Авторы

  • Gulshoda Tosheva
    Osiyo xalqaro universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.63827

Ключевые слова:

Pedagogik Deontalogiya Kompetentlik Odob-Ahloq Xulq-Atvor Deontalogiya Xulosa Deontologik Kompetentlik.

Аннотация

shbu maqolada oily o’quv yurtlarida ta’lim olib kelayotgan bo’lajak o’qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mohiyati ochib berilgan, oliy ta’lim sohasida bo’lajak pedagog kadrlarni tayyorlashda “deontologik yo’nalish”, “deontologik kompetensiya ” va “deontologik rivojlanish” tushunchlari  ochib berilgan.   


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

119

BO`LAJAK O`QITUVCHILARDA DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI

RIVOJLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI

Tosheva Gulshoda Kamolovna

Osiyo xalqaro universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14738340

Annotatsiya:

shbu maqolada oily o’quv yurtlarida ta’lim olib kelayotgan bo’lajak

o’qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik mohiyati ochib
berilgan, oliy ta’lim sohasida bo’lajak pedagog kadrlarni tayyorlashda “deontologik yo’nalish”,
“deontologik kompetensiya ” va “deontologik rivojlanish” tushunchlari ochib berilgan.

Kalit so’zlar

: Pedagogik Deontalogiya, Kompetentlik, Odob-Ahloq, Xulq-Atvor,

Deontalogiya, Xulosa, Deontologik Kompetentlik.

Bugungi barcha texnologiyalar taraqqiy etgan zamonda bir jаmiyаtning kelаjаgi uning

аjrаlmаs qismi vа hаyоtiy zаrurаti bо'lgаn tа'lim tizimining qаy dаrаjаdа rivоjlаngаnligi bilаn
belgilаnаdi. Bugungi kundа mustаqil tаrаqqiyоt yо'lidаn bоrаyоtgаn mаmlаkаtimizning
uzluksiz tа'lim tizimini islоx qilish vа tаkоmillаshtirish, yаngi sifаt bоsqichigа kо'tаrish,
shuningdek o’z kasbining yetuk mutaxasis kadrlarini tayyorlash orqali tа'lim sаmаrаdоrligini
оshirish dаvlаt siyоsаti dаrаjаsigа kо'tаrildi. Mamlakatimizda ta’lim olayotgan bo’lajak
pedagoglarda ta’il bilan bir qatorda o’z kasbiga mos deontologik kompetentlikni shakllantirish
va rivojlantirish, ularni yosh avlodni har tomonlama barkamol shaxs qilib tarbiyalashi uchun
zamon talabiga mos ravishdamutaxassis kadr qilib tayyorlash uchun barcha imkoniyatlardan
keng foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Bo’lajak o’qituvchilarda har tomonlama yetuk kadr qilib tarbiyalash, kasbiy faoliyat

xususyatlari, ahloqiy-huquqiy normalar asosida ta’lim tizimini insonparvarlashtirish va
demokratlashtirish jarayonlari, bo’lajak o’qituvchilarning o’z kasbiy burchini anglashi va o’z
faoliyati uchun javobgarligi bilan belgilanadi Bo’lajak o’qituvchilarda deontologik malakalrni
rivojlantirish asosida ijtimoiy va kasbiy rivojlanishdagi muvaffaqqiyatini belgilab berishi, o’z
faoliyati va ta’lim tizimining boshqa munosabatlarini tartibga solishda o’z samaradorligini
ta’minlashi ko’rsatilgan. Deontologiya – so’zi yunonchburchini anglashi a “deontos”-“shart”
“burch”, logos-“ta’limot”, “o’rganish” degan ma’noni anglatadi. Burch va majburiyat (axloqiy
burch mutaxassis uchun ishlatiladi) meditsina xodimi, o’qituvchi-pedagog, jamiyat ishlarida
davlat boshqaruvida rahbarlar oldida va shu bilan har bir shaxs oldida ham uni burch,
vazifasi va avtoritetini xalq oldidagi burchi,mas’uliyatini ifodalaydi. Bugungi tadqiqotlarning
natijalariga ko’ra, bo’lajak o’qituvchilarda umaman o’qituvchilarda deontologik
kompetentlikni rivojlantirishda, o’qituvchining xulq-atvor traektoriyasida ahloqiyva ahloqiy
improtivlar rioya qilish ustuvorligi bilan ta’lim sohasidai kasbiy ta’lim stanartlar talablari va
boshqa me’yoriy hujjatlar bajarilishini boshqarish kerakligi aniqlandi. Umuminsoniy va milliy
axloqiy fazilatlar barcha kishilar barcha kasb egalari, jumladan o’qituvchi-tarbiyachilar uchun
zaruriy, axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe’l-atvorini tartibga soluvchi
qoidalar, davlatning turli qonunlari, me’yorlari va normalari bilan shakllanadi. Boshqacha
qilib aytganda,ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma’lum axloqiy talablar qo’yadi,bu talablar axloq
normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi. Aynan bugungi kun o’qituvchisga
qo’yilayotgan talab juda yoqori, unga mos kardlarni yetishib chiqarish oliy ta’lim
muassalarining asosiy maslasidir.Ta’lim jarayonida o’qituvchiga xos xislatlar haqida to’xtalar
ekanmiz, bu borada Sharqning buyuk olimi Abu Ali ibn Sino o’qituvchiga xos bo’lgan xislatlar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

120

haqidagi ushbu fikrlarini aytmoq joiz deb bildim: “Olimning fikricha o’qituvchi eng avvalo
matonatli, sof vijdonli va bolani tarbiyalash metodlarini ham axloq qoidalarini mukammal
biladigan o’z burchiga sadoqatli odam bo’lmog’i lozim. O’qituvchi o’quvchining butun tashqi
va ichki olamini o’rganib, o’ziga xos xislatlari bilan uning ichki dunyosiga kira olsagina,
o’quvchida nafaqat fanga balki butun olamga bo’lgan qiziqishni uyg’ota oladi”. Olim ham
bilimli ham shu bilimni o’quvchiga yetkazib ta’lim bilan bir qatorda tarbiyani ham olib bora
oladigan, o’ziga xos odob ahloq normalariga rioya etadigan, burchiga sadoqatli kasb egalari
yaxshi ustoz bo’la olishi mumkinligini ta’kidlaganlar

Zamonaviy ta’lim modeli sharoitida bo’lajak o’qituvchilar nafaqat bilimlarni tarjimoni

balki pedagogic ishning professional va deontologik tekisligida yotadigan roli xulqatvor va
burch va majburiyatga asoslangan ta’lim jarayonining professional drijori bo’lmog’I
kerakligini ko’rsatadi. Axborot texnologiyalari va internet olami taraqqiy etgan zamonda
yashar ekanmiz bugungi kunda voyaga yetib kelayotgan yosh avlodga to’g’ri ta’lim tarbiya
berish , bu jarayonning asosiy boshqaruvchisi bo’lgan bo’lajak o’qituvchilarni har omonlama
yetuk adr qilib tarbiyalash ularda nagfaqat kasbiy balki deontologik malakalarni ham
rivojlantirish bugungi ta’lim jarayoning asosiy masalasidir. Shu munosabat bilan bo’lajak
o’qituvchilarda deontologik kompetentlik muayyan pedagogik vaziyatlarda pedagogic
majburiyat va faoliyat natijlari uchun mas’uliyat jihatidan professional standart talablarini
bajarilishini ta’minlovchi muayyan ko’rsatma va muayyan pedagogik vaziyatlarni yoritishni
maqsad qilindi.

Hozirgi zamon talabi shuni ko’rsatadiki, har qanday sohada yoki kasbda shaxs o'z

potensialini rivojlantirishi jamiyatda va undagi turli tuman vaziyatlarda o'z o'rniga ega
bo'lishi muhim sanaladi. Shaxs nazariyasida pedagogika va psixologiya tarmoqlarida
shaxsning o'ziga xos deontologik malakalari shakllanishiga doir qarashlar mavjud. Xalqaro
miqyosda bo'lajak mutaxassislarni har tomonlama yetuk kadr qilib tarbiyalash innovatsion
tayyorlash, zamonaviy ta'limni amalga oshirish bo'yicha dunyoning yetakchi oliy ta'lim
muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo'lajak
pedagoglarning mahorati mezonlari, o’qituvchiga deontologik malaka shuningdek dars
jarayonini to’g’ri tashkil qilish va innovatsion ta'lim muhitini yaratish muammolari xalqaro
ta'lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda yosh
o'qituvchilarning deontologik kompetentligi rivojlantirish orqali dars jarayonida yanada
samaradorlikka erishish , ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyatli qo'llashning motivatsion,
kognitiv, operatsion, refleksiv va o'z-o'zini baholash kabi indikatorlari asosida kengaytirishga
qaratilgan ilmiy izlanishlar muhim o'rin tutadi.

Bo’lajak o’qituvchilarda deontologik kompetentlik nafaqat bugunning masalasi, alki

uning asl ildizi tarixga borib taqaladi. Tarixiy rivojlanishning turli davrlarida mahalliy va
xorijiy mualliflar asarlarida o’qituvchi shaxsiga qo’yilgan talablar, uning ahloqiy-huquqiy
normasi, bo’lajak o’qituvchiga xos etika, unga xos kasbiy burj va mas’uliyat haqida o’z
qarashlarini ko’rsatib o’tgan. Suqrot, Kivintilian, Ya.A.Komenskiy, J.Lokk, J-J Russo kabi
mualliflarning asarlari deontologik kompetentlikni anglash va uning o’qituvchi hayotidagi
rolini aniqlashga xizmat qildi. Shuningdek G.Pestalozzi, A.I.Gersen, K.D.Ushenskiy,
N.G.Chernishevsiy, A.S. Makarenko, V.A Suxomlinskiy kabi mualliflar ham asarlarida aynan
o’qituvchi shaxsida deontologik meyorlar haqida o’z qarashlarini bildirib o’tganlar.
K.D.Ushenskiy o’qituvchi haqida gapirar ekan, tarbiyachining asosiy vazifasi o’quvchining


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

121

shaxsiyatini barcha xilma-xilligida o’rganish va bilish istagi bo’lishi kerak, bu unga pedagogik
mexanizmlarni aniqlashga yordam beradi.[10. 1-jild.p.290]. A.S. ning pozitsiyasi Makarenko
bo’lajak o’qituvchi muayyan amalllar va harakatlarni bajarib, uni ongli ravishda bajarishi, takt,
shaxsga nisbatan talabchanlik va hurmat munosabati, o’zaro ishonch va munosabat
kombinatsiyasi kabi fazilatlarga tayanishi bilan bog’liq jarayon.[7. 5-jild, p. 184] Shu bilan
birga, deontologik harakatlar va mas’uliyat ma’lum jamoa subyektlari orasidagi
munosabatlarning namoyonidir, shuningdek deontologik (huquqiy, ahloqiy, xulq-atvorli )
aksiomalar (M.I.Satorov) makonida joylashgan ijtomoiy ahamiyatga ega meyorlarni
tushunish bilan tavsiflanadi. Deontologiya atamasi va uning ma’nosi tarixi haqida
to’xtaladigan bo’lsak, ushbu atama ilk marotaba D.Bentemning asarlarida qo’llanilgan.
Bentem uni inson u yoki bu harakatni amalga oshirish orqali keltirishi kerak bo’lgan foyda
nuqtai nazaridan aniqlagan [5, s, 36 ]. Keyinchalik “Pedagogik deontologiya ” tushunchasi
haqida bir qancha olimlar (G.M.Kartayeva , G.M. Kodjaspirova, L.E. Kuderina, K.M.Levitan) uni
kasbiy burch talablariga muofiq o’qituvchi harakatlar prizmasi orqali sharhlaydilar.
Shuningdek pedagogik deontologiya talablari bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim oluvchilar va
boshqa ishtirokchilar taqdiriga befarq qaramaslikka, ishonch, adolat, hamdarlik, o’z burchiga
sadoqat tamoyillariga rioya qilishga yo’naltiradi. Aynan bugungi ta’lim jarayonini
boshqaruvchilarning majburiyatlari ya’ni ularga xos dentologik kompetentlik bu - o’quv
jarayonida o’quvchining shaxsiy va yosh ehtiyojlarini hisobga olish, ahloqiy, huquqiy va
ahloqiy-professional standartlarga rioya qilish, ta’lim jarayonini to’g’ri tashkil qilish orqali
bo’lajak o’qituvchilarda deontologik malakalarning shakllanish jarayoni rivojlanadi.Bunday
shaklda ta’lim jarayonini tashkil etish bo’lajak o’qituvchilar uchun o’qitish va kasbiy muofiqlik
yaratishda bir asosiy ko’rstama bo’lib, bu jarayonning o’sish traektoriyasi bo’lajak
o’qituvchilarda deontologik kompetensiyani rivojlanish holatini belgilaydi. O’qituvchilarga xos
deontologik kompetentlikni tahlil qilar ekanmiz, yangi qonunchilik ta’lim tashabbuslari
o’qituvchining kasbiy faoliyatida ahloqiy huquqiy ustuvorlikka asoslangan gumanistik
tarkibiga e’tibor qaratilayotganini ham ko’rish mumkin. Deontologik kompetentlikni
o’rganishning xulq-atvor va tartibga solish jihatlari o’qituvchi xulq-atvorining salbiy
omillariga barqarorligini ta’minlash, kasbiy faoliyatda har qanday vaziyatda ham psixalogik va
xulq-atvor barqarorligini saqlash g’oyalariga asoslanadi. Lekin aynan bugungi kun ta’lim
jarayonida an’anaviy, normativ xulq –atvor shakllarining o’zgarishiga olib keladigan, o’ziga
xos xulq-atvor reaksiyalarini keltirib chiqaradigan vaziyatlar juda ham ko’p uchqamoqda, bu
holat aynan yangi ish boshlagan o’qituvchida ko’p kuzatilayotganini inobatga olgan holda,
unda sresli vaziyatlar ish jarayonida ko’p uchraydi.Shuning uchun bo’lajak o’qituvchilarda
dars jarayonini to’g’ri tashkil etish, vaziyatni to’g’ri baholay olish, o’zini tutish va ta’lim
jarayonidagi boshqa ishtirokchilar harakatlarini loyihalash, shaxsiy barqarorlikni saqlash
bilan bog’liq profilaktik harakatlarni amalga oshirish qobilyatini rivojlantirish kerak. Su bilan
birga bo’lajak o’qituvchilar deontologik kompetentlik talablariga ko’ra quydagilarga ega
bo’lishi kerak:

1. Ta’lim tizimida yuz beradigan o’zgarishlarga tayyorlik;
2. Tanlangan xulq-atvorning muhitga mosligiga ishonch;
3. Xulq-atvorga javob berish variantlarini tanlashda mustaqillik;
4. Muammolardan foydalanish orqali o’zining ruhiy holatini ham tartibga solish

qobilyatini rivojlantirishi, kasbiy faoliyatda huquqiy , ahloqiy potsuallarga rioya qilish kabilar.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

122

Bo’lajak o’qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish haqida gapirar

ekanmiz, pedagogik sohadagi noyob ahloqiy bir holatdagi insonni shakllantirish, uning
ahloqiy asoslarini va o’qituvchining ta’lim harakatlarini qo’llash xususyatlarini va ta’lim
sohasidagi boshqa ishtirokchilar bilan aloqalarini tartibga solishini takidlashimiz joizdir.
Aynan bugun yetishib kelayotgan pedagog kadrlar deontologik malakaning mukammal egalari
bo’lmog’i, bir so’z bilan aytganda bugungi kun o’qituvchilari nafaqat o’quvchilar balki boshqa
insonlar uchun ham ahloqiy fazilatlarning egasi va ahloqiy javobgarligi yukasak bo’lgan , o’z
burchiga sadoqat bilan yondashadigan shaxs bo’lmog’i kerak . Aynan deontologik
kompetentlik haqida to’xtalar ekanmiz quydagi fikr juda o’rinlidir. “Har doim sabrli diqqatli va
xushmuomala aqlning temir mantig’iga bo’ysungan holda , kamtar bo’ling. Kasallarga shifo
berishga harakat qiling, o’zingiz uchun hech qanday qurbonlik vafoyda talab qilmang”

Har bir vazifaning bajarilishi uning axloqiy qonun qoidalari va axloqiy me’yorlariga mos

bo’lishi zarur. Axloq – ijtimoiy ong shaklanishidan biri sifatida inson turmushining barcha
sohalarida kishilarning xulqi, xatti-harakatlarini tartibga soluvchi, boshqarib turuvchi
qoidalar, tamoyillar, yo’l-yo’riqlar, mezonlar, normalar hamda pand-nasihatlar majmuidan
iborat.

References:

1.

O.Musurmonova. Umumiy pedagogika. Toshkent. “O‘zkitob savdo nashriyoti”, 2020,

2.

Ochilov M.”Muallim – qalb me’mori” - T.: “O‘qituvchi”, 2001

3.

Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of

Action and the Article of Utilitarianism. – Oxford: Clarendon Press, 1983,
4.

Mahmudova Dilnoza. Technology for the development of cognitive competence in future

teachers based on the acmeological approach // EPRA International Journal of Research
Development. Volume 5. Issue 3. March 2020. pp. 464-465.
5.

Бикова С.C. Формирование деонтогической компетентности у будущих педагогов

в системе профессионалъного образования //Вестник Вятского государственного
гуманитарного университета 2012 –Т . 3. –N- 4 -C . 37-41
6.

Кертаева К.М Основи педагагической деонтологии . Aлмати , 2002. -238 c.

Библиографические ссылки

O.Musurmonova. Umumiy pedagogika. Toshkent. “O‘zkitob savdo nashriyoti”, 2020,

Ochilov M.”Muallim – qalb me’mori” - T.: “O‘qituvchi”, 2001

Bentham J. Deontology // Bentham J. Deontology together with a Table of the Springs of Action and the Article of Utilitarianism. – Oxford: Clarendon Press, 1983,

Mahmudova Dilnoza. Technology for the development of cognitive competence in future teachers based on the acmeological approach // EPRA International Journal of Research Development. Volume 5. Issue 3. March 2020. pp. 464-465.

Бикова С.C. Формирование деонтогической компетентности у будущих педагогов в системе профессионалъного образования //Вестник Вятского государственного гуманитарного университета 2012 –Т . 3. –N- 4 -C . 37-41

Кертаева К.М Основи педагагической деонтологии . Aлмати , 2002. -238 c.