YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
6
QONUNCHILIKDAGI KOLLIZIYALARNING KELIB CHIQISH SABABLARI
Dauletmuratov Timur Dauletmuratovich
O‘zbekiston Respublikasi IIVga qarashli Nukus "Temurbeklar maktabi" litseyi
huquqshunoslik fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14761496
Annotatsiya:
Ushbu maqolada qonunchilikdagi kolliziyalarni kelib chiqish sabablari
haqida ma’lumot berilgan, bu boradagi bir qator olimlarning bir-biriga yaqin bo‘lgan fikrlariga
to’xtalib o’tilgan. Shuningdek, qonunchilikdagi kolliziyalarni kelib chiqish sabablarini
o‘rganish va ularni oldini olib borish bo’yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:
kolliziya, qonunchilik, kodeks, obyektiv va subyektiv omillar, pozitiv
huquq.
Mustaqillik yillarida demokratik siyosiy tizimning tarkibiy tuzilmalarini hamda
fuqarolik jamiyatining asoslarini yaratuvchi, inson huquqlari kafolatlarining tizimini qaror
toptiruvchi, xullas, butun ijtimoiy-siyosiy hayot imizning huquqiy negizini barpo etuvchi
Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar, kodekslar va boshqa qator qonun hujjatlari qabul
qilindi. Ayniqsa, mamlakatimizda qonun chiqaruvchi hokimiyat organining ikki palatali tizim
sifatida qayta shakllantirilganligi, uning quyi palatasi professional asosda faoliyat yurituvchi
deputatlar korpusidan tashkil topganligi hamda normativ-huquqiy hujjatlarni yaratish
jarayonida yuridik texnika qoidalarini qo‘llash samaradorligining oshib borayotganligi, o‘z
navbatida, milliy qonunchiligimizning jiddiy tarzda yangilanishiga olib kelmoqda.
Albatta, buning uchun qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari har tomonlama
mukammal bo‘lishi va har qanday ziddiyatlardan holi bo‘lishi lozim. O‘z navbatida, qonun va
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlash ijodkorlik faoliyatining eng
murakkab va o‘ta mas’uliyatli turi ekanligini qayd etish joiz. U huquq ijodkoridan katta bilim,
kuch va irodani, shu davlatning amaldagi qonunlari, uning tizimi hamda qonun tuzilishidan
xabardor bo‘lishni taqozo etadi [1].
Qonunchilikni tubdan isloh qilish va uni yangi mafkura asosida qaytadan rivojlantirish
uchun,
birinchi
navbatda,
X.T.Odilqoriyevning
fikricha,
qonunchilik
tizimini
takomillashtirishning bosh yoʻnalishlarini (strategiyasini) belgilab olish zarur [2]. Muallif
bunda, qonun yaratish jarayonini ilgari surilayotgan vazifalar va davr talabiga moslashtirib
rivojlantirish lozim, deb hisoblaydi va qonun yaratish mexanizmi, uning tarkibiy bugunlari
muttasil takomillashtirilib borilishi-sifatli qonunlar yaratishning garovi ekanligini ta’kidlaydi.
Qonunchilikdagi bo‘shliqlar, xatoliklar va ziddiyatlarni oldini olishda va shu asosda har
tomonlama sifatli va mukammal qonunchilik hujjatlarini yaratishda eng avvalo, yuqorida qayd
etib o‘tilgan salbiy holatlarning kelib chiqish sabablarini o‘rganishga hamda ularni oldini olish
masalalariga ko‘proq eʼtibor qaratish lozim.
Shu bilan birga, tegishli adabiyotlarda qonunchilikdagi kolliziyalarni kelib chiqish
sabablari yuzasidan asosan bir-biriga yaqin bo‘lgan fikrlar ilgari suriladi, ya’ni ularda obyektiv
va subyektiv omillar haqida so‘z boradi [3]. Albatta, har bir mamlakatda huquq
ijodkorligining holati oʻsha davlatda qaror topgan tajriba va amaliyotga hamda mavjud
obyektiv shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Shu bois, bu borada huquqshunoslik fanida ilgari surilgan yondashuvlarni e’tirof etgan
holda milliy yuridik amaliyotimiz va joriy qonunchiligimizdagi ziddiyatlarning kelib
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
7
chiqishida ham muayyan o‘ziga xosliklar mavjud ekanligini qayd etishimiz lozim. Shu bilan
birga, xar qanday holatda ham qonunchilikdagi ziddiyatlarning kelib chiqish sabablarini
obyektiv va subyektiv omillar asosida tahlil etish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Bizning
fikrimizcha, obyektiv omillar natijasida, ya’ni ijtimoiy munosabatlarning muntazam rivojlanib
va o‘zgarib borishi kolliziya holatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunda huquq ijodkori
doim ham tegishli o‘zgarishlarga mos ravishda huquq normalarini shakllantirib borishga
ulgurmasligi mumkin.
Pozitiv huquqning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda real hayot bilan bir vaqtda
shakllanib ulgurmayotganligi ham obyektiv holatdir. Bunday vaziyatlarda davlat huquqiy
ta’sir qilishi lozim bo‘lgan “favqulodda holat" yuzaga keladi. Shu bois, normativ-huquqiy
hujjatlar muntazam ravishda inventarizatsiyadan o‘tkazib borilishi, ya’ni bir so‘z bilan
aytganda yangi shart-sharoitlarga moslashtirilishi lozim bo‘ladi. Zero, ijtimoiy voqelikdagi
boshqa hodisalar kabi huquq ham uni rivojlantirishga sabab boʻluvchi ichki qarama-
qarshiliklarga ega. Natijada, ayrim normalar o‘z-o‘zidan ahamiyatini yo‘qotadi, boshqalari esa
qabul qilinadi. Yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari xar doim ham oldingi normalarni
bekor qilmasligi mumkin. Bu esa, parallel ravishda bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soluvchi normalarni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, ijtimoiy munosabatlar
turlicha bo‘lib, ularni differensial ravishda turlicha metodlarni qoʻllagan holda tartibga solish
lozim bo‘ladi.
Yuqorida taʼkidlab o’tganimizdek, qonunchilikdagi kolliziyalar obyektiv omillar bilan bir
qatorda subyektiv sabablar natijasida ham kelib chiqadi, ya’ni ushbu salbiy holatning yuzaga
kelishi huquq ijodkorligi subyektlarining harakati yoki harakatsizligiga ham bog‘liq. Bunda
subyektiv omillar sifatida kuyidagilarni koʻrsatib o‘tish mumkin: huquq ijodkorining yuridik
texnika qoidalarini toʻgʻri qo‘llamasligi va buning oqibatida qonun va boshqa normativ
hujjatlarning
nomukammalligi;
huquq
ijodkorligi
jarayonining
lozim
darajada
muvofiqlashmaganligi; normativ-huquqiy hujjatlarning qat’iy va toʻliq tizimlashtirilmaganligi;
davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatidagi byurokratizm, kasbiy huquqiy ong va
madaniyatning yetarli darajada emasligi va boshqa holatlar.
Shu oʻrinda, huquq ijodkorining yuridik texnika qoidalarini toʻgʻri qo‘llamasligi, xususan
normativ-huquqiy hujjatlarni bir tildan ikkinchi tilga o‘girishda xatolikka yul qo‘yishi va
buning oqibatida tegishli normalarni turlicha talqin etish natijasida yuzaga kelgan ziddiyatga
kuyidagi misolni keltirib o‘tish oʻrinli, deb hisoblaymiz.
Shu oʻrnida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar
jarayonida qonunchilikdagi kolliziyalarni kelib chiqish sabablarini o‘rganish va ularni oldini
olib borish, o‘z navbatida, ushbu sohada kompleks chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etishni
taqozo qiladi. Binobarin, kolliziyalarni oldini olish ularni hal qilish va tugatishdan ko’ra
foydaliroq hamda maqsadga muvofiqdir.
References:
1.
Саидов А.Х.,Кўчимов Ш.Н.Қонунчилик техникаси асослари.-Т.: «Адолат»2001
2.
Одилқориев Ҳ.Т.Ўзбекистон Республикасида қонун чиқариш жараёни.-
Тошкент:Ўзбекистон.1995.-Б.5-8
3.
Морозова Л.А.Теория государства и права в вопросах и ответах.-М.:Эксмо.2009