YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
23
ROSSIYADA REVOLUTSION-SOTSIALIZMNING MUVAFFAQIYATLI AMALGA
OSHISHI
Xolliyev Dilshodbek Erkinjonovich
Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14836691
Annotasiya.
Ushbu maqolada 1917-yilgi inqilobgacha bo’lgan davrda Rossiya
imperiyasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayot so’z yuritiladi.
Kirish:
Sotsializm bu bevosita kapitalizmga qarshi bo’lgan iqtisodiy tizim bo’lib,bunda xususiy
mulk deyarli mavjud bo’lmaydi va barcha resurslar ustidan nazorat davlat tomonidan amalga
oshiriladi.Boshqacha qilib aytganda, boylar va kambag’allarsiz jamiyat tuzish bu g’oyaning
asosini tashkil qiladi. Uning asosiy maqsadi – iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish, adolatli
taqsimotga erishish va jamiyatning barcha a’zolari farovonligini oshirishdir. Ma’lumki 1917-
yilda tarixda ilk bor sotsialistik davlat bolsheviklar tomonidan Rossiyada tuzildi.Hokimiyatni
ishchilar sinfiga bu tariqa o’tishining ko’plab sabablari bo’lib, bunga obyektiv yondashish uchun
inqilobgacha bo’lgan rus xalqi hayotini ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va tarixiy tomonlariga nazar
solish zarurdir.
Ijtimoiy hayot:
Ijtimoiy hayot yaqqol o’rta asrlarni esga soluvchi jarayonni yodga solardi, ya’ni oliy
hokimiyat egasi imperator bo’lib, uning hokimiyati absolyut ko’rinish kasb etgan; uning
atrofida juda katta yerlarga egalik qiluvchi knyazlar (aristokratlar) va ularning qo’lida ishlovchi
krepostnoylar (ishchi dehqonlar) yanada boshqacharoq til bilan aytadigan bo’lsak oq tanli
qullardan iborat bo’lgan.Bu holat Karl Marksning «Kapital» asarida ifodalangan sinfiy kurash
nazariyasini tasdiqlovchi real holat edi.Aynan krepostnoylarning mehnatini tinimsiz
eksplutatsiya qilish orqali hokimiyat va uning atrofdagilari o’z boyliklarini ko’paytirishgan.
Dehqonlarda o’zining xususiy mulkini ko’paytirish imkoni deyarli mavjud emasdi, ya’ni jamiyat
rasman ezuvchi va eziluvchilarga bo’lingan deysih mumkin. Orlando Figes o’zining «Odamlar
tragediyasi» nomli asarida bu holatni inqilobning eng asosiy sabablaridan biri deb qaraydi va
quyidagicha ta’rif beradi: «XIX asrda Rossiya imperiyasidagi ischilar ortiqcha yuk bilan harakat
qilayotgandi va imperator hokimiyati mavjud vaziyatdan chiqib ketishga qodir bo’lgan
islohotlar qilish o’rniga buni davom ettirdi». Boshqa tomondan qaraganda jamiyatning bu
ijtimoiy holati chiqib ketib bo’lmas girobdek edi,chunki barcha resurslar va ularni taqsimlash
jarayoni merosiy ahamiyat kasb etardi. Knyaz faqatgina boshqaruv mahoratidagi kamchiliklar
tufayli o’z yerini sotishga majbur bo’lmasa yoki imperator qahriga uchramasa tamom, bu
knyazning merosxo’rida ham yana shuncha boylik, yer va ishchilar bo’lishini bildirardi.
Jamiyatda resurslarga egalik qilish uchun raqobat o’ta past,bo’lsa ham faqatgina aristokratlar
o’rtasida mavjud edi. Ta’lim olishda ham aristokratlarning farzandlari nemis va fransuz
pedagoglaridan dars olishgan bo’lsa,bu holat oddiy ishchilarning farzandlari uchun imkonsiz
edi.Bu esa ishchilar sinfi uchun holatni o’ta qiyinlashtirgan va hattoki 1861-yilda Aleksandr II
tomonidan krepostnoylikni yo’qotishga qaratilgan qonun loyihasi imzolangan taqdirda ham
amalda ishchilar sinfining moliyaviy barqarorlikka erishishi imkonsiz edi.»Bu islohot amalda
dehqonlarga haqiqiy erkinlik bermadi, chunki ular hali ham iqtisodiy jihatdan zodagonlarga
qaram edilar»- degan fikrni Figes ilgari surdi. Shunday bir tushkun sharoitda hammani teng
qiluvchi g’oya rus xalqining aksar qismiga ma’qul kelgan.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
24
XIX asr oxiri va XX asr boshida imperiyadagi iqtisodiy muammolar:
Iqtisodiy jihatdan Rossiya asosan agrar davlat bo’lgan va asosan chetga g’alla eksporti
bilan shug’ullangan.Faqatgina XIX asr oxiriga kelib davlatda qisman bo’lsa ham industrial
zavodlar vujudga kela boshlagan.Richard Pipesning fikricha,Rossiyaning o’sha davrdagi
iqtisodiy tizimi modernizatsiyaga o’ta muhtoj bo’lib, davlat kapitalizmi va eskicha agrar
iqtisodiyot o’rtasida muvozanat bo’lmagan.Bolsheviklar esa «Yer – dehqonlarniki» Shiori ostida
ularni o’z tomoniga og’dirdi.Rossiyada iqtisodiy o’sish asosan yangi yerlarni egallash,boshqa
xalqlar boyliklarini talash orqali erishilgan.Ammo iqtisodiy o’sish faqatgina boylarning
salohiyatini oshirgan,chunki harbiy ish asosan knyazlar va ular yuboradigan qo’shinga doir
masala hisoblangan. Hattoki qishloq xo’jaligida ham Rossiyaning G’arbiy Yevropadan orqada
ekanligiga sabab bu dehqonlarga nisbatan rag’bat tushunchasi mavjud bo’lmagan,ya’ni u
qancha ko’p ishlasa ham bu faqatgina knyazning boyishini ta’minlar,dehqonga esa belgilangan
miqdorda hosil tegardi.Shaharlarda esa hunarmandlar o’z ish haqqi uchun oilaviy iste’mol
mahsulotlarini(bu kunlik mahsulotlar hunarmandlar qo’lida ishlayotgan yerdorning hosili edi)
qimmat narxga baholab berishardi.Imperator esa o’z hokimiyatining tayanchi hisoblangan
knyazlarning raqobatiga yo’l qo’ymasdi,chunki ular o’rtasida yomon munosabatlarni vujudga
keltirish davlatning birligi va imperator hokimiyati uchun anchayin zararli va amalda ancha
tushunmovchiliklarni vujudga keltirish darajasi yuqori edi.Natijada shunday katta davlat
ichida, hatto ichki bozor ham avj olmadi.
Siyosiy holat:
Rossiyaning tashqi siyosati «eniga kengayish» prinsipi asosida olib borilardi va bu ham
aholi, ham davlat ichidagi birdan-bir faxr bo’lgan, chunki o’zining bir nechta kamchiliklariga
qaramay, davlat o’z qudratini namoyish etayotganing yaqqol namoyishi bu yangi yerlarning
egallanishi va xalqaro maydonda provaslavlar himoyachisi ro’li shakllanayotgani edi. Bari
ysxshi, ammo Napaleon yurishlari barchaning ko’zini ochmagan bo’lsa ham ziyolilarnikini
ochdi. Davlat ichida boshqaruv shaklini o’zgartirish haqidagi qarashlar shakllana boshladi va
natijada aholining siyosiy ongi oshdi va keyinchalik XIX asr oxirida turli xil manfaat guruhlari
paydo bo’lib,o’z a’zolarining manfaatini himoyalay boshladi.1905-yilgi inqilobgacha davlat
mutlaq monarxiya bo’lgan, ammo «qonli yakshanba» dan keyin bari o’zgardi.Ziyolilar haq bo’lib
chiqdi va natijada xalq ichida o’sib kelayotgan bu olovni o’chirish chora sifatida konstitutsiya
ko’rildi.Rossiya rasman feodal monarxiyadan konstitutsion monarxiyaga o’tdi. 1914-yilda
boshlangan urush yana katta tartibsizliklarni vujudga keltirdi va bu holat Rossiyaning
kuchsizligini yaqqol ko’rsatdi.Urush vaqtida bolsheviklarning «Tichlik-xalqqa» shiori ostida
qilgan chiqishlari Lev Trotskiyning fikricha bolsheviklarning obro’yi oshishiga sabab bo’lgan.
Shuning uchun hokimiyat dastlab, burjuaziya qo’lida bo’lishi kerak bo’lgan muvaqqat hukumat
qo’liga o’tdi, keyinchalik yangi hisob bilan aytadigan bo’lsak noyabrda sovetlar hokimiyati
o’rnatildi.Lenin tomonidan ishlab chiqilgan «Harbiy kommunizm» dasturi qisqa muddatli
yechim sifatida ko’rilgan bo’lsa-da, keyinchalik NEP(Yangi iqtisodiy siyosat) bilan
almashtirilgan.Bu islohotni Markscha go’yalar doirasida tahlil qilsak, bu Rossiyaning iqtisodiy
sharoitiga bevosita mos bo’lgan siyosat bo’lib, sotsializmning o’ziga xos yo’nalishini yaratishga
turtki bo’ldi.
Tarixiy jarayon:
Tarixiy jihatdan olib qaraganda davlatlarning evolutsion rivojlanish bosqichida
monarxning ag’darilishi ko’plab xalqlar tarixida sodir bo’lgan,ammo bu holat Rossiyada
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
25
surunkali kech ya’ni burjuaziyaning feodalchilik bilan qorishib ketgan paytida sodir bo’ldi,ya’ni
endi hokimiyatga burjuaziyaning kelishi ko’p narsani o’zgartirmasdi,chunki ular eskidan
hokimiyat atrofida yurgan odamlar edilar.Karl Marks o’zining sinfiy kurash nazariyasida
burjuaziya feodalizmni ag’darib,kapitalistik muhitni shakllantirishi kerak edi,ammo Rossiyada
burjuaziya yetarlicha kuchga ega emas edi. Dalil sifatida muvaqqat hukumatning urushni
davom ettirish tarafdori ekanligi va buni qilganligini keltirishimiz mumkin. Ular jamiyat
hayotiga hech qanday yangilik olib kirishmadi va amalda shakllangan tizimni shohsiz davom
ettirdilar xolos. Shuning uchun muvaqqat hukumat ag’darildi va dunyo tarixidagi eng katta
g’oyaviy va jismoniy inqilob sodir bo’ldi.Lev Trotskiyning ta’kidlashicha, bu jarayon «doimiy
inqilob» konsepsiyasiga mos kelgan holda sodir bo’ldi,ya’ni sotsialistik inqilob feodal va burjua
bosqichlarini chetlab o’tib, bevosita proletarial diktatura o’rnatilishiga olib keldi. Shuni ham
aytish kerakki, bolsheviklar bu murakkab jarayonni nazorat qilishga muvaffaq bo’ldilar.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda sotsial inqilob uchun Rossiyada so’nggi ikki yuz uch yuz yil
davomida iqtisodiy, ijtimoiy va g’oyaviy turtki shakllanib keldi,ya’ni davlatning o’z vaqtida
sanoatlashmaganligi, keng yerlarga dehqonlarning qochib ketganligi va ularning egallanishi,
undan tashqari moliyaviy jihatdan chiqib ketish o’ta qiyin bo’lgan girdobning mavjudligi;
yagona davr va sharoitning mosligi ortidan faqat rus xalqiga mos bo’lgan unikal ya’ni
takrorlanmas qulay vaziyatni vujudga keltirdi va aynan sotsial inqilob jamiyat ichida katta
tozalanishni vujudga keltirdi. Qisqa qilib aytganda,bu g’oya nisbatan rus xalqining ehtiyojiga
javob bera oldi, oddiy taqqoslash uchun o’sha davrdagi G’arbiy Yevropadan istalgan davlatni
oladigan bo’lsak,bu g’oya davlat uchun ham aholi uchun ham ehtiyoj darajasida emasdi, chunki
bu paytda oddiy ishchilar o’zlarining erkinligini ta’minlashni boylarning sindirish yo’li bilan
emas, balki o’zlariga potensialini yaxshiroq ko’rsatish uchun ko’proq huquq berilishi tarafdori
bo’lishgan.Ammo shunsis ma’lum va eng muhimki aynan mana shu to’ntarish va uning
oqibatlari Rossiyani G’arbiy Yevropadan qo’rqmasligi va ularga suyanmasligiga;ham
g’oyaviy,ham ilmiy va ham harbiy jihatdan ular bilan tengma-teng kurashishiga turtki bo’ldi va
jahon maydonida Rossiyani super kuchga aylantirdi,undan tashqari sotsializmning amalda
qo’llanilishi bo’yicha butunjahon uchun birinchi tajriba bo’ldi.
Literature:
1.
Karl Marks “Kapital” asari.
2.
Karl Marks va Fridirix Engelsning «Sinfiy kurash nazariyasi”.
3.
Orlondo Figes “Odamlar tragediyasi» asari.
4.
Lev Trotskiy «Doimiy inqilob» va «Rus inqilobi tarixi».
5.
Richard Pipes «Rus inqilobi» asari.
6.
Lev Tolstoy «Urush va tinchlik» asari.