YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
91
MUSULMON OLIMLARINING DINLARNI TAVSIFLASH USULLARI
Egamov Orifjon Adilbekovich
“Yangi asr” unversiteti, Mumtoz sharq filologiyasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14864458
Annotatsiya:
Ushbu maqolada qiyosiy dinshunoslikning musulmon olamida
shakillanishi va darslik sifatida o‘qitilishi: qur’on va hadis asosida boshqa dinlarga
munosabatni asoslab berilish kabi holatlar aks ettirilgan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Usmon
Amr ibn Bahr Johiziy, Abu Xomid Muhammad ibn al-G‘azzoliy, Abu Muhammad ibn Ahmad
ibn Hazm al-Qurtubiy kabi olimlarning asarlari va ularning dinlarni tavsiflashdagi dalillar
bilan yoritilgan. Imom Shaxristoniyning dinlarni tavsiflashlari to‘liq bayon qilingan.
Kalit so‘zlar
: Qur’on, hadis, Abu Usmon Amr ibn Bahr Johiziy, Abu Xomid Muhammad
ibn al-G‘azzoliy, Abu Muhammad ibn Ahmad ibn Hazm al-Qurtubiy, Lui Massinion, Milla va
nihal, maqolot, rad, al-Osor al-boqiya, tavsif, tasnif, majusiy.
МЕТОДЫ ОПИСАНИЯ РЕЛИГИЙ МУСУЛЬМАНСКИМИ УЧЕНЫМИ
Эгамов Орифжон Адилбекович
Университет «Янги аср», преподаватель классической восточной филологии
Аннотация:
В статье отражено становление сравнительного религиоведения в
мусульманском мире и его преподавание как учебника: обоснование отношения к
другим религиям на основе Корана и хадисов. Он освещается трудами таких ученых,
как Абу Райхан аль-Бируни, Абу Усман Амр ибн Бахр аль-Джахизи, Абу Хамид Мухаммад
ибн аль-Газали и Абу Мухаммад ибн Ахмад ибн Хазм аль-Куртуби, а также их
аргументами при описании религий. Описания религий имамом Шахристани
полностью объяснены.
Ключевые слова:
Коран, хадис, Абу Усман Амр ибн Бахр аль-Джахизи, Абу Хамид
Мухаммад ибн аль-Газали, Абу Мухаммад ибн Ахмад ибн Хазм аль-Куртуби, Луи
Массиньон, «Милла ва нихаль», статья, отклонение, аль-Асар аль-Бакийя, описание,
классификация, язычник.
METHODS OF DESCRIPTION OF RELIGIONS BY MUSLIM SCIENTISTS
Egamov Orifjon Adilbekovich
"Yangi asr" University, Lecturer of Oriental Philology
Annotation:
This article reflects the formation of comparative religious studies in the
Muslim world and its teaching as a textbook: justifying the attitude towards other religions on
the basis of the Quran and Hadith. The works of such scholars as Abu Rayhan Beruni, Abu
Usman Amr ibn Bahr Johizi, Abu Hamid Muhammad ibn al-Ghazali, Abu Muhammad ibn
Ahmad ibn Hazm al-Qurtubi and their arguments in describing religions are covered. Imam
Shakhristani's descriptions of religions are fully explained.
Keywords:
Quran, hadith, Abu Usman Amr ibn Bahr al-Jahizi, Abu Hamid Muhammad
ibn al-Ghazali, Abu Muhammad ibn Ahmad ibn Hazm al-Qurtubi, Louis Massignon, Milla va
nihal, article, rejection, al-Asar al-Baqiyya, description, classification, pagan.
X-XII asrlardagi dinlarni tasniflash usullarini chuqur tahlil qilish va ulardagi tasniflashni
o‘rganish uchun, shu davrdagi diniy vaziyatni chuqur tahlil qilish lozim bo‘ladi. Bu davrda
yozilgan asarlardan eng muhimlarini, tasniflanish davomidagi asosiy e’tibor berilgan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
92
jihatlarga urg‘u qaratilishi kerak. Bu davrning yetuk namoyondlari Imom Shahristoniy, Abu
Rayhon Beruniy va Shayx abu Abdulloh Muahammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Kotib al-
Xorazmiylarning asarlari eng katta va muhim manba hisoblanadi.Tasniflanish usullarining
turlichaligi e’tiboridan bu olimlarning asarlaridagi firqalar va e’tiqodlar, millat va xalqlarning
davr va tuzilishidagi tafovutlar ko‘rinishi mumkin. bularni uch qisimga ajratgan holatda
o‘rganamiz. Imom Shahristoniyning “Milal va Nihal” asari va undagi tasnifotlar haqida
gapirganda quydagilarni bayon qilish mumkin. Imom Shahristoniy kitobining kirish qismida
gapirganda, dunyo ahlining din peshvolari maqolalarini ko‘zdan kechirdi, ularning manbalari
va ulardan kelgan turli tuman aqidalarni o‘rgandi. O‘zining kitobi barcha dinlarni o‘rganish
manbayiva masdari, dinlar va xalqlar e’tiqotida bo'lgan hamma narsani o'z ichiga olgan qisqa
entsiklopediya bo'lishini xohladi
1
.
U birinchi muqaddimasida dunyo xalqlarining bo'linishiga e’tibor qaratib , tasniflash
usullariga ishora qilgan.Ba'zi odamlar unga ergashgan, masalan, ranglar va tillarga ko'ra yoki
mamlakatlar va mintaqalarga ko'ra bo'lish va ba'zilari har bir mamlakatning tabiati va
o'xshashligi jihatidan farq qilishi, e’tiqodiy jihatdan farq qiladigan huquqini saqlab qolganiga
qarab tasniflab bergan.Bunday taqsimlash orqali arablar, forslar va rimliklar kabi dunyo
e'tiqodlarini millatlarga ko'ra bo'lgandan keyin u bir xalqni boshqa xalq bilan birlashtirib,
masalan: arablar va hindlar bir ta'limotda birlashganligini eslatib o'tdi.
2
Bu o‘rganishlar natijasida dinlarni ushbu dinlarning diniy g'oyasining manbasiga ko'ra
tasniflashni afzal ko'rdi va o'z kitobida bu borada ishlarni yoritdi, natijada dinlarni ikki toifaga
ajratdi:
Birinchi tasnif:
Turli din va mazhabga mansub odamlar, jumladan majusiylar,
yahudiylar va nasroniylar va musulmonlar.
3
U din ahlllarini o'z ta'limotlari doirasida vorid bo‘lgan hukumlar e’tiboridan qismlaydi
va bu orqali ma’jusiylarning yetmishta, yahudiylarning yetmish bir guruhga, nasroniylar esa
yetmish ikki mazhab, Musulmonlar yetmish uch firqaga bo‘linishi va ulardan bir jamoagina
jannatga kirishi haqida gapiradigan hadisga ishora qiladi. Bunday sinflash natijasida samoviy
kitob nozil bo‘lgan Nasroniy va yahudiylar bilan birga kitob nozil bo‘lganligiga va olimlar
tamonidan shubha qilinadigan majusiylarning kitoblari haqida qisqacha tushuntirish
berganga o‘xshaydi. O‘zi bu din ham samoviy kitob yani Ibrohim alayhis salomga nozil
qilingan sahifalar orqali yuzaga kelgan va keyinchalik turli tortishuv va munozaralar
sababidan sahifalar ko‘tarilgan degan fikriy qarashga urg‘u bermoqlikka shaylanadi.
4
Ikkinchisi tasnif:
Nafs, fikr va e'tiqod egalari va ular orasida ilohiy faylasuflar ham tilga olinadi.
Dunyoviylar deya ateistlar, sobiylar, sayyoralar va butlarga sig'inuvchilar va brahmanlar va u
bu tasnifdagi firqalarda ma'lum miqdordagi muqaddas manba va naql qilinib kelingan
asarlar mavjud emasligini ta'kidlaydi. Bu tasnifda muqaddas kitobi mavjud lekin unda
ma’lum bir chegara va shariy ahkomlar mavjud emas deya hisoblagan Sobinlar kabi firqalarni
1
Muhammad ibn Jarir at-tobariy. “Jome ul-Bayon fi tavil al-quran”.Damashq: Massasat ul-risola 2000. 16-juz.B-540
.
2
Muhammad ibn Abdulkarim ash-Shahristoniy, Al-Milal val-Nihal. Tuzatgan va sharhlagan: Ahmad Fahmi
Muhammad. Bayrut: Dar al-Kutub Ilmiy-1992.
3
Muhammad ibn Abdulkarim ash-Shahristoniy, Al-Milal val-Nihal. Tuzatgan va sharhlagan: Ahmad Fahmi
Muhammad. Bayrut: Dar al-Kutub Ilmiy-1992
4
Qarang: Muhammad bin Nosir bin Solih As-Sihboniy, Al-Shahrastoniyning “Al-Milal val-Nihol” kitobidagi
yondashuvi. Ar-Riyod: Dar al-Vatan 538 hijriy. 1412-bet.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
93
ham bu tasnifga kirgizadi. Bundan tashqari shariy ahkom va qoidalr mavjud bo‘lmagan, va
kitoblari ham bo‘lmagan millatlarni ham shu tasnif asnosida yoritadi. Bu tasniflash ham
Shahristoniyning o‘z e’tiqodida qatiy turganligi va asar orqali o‘z e’tiqodini ham namoyon
qilayotganini bildiradi.
Tasniflash orqali sobiinlar firqasi kitobi mavjud deyila Nihallar ya’ni firqalar turkumiga
kiritiladi lekin ularni e’tiqodi yoritilayotganda majusiylarga qiyos qilinib milallar doirasiga
kiritgan. Nima sababdan bu toifani ikki hil tasnif asosida qildi? Bunga asosiy sabab nima deya
aytilganda, quydagicha bayon qilinadi:
1.
Shahrastoniy Payg‘ambarning xabarlaridan mazhab va firqalarni farqlay boshladi va
majusiylar e’tiqodi hadisda vorid bo‘lganiga ishora qildi. Ammo hadisda sobiylar haqida so‘z
yuritilmagan. Vaholanki, u Al-Shahrosoniy olgan hadis matnida majusiylar zikr qilinmagan,
hadis matni yahudiy va nasroniylarni ajratish bilan chegaralangan edi va muallif boshqa
hadis firqalar borasida sobit bo‘lmagan deya bilganligini bildirishga qaratilgan.
5
2.
Nubuvvat tushunchasi foyda oluvchi va zolimni farqlashda hal qiluvchi omil bo'lgan.va
sobiylar nubuvvatni inkor etadilar va ularning Adhamun va Germes va ular Shit aytgan
gaplarini “aytiladi” degan jumlalar bilan keltiradi va ularning ulug‘, hakim zot, muallim yoki
ruhoniy deya bilishi takidlanadi. Bu orqali sobiinlar firqasi bashariyat o‘z dahosini o‘zi
yaratadi degan e’tiqod bilan yurishligi namoyon bo‘ladi. Islom tushunchasi bo‘yicha bu qarash
noto‘g‘riligi va payg‘ambar Alloh taolo tamonidan tanlanishi, bashariyatning bunga hech
qanday tasiri yo‘qligigini bildirib, bular shu jihatdan firqalar bilan bir hil degan tushunchada
ekanligini bayon qiladi.
6
3.
Majusiylarni Ibrohim alayhissalomning sahifalari asosida yuzaga kelganligini takidlab,
Majusiylardan faqrli ravishda sobiinlarni vahiyni bo‘lishi va xabarlar eshitilishi mukin
ekanligiga qo‘shilgan lekin bu xabar va vahiy oxirgi xukm emas deya qarash e’tiboridan
farq;anishi lozim ekanligi, va asosiy tushunchalari bo‘yicha vahiy hodisalar natijasida yuzaga
kelgan tabiy holat deya qarashlaritarafidan majusiy firqasiga yaqinligi ifodalangan.
7
Bunday tasniflash va bir qancha firqalar borasidagi qarashlarni bayon qilish orqasidan
Shahristoniy barcha tasnifotlar o‘z ixtiyori yoki qarashlari natijasida vujudga keltirmagani,
balki bacha qarash va tortishuvlar, tasniflashning nabaviy asos asosida qilinganiga dalolat
qilish va ilohi ta’limot asosida vujudga kelganini tushuntirish ucun yoritilganini bayon
qilishga urinish hisoblangan. E’tiqod qiluvchilar tarafidan ham Sharistoniy bu tasniflashga
yondoshadi va ularni ham ikki hil kishilar deya guruhga ajratadi. Bir kishi o‘z fikriy doirasi
orqali e’tiqodini yuzaga chiqaruvchi, ikkinchi toifasi esa, ustozi yoki muallimining fikriy
qarashlari natijasida tushunchalar hosil qilgan kishilarning fikrlariga qarab dinlarni tasniflash
o‘zgarishi mumkin ekanligini bayon qiladi.
Shahristoniyning tasnifi uchun fikriy asos ikki jihat hisoblangan:
Birinchidan: Tavhid yani dinlarni tasnifi haqida gapirish va ularni qaysi turkumiga
kirishi tavhid asosida taqsimlangan. Bashariyat uchun dinning tushuncha va tamoillari ochiq
5
Qarang: Muhammad bin Nosir bin Solih As-Sihboniy, Al-Shahrastoniyning “Al-Milal val-Nihol” kitobidagi
yondashuvi. Ar-Riyod: Dar al-Vatan 538 hijriy. B:4-32
6
Qarang: Muhammad bin Nosir bin Solih As-Sihboniy, Al-Shahrastoniyning “Al-Milal val-Nihol” kitobidagi
yondashuvi. Ar-Riyod: Dar al-Vatan 538 hijriy. B:76
7
Fikret Soyal, "Yahudi Filozof İbn Kemmûne'nin Nübüvvet AnlayışınınDeğerlendirilmesi". İhya Uluslararası İslam
Araştırmaları Dergisi 5/2 (Temmuz.446 :)2019
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
94
oydin bo‘lganligi, tavhid haqidagi tushunchalarni ravon yoritilishi, o‘rganilayotgan dinning
Payg‘ambari ko‘rsatma va amallari qay darajada ekanligiga suyangan holatda bu asosoiy
tamoil sifatida qabul qilingan. Boshqalar tamonidan avhiddan uzoq bo‘lgan deya tariflangan
dinlar, nasroniylar, majusiylar kabilarni asl tavhidda ekanligi va keyinchalik talimot
o‘zgartirilganligi bayon qilingan va qaysi turkumga kirishligi bayon qilingan.
8
Ikkinchi asosiy tasir qiluvchi fikriy asos bu nubuvvatdir. Dinning ta’limotida nubuvvat
borligi va unda vahiyning biror bir asari, talimoti, tushunchasi saqlanib qolganligi orqali
belgilangan. Bu shart orqali ikkinchi bir shart ya’ni kitob berilgan dinlar va ilohiy bir kitob
nozil qilinmagan dinlar tasnifini yuzaga kelishiga zamin yaratgan. Ayrim kitob berilmagan
yoki vahiy haqida ma’lumot bo‘lmagan dinlarning ta’limoti o‘rganilib asoslanib keyin qaysi
tasnifga kirishligi bayon qilinadi. Lekin kitob berilgan bo‘lsada Shahristoniy, tavhid
borasidagi qarashlar natijasida ham ayrim firqalarni boshqa tasniflarga kiritgan. Nima
sababdan nubuvvat muhim ish sanalganini, ruhiy olam va iloh tamonidan rahmatni yog‘ilishi
nubuvvat orqali bo‘ladi, barcha dinlar ruhiy olam yoki rahmatni yog‘ilishi borasida
tushunchalar mavjud va bular nubuvvat orqali bo‘lishi lozim. Nubuvvat faqat bir shahsning
fikriy qarashlari yoki tushunchalar orqali belgilanmaydi, balki har bir dinning har qaysi
davrdagi ruhiy tarbiyachisi o‘z nafsi va qarashlarining xulosasi sifatida vahiy u uchun
yog‘iladi va bu jarayon nubuvvatning bir bo‘lagi hisoblanadi. Nubuvvat shart qilinmagan
dinlarda ruhiy tarbiya tarbiya ustozi, insonlar ruhiy holati bilan shug‘illanuvchi rahnamolari
hech qanday ta’sir qilish qobilyatiga ega emas va ular faqatgina dinga ergashuvchilarni
psihologik gipnos qilish yoki aldovlar orqali amalga oshirilgan harakatlar deb hisoblangan.
Shu sababdan ayrim dinlar biz bilgan tasniflardan boshqa tasniflarga joylangan. Vahiy orqali
kitoblarni bayon qilish ham nazarda tutilgan bo‘lib, bu orqali o‘z e’tiqodi yana takidlangan va
bayon qilishga harakat qilingan. Kitoblarning bu taruiqa bayon qilinishi vahity boboi va
dinlarda bu savollarga ham jovob izlashh lozim ekanligini, diniy talimot asosi vahiy bo‘lishi
lozimligini bildirish ko‘zda tutilgan.
Umumiy tasnif tavhid va nubuvvat borasidagi fikirlar orqali ham boshqa boshq
tasniflarga joylangan va ularning e’tiqodidagi zaif nuqtalar bayon qilingan. Bu asarni
mutoala qilivchi kishiga qaysi dir dinga targ‘ib qilib qolmaslik va ularni o‘zida bo‘lmagan
ta’limot bilan ayblab qo‘ymaslikni ta’minlagan.
Tasniflashning asosiy tamoillari hisonlangan dinlarning aqidaviy qarashlar asosan
Islom dini va uning manbalarida kelgan ma’lumotlar asosida shakillantirilgan va
o‘rganilayotgan dinning manbalari va diniy ulamolarining fikrlari bilan boyitilgan. Ba’zi
dinlarning e’tiqodiy masalalari faqat shaxs fikriga tayanganligi uchun mahalli aholi vakillariga
tegishli deb hisoblangan va ular asar ichiga kiritilnmagan. Keyinchalik bunday ma;lumotlarni
ham to‘plaganligi va ularni din deb bilmaganligi uchun asarga kiritmagan deya bilganlari
sabab kirgizmagan va u haqida ma’lumotlar bermagan degan fikrlar berilgan. Vahiy
qilinganligi borasidagi shubha qilingan yagona din deya majusiylarni tan olgan va unga
kattaroq urg‘u qaratgan.
Diniy madaniyatning shakllanishida milliy urf-odat, an’ana va marosimlarning ham o‘rni
katta. Har bir xalq o‘ziga xos urf-odat, an’analari bilan birgalikda shakllanadi. Ularning eng
xalqchil, yashovchan ko‘rinishlari har qanday siyosiy,, iqtisodiy, ijtimoiy, diniy evrilishlarga
8
Qarang: Muhammad bin Nosir bin Solih As-Sihboniy, Al-Shahrastoniyning “Al-Milal val-Nihol” kitobidagi
yondashuvi. Ar-Riyod: Dar al-Vatan 538 hijriy. Juz:2 B:249
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
95
ham bardosh berib yashashda davom etadi. Shu xalq, millat bor ekan ular ham mavjuddir. Eng
asosiysi, ular shu millat e’tiqod qiladigan diniy madaniyat bilan uyg‘unlashib, yaxlit milliy
diniy madaniyatni shakllantiradi. Milliy va diniy madaniyatlar uyg‘unligini ilm-fan, adabiyot
va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaqida ham ko‘rish mumkin.
9
Quydagi jadval asosida dinlarning tasnifini bayon etiladi:
9
Ch. Sabirova, X. Nyutonova SHARQ VA G‘ARB ALLOMALARINING IJODIDA AXLOQIY TARBIYA
TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISHNING QIYOSIY TAHLILI // SAI. 2022. №B4. URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/sharq-va-g-arb-allomalarining-ijodida-axloqiy-tarbiya-tushunchalarini-
shakllantirishning-qiyosiy-tahlili (дата обращения: 04.05.2023).
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
96
Abu Rayon Beruniy tasnifi esa bunada farqli ravishda, ulamolarning aksar qismi
dinlarni tasniflashda dinlarni amallari va unga ergashuvchilarning hayot tarzi orqali ifoda
etishga harakat qilinsa, beruniy dinlarni geografik tarqalishi va uning tasir doiralari, uslubiy
jihatdan boshqa dinlarning asoslaridan farqlanishi jihatidan, o‘rganilayotgan din yoki
ta’limotning o‘ziga xos bir tartibga ega bolishiga qarab tasniflarga ajratilganini ko‘ramiz.
Dinlarni taqsimlash quyidagi katta qisimlarga qisimlash orqali bayon qilinadi:
Geografik joylashuv e’tiboridan dinlarning ilmiy tasnifi, paydo bo‘lish va tarqalish
e’tiboridan tasniflanish, dinni talimotti yani uni avval paydo bo‘lganidagi holati e’tiboridan
tasniflanishi kabi qisimlarga taqsimlanadi.
Bular muqbilada esa dinlarni ilmiy asoslarsiz taqsimlanishi turadi, bular dinning
ko‘rinishi, rivojlanishi va boshqa omillar orqali yuzaga chiqadi. Dinlarni haq va botilga
ajratish ham xuddi shu kabi biror dinni agar haq deydigan bo‘lsak qaysi dir dinni botilga
chiqarishga majburmiz, chunkiy haq deyish uchun uning muqobilida qanday dir bir din botil
bo‘lishi shart. Bu tushuncha va qarashlar falsafiy asosoga ega va Beruniyning bunday
harakatlar dini nuqtaiy nazaridan yoritilishi hozirgi g‘arb olimlari tamonidan asos solingan
din psihologiyasi kabi fanlarning nusulmon olami olimlari tamonidan shakillantirilgani va
bunga turli hil qarashlar orqali imkoniyat yaratilganini guvohi bo‘lish mumkin.
10
Beruninyning asarlarida o‘ziga xos bo‘lgan mulohazalar bilan boyitdi va dinlar tarixida
yangi bir tasnif geografik tasnifga asoso soldi va uni rivojlantirdi. Muayyan dinga e’tiqod
qiluvchilarning qarashlari e’tiboridan ularga yangi bir darslar va ta’limotlarida ular uchun
unitilgan ilmlarni yuzaga chiqazib berdi. Bugungi kunda unga ergashuvchilar bor lekin
qadimiy dinlar, ularni talimoti zamon uzoq bo‘lganligi yoki yetkazuvchi kishilarni kamligi
sababdan e’tiqod qiluvchilari oz bo‘lgan dinlar ta’limotini bilish mumkin bo‘lgan dinlarni
faqat, kitoblar va turli xil bitiklar orqali o‘rgangan. Beruniny tasnifot qilishida turli xalq va
millatlarning diniy va siyosiy madaniyatlar orasidagi farqlar bo‘lsada bir birini qabul qilish
e’tiboridan ham tasniflagan. Ular madaniyatida o‘zi uchun noma’lum bo‘lagn qarashlar va
etiqodlarni “ men malollangan ” deb boshlagan va bu orqali o‘zi javob topa olmagan diniy
mavzular va qarashlarni bayon qilishda faqat oddiy fikirlarga suyanayotganini izhor qilgan.
Beruniyning qarashlari bo‘yicha ham diniy ilmlar va falsafiy qarashlar ham islom madaniyati
va yunon falsafasi asosida bo‘lgan va tasnifotlar akras qismida falsafiy qarashga katta urg‘u
berilgan. Bunday fikrlar islom olamida turli fanlar yuzaga kelgani va ularni rivijlanishi islom
dini orqali bo‘lgan deya takidlash maqsad qilingan. Shu maqsadni yuzaga chiqarish asnosida
Beruniy muhandislik va ilmiy bahs va munozara, sheriyatni o‘rgangan. Bularni o‘rganiosh
orqali hind ilmlari nimalarni ifodalashini ham ochib bergan. Boshqa bir kotiblar esa
“Beruniy dinlar haqida malumot berishda faqat xabarning o‘ziga kifoyalangan – fikriy
asoslarga suyangan holatda” - degan.
11
Beruniy kitoblar tasnif etishda geografik joylashuni inobatga olgan holda,
o‘rganilayotgan din va undagi shariy va hukmiy amallarning boshqalar o‘rtasidagi farqini
bayon qilishga ham harakat qilgan. Xususan bular asosan ikki qisimga bo‘linadi: Hind o‘lkasi
va unga aloqador dinlar va yevropa dinlari va mahalliy aholining urf odatlari borasidagi fikr
mulohazalari. Avvalgi Hind dinlari borasida aytilganda hind dinlari borasida hinduizm va
brahmanizm borasida gapirilib u haqidagi o‘z qarashlarini namoyon qilgan. Hind dinlari
10
Umar ibn Saka “Abu Rayhon Beruniyning din va unga doir masalalardagi qarashlari”. Qohira: 1994. B:105.
11
Umar ibn Saka “Abu Rayhon Beruniyning din va unga doir masalalardagi qarashlari”. Qohira: 1994. B:39.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
97
borasida so‘z borganda avvalo hind diyoridagi urf-odat va madaniyatlarga ishora qilinadi va
ular haqida yozilga adabiyotlar va qo‘lyozmakarga suyaniladi. Arab tiliga tarjima qilgan
kitoblar mualliflari va ularning abbosiylar xalifaligi ostida hind falsafasini ochishdagi
o‘rnilarini bayon qilib keltirilgan. Bunday kitoblar siarasiga kiritiladi “at- Tahqiq”, mashur
bo‘lgan kitoblar ichidagi eng baland martabada turuvchisi “al-hind-as-sind” va “Vitteshvara”
kabi ktoblar sanaladi. Lekin bu kitoblar tarjimonning xatosi tufayli ko‘plab chalkashliklarni
o‘zida jamlagan deya muallif tamonidan yoqib yuboriladi yoki ommaga taqdim qilinmaydi.
12
Hindiston dinlari deya brahmanizm va hinduizmning bayon qilinishi Beruniy yashagan
va hindistinga brogan davrdagi eng rivojlangan va mahalliy aholi orasida eng katta obro va
e’tiborga ega bo‘lgan ikki din haqiuda gapirishdan boshlanadi va bularning mashhurligi bu
orqali ta’kidlab o‘tiladi. Brahmanizm va hinduizmning talif e’tilish asnosida, geografik
qarashlar va undagi ba’zi juhatlar ham namoyon bo‘ladi.
Beruniyning ikkinchi asosiy tasnif - Buddizm bo‘lib, uning ta’rifi va u haqida yozilgan
ba’zi asarlar va muarrihlarning ma’lumotlari bayon qilinadi. Buddizm ham hind dinlaridan
hisoblansada buni alohida sinf qilishda ko‘zlangan maqsad deya oldingi an’ana va odatlarga
zid bo‘lgan ta’limot va oddiy qora xalq manfaati yo‘lida deya nomlanadigan firqalar va dinlar
sinfiga ajratish maqsad qilingan.
13
Boshqa tasniflar jihatdan beruniy hind diyorini dinlarini ta’lif etgan olimlarda unchalik
farq qilmaydi va Sharistoniy singari sobiinlar toifasini alohida o‘rganish va e’tiqodiy jihatdan,
boshqa firqadan farq qilishini bildirishni lozim deb bilgan. Hind diyori dinlarini yozish
asnosida beruniy o‘z e’tiqodini taklif etmaslik degan qoidani oltin qoida sifatida ko‘rmagan va
bu omil dinlarning tasniflanishiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Masalan: hinduizm va
brahmanizmning oldin keltirishi tarixiy jihatdan deya qaralsa, sharqshunos olim Migel
Faskning talqini bo‘yicha bu “xalqni ancha yillar davomida saqlanib kelgan an’analariga
putir yetkazuvchi qarashlarini qisman bo‘lsada inkor qiluvchi va dinning asosiy maqsadiga
talofat yetkazuvchilarni qoralah mavjud” deya ta’na qiladi.
Bu davrning yana bir olimi va Beruniy va Shahristoniydan tamom ila farq qiluvchi olim
bu Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahamd ibn Yusuf Xorazmiy bo‘lib, “Mafatih ul-ulum”
kitobida diniy qarashlar borasida bayon qiladi. “Mafatih al-ulum” ikki qismdan iborat bo‘lib
avvalgi qismida shariy ilmlar va arab tilida unga zarur bo‘lgan vositalar haqida, ikkinchi qism
yahudiylik va u kabi arab bo‘lmagan ajam qavmlarning dinlari va ilmlari borasida so‘z
yuritiladi. Ikkinchi qismda avvalgi mavzu islom dini doirasida bo‘lib, undagi katta toifalat
mo‘taziliya, mushabbiha kabi nomlar bilan ataladi. Mo‘taziliya firqasi “adil” yani ilm borasida
faqat mantiq asosida fikr yuriyuvchilar deya ataladi. Tasniflarni dinlar doirasida taqsimlab:
Islom va u doirasidagi toifalar, Nasroniylik va u doirasidagi toifalar, Yahudiy va u doirasidagi
toifalar deya qismlarga ajratib boshqa dinlar va toifalarni alohida milal va nihal deya
taqsimot qilgan. Bu toifa ichidan butlarga e’tiqod qiluvchi arablarni alohida qayd qilib
keltiradi va uni alohida taqsimot sifatida bayon etadi. Umumiy jihatdan to‘rt tasnifda sinflaydi.
Arablarning sanamlarini ismlari va qaysi qabila azolari tamonidan yasakgani haqida qisqa
ma’lumotlat ham bayon qilinadi. O‘rganilayotgan barcha dinlarga islom jihatdan
yondashilgani namoyonva shu sababdan avvalgi qismda shariy ilmlar deya faqat Islom dini
hukmlari bayon qilinadi. Arablarning johiliyat davridagi qarashlari baoy etilishi bilan
12
Abu Rayhon Beruniy “ tahqiq ma lil-hind”. Damashq: “dar ul-ilm”. 1993. B:10,18.
13
Migel Fask .“Migelfask”. London-2003.B:308.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
98
mutakkallimlar ulsmolst fikrlri deya asosan ularga berilgan raddiya turkumidagi qarashlar
bayon qilingan va ifodalangan.
Bu uchta olimning tasniflari doirasida shuni takidlash mumkinki faqat sobinlar firqasi
borasidagi qarashlar uchala olimda ham yakdil ekani sinflash turli sabablar orqali boshqa
turkumlarda vujudga kelayotganini ko‘rish mukin bo‘ladi. Beruniyning asarlarida faqat hind
diyori dinlarini chuqurroq o‘rganishga hizmat qiluvchi deya qaralsa, Shahristoniy asari Islom
dini doirasida aqida ilmini o‘rganuvchilar uchun ma’lumotlar bazasi sifatida qaraladi.
References:
1.
Ahmad Shalabiy. Muqaranah Al-Adyan: Al-Yahudiyyah. - Cairo: Maktabah Al-nahdah Al-
Misriyyah, 1988.
2.
Ahmad ibn Ali Najoshiy. Rijol an-Najoshiy. – Qohira: Muassasa an-nashr al-islamiy, 2013.
3.
Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydulloh. Bayonu al-adyon. Abbos Iqbol tahqiqi. –
Tehron: Intishoroti ibn Sino, 1934.
4.
Аbu Rayhon Beruniy. Аl-Qonun al-Masʼudiy. I jild. Qohira. Аmir Gʼozi Vaqfi, 1954.
5.
Аbu Rayhon Beruniy. Аt-Tafhim liavaili sinaat attanjim. Noshir R. Remzi. London. 1998.
6.
Al-Bayzoviy. Anvorut-tanzil va asrorut-ta’vil. 4-j. Bayrut: Dorul-jiyl, 2004.
7.
An-Nasafiy. Madorikut-tanzil va haqoiqut-ta’vil. 3-j. Qohira: Dorul-maorif, 1953.
8.
Ekrem Sarıkçıoğlu. Başlangıçtan Günümüze Dinler Tarihi. Istanbul. Fakülte Kitabevi,
2002.
9.
Muhammad Ziyo Rahmon A'zamiy. Dirosaat fil-yahudiyya val-masiyhiyya va adyaanil-
Hind. Bayrut: "Maktabatur-Rushd", 2003.