YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
137
BOLALARDA GEMOKOLIT SINDROMIDA YALLIG'LANISH JARAYONINING
IMMUNOLOGIK XUSUSIYATLARI
Xudayberdiyeva Ch.K.
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti
Tadjiev B.M.
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi epidemiologiya,
mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar bo‘yicha, tibbiyot fanlari doktori,
professor
https://doi.org/10.5281/zenodo.14752404
Dolzarbligi
Bolalarda gemokolit sindromi (SГ) ichakdagi yallig'lanish jarayonlari va immun
javobning faollashuvi bilan bog'liq og'ir patologiya hisoblanadi. Hozirgi kunda ichak
infektsiyalarining ko'payishi va mikroorganizmlarning antibiotiklarga nisbatan barqarorligi
sababli ushbu muammo pediatriya va infektologiyada dolzarb hisoblanadi.
Maqsadi
Bolalarda gemokolit sindromi rivojlanishidagi immun javobning xususiyatlarini, ayniqsa
6 oylikdan 7 yoshgacha bo'lgan davrda, o'rganish va yallig'lanishni kamaytirishga qaratilgan
yangi davolash yondashuvlarini ishlab chiqish.
Tadqiqot materiallari va usullari
Tadqiqotda 6 oylikdan 7 yoshgacha bo'lgan 120 nafar bola, shu jumladan, 25 nafar
sog'lom bolalar (nazorat guruhi) ishtirok etdi. Immunologik ko'rsatkichlar (CRP, PCT, IL-4, IL-
6, IFN-γ, VEGF-A) “ВЕКТОР-БЕСТ” test-tizimidan foydalangan holda aniqlangan. Ma'lumotlar
"BioStat LE 7.6.5" dasturida statistik tahlil qilingan.
Tadqiqot natijalari
1.
CRP va IL-6 darajalari yallig'lanish darajasini aks ettiruvchi asosiy ko'rsatkich sifatida
yuqoriligi aniqlangan. CRP darajasi og'ir SГ holatlarida 4,5 marta ortgan (P<0,001).
2.
IFN-γ va VEGF-A darajalari sezilarli darajada yuqori bo'lib, ular yallig'lanish va
to'qimalar shikastlanishining kuchayishini ko'rsatadi.
3.
IL-4 darajasi og'ir holatlarda past bo'lib, bu yallig'lanishga qarshi mexanizmlarning
yetarli emasligini ko'rsatadi.
Xulosa
1.
SГ immunopatogenezi yallig'lanishga qarshi va yallig'lanish jarayonlari o'rtasidagi
muvozanatning buzilishi bilan bog'liq.
2.
CRP va sitokin profili kabi biomarkerlar yordamida yallig'lanish jarayonining og'irligini
baholash mumkin.
3.
Ushbu ma'lumotlar asosida yangi terapevtik yondashuvlar ishlab chiqilishi mumkin.
Bolalarda gemokolit sindromi (SГ) rivojlanishining immunologik xususiyatlari
yallig'lanish jarayonining murakkab va ko'p qirrali ekanligini ko'rsatadi.Gemokolit
sindromining immunologik mexanizmlarini chuqur o‘rganish pediatriya va infektologiyada
diagnostik va davolash yondashuvlarini takomillashtirish imkonini beradi. Ushbu tadqiqot
natijalari yallig‘lanish jarayonlarini samarali nazorat qilish va kasallikning asoratlarini oldini
olishga xizmat qiladigan maqsadli davolash usullarini ishlab chiqishga zamin yaratadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
138
References:
1.
Гончар Н.В. и др. (2019). Бактериальные кишечные инфекции с синдромом
гемоколита у детей.
2.
Жаркова Т.С. и др. (2017). Значение медиаторов воспаления в формировании
вариантов течения кишечной инфекции у детей.
3.
Иванов И.В. и др. (2017). Синдром гемоколита при острых кишечных инфекциях у
детей.
4.
Chen ML., Sundrud MS. (2016). Cytokine networks and T-cell subsets in inflammatory
bowel diseases.
5.
Műzes G., Molnár B., Tulassay Z., Sipos F. (2022). Changes of the cytokine profile in
inflammatory bowel diseases.