Авторы

  • Mo‘min Hoshimxonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.65675

Ключевые слова:

oyat Qur’on Alloh sura hadis ibodat taqvodor farz daho najot munojot tashbih imon Muhammad (s.a.v.) tasavvuf olam Makka Odam Ato hidoyat rasul arbain forsiy jannat tavhid vahdat do‘zax hurlar mistika zohid soqiy.

Аннотация

ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, ijtimoiy-falsafiy g‘oyalari bilan turkiy she’riyatga ulkan hissa qo‘shgan, tilni forsiy va arabiy she’riyat nufuzidan kam emasligini amalda isbotlagan Alisher Navoiyning islomga munosabati in’ikosi falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

71

ALISHER NAVOIYNING ISLOMGA MUNOSABATI IN’IKOSI (ZUHUR ETISHI)

Hoshimxonov Mo‘min

https://doi.org/10.5281/zenodo.14862566

Annotatsiya:

ushbu ilmiy maqolada o‘zbek shoiri va mutafakkiri, ijtimoiy-falsafiy

g‘oyalari bilan turkiy she’riyatga ulkan hissa qo‘shgan, tilni forsiy va arabiy she’riyat
nufuzidan kam emasligini amalda isbotlagan Alisher Navoiyning islomga munosabati in’ikosi
falsafiy nuqtai nazardan tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar:

oyat, Qur’on, Alloh, sura, hadis, ibodat, taqvodor, farz, daho, najot,

munojot, tashbih, imon, Muhammad (s.a.v.), tasavvuf, olam, Makka, Odam Ato, hidoyat, rasul,
arbain, forsiy, jannat, tavhid, vahdat, do‘zax, hurlar, mistika, zohid, taqvodor, soqiy.

Inglizchcha:
Qur’oni Karimda ilm tushunchasi 750 marta, aql atamasi esa 50 marta va aql egalari

to‘g‘risidagi so‘zlar 10 marta qayd qilingan. Aslida barcha ilmlar, hikmat sohibi Allohning o‘zi
ekanligi alohida takror va takror eslatib o‘tiladi. Ilmdan yiroq kimsalar, aql-zakovatdan
benasib insonlar Allohning nazaridan tashqaridadirlar. U haqiqatni bilmaydigan kimsalarning
dillarini berkitib qo‘yadi, deyiladi Qur’onning Rum surasida. Bundaylar kofirlardir, ular oyat-
mo‘jizalarning ma’no va mazmunini tushunmaydilar, ularni uqib olishga urinmaydilar.

Iymon-e’tiqodning sustligi bilimsizlikning sababidir. Shunday ekan, «kar va soqov bo‘lib

olgan aqlsiz kimsalar Alloh nazdida eng yomon hayvonlardir» (Qur’on, 8, 22)

1

,—deyiladi

Qur’onning Anfol surasida. Alloh bandalari orasidagi bilimdon odamlarga ixlosi balanddir,
chunki ular Allohdan qo‘rqarlar, uning sura-oyatlariga amal qilishga tayyordirlar.

Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kishilar bir- biriga teng emaslar. «Ayting: «Biladigan

zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!» Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-
nasihat olurlar» (Qur’on, 39, 9),—deb ta’kidlanadi Zumar surasida.

Umuman olganda, aql va ilm tushunchalari islomda, islom madaniyatida o‘ziga xos o‘rin

egallab kelganligi sir emas, albatta. Ko‘pgina hadislarda ilmni egallash har bir mo‘min uchun
farz ekanligi uqtiriladi, chunki ilm tolibi uchun «Hamma narsa, hatto dengizdagi baliqlar ham
gunohini so‘rab istig‘for aytadi», «Bir soatgina ilm o‘rganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir
kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl ro‘zadan afzaldir»

2

.

Ilm shu darajada ustuvor talabga aylanganki, hatto u ibodatdan ham yuqori qo‘yiladi.

Hadislarda «Mening nazdimda ibodatga qaraganda ilmning fazilati ortiqdir. Dindagi eng
yaxshi xislat — bu taqvodorlikdir»,—deyilgan. Shunday ekan, «Garchi Xitoyda bo‘lsa ham
ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo‘minga farzdir»

3

,—deyilishi

tabiiy bir holdir.

Daho san’atkorlar qalamiga mansub asarlarning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ularning har

birida hayot haqiqati o‘zining mukammal badiiy ifodasini topadi.

«Munojot» Alisher Navoiy umrining oxirida yaratgan asarlaridan biridir.
Munojot Allohdan najot tilab, iltijo etmak demakdir. Ulug‘ shoir mazkur asarida o‘zining

butun hayotiy va ijodiy yo‘liga yakun yasaydi va yaratguvchiga dil izhori-la murojaat qiladi.
Asar matniga diqqat qilsak, uning satrlari zimnida shoir dunyoqarashi, shaxsiy hamda ijodiy
taqdiri ilg‘or g‘oyalar bilan yo‘g‘rilganligini idrok etamiz.

1

Qur’oni Karim / Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur,—T.: Cho‘lpon, 1992. B.: 520.

2

Axloq – odobga oid hadis namunalari. Toshkent. “Fan”, 1990. B.: 104.

3

O‘sha manba, B.: 32.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

72

«Munojot» asosan Allohga tazarru’ bayonidan iborat. Shoir unda davr, muhit bilan

bog‘lik armon-o‘kinchlarini, insonning asl his-tuyg‘ularini qalamga oladi. U voqe’likning
norasoliklaridan shikoyat qiladi, yolg‘iz Allohdan madad istaydi.

«Munojot» mazmun bilan shakl uzviy birligining betakror namunasi hamdir. Unda

Navoiy tili o‘zining butun qudrati, ajib nafosati ila namoyondir. Bu til — tafakkur tili, his-
hayajon tili. Shu bois u musiqa kabi dillarga orom baxsh etadi ham junbushga soladi. Har bir
so‘z, har bir iltijo muallifning ruhiy holatini ochib berishga xizmat qiladi. Navoiy qo‘llagan
tashbihlar, ta’rifu tavsiflar faqat Allohga emas, balki shoirning o‘ziga ham qaratilgandek
tuyuladi. Bular uning beorom ruhiyatining pokizaligidan, yaralangan qalbining foje’
ahvolotidan bizni ogoh etadi.

«Munojot» Navoiy ezgu niyatlarining, samimiy intilishlarining tajassumi o‘laroq,

mohiyatan kelajak avlodlarga qarata bitilgan asardir. Unda mutafakkir shoir inson zotini
o‘zligini anglashga, ma’naviy kamolot, imon-e’tiqod ustuvorligi, yuksak maqsadlar sari
intilishga da’vat etadi, bu yo‘lda to‘sqinlik qiluvchi jamiki illatlarga qarshi turishga chorlaydi.

4

Tasavvuf falsafasiga ko‘ra, Muhammad nuri olam, odam yaratilmasdan burun ham bor

edi. Chunki Alloh taoloning olamni ham, odamni ham yaratishidan maqsadi— Muhammad
alayhissalom bo‘lgan. Shuning uchun ham bu nur hatto Odam alayhissalomning manglayida
porlagani haqida «Qisasi Rabg‘uziy»da shunday deyiladi «Mavlo azza va jalla (Qudratli va
ulug‘ Alloh) Odamni kamug‘ ko‘rkluklar birla bezadi. Tishlarindin nur balqinur erdi ko‘z nur
mengizlik. Muhammad al-Mustafoning nuri Odamning oldinda qo‘miyur erdi to‘lun oy
mengizlik. Odam ul nurning yoruqluqin ko‘rib, bu nurni man bir ko‘rsam teb ko‘sadi ersa, izi
(Xudo) azza va jalla yorliqi birla ul nur Odamning olnidin o‘ng yang‘oqinga indi. Yana indi,
andin Odam qo‘linga. Ilkini ul nurra ko‘turu berdi. Nur andin inib, shahodat ernakining
uchinda turuqdi. Odam ernakin yuqoru ko‘turub, aning ko‘rkin tonglab: «Lo iloha illallohu
Muhammadun rasulullohi», dedi» .

Vujudung ikki jahon xil’atidin o‘ldi murod,
Nechukki zoting o‘lub ikki kavndin maqsud

5

,—

deb yozadi Navoiy bu haqda.
Farishtalarning insonga sajda qilishiga sabab ham uning naslidan Muhammad

alayhissalomdek bashar tojining dunyoga kelishi edi. «Tarixi anbiyo va hukamo»da
yozilishicha, Odam alayhissalomni yaratish uchun hozirgi Makkai mukarrama joylashgan
yerda jannatga olib kirilgan bir hovuch tuproqdanoq «Muhammad vassalamning tiynatin
tasnim suyi bila yururub, borcha maloikaga arz qildilarkim, maqsudi olam va odam ofarinishi
muning xilqatidur, oxir o‘z-zamon payg‘ambari bo‘lg‘usidur»

6

. Endi g‘azalda o‘qiymiz:

Hoki poyingni maloyik qildilar toji sharaf,
Alloh-Alloh, kim ko‘ruptur bu sifat zoti sharif.
Ma’lum bo‘ladiki, «garchi shaklan Odam Ato oldin yaratilgan bo‘lsa ham moxiyatan, nur

sifatida Muhammad payg‘ambarni Xudo hammadan ilgari yaratdi. Shu bois Alisher Navoiyga
suratda Odam Ato Muhammadga ota bo‘lsa ham siyratda, ya’ni mohiyatda Odam Ato
Muhammad payg‘ambarga farzand ma’nosidagi tasvirlarga ko‘p duch kelamiz» . Masalan:

4

Alisher Navoiy. Munojot. Nashrga tayyorlovchi va lug‘atlar muallifi: Suyima G‘ani qizi. Toshkent. G‘afur G‘ulom

nomidagi nashriyot – matbaa birlashmasi. 1991. B.: 4.

5

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. Yigirma jildlik. 5- jild. Toshkent. 1990. B.:88

6

Alisher Navoiy. Asarlar. O‘n besh jildlik. 15 –jild. Toshkent. 1968. B.: 189.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

73

Odamki, bashar nasli silkiga erur payvand,
Suvratda sanga volid, ma’noda sanga farzand.
Boshqa payg‘ambarlar ma’lum bir qavmga yuborilgan bo‘lsalar, barcha mavjudot va

mahluqotning afzali sanalmish Muhammad alayhissalomni Parvardigori olam butun
insoniyatni hidoyat yo‘liga boshlash uchun saylagan. Shuning uchun ham millat quyoshi u
zotni: «Yuz yigirma to‘rt ming anbiyoi mursal xilqatidin murod—ul va barcha anga xayl va o‘n
sekiz ming olam ixtiro’idin maqsud — ul va ofarinish anga tufayl. Nubuvvat taxtida humoyun
farxi uzra toj, anbiyovu rasul xaylida sohibme’roj, avvalinu oxirin xalqi aning shafoatiga
muhtoj»

7

,- deb ulug‘laydi.

8

Navoiyning bu she’riy asari qirq to‘rtlikdan iborat. Ulardan oldin she’riy muqaddima

keladi. Unda Navoiy Arba’inning yozilish tarixini bayon etgan:

Ulug‘ ustoz Abdurahmon Jomiy:
Nasr ila nazmini murakkab etib,
Forsiy lafz ila murattab etib.
Arba’ine chiqardikim, jonlar,
Balki qirk, arba’in chiqorganlar...
Demak, Jomiy qirq hadisni tanlab olib nasriy va nazmiy tartibda fors tilida arba’in

(qirqta) she’r-to‘rtlik yozdi. Fors tilida o‘qiydigan kitobxon ulardan bahra topdi. Ammo
boshqalar bebahra qoldilar. Ma’lumki, o‘sha to‘rtliklarga asos bo‘lgan hadislar nasrda arab
tilida edi. Shuning uchun turkiy kitobxon na arab tilidagi asl hadislarni, na ularning Jomiy
tomonidan yozilgan forsiy nusxasini o‘qib tushuna oldilar. Shuning uchun Navoiy ustozi
Jomiydan ruxsat olib shu qirq to‘rtlikni fors tilidan o‘zbek tiliga o‘tkazdi. Shunday qilib,
Navoiyning yozganlari inson hayoti va faoliyatining mohiyatini tashkil etmog‘i kerak. Navoiy
shu fikrni «Arba’in»da yuksak ilhom va hayajon bilan ifodalaydi.

Xalq aro yaxshiroq deding kimdur,
Eshitib shubha ayla raf’ andin.
Yaxshiroq, bil ani ulus arokim,
Yetsa ko‘prakulusga naf’ andin.
Navoiy onalarni g‘oyat baland qadrlamoqqa chaqiradi. U Jannat bog‘ining onalar oyog‘i

ostida ekanini bildirib yozadi:

Onalarning oyog‘i ostidadur
Ravzau jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘in jamolin istar esang
Bo‘l onaning oyog‘i tuprog‘i.
Navoiy faqat yaxshilik sifatlarini targ‘ib etish bilan cheklanmaydi. U yomon

xususiyatlarni qatiy ravishda rad etadi. Tuban intilishlar, pastkashlik, manfaatparastlikni
qattiq qoralaydi. Pul-mol uchun mukkasidan ketganlarga la’nat o‘qiydi. Ularga yuksak
maqsadli, pokiza tiynat, olijanob insonlarni qarama-qarshi qo‘yib pulparastlarning tubanligini
fosh etadi:

Rahmat ozodag‘aki, ul olmas
Dahr dinoru dirhamin g‘amga.
Lek la’nat ataki, qul bo‘lg‘ay

7

Alisher Navoiy. Munojot. Toshkent. 1991. B.: 6.

8

Ochilov Ergash. Navoiy idealidagi insonlar. “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali. 2001 yil №5. B.:7-8


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

74

Xoh dinoru xoh dirhamga.
Ana shu misollarning o‘zidanoq ko‘rinib turibdiki, Navoiy kishilar uchun yuksak adab

nizomi bo‘ladigan bir turkum she’rlar yaratgan. Ular «Arba’in» nomi bilan o‘zbek adabiyotiga
kirdi va Navoiy ijodiy merosida o‘ziga xos bir o‘rin egalladi.

9

Vahdat ul-vujud ta’limotiga ko‘ra, atrofdagi borliq vujudi doiraning paydo bo‘lishi

ilohiyot vujudi mutlaqning o‘z husnini tabiat hodisalarida namoyon qilishining ifodasidir, deb
tasavvur qilinadi. Dunyoning yaratilishi qonuniy, tabiiy jarayon bo‘lib, ilohiyot o‘z husnini
zuhur etishga muhtoj edi, buning uchun unga ko‘zgu oyna, mir’ot kerak bo‘lib qoldi: tabiat
ana shu ko‘zgudir, unda Xudo o‘zining barcha sifotlari bilan turli hodisalarda jilvalanadi
(ko‘rinib turadi). Ammo ilohiyotning tabiatda zuhur etilishining asosiy maqsadi inson edi,
uning xayr- saxovati, muhabbati ham insonga qaratilgan. Inson ham, o‘z navbatida,
ilohiyotning koinot jilvalanishidan hayratda va unga maftun bo‘lib turadi. Shuning uchun
inson Xudoning ham muhabbat ob’ekti /mahbubi/ ham unga oshiq sub’ekt hisoblanadi

10

.

Sodda tilda aytilganda Alloh olamni yaratishdan maqsadi odamni yaratish edi.

Navoiy o‘z asarlarida olamning tajalli etilishi haqida shunday deydi:
O‘z zuhurin chun tamanno ayladi,
Chiqdiyu avval tavallo ayladi.
Bu tajallosi aro xurshedvor,
Yuz tuman-ming soya soldi oshkor.
Barcha olam qushlarining surati,
Bilgil, oning soyai nurhikmati.
O‘zni Simurg‘ istasa erdi nihon,
Soyasi bo‘lmas erdi hargiz ayon .
Vahdati-vujud ta’limotining asosiy tushunchasi tavhiddir. Hazrati Navoiy tavhid -

Allohning yagonaligi tushunchasini izohlashda «vahdat jomi» Allohning birligini zikr etish,
«ahli vahdat» Xudoning birligiga e’tiqod qilgan kishilar, degan tushunchalarni ishlatadi.
Tavhid haqida “Lisonut-tayr”da Navoiy yozadi:

Ongakim vahdat sari qul aylading,
Sen qolib nafiy buyu, ul aylading

11

.

«Xudoning kalomi» hisoblangan Qur’on aytadiki, Xudo azaldan bor. U eng qudratli,

adolatli va oliy borliqdir. U shunday borliqdirki, azizlikda, qimmatlilikda, odillikda unga to‘g‘ri
keladigan, unga barobar keladigan borliq yo‘qdir. U shunday borliqdirki, unga hamma
bo‘ysunishi kerak, uning qarshisida hamma tiz cho‘kishi shart. Dunyoda bo‘ladigan butun
hodisalar uning irodasi, istagi bilan bo‘ladi. Uning ixtiyorisiz hech qanday hodisa ro‘y
bermaydi, hattoki bir barg ham tushmaydi. Dunyodagi narsalar, jumladan inson shuning
uchun ham yaratilgan va vazifalari shundan iboratki, ular Xudoga (Xoliqqa) tobe bo‘lsinlar va
to‘liq uning xizmatida bo‘lsinlar. Demak, Xudo butun borliqning, umum koinotning markaziy
figurasidir va butun boshqa narsalar unga nisbatan ahamiyatsizdir.

12

U, Xudo bilan tabiatni birlashtirib, aynlashtirib, Xudo sifatlarini tabiatga berib, shu

tabiatni haqiqiy, yagona borliq, undagi hayot haqiqiy hayot, bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona

9

Qayumov Aziz. Dilkusho takrorlar va ruhafzo ash’orlar. “Sharq”, T.:2014. B.:

10

Mas’ul muharrirlar Xayrullaev M. Aliqulov H. O‘zbekistonda ijtimoiy – falsafiy fikrlar tarixidan. T., 1995. B.: 172.

11

Alisher Navoiy. Lison ut – tayr. B.: 235.

12

Zohidov Vohid. Ulug‘ shoir ijodining qalbi. “O‘zbekiston” nashriyoti, T.: 1970.B.:237.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

75

hayot, chin hayot deb, narigi dunyoni, uning jannat va jahannamini istehzo bilan tilga oladi va
hatto rad etishga qadar yetib keladi. Bu Navoiyning tasavvufidan mantiqiy kelib chiqadigan
zaruriy va qonuniy natijadir.

Navoiy yozadi:
Qo‘rqutma meni tomug‘din, ey zohidi yax,
Jannat menga bo‘lg‘usi debon urma zanax.
Kim do‘zax aning yodi bila jannat erur,
Jannat bori sening biladur do‘zax

13

.

Sho‘ro olimlari, albattaki, dunyoviy adabiyotga kiritishgan “diniy-mistik”) va

“dunyoviy”ga bo‘lish — g‘arb adabiyotshunosligining ixtirosi. Chunki, haqiqatan ham, o‘tgan
asrlarda g‘arb san’ati, jumladan, adabiyotida diniylikdan qutula borib, dunyoviylikka o‘tish
jarayoni yuz bergan. Masalan, rassomlar farishtalar suvratini chizgan, ammo ularning yuzini
tasvirlashda o‘zlariga zamondosh odamlarni prototip qilib olishgan. G‘arb adabiyotida ham
diniy syujetlar asosida dunyoviy hayotni aks ettirishga urinishlar bo‘ldi. Bora¬bora diniy
tasavvurlardan holi bir adabiyot ham vujudga keldi. Musulmon Sharqida san’at, jumladan,
adabiyotning din, xususan, tasavvufdan bu darajada keskin ajralishi jarayoni deyarli yuz
bermagan. Yuz bergan bo‘lsa, bu XX asrga kelib amalga oshdi. Shunga qaramasdan, uzoq yillar
bo‘lg‘usi o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassislari mana bunday yondoshuv va qarashlar ta’sirida
shakllandi: “Diniy-mistik adabiyot ob’ektiv borliqni inkor etsa, dunyoviy adabiyot uni e’tirof
qilar, diniy-mistik adabiyot tarkidunyochilik va badbinlikni targ‘ib etsa, dunyoviy adabiyot
hayotni sevishni targ‘ib qilar, diniy-mistik adabiyot jannat va hurlarni kuylasa, dunyoviy
adabiyot hayotni va hayot mahbubasini kuylar edi”

14

.

“Jannat” va “hurlar” — tushunarli. Lekin “hayot mahbubasi” — kim? Agar ana shu

pozitsiya bilan “qurollanib”, Navoiyning:

Zohid, sanga — hur, manga — jonona kerak,
Jannat sanga bo‘lsun, manga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la, yona kerak,

15

satrlaridan iborat ruboiysi mag‘zini qanday chaqamiz? Aniqrog‘i, undagi “janona” timsoli

darslikda ko‘zda tutilgan “hayot mahbubasi“mi? Yo‘q, albatta. Bu ruboiydagi “zohid” —
so‘fiylikning boshlang‘ich bosqichida qolib ketgan, ya’ni maqsadi jannatga erishishgina
bo‘lgan shaxs. Ruboiy lirik kahramoni esa — so‘fiy. U zohidni maqsadi kichiklikda, ya’ni ishqi
yo‘qlikda ayblayapti. Zohid — taqvodor, albatta. Biroq uning maqsadlari shariat
maqsadlaridan yuqori ko‘tarila olmagan. Zohid — hali oshiqqa aylanmagan. Holbuki tariqatga
kirganlar nazdida faqat ishqqina Xudoga olib boradi. “Jonona” bu yerda Hak taolo ramzi bo‘lib
kelgan. “May” va mayxona” — aynan ishq timsoli. “Soqiy” esa bu ruboiyda tasavvuf pirini
anglatib kelgan. Shunday ekan, lirik kahramon —so‘fiy, ya’ni “diniy-mistik ruhdagi shaxs”

U “dunyoviy shaxs” sifatida “diniy-mistik ruhdagi shaxs”ga qarshi g‘oyani ilgari

surayotgani yo‘q. Aksincha, oliy maqsadni — Allohning vasliga yetishni ko‘zlagan bir yuqori
darajadagi diniy-mistik ruhdagi shaxs pastroq darajadagi maqsadga - jannatga yetishnigina
ko‘zlagan bir diniy-mistik ruhdagi shaxsga qarshi g‘oyani ilgari suryapti. Shuning uchun

13

Alisher Navoiy. O‘sha asar.I. B.: 744.

14

Mallaev N. O‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent. “O‘qituvchi”. 1976. B.: 205.

15

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 3- jild. Toshkent. Fan. 1988.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

76

butun, hech ikkilanmasdan, Navoiy ijodi — to‘lig‘icha tasavvuf adabiyoti hisoblanadi, degan
nuqtai nazarda qat’iy turishimiz kerak. Shundagina kalavaning uchini yo‘qotmaymiz.
Shundagina buyuk shoir va mutafakkir asarlarining sirlari, ochila boradi. Shundagina Navoiy
haqiqatiga yetamiz.