YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
14
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETIDA
BADIIY ADABIYOTLAR TAQDIMOTI
Ismoilova Hamaloy
Axborot Resurs Markazi xodimi 2-toifali
kutubxonachi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14829888
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son
Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 -2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasida aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada
rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy
g‘oyasini ro‘yobga chiqarish vazifalarining ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat
konchilik va texnologiyalar universitet Axborot-resurs markazi o‘quv zalida talabalar
ishtirokida Axborot resurs markazi mutaxassislari tomonidan badiiy asarlar taqdimoti
o‘tkazildi.
Axborot resurs markazi mutaxassislari kitoblarni ahamiyati, talabalarni yetuk
mutaxassis boʻlib kamol topishlarida beqiyos oʻrni haqida keng tushuncha berdi.
Talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ularni kitobxonlikka
keng jalb qilish maqsadida badiiy adabiyotlar jamlanib videorolik tayyorlanib, ARM
telegramm guruhlari hamda infokiosklarda targ‘ibot qilindi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
15
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, ayniqsa, madaniyat, ta’lim va axborot
sohalarida muhim maqsadlar va vazifalarni belgilagan. Ushbu strategiyaning ajralmas qismi
bo‘lib, kitobxonlikni rivojlantirish va axborot-kutubxona xizmatlarini takomillashtirish
hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, jamiyatda kitobsevarlik madaniyatini shakllantirishga, bilim va
axborot almashinuvi tizimini yaxshilashga yordam beradi.
“Kitobsevar millat” g‘oyasining ro‘yobga chiqarilishi, kitobga bo‘lgan munosabatni
ijtimoiy hayotning ajralmas qismiga aylantirishni nazarda tutadi. Bu maqsadlar orqali,
talabalar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini kengaytirish, kutubxona infratuzilmasini
yaxshilash va kitoblar orqali bilim olishni rag‘batlantirish kutilmoqda. Shuningdek, bu jarayon
kitobxonlikni yoshlar orasida yanada ommalashtirishni, axborot texnologiyalari yordamida
kutubxona xizmatlarini yanada rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi.