligini inobatga olsak, uning
davrlar osha sayqallanib borishiga shak-shubha yoʻq.

Kalit so‘zlar:

masal, mifalogiya, afsona, masalnavislik, jahon mifologiya, masal poetikasi.

Masal poetikasi bilan mufassal shugʻullanishni XX asr boshlarida jadidlar boshlab bergan.

Fitrat adabiyotshunoslik qoʻllanmalarida va keyingi davr adabiyotshunoslari izlanishlarida,
boshqa-da olimlar tadqiqotlarida mushtarak va oʻziga xosliklarga ega ekanligi oydinlashadi.
Masal – muallifning ilk jumlasidan to, oʻzini oʻrab turgan olam va odam munosabatlari
tigʻizligida yashayotganligini e’tirof etishga yoʻl beradi. Bu bilan bir qatorda inson ruhiyatini
qayta kashf qilishga yetaklaydi. Aynan ushbu jihat badiiy talqinning mifologik universalizmini
kashf etishga yoʻl ochadi.

Jahon ilmiy-nazariy tafakkurining oʻtgan asrdagi rivojlanish bosqichlaridagi qarashlar

bilan birga shakllangan masal poetikasi istilohi bugungi kun nasrida, ya'ni oʻzbek adabiyotining
ham oʻziga xos ajralmas halqasi ekanligi ma'lum boʻlayozdi. Masal badiiyati bir vaqtning oʻzida
ham syujetga, ham kompozisiyaga, ham asarning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq
ravishda kechayotgani asosiy talqin shakllarida biridir. Shunday ekan, badiiy asar mohiyatida
inson ruhiyati akslanar ekan, uni masalnavis ijodiy konsepsiyasidan ayro tasavvur qilib
boʻlmaydi. Buni hal etishda oʻzining masallari bilan shuhrat qozongan Ezop ijodi koʻplab
masalnavislarga katta ta'sir oʻtkazgani sir emas. Yangi oʻzbek nasri adabiy-nazariy qarashlarga
hamohang tarzda matn tarkibi va talqiniga jiddiy e'tibor qaratish muhim masalalar sirasiga
kiradi. Masal poetikasi qonuniyatining asosiy vazifasi janr tuzilishi, syujet yangilanishini har
tomonlama tadqiq qilishdan iborat sistem butunlik hisoblanadi. Binobarin, xilma-xil
konsepsiyaviy qarashlar ham yuzaga kelganligi ayni haqiqat.

Istiqlol davri adabiyotshunosligi an’anadan sira uzoqlashmagan holda masalnavis ijodkor

olam va odam taqdirini ramziy-metaforik talqin negizida qayta kashf qilish holatlari uchrab
turganligi tayin. Milliy nasrimizda masal asoschisi follkorda hamda Navoiy, Gulxaniy,
Hamzaning hikoyat va rivoyatlarida oʻziga xos tarzda yuzaga chiqqan. Biz maqolamizda Ezop,
hamda Gulhaniy, I.Krilov hamda oʻzbek zamonaviy masalnavislari 60-70 yillardan keyingi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

140

davrni oʻz ichiga qamraydi. Masalnavis Muxtor Xudoyqulov Gʻarb-u Sharq an’analari qonidan
oziqlangan, yangi turmush haqiqatini aks ettirishga qaratilgan qanchadan-qancha masallar
hayotimizdan chuqur oʻrin oldi. Shu boisdan, ilmiy muammoni har tomonlama qiyosiy-
tipologik tarzda aniqlash, mavjud kamchiliklarni asoslash hamda dalolatlash mavzu dolzarbligi
va zaruratini belgilaydi.

Jahon va oʻzbek adabiyotshunosligida masal janri badiiyati borasida qator tadqiqotlar

yaratilgan. Janrlar kesimida nazariy jihatdan muayyan darajada oʻrganilgan. Shuningdek,
poetika istilohi nafaqat adabiyotshunoslik, balki falsafa, etika, estetikaning doimiy muammosi
sifatida diqqat markazida boʻlib kelmoqda. Ayniqsa, Muhammad Sharif Gulxaniy nasri badiiyati
va uning oʻzaro qonun-qoidalari borasida shakllangan hamda adabiy iste’moldagi xususiyatlari
davrlarning oʻzgarishi natijasida muayyan yangi ta’riflarni yuzaga kelishiga imkon
tugʻdirmoqda. Masalan, Muxtor Xudoyqulov Ivan Krilov masallarini mahorat bilan tarjima
qilgan. 80-yillar adabiy dalolatnomasi shuni yuzaga chiqarmoqda. A.Oripov va boshqa-da
shoirlar zamonaviy masallar yaratgan. A.Navoiyning “Xamsa” asaridagi masallar ham
yuqoridagi fikr-mulohazalarimizni dalolatlaydi. Biroq keyingi yaratilayotgan noan’anaviy
masallar ham janrning oʻziga xos tarzda rivoj topayotganidan shahodat beradi. Bu asarlar
alohida tadqiqotni talab qiladikim, bu, oʻz navbatida, badiiyat mohiyatidagi yozuvchi(shoir)
ideali va niyati, maqsad-u maslagi, inson taqdiriga daxldor muhim humfarmo mushohadani hal
qilishni taqozolaydi.

Antik adabiyot zamonidan, Ezopdan to shu bugunga qadar masalnavislik an’anasining

tarixiy-estetik tafakkur salmogʻining ijtimoiy, falsafiy, psixologik, poetik omillarini tahlil va
tadqiq qilish natijasida chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalar adabiyotshunoslik uchun yangidan-
yangi tushunchalar berishi, adabiyotda masalchilik tarixi, masal nazariyasi kabi sohalarning
yaratilishida, darslik va oʻquv qoʻllanmalarning mukammalashuviga xizmat qiladi. Shu
ma’noda, “Yangi Oʻzbekiston”ning strategik va istiqbolli rejalari zamon bilan hamnafas oʻquvchi
dunyoqarashiga toʻlaligicha ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni singdrishida muhim manba boʻlishi
aniqlangan.

Masal janri badiiyati tarixiy va nazariy aspektlarda talqin qilinib, qiyosiy-tarixiy, madaniy-

tarixiy, qiyosiy-tipologik, biografik, psixologik, psixoanalitik, struktural tahlil usullaridan
foydalanilganligi, janr ichki tashqi rivojlanish oʻzanlarining milliy badiiy tafakkur zamirida
yuzaga kelishi, syujet va kompozision yaxlitlik, masal janri badiiyati, jahon hamda oʻzbek
adabiyotshunosligidagi ilgʻor ilmiy-nazariy qarashlar bilan sugʻorilganligi, shakliy-uslubiy
izlanishlarni baholash barobarida A.Navoiy, Gulxaniy va zamonaviy masalnavislar ijodiy
dunyosini qayta kashf qilish, ular yashayotgan davr nafasini qayta idroklash negizida
umumlashmalar chiqarilganligi bilan belgilanadi.

References:

1.

Xolmatov Sh.K. Adabiy janrlar poetikasi (Masal janri). [leksiya tekstlari] - Samarqand,

1980.
2.

О‘zbek klassik she’riyati janrlari. / O.Nosirov, S.Jamolov, M.Ziyoviddinov. - T.: “О‘qituvchi”

1979.
3.

Abdullayeva D. Mumtoz adabiy asarlar tarkibidagi “masal”lar genezisi, tipologiyasi,

funksional tahlili. (filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati). Farg‘ona, 2021.
4.

Ishoqov F. Gulxaniyning “Zarbul masal” asari. - T.: “Fan” nashriyoti, 1978.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

141

5.

Saparova Z. http://zebozeynur.blogspot.com/2017/06/vi.html

6.

Gulxaniy. Zarbulmasal; Nashrga tayyorlovchi: S. Dolimov. - T.: О‘qituvchi, 1972.

7.

О‘zbek klassik she’riyati janrlari. / O.Nosirov, S.Jamolov, M.Ziyoviddinov. [Pedagogika

institutlarining filologiya fakultetlari studentlari uchun] N.M.Mallayev tahriri ostida. - T.:
“О‘qituvchi” 1979.
8.

Krilov I.A. Masallar / Tо‘plovchi M.Xudoyqulov; Sо‘z boshi A.Sharapovniki. - T.: Adabiyot

va san’at nashriyoti, 1980.
9.

Mixalkov S. Yо‘llar: She’rlar, masallar. / Redkol: S.Azimov (redkol rahbari) va boshq.

Tо‘plovchi va sо‘z boshi muallifi M.Xudoyqulov. - T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984.
10.

Imomov B. Keyingi yillarda yaratilgan satirik asarlar haqida. - T.: “Sharq yulduzi” jurnali,

1956.
11.

Qurbon Yamin. О‘tkir asal: Masallar (Sо‘zboshi muallifi A.Sharopov) - T.: Adabiyot va

san’at nashriyoti, 1983. 14. Xudoqulov.M. Soyalar: hajviy she’rlar, masallar, epigrammalar. - T.:
О‘zbekiston KPMK nashriyoti, 1986.

Библиографические ссылки

Xolmatov Sh.K. Adabiy janrlar poetikasi (Masal janri). [leksiya tekstlari] - Samarqand, 1980.

О‘zbek klassik she’riyati janrlari. / O.Nosirov, S.Jamolov, M.Ziyoviddinov. - T.: “О‘qituvchi” 1979.

Abdullayeva D. Mumtoz adabiy asarlar tarkibidagi “masal”lar genezisi, tipologiyasi, funksional tahlili. (filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati). Farg‘ona, 2021.

Ishoqov F. Gulxaniyning “Zarbul masal” asari. - T.: “Fan” nashriyoti, 1978.

Gulxaniy. Zarbulmasal; Nashrga tayyorlovchi: S. Dolimov. - T.: О‘qituvchi, 1972.

О‘zbek klassik she’riyati janrlari. / O.Nosirov, S.Jamolov, M.Ziyoviddinov. [Pedagogika institutlarining filologiya fakultetlari studentlari uchun] N.M.Mallayev tahriri ostida. - T.: “О‘qituvchi” 1979.

Krilov I.A. Masallar / Tо‘plovchi M.Xudoyqulov; Sо‘z boshi A.Sharapovniki. - T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.

Mixalkov S. Yо‘llar: She’rlar, masallar. / Redkol: S.Azimov (redkol rahbari) va boshq. Tо‘plovchi va sо‘z boshi muallifi M.Xudoyqulov. - T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984.

Imomov B. Keyingi yillarda yaratilgan satirik asarlar haqida. - T.: “Sharq yulduzi” jurnali, 1956.

Qurbon Yamin. О‘tkir asal: Masallar (Sо‘zboshi muallifi A.Sharopov) - T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. 14. Xudoqulov.M. Soyalar: hajviy she’rlar, masallar, epigrammalar. - T.: О‘zbekiston KPMK nashriyoti, 1986.