Авторы

  • Gulnora To'xtamishova
    Buxoro davlat universiteti, 1-bosqich Magistranti.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.63824

Ключевые слова:

Jadidchilik Turkiston Kavkaz Qrim Tatariston Abdurauf Fitrat dramaturg filolog tarjimon professori milliy adabiyoti ma'rifatparvarlik.

Аннотация

Abdurauf Fitrat   haqida ma'lumotlar aytilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

132

ABDURAUF FITRAT ADABIYOTIMIZ TARIXIDA SHOIR VA OLIM

To'xtamishova Gulnora Mels qizi

Buxoro davlat universiteti, 1-bosqich Magistranti.

dgudghh38@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14752363

Annotatsiya:

Abdurauf Fitrat haqida ma'lumotlar aytilgan.

Kalit so'zlar:

Jadidchilik, Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston, Abdurauf Fitrat,

dramaturg, filolog, tarjimon, professori, milliy, adabiyoti, ma'rifatparvarlik.

Kirish:

Jadidchilik XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX asrning 90-

yillaridan O'rta Osiyoda tarqaldi.

Abdurauf Fitrat o'zbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir,

zamonaviy o'zbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, O'rta Osiyo jadidchiligining taniqli
vakili, birinchi o'zbek professori. Jadidchilik milliy ma'rifatparvarlik harakatining tarafdori.
Turkiyada ta'lim olgan. Turkiyadagi " Yosh turklar" harakatidan ilhomlanib, Buxorodagi "
Yosh buxoroliklar" partiyasini tuzgan, uning ma'naviy rahnamosiga aylangan. Abdurauf Fitrat
adabiyotimiz tarixida shoir va olim, nosir va dramaturg, o'qituvchi va ma'rifatparvar sifatida
muhim o'rin egallaydi. U 1886 yilda Buxoroda ziyoli oilasida tug'ilgan bo'lib, Buxoro,
Isthambul madrasalari va dorilfununlarida o'qiydi. U arab, fors, turk tillarini mukammal
bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o'zlashtiradi. Adibning otasi
savdogarchilik bilan shug'ullangan bo'lib, 1918 yilgacha Qashqarda turib qoladi. U asosan
onasi Mustafo bibi (Bibijon) tarbiyasida bo'lib, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil,
Fuzuliy kabi ulkan shoirlar g'azallariii birinchi tinglagan. Fitrat 1909 yilda Turkiyaga o'qishga
borib, 1913 qilgacha Isthambul dorilfununida tahsil ko'rgan. Turkiyada tashkil bo'lgan
«Buxoro ta'limi maorifi» uyushmasida faollik ko'rsatgan. Behbudiy asos solgan jadid usulidagi
maktablar takomiliga xizmat etgan. Uning ilk to'plami 1911 yilda «Sayha» («Chorlov») nomi
bilan chop etiladi. «Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham shu yillarda nashr etilgan.
1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida o'qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-
o'qituvchlarni hayratga soladi. Unga Fitrat - Donishmand taxallusini beradilar. Fitrat ijodi
Turkistonda inqilobiy harakatlar kuchaygan, «Sharq uyg'ongan» davrlarga to'gri keladi. U ham
o'z salaflari kabi avvalo ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari suradi. Uning1913 yilda tojik tilida
yaratilgan «Munozara» nomli asarida o'z xalqini zulm botqog'idan qutqarib, «najot yo'li»ni
izlaganligi seziladi. Bu davrda rus tili va rus madaniyatini targ'ib qilish ham Fitrat
ma'rifatparvarligi yo'nalishining muhim tarmogi bo'lgan.Bunday qarashlar uning o'zi tashkil
etgan va muharrirlik qilgan «Hurriyat» ro'znomasida keng targ'ib etiladi. Uning «Hind
ixtilolchilari», «Temur sag'anasi», «O'g'izxon», «Abo Muslim», «Turk tili» kabi asarlarida ham
hurfikrlar, qarashlar, ko'zga tashlanadi. Shular qatorida «Qon», «Begijon», «Chin sevish»,
«To'lqin», «Vose' qo'zg'oloni», «Ro'zalar» kabi dramalari yaratildi. Fitratning 1922 yilda nashr
etilgan «O'zbek shoirlari» to'plamiga kirgan «Kecha», «Behbudiy mozorini izlab», «Sharq»
kabi she'rlarida izlanish jarayoni uchraydi. «Shoir» she'rida «o'zim uchun ko'p umidlar
to'qidim» degan xulosaga keladi. Uning 1920 yilda yozilgan «Kim deyay seni» kabi she'rida
oshiqning ma'shuqqa katta umid bilan intilishi, kutishi, suyishi lirik bir ohangda kuylanadiki,
shoir endi ijodning yangi pog'onasiga ko'tarilayotganligidan dalolat beradi. Shoir ijodida,
dunyoqarashida siljish, yangilikka, go'zallikka intilish seziladi. Xuddi shu hol
uning«Abulfayzxon», «Arslon» va «Vose'» (tojik tilida), kabi dramalari g'oyasida ham seziladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

133

Uning«Qiyomat», «Shaytonning tangriga isyoni» kabi nasriy asarlarida endi ijodkor
falsafasining chuqurlashganligi, katta ijtimoiy-hayotiy muammolarni hal etishga intilishi
ko'zga tashlanadi. Fitrat yirik olim, adabiyotshunos sifatida ham bir qancha asarlar yaratgan.
Jumladan, «Adabiyot qoidalari», «Eski o'zbek adabiyoti namunalari», «Aruz haqida» kabi ilmiy
kuzatuvlari adabiyotshunoslik fani tarixida muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, uning Umar
Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil, M. Solih, Muqimiy, Furqat haqidagi tadqiqotlari ham
adabiyotimiz tarixini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat etishi shubhasiz. Ahmad
Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy kabi o'ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida
maqolalar yozgan. Fitrat ayni chog'da olim, ulkan pedagog, xalq maorifi tashkilotchisi sifatida
ham faol ishladi. 1921- 1923 yillarda u Respublika Maorif xalq noziri bo'lib xizmat qildi. 1923-
1924 yillar orasida Moskvadagi Sharq tillari institutida, so'ng Peterburg dorilfununida
ma'ruza o'qidi. «O'zbek tili» darsligi, «O'zbek tili sarfi» (grammatikasi) kitoblari esa 1925-
1930 yillarda besh marta chop etildi. Uning«Tilimiz», «O'zbekcha til saboqlari», «Imlo
konferensiyasi munosabati bilan» maqolalari ham yaratildi.

References:

1.

Internet manbaalaridan.

2.

Gazeta va jurnallardan.

Библиографические ссылки

Internet manbaalaridan.

Gazeta va jurnallardan.