YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
34
ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDA OILADAGI TARBIYANING
AHAMIYATI
Ismoilova Marhabo Hamitovna
TAFU Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi
Eмаil: ismoilovamarhabo22@gmail.com
Ergashev Dilshodbek
TAFU Pedagogika fakulteti PP2201U12-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14842387
Annotatsiya:
Olimlar oilada tarbiyaning muhimligini turli nuqtai nazarlardan ta’kidlab,
uning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatdagi o‘rni haqida bir qancha fikrlar bildirganlar. Oilada
tarbiya, avvalo, insonning axloqiy, ruhiy va ma’naviy shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Ushbu maqolada Oilada tarbiyaning o‘rni xususida fikrlar yurutilgan.
Kalit so‘zlar:
Oila, oilaviy muhit, farzand tarbiyasi, jamiyat, mehr-shafqat, farzandlik
burchi, adolat.
Kirish.
Fitratning “Oila asari oila tarbiyasi - oilada ota-ona, vasiy yoki katta kishilar
tomonidan bolalarni tarbiyalash, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin
tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch - oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy
munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari
oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish,
bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning
yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi
mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllab-quvvatlash va hokazolarni nazarda
tutadi. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila
tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Tarbiya ikki qismdan-oila va maktabda
beriladigan tarbiyadan tashkil topadi. Oilada to‘g‘ri yo‘naltirilgan tarbiya keyingi bosqich
uchun poydevor vazifasini o‘taydi, va aksincha, oilada tarbiyaga e’tibor qaratilmasa, bu
vaziyat maktabda olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini birmuncha orqaga tortadi. Abdulla
Avloniy ota-onalar bilan farzand o‘rtasidagi munosabatlarga yangicha izoh beradi. U bolaning
nafsoniyatiga tegadigan, bolaning hissiyotiga shikast yetkazadigan, uni ruhan va ma’nan
ezadigan jazoni qoralaydi. Bolani sevish va unga ustalik bilan ta’sir ko‘rsatish zarur, uni
ishontirish vositasi bilan o‘z burchini anglatish zarur, deb hisoblaydi. Farzand tarbiyasida bola
yashab turgan shart-sharoit, muhit, atrofidagi kishilarning roli katta ekanligi ko‘rsatiladi
1. “Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilinur? degan savol keladur. Bu savolga, birinchi uy
tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris
va hukumat vazifasidur”, deb javob bersak, bir kishi deyurki, “qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz
boshi paqmoq, qo‘li to‘qmoq onalarmi? O‘zlarida yo‘q tarbiyani qaydan olib berurlar”,
der.Mana bu so‘z kishini yuragini ezar, bag‘rini yondurar”. Ayni paytda, adib ta’lim bilan
tarbiya bir butun jarayon ekanligini ta’kidlaydi: “Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa
ham ikkisi bir-biridan oyilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”.
Beshikdan to mozorga borguncha ilm o‘rgan”-demishlar. Bu hadisi sharifning ma’nosi bizlarga
dalildur. Hukamolardan biri: “har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati
yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liqdur”-demish”. Abdulla Avloniy o‘zining pedagogik
nuqtayi nazarida tarbiyani uch turga ajratadi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
35
kabi. Bundan tashqari ularning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlaydi. Adibning
aytishicha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilmu ma’rifatga ega bo‘lish uchun avvalo badanni tarbiya
qilish zarur. “Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki
o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir.
Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning
o‘ng ila terisi kabidur”. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa,
choponni ustini qo‘yib astarini yuvub ovora bo‘lmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga
uradur. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sog‘lom bir vujud kerakdur. Shuning uchun ota-
onalar bolalari kasal bo‘lgan zamon beparvolik qilmay, tezlik ila tabib va do‘kturga boqizmak
kerak.” Bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish, fikr tarbiyasini uyushtirish juda zarur va
muqaddas bir burch hisoblanadi. Shu tufayli ham ulug‘ allomalarimiz fikriy tarbiyaga alohida
e’tibor berganlar. Avloniy ham fozilona, hikmatlarga yo‘g‘rilgan tasdiqlarga suyanib, fikr
tarbiyasi haqida quyidagilarni aytib o‘tadi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri
taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan
muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g‘ayratlik bo‘lishiga sabab bo‘ladur. Bu
tarbiya muallimlarning yordamiga so‘ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi
muallimning tarbiyasiga bog‘lidur”. Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan naql
bejizga aytilmagan. Har bir ota-ona o‘z farzandi uchun ko‘zgudir. Ularning muomala va
munosabati, o‘zini tutishi farzandiga bo‘lgan e’tibori alohida ahamiyatga ega. Buyuk
mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy farzand tarbiyasi xususida shunday deydi: “Yosh bolaga
nisbatan eng zarur ish bilki, uni kichkinaligidan parvarish qilishdir. Qatrani sadaf tarbiya
qilgani uchun odamlarning boshiga chiqib sharaf topdi. Tarbiyaning yana biri bo‘laga ilm-u
adab o‘rgatish uchun muallim chaqirishdir. O‘g‘ling bilimsizligicha qolib ketsa, ajab kamchilik
bo‘ladi. Unga sening shafqat qilishing foydalidir, lekin buning ortiqchasi zarardir”. Bu fikrlar
orqali qattiqqo‘llik va shafqatning me’yorda bo‘lishini bilish mumkin. Mirzo Ulug‘bekning oila
muhitini yaxshilash, sog‘lom tarbiya berish haqida quyidagi qarashlari mavjud. Bolaning bilim
olishiga bo‘lgan qiziqish, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit, ya’ni oila muhim
o‘rin egallaydi. Oilada ota-onalar bilimli bo‘lishini, tarbiya berishda ota-onaning o‘zi o‘rnak va
hayotiy misol bo‘lishiga farzandi guvoh bo‘lishi eng ko‘p samara berishi ta’kidlangan. Oilada
bolaning muntazam kitob o‘qishini rivojlantirish uchun ota-ona astoydil harakat qilmog‘i
lozim.
Sharq mutafakkirlari yetuk insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligi haqida
so‘z yuritganlar. Jumladan, Abdurauf Fitratning “Oila” Imom Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad”,
Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Guliston”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u
bilig” asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga
munosabati muhim sanaladi. Farzandning tarbiyasini faqat onaga tashlab qo‘yish to‘g‘ri emas.
Bu borada otaning ham o‘rni beqiyosdir. Hayotda og‘il ko‘proq otaga qarab ergashadi. Otaning
samimiyligi, hurmati va yaxshiligi farzandga kuch-quvvat bo‘ladi. Oilaning asosiy tirgagi
bo‘lgan ota hayotning mashaqqatlarini kechib, o‘zining bukulmas irodasi, adolatparvarligi,
hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs sifatida gavdalanadi. Ota
oilada o‘z farzandlariga yurish-turishda, nutq odobida, o‘zaro muomala madaniyatida
to‘g‘rilik, halollik, samimiylik yuzasidan namuna bo‘la oladi. Oilada samimiylik, bir-biriga
bo‘lgan mehr va hurmat yuqori bo‘lsa, farzandning o‘sib ulg‘ayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Alisher Navoiy tarbiyaning yana bir ko‘rinishi ota-onani hurmat qilish ekanligini farzandlarga
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
36
uqtiradi: “Otang oldida boshingni fido qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa
qilsang arziydi. Ikki dunyong obod bo‘lishini istasang, shu ikki odam roziligini ol. Tun-u
kuningga nur berib turganning birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh”.Oilada ma’naviy-ruhiy
muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.Abdurauf Fitratning
“Oila”asarida ham oila sog‘lom, yetuk farzandni ulg‘aytirib kamol toptirishda mas’uldir.
Farzandni sog‘lom, yetuk, bilimli, shijoatli qilib voyaga yetkazish oilaga, ota-onaga bog‘liqdir.
Tarbiyada oilaning oʻrni juda muhimdir. Oila, farzandning ilk tarbiya maktabidir, chunki
bolalar dastlabki qadamlardan boshlab oilada toʻgʻri me'yorlar, qadriyatlar va axloqiy
prinsiplarga asoslanib tarbiyalanadilar. Tarbiya, oilaning jamiyatga yaxshi fuqarolarni
yetishtirishdagi asosiy roli bilan bevosita bogʻliq. Oilaning tarbiyadagi o‘rni quydagilardan
iborat bularga: Axloqiy qadriyatlarni o‘rgatish: Oila, farzandga to‘g‘ri va noto‘g‘ri, yaxshilik va
yomonlik, hurmat va insof kabi axloqiy qadriyatlarni o‘rgatish uchun birinchi va asosiy joydir.
Shaxsiy rivojlanish: Oila farzandning shaxsiyati va hissiy intellekti rivojlanishi uchun zarur
bo‘lgan muhitni ta'minlaydi. Farzand o‘zini o‘zi anglash, maqsadlar qo‘yish va ular uchun
kurashish ko‘nikmalarini oilada o‘rganadi. Ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish: Oila
farzandga ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri qurish, boshqalar bilan muloqot qilish va birgalikda
ishlashni o‘rgatadi. Bu ko‘nikmalar kelajakda jamiyatda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun zarurdir.
Emotsional qo‘llab-quvvatlash: Oilada farzandning his-tuyg‘ularini tushunish, qo‘llab-
quvvatlash va muammolarni hal qilishda yordam berish muhimdir. Bu oilaning asosiy
vazifalaridan biridir. Ijtimoiy mas'uliyatni o‘rgatish: Oila farzandga jamiyatga nisbatan
mas'uliyatni, o‘z burchini bajarishni, boshqalarga yordam berishni o‘rgatadi. Bu qadriyatlar
oilada shakllanadi va keyinchalik jamiyatda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, tarbiya oilada
boshlanadi va uning mustahkamligi farzandning kelajakdagi ijtimoiy va shaxsiy
muvaffaqiyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Oila farzandning hayoti davomida uni qo‘llab-quvvatlovchi
asosiy maskan bo‘lib qoladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki tarbiyaning oiladagi o‘rni kutularli darajada
muhum ekanligi va bolani to‘g‘ri tarbiyalash bolani ongini to‘g‘ri rivojlantirishda muhum
ahamiyat kasb etadi.Bu to‘g‘ri berilgan tarbiya bolalarga nafaqat yosh avlodga, yetuk,
tarbiyaviy, komil inson bo‘lib yetishishda asosiy omil bo‘la oladi. Shunday ekan bolalarga balki
o‘smirlarga to‘g‘ri tarbiya berish va ularni ongini to‘g‘ri rivojlantirish va ularga vatanparvarlik
tuyg‘usini singdirish va tarbiya berish bilan birgalikda ma’daniy-ma’rifiy,axloqiy jihatlarni
mustaxkamlash va yuksaltirish yutug‘umiz. Tarbiyada oilaning o‘rni juda muhimdir, chunki
oilada bolaning ilk ta’limi, axloqiy qadriyatlar, mehnatsevarlik va ijtimoiy madaniyatni
o‘rganish jarayoni boshlanadi. Oila, farzand uchun birinchi o‘qituvchi va tarbiyachi sifatida,
uning shaxsiyatining shakllanishiga, hayotga bo‘lgan qarashining o‘zgarishiga katta ta'sir
ko‘rsatadi. Oilaning ijobiy muhitida tarbiyalangan bola, jamiyatda muvaffaqiyatli va
mas'uliyatli shaxs bo‘lib yetishadi. Shu sababli, oilaning tarbiyada tutgan o‘rni, jamiyatdagi
madaniy va axloqiy qadriyatlarning saqlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.
References:
1.
Mirziyoyevning Sh.M. O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi nutqi. 2020-yil, 30-sentabr.
2.
“Turkiy guliston yoxud axloq” (A.Avloniy) Toshkent “ O‘zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti 2004
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
37
3.
H.Boltaboev XX asr boshlari o‘zbek adabiyotshunosligi va Abdurauf Fitratning ilmiy
merosi:fil.fanl.dokt...diss.avtoreferati. -Toshkent, 1996.
4.
Tashkulov D. Osnavniy napravleniya politiko - pravovoy misli narodov Uzbekistana vo
vtoroy polovine XX - pervoe chetverti XX vv: Fals.fanl.dokt. diss.Avtoreferati, -Toshkent, 1995
5.
G‘oyibova Sh.O.Abdurauf Fitratning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini pedagogika fanlari
nozodlik dissertatsiyasi. T.1998 y.143 b
6.
Sh.Olimov Fitrat merosini o‘rganish. Ilmiy tadqiqot ishi. Turkiya 2022 yil. 314 bet
7.
K. Xoshimov, Hasanov R. Abdurauf Fitrat. Pedagogika tarixi. - Toshkent, O‘qituvchi, 1996
- 307 -320.
8.
K.Hoshimov, S.Nishonova “Pedagogika tarixi” Darslik.
9.
G.Niyozov. M.E.Axmedova Pedagogika tarixidan seminar mashg‘ulotlar uchun oquv
qo‘llanma. T.2011
10.
https://www.google.com/url?sa=t&rct=j&q=&esrc=s&source=web&cd=&cad=rja&uact=