YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
43
"KUTUBXONACHILARNING AXBOROT BOSHQARUVIDAGI ROLI: ILGARI VA
HOZIRGI ZAMONDAGI O'ZGARISHLAR"
Raxmatullayeva Shaxlo Mavlonovna
NDKTU ‘‘Axborot Resurs Markazi” bo'lim mudirasi
Narziyeva Orzigul Haydarqulovna
NDKTU ‘‘Axborot Resurs Markazi’’ yetakchi mutaxassisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14843484
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kutubxonachilarning axborot boshqaruvidagi o‘rni
haqida tahlil qiladi va uning vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishlar bulganini ko‘rib chiqadi.
Ilgari kutubxonachilarning asosiy vazifasi shundan iborat ediki kitoblar va qo‘lyozmalarni
saqlash, tartibga solish va foydalanuvchilarga taqdim etish bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib
esa ularning roli axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan kengaygan. Maqolada
kutubxonachilarning raqamli kutubxonalar, elektron resurslar, axborot qidiruvi va
foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash kabi zamonaviy sohalardagi ishtiroki tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Kutubxona, asar, axborot,kitob, AKBT((axborot kutubxona boshqaruv
tizimi), ARM((axborot resurslar markazi), talaba, hujjat, kutubxonachi.
Kutubxonachilik insoniyat hayotida muhim o‘rin tutuvchi kasblardan biri hisoblanadi,
har bir insoni ma’naviy jihatdan kamol topishi uchun kitob mutolasi bilan shug’illanishi kerak
bo‘ladi. Bugungi kunga kelib bu kasb egalarining ish faoliyati yanada qulay bulmoqda.Avvalari
bu kasb egalari kitoblar,hujjatlar va shu kabi manbalarni tartibga solish hamda talabalarga
yetkazib berish vazifasini bajarishgan.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
44
Bugunki kunga kelib texnologiyalarni rivojlanishi bilan kutubxonachilik kasbiga ham bir
nechta o‘zgarishlar kiritilmoqda.Endilikda kutubxonalarda bosma shakldan tashqari raqamli
resurslar ham taqdim etilmoqda.Bu kabi suniy intellekt asosida ishlovchi tizimlar
kutubxonachilarning ish faoliyatini yengillashtirib,ularga murakkabroq vazifalarni bajarishga
imkon yaratib beradi.Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining axborot
resurslar markaziga dasturni yaratishga ARM (axborot resurslar markazi) direktori Nodirjon
Abdurafiqov
Najmiddinovichning
hissalari
juda
katta
hisoblanadi.Bu
tufayli
kutubxonachilarning ish faoliyati yaxshilanib bormoqda sababi,talabalar tomonidan murojat
qilinganda ular uchun zarur bulgan adabiyotlarni AKBT (axborot kutubxona boshqaruv
tizimi) dasturi orqali tezroq olishlari mumkin buladi.
Axborot-kutubxona boshqaruv tizimi (AKBT) bu dasturi orqali kutubxona fondlarini
samarali boshqarish, kitoblarni tezkor izlash hamda kitobsevar talabalarga sifatli xizmat
ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan dasturiy ta’minot hisoblanadi. Bu dasturlarning
afzalliklari shundan iboratki:
Kitoblarni elektron katalogga kiritish hamda yuritish.talabalarga kitob berish va
qaytarish jarayonini tezlashtirish, kitoblarni onlayn qidirish, elektron resurslar va raqamli
kutubxona xizmatlaridan foydalanish kabi qator vazifalarni bajarishga qaratilgan hisoblanadi.