YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
66
TOSHTUTGICH QURILMASINING TEXNOLOGIK SXEMASINI TANLASH VA
ISHLASH PRINTSIPINI TUZISH
Ibroximov Ilg’orbek
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14855153
Annotatsiya:
Ushbu tadqiqotda paxta xom ashyosiga dastlabki ishlov berish texnologik
jarayonida paxta tarkibidagi turli o’gir aralashmalarni tutib qoluvchi toshtutgich qurilmasini
takomillashtirish ishlar olib borilgan. Natijada takomillashtirilgan qurilma ishchi sxemasi
ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar.
Paxta xomashyosi, tosh, og’ir aralashmalar, toshtutgich, havo oqimi, ishchi
kamera, bunker, pnevmotransport, separator.
Paxta xomashyosini dastlabki tozalash jarayonida unda tuproq, tosh, metall parchalar va
boshqa og‘ir jismlar bo‘lishi mumkin. Toshtutgich qurilmasi ushbu og‘ir jismlarni ajratib,
keyingi texnologik jarayonlarga faqat toza xomashyoni yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan. Bu
nafaqat uskunalarning shikastlanishini oldini oladi, balki tolaga zarar yetkazilishining ham
oldini oladi.
Toshtutgichning texnologik sxemasi paxta korxonasining ish hajmi, paxta tarkibidagi
aralashmalar miqdori va zaruriy tozalash samaradorligiga qarab tanlanadi. Eng ko‘p
qo‘llaniladigan usullar:
1.
Havo oqimi yordamida ajratish
2.
Vibratsion ajratish
3.
Magnit usuli
Ko‘pincha kombinatsiyalangan usuldan foydalaniladi, ya'ni havo oqimi + vibratsion yoki
magnitli usul birgalikda ishlatiladi.
Oʼrnatiladigan joyiga qarab ikki turga boʼlinadi. Birinchisi chiziqli toshtutgichlar,
deyiladi. Ular havo yordamida tashuvchi qurilmaning chizigʼida joylashgan boʼlib,
separatorgacha oʼrnatiladi. Ikkinchisi chiziqli boʼlmagan toshtutgichlar boʼlib, ular
separatordan keyin oʼrnatiladi.
Havo yordamida tashuvchi qurilma quvurlarining oʼtish qismiga oʼrnatiladigan 2ChTL,
LKS markali silindrik shaklli, markazdan qochma turdagi va shunga oʼxshash ogʼir jismlarni
tutib qoluvchi moslamalar mavjud. Ular hammasi bittadan shartli ravishda «choʼntak» deb
ataluvchi ogʼir aralashmalar yigʼish joyiga ega.
Toshtutgich konstruktsiyasin yaratishda paxta tarkibidagi ogʼir aralashmalarni eng
yuqori tutib qolish darajasiga erishish uchun choʼntaklarni eng qulay joylashish oʼrnini
aniqlash lozim. Yaʼni paxta va ogʼir jismlar har xil solishtirma massa va tezlikka ega boʼlgan
holda havo yordamida tashilish jarayonida oʼtish joylarida har xil traektoriyalar boʼyicha
harakatlanadi [1-5]. Ogʼir jismlar paxtaga nisbatan kattaroq massaga egaligi va ular har xil
traektoriya boʼylab harakatlanishi tufayli ularni tutib qolish uchun choʼntakni toshtutgichning
ajratish kamerasining qaerga oʼrnatishni bilish lozim.
Paxta tozalash korxonalarining ish tajribasi mavjud tosh tutgichlar paxtadan ogʼir
jismlarni ajratish masalasini yetarlicha hal qila olmasligini koʼrsatmoqda. Bu qurilmalarning
ish unumi ancha past boʼlib, ular asosan katta oʼlchamdagi ogʼir jismlarni tutib qoladi. Mayda
jismlar esa texnologik jarayonga oʼtib ketadi. Bundan tashqarii, mavjud tosh tutgichlar yuqori
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
67
aerodinamik qarshilikka ega. Bu esa oʼz vaqtida, pnevmotransport quvurlarida havo
bosimining keskin pasayishiga hamda tosh tutgich choʼntaklarining paxta bilan toʼlib qolishi
va chiqindiga qoʼshilib ketishiga olib keladi. Shuning uchun hozirgacha paxtani ogʼir
jismlardan tozalovchi yuqori samarali uskunalarni yaratish va mavjudlarini takomillashtirish
vazifasi dolzarbligi yoʼqotgani yoʼq.
Toshtutgich qurilmasi paxta tozalash korxonalarida majburiy dastlabki tozalash
bosqichi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz va xavfsiz bo‘lishini ta’minlaydi. Uni
tanlashda paxta tarkibidagi og‘ir aralashmalar miqdori va texnologik jarayon talablariga
e’tibor berish muhim.
Paxta tarkibidagi aralashmalar turi va miqdori ko’p tomonlama toshtutugich ishlashiga
ta’sir qiladi. Tuproq, tosh, metall, yog‘och va boshqa aralashmalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, mos
texnologiyani tanlash shunchalik muhim bo‘ladi. Masalan, paxta ko‘proq mayda qum va chang
bilan aralashgan bo‘lsa, havo ajratish tizimi samaraliroq bo‘ladi. Agar katta toshlar uchrasa,
vibratsion va tortishish kuchiga asoslangan ajratish usuli qo‘llaniladi.
Paxta tozalash korxonasining quvvati va sutkalik qayta ishlash hajmiga qarab
qurilmaning samaradorligi oshirilishi kerak. Tadqiqotda tahliliy ma’lumotlar natijasida
takomillashtirilgan toshtutgichning texnologik sxemasi ishlab chiqildi (1-rasm).
1-rasm. Takomillashtirilgan toshtutgich qurilmasining sxemasi
1-kirish, 2-ishchi kamera, 3-aerodinamik qarshilik (paxtani titib beruvchi qism),
4-elastik qoplamalar, 5-bunker, 6-chiqish qismi
Ushbu toshtutgich qurilmasi quyidagicha ishlaydi: paxta qirish qismi 1 orqali yuqori
tezlikda ishchi kamera 2ga kirib keladi. ishchi kamera 2ning markazida aerodinamik qarshilik
3 oʼrgatilgan boʼlib, u ishchi kamera 2 ni ikki qismga ajratib turadi. Yaʼni yuqori va quyi
qismlarga. Аerodinamik qonuniyatga koʼra yuqori qismda havoninig tezligi past va havo
bosimi yuqori boʼladi. Quyi qismda esa havoning tezligi yuqori va havo bosimi past boʼladi.
Havo oqimi bilan aralashib kelayotgan paxta boʼlakchalari aerodinamik qarshilik 3 yordamida
titilib, kichik massaga ega paxta quruq paxta boʼlakchalari yuqori qismdan oʼtib, elastik
qoplamaga urilib yuqori tomonga harakatlanib, chiqish qismi orqali quvurga oʼtib ketadi.
Massasi kattaroq boʼlgan paxta yot aralashmalar quyi qism orqali harakatlanadi. Quyi qismda
havo tezligi yuqori va havo bosimi past boʼlganligi sababli paxta va yengil jismlar elastik
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
68
toʼsiqqa urilib tepaga qarab harakatlanib, chiqish qismi 6 orqali keyingi jarayonlarga oʼtib
ketadi. Paxta boʼlakchasiga nisbatan massasi katta boʼlgan begona jismlar yuqori tezlik bilan
harakatlanib, oʼz inertsiyasi taʼsirida elastik materialga urilib bunkerga tushib toʼplanadi.
Bunkerdagi toʼplangan begona jismlarni avtomatik tarzda tashqariga vakuum sharoitini
saqlagan holda chiqarib yuboriladi.
References:
1.
Зикриёев Э. Пахтани дастлабки қайта ишлаш. // Ўқув қўлланма, Тошкент,
Меҳнат, 2002.
2.
Мурадов Р. Пахтани дастлабки ишлаш технологиясидаги ташиш жараёнининг
самарадорлигини ошириш асослари. Техн. фан. докт. диссертацияси. Тошкент-2004,
289 б.
3.
Хасанов М.Р. Повышение эффективности технологической надёжности элементов
пневмотранспортных сичтем хлопка // Диссертация кандидата технических наук.
Ташкент, 1989.
4.
Мурадов Р., Бойтураев У. Выделение тяжёлых примесей из хлопка-сырца
в камнеуловитель // Дел. в УзНИИНТИ, 1986. № 523-Уз.
5.
Кобилжанов К.М. Иследование работы и выбор рациональной конструкции
уловителя тяжёлых примесей для хлопковой промышленности // Диссертация
кандидата технических наук. Ташкент, 1960.